“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
FARMAKOTERAPIYADA AHAMIYATI
Avazova Jasmina Doniyor qizi, Saydaliyeva F.A.
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, Tibbiyot fakulteti,Toshkent, O‘zbekiston.
Dolzarbligi. Zamonaviy og‘riq qoldiruvchi dori vositalardan opioidlar, NYQV
selektiv sog-2 ingibitorlari, markaziy analgetiklar hamda adjuvant vositalarning
afzalliklari va kamchiliklari va ularning klinik qo‘llanilishi tahlil qilinganda
zamonaviy analgeziya multimodal va individual yondashuvga asoslanishi, og‘riqni
samarali kamaytirish va bemorning hayot sifatini yaxshilashdagi ahamiyati
farmakoterapiyaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Maqsad.Zamonaviy analgetiklar og‘riqni kamaytirishda samarali va xavfsiz vositalar ekanligini tahlil qilishdan iborat. Natija.Zamonaviy analgetiklar multimodal va individual yondashuv asosida tanlanadi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan dori guruhlari ichida opioidlar, NYQV selektiv COX-2 ingibitorlari, markaziy analgetiklar va adjuvant vositalar mavjud. Opioidlar guruhiga morfin SR, fentanil plastriri, oksikodon va tapentadol kiradi. Ular kuchli og‘riqlarni kamaytiradi, uzoq ta’sir etuvchi transdermal plastir shakllari qulay hisoblanadi, ammo qaramlik va nafas markazi tormozlanishi kabi kamchiliklari mavjud. NYQV – selektiv sog-2 ingibitorlari tarkibiga tselekoksib, etorikoksib va parekoksib kiradi. Ular yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, nossiseptor sezgirligini kamaytiradi va oshqozon shilliq qavatiga an’anaviy NYQVlarga qaraganda kamroq zarar yetkazadi. Markaziy analgetiklardan paratsetamol va nefopam keng qo‘llanadi, ular oshqozonichakпф yon ta’sirlarini keltirib chiqarmaydi va trombotsitlarga ta’sir qilmaydi. Adjuvant vositalar sifatida pregabalin va gabapentin neyropatik og‘riqda birinchi tanlov bo‘lib, duloksetin serotonin va noradrenalin qayta qabulini tormozlaydi, ketamin og`riq sezuvchi retseptorlar antagonisti sifatida markaziy sensiblizatsiyani kamaytiradi. Klinik qo‘llanishda yengil og‘riqlar uchun paratsetamol va ibuprofen yetarli bo‘lsa, o‘rtacha og‘riqlarda kuchliroq ta`sirga ega bo`lgan kombinatsiyalangan preparatlar tavsiya etiladi. Jarrohlikdan keyingi, onkologik va neyropatik og‘riqlarda antikonvulsantlar va antidepressantlar bilan birgalikda qo‘llash yuqori samara beradi. Xulosa.Zamonaviy analgeziya ko‘p bosqichli va individual yondashuvga asoslanib tanlangan dori vositalari og‘riqni samarali kamaytiradi. Zamonaviy analgetiklar og‘riqni kamaytirishda samarali va xavfsiz vositalar ekanligini multimodal va individual yondashuv asosida tanlanadi.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.