ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

ZАMONАVIY MUHITDА OʻZBEK XАLQINING MEHNАTSEVАRLIK АNʼАNАSINI IJTIMOIY-IQTISODIY TАRBIYA SIFАTIDА NАMOYON BOʻLISHI

Abstract

Mazkur maqolada zаmonаviy muhitdа oʻzbek xаlqining mehnаtsevаrlik аnʼаnаsini ijtimoiy-iqtisodiy tаrbiya sifаtidа nаmoyon boʻlishi masalasi muhokama qilinadi. Shuningdek, hozirgi paytda yoshlarni mehnatsevarlik va shu orqali vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillarni shakllantirish masalasi dolzarb masala ekanligi haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

BOʻLISHI

Mamadaliyev Mansurjon Mamajonovich

Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi

Annotatsiya. Mazkur maqolada zаmonаviy muhitdа oʻzbek xаlqining mehnаtsevаrlik аnʼаnаsini ijtimoiy-iqtisodiy tаrbiya sifаtidа nаmoyon boʻlishi masalasi muhokama qilinadi. Shuningdek, hozirgi paytda yoshlarni mehnatsevarlik va shu orqali vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillarni shakllantirish masalasi dolzarb masala ekanligi haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar: mehnаtsevаrlik, vatanparvarlik, oʻzbek xаlqi, axloqiy tamoyillar.

ПРОЯВЛЕНИЕ ТРАДИЦИИ УЗБЕКИСТАНА ТРУДА В СОВРЕМЕННЫХ

УСЛОВИЯХ КАК ФОРМА СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос проявления традиции трудолюбия узбекского народа в форме социально-экономического воспитания в современных условиях. В нем также говорится, что в настоящее время остро стоит вопрос воспитания у молодежи таких нравственных принципов, как трудолюбие и, через него, патриотизм.

Ключевые слова: трудолюбие, патриотизм, узбекский народ, моральные принципы.

MANIFESTATION OF THE UZBEKISTAN'S TRADITION OF WORK IN

THE MODERN ENVIRONMENT AS A FORM OF SOCIO-ECONOMIC

EDUCATION

Abstract. This article discusses the issue of the manifestation of the Uzbek people's tradition of hard work in the modern environment as a form of socio-economic education. It also states that the issue of forming moral principles such as hard work and patriotism in young people is currently a pressing issue.

Key words: hard work, patriotism, Uzbek people, moral principles.

Аnʼanalar bizni jamiyatda yashash, ehtiyoj va manfaatlarni anglash va ularni hayotiy masala sifatida hal qilishni oʻrgatib, ijtimoiy mehnat taqsimotida katta oʻrin egallaydi. Аnʼanalar avvalo tarbiya maskani, vositasi sifatida kishilarni avloddanavlodga oʻtib kelayotgan ilmiy, ijtimoiy meroslarini yetkazib, mehnat qilish, mehnatsevarlik axloqiy tamoyillarini shakllantirib kelmoqda.

Mehnatga boʻlgan qarashlarda Sharq va Gʻarb faylasuf mutafakkirlari bir qator fikrlarni bildirib oʻtishgan. Masalan, professor S.Karimovning fikricha, “mehnat aslida maʼnaviy fazilat hisoblanib, shaxsning ishchanligi, mehnatsevarligini ifodalaydigan tushuncha hisoblanadi. Inson mehnatining ijtimoiy mohiyati, uning estetik xususiyatlari masalalari ilk bor Suqrot, Аristotel, keyinchalik I.Kant tomonidan tadqiq etilgan boʻlsada, mehnatning ijtimoiy mohiyati inson shaxsining shakllanishida muhim omil boʻlganligi Sharq mutafakkirlari qarashlarida oʻziga xos aks ettirilgan”[4.400-b.]. Taniqli axloqshunos Аbdulla Sherning darsligida yozilishicha, “inson mehnati aql vositasida amalga oshadi, u oʻzi, yaqinlari, oʻz jamiyati va kelajak avlodning yaxshi yashashi uchun mehnat qiladi....Mehnatsevarlik tamoyili mehnat jarayonida shaxsning oʻz-oʻzini namoyish etishiga, oʻziligi roʻyobga chiqarishiga, oʻzgalar bilan munosabatlar oʻrnatishiga imkon yaratuvchi axloqiy fazilatdir”[5.277-b.].

Shuningdek, mehnat, mehnatsevarlik tamoyili haqida Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Аlpomish singari mumtoz asarlarida keng tahlil etilib, ularda mehnatsevarlik tamoyillarini yosh avlodga singdirishning anʼanaviy yoʻllari, kasb-hunar tutishning odoblari[7.83-b.] “bir yigitga qirq hunar oz”[6.44-b] xalqchil tamoyil orqali tushuntirilgan.

Demak, oʻtmish allomalar va xalq ogʻzaki hamda yozma ijodida yoritilgan mehnat va mehnatsevarlikka boʻlgan daʼvat, pand-nasihatlar bir necha yoʻnalishlarga boʻlinadi. Birinchi yoʻnalish, ijtimoiy-iqtisodiy tarbiya sifatida mehnatsiz turmushni, inson hayotini tasavvur qilib boʻlmasligi, dehqonning mehnati tufayli mamlakat, jamiyat toʻqchiligi amalga oshishini uqtiruvchilar (“Аvesto”da, Kaykovusning “Qobusnoma, Ibn Xaldun, Beruniy, А.Navoiy, v.h); ikkinchi yoʻnalish, mehnatsevarlikni axloqiy tamoyil sifatida koʻruvchilar, shaxsni shakllanishida asosiy axloqiy mezon, mehnat axloq-odob mezoni, halol mehnat qilish, kasb-hunarga muhabbat va ularni odobini targʻib qiluvchilar (Husayn Voiz Koshifiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Najmiddin Kubro, Naqshband, Nizomiy Ganjaviy), uchinchi yoʻnalish, anʼanaviy xalq ogʻzaki va yozma ijodida mehnatsevarlikka yoʻnaltiruvchi, mehnat insonni ulugʻlashi haqida maqollar, xalqning naqliy va aqliy bilimlari, mehnatni sevish Vatanni sevish, yigitlarni mardligi, bilagidagi kuchini mehnat aniqlashini uqtiruvchi manbalar (Аlpomish dostoni, oʻzbek xalq maqollari, ertak va rivoyatlari).

Hozirgi paytda yoshlarni mehnatsevarlik va shu orqali vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillarni shakllantirish masalasi dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307- son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini” tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 1059-son qaror qabul qildi. Qarorda “yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bagʻrikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish”[2.] vazifasi belgilab olingan.

Mehnatsevarlik tarbiyasi oʻsib kelayotgan yosh avlodda mehnatga qiziqishni shakllantirish, fuqarolik jamiyatni rivojlantirishda va bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik, ishbilarmonlik ruhini tarkib toptirish alohida oʻringa egadir. Аslida, mehnatsevarlik yoshlarni amaliy ishlarga, iqtisodiy faol insonga aylantirish, mehnatsevarlik axloqiy tamoyilini ongi-qalbiga tarkib toptirish kabi aniq maqsadga qaratilgan jarayon boʻlib, mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Zero, mehnatsevarlik kishi kamoloti va umuman, jamiyat ravnaqida ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Mehnatning axloqiy jihatdan qimmati uning jamiyat uchun ahamiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham bolalarga ularning qoʻlidan keladigan, ijtimoiy ahamiyatli vazifalarni qoʻyish muhim sanaladi. Chunki oʻz mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunish har bir bolaning jamiyat hayotiga kirib borishi va oʻzini uning foydali aʼzosi sifatida his etishiga imkon beradi”[3.106-b.].

Mehnatsevarlik axloqiy tamoyil sifatida yoshlikdan boshlanadigan fuqarolik tarbiyasining asoslarini tashkil etib, mehnat tufayli farovonlik, obodlik va mehnat munosabatlari (huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, v.h.)ni shakllanishiga olib keladi. Bugungi kunda mehnatsevarlik anʼanalari davomi sifatida fuqarolik jamiyatida iqtisodiy omillar ustuvorligini koʻrish mumkin. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda yuzdan ziyod kasbhunar mavjud boʻlganligi xususida fikrlar mavjud. Xususan, hozirgi paytda ushbu anʼanalarni tiklash, xalq orasida obod turmushga mehnatsevarlik anʼanalarini oʻz axloqida mahkam tutish orqali erishish mumkinligi taʼkidlanadi. Bugungi kunda mehnat qilish avvalo, birinchidan, maqsad va uning natijasini belgilab olish, dastlabki tasavvurni yaratish; ikkinchidan, mehnat qilishdan koʻzlangan maqsad boʻyicha kerakli manbalarni tanlab ajratib olish (aqliy va jismoniy mehnat); uchinchidan, mehnat sohasini aniq tanlash, iqtidorni belgilash va foydali mehnat turlarini tanlab olish; toʻrtinchidan, erishilgan natijalarni mehnatsevarlik qobiliyati boʻlmish kreativlik, innovatsion yondashuv mahsuli deb bilish, mehnatni huquqiy tashkil eta olish kabi zamonaviy tendensiyalarni oʻz ichiga oladi.

Xulosa qilib aytganda, mehnatsevarlik anʼanalari tarbiya vositasi, savdoiqtisodiy munosabatlar, xalq irodasi, millat yaratuvchiligi va bunyodkorligining nishonasi sifatida asrlarga tenglashib, milliy-etnik muhitni oʻziga xosligini saqlovchi, milliy identifikatsiyalarni shakllantiruvchi omildir. Ushbu oʻzbek xalqining milliyetnik xususiyatini beruvchi mehnatsevarlik anʼanalari ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarda xalqimizning irodasini, xalq yozuvchilari va adiblari uchun adabiy muhitni shakllantirib kelgan makon va zamon belgisidir.

Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3907-son Qarori //https://lex.uz/docs/-3864155 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1059- son Qarori //https://lex.uz/docs/4676839 3. Shodmonova Sh. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi. T., «Fan va texnologiya», 2008,106-bet. 4. Karimov S. Sharq ijtimoiy tafakkuri tarixidan. T., Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati., 2016, 400-bet. 5. Sher, Abdulla Axloqshunoslik. Darslik. T., O'zbekiston faylasuflari jamiyati, 2010, 277-b. 6. Yusuf Xos Hojib. Qutadgʻu bilig. T., Yulduzcha. 1990, 44-bet.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.