ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

ZAMONAVIY O’QITUVCHIGA QO’YILADIGAN TALABLAR

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o’qituvchiga qo’yiladigan talablar, o’qituvchi kasbining o’ziga xos sifatlari, pedagogoning o’z oldiga maqsad qo’yishi, zamonaviy o`qituvchi  qiyofasida fazilatlari, o`qituvchi odobining muhum asosiy belgilari, o’qituvchi odobining mezonlari, o‘qituvchi uchun "Yetti sifat" metodi xususida so’z yurutilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

ZAMONAVIY O’QITUVCHIGA QO’YILADIGAN TALABLAR

Saidova Parvina Mirzo qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi

@mail: parimirzaevnadtpi@gmail.com

Qobilov Jamshid Baxtiyor O’g’li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

@mail: jamshiddtpi@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy o’qituvchiga qo’yiladigan talablar, o’qituvchi kasbining o’ziga xos sifatlari, pedagogoning o’z oldiga maqsad qo’yishi, zamonaviy o`qituvchi qiyofasida fazilatlari, o`qituvchi odobining muhum asosiy belgilari, o’qituvchi odobining mezonlari, o‘qituvchi uchun "Yetti sifat" metodi xususida so’z yurutilgan.

Kalit so’zlar: zamonaviy o’qituvchi, umuminsoniy va milliy axloqiy sifatlar, pedagogik maqsadlar, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika o`qituvchilik kasbi, bolalarni sevish, komminikativlik, pedagogik etika, o’qituvchining odobi, estetika, ma’naviy-axloqiy sfatlarni shakllantirish.

Kirish. Jamiyatning bunday kishilariga ishonch ham boshqacha bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzoyoyevning 2020-yil 1-oktyabrda “O`qituvchilar va murabbiylar” kuni bilan qilgan ma`ruzasida “Men o`qituvchilarga ishonaman, o`qituvchilar bizning tayyorlovchi fidoiy jonkuyar kishilardir”, deb katta baho berdi. Muallimlik ana shunday kasblardan bo`lganligi uchun o`qituvchi odobi boshqa kasb egalaridan farq qilishi lozim. Bu pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks etiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism. Bugungi kunga kelib yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo, pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Shu nuqtai–nazardan Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak” deb ta’kidlaydi.

Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha kishilar barcha kasb egalari, jumladan o`qituvchi-tarbiyachilar uchun zaruriy, axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga soluvchi qoidalar, davlatning turli qonunlari, me`yorlari va normalari bilan shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma`lum axloqiy talablar qo`yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi.

O`qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o`zlashtirib olishi, o`z tajribasida qo`llashi o`zining dunyoqarashi va mafkurasi hamda axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash, his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida umuminsoniy va millliy, axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar, o`qituvchining o`z axloqiy fazilatlariga e`tiqodiga aylanadi. O`qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilatlariga va e`tiqodiga aylanishi lozim.

Pedagog o`zi tarbiyalayotgan bolaning oldiga shunday maqsad qo`yishi lozimki, bola ham o`sib katta bo`lganidan keyin o`z oldiga shunday maqsadlar qo`ya bilsin. Mana shu bo`lajak maqsadlar:

◼ 1) ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlar;

◼ 2) zarur maqsadlar deb ikkiga bo`linishi mumkin.

Odam bir vaqti kelib muayyan ixtisos sohasida o`z oldiga qo`yishi mumkin bo`lgan maqsadlar ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlardir.

Zarur maqsadlar deb shunday maqsadlarga aytiladiki, bu maqsadlar odamga o`z faoliyatining har qanday sohasida kerak bo`ladi.

Mamlakatimizda o`qituvchilar hurmatini qadrlab har tomonlama ular mehnatini e`tiborga olib har tomonlama g`amxo`rlik qilmoqda. Bizning nazarimizda zamonaviy o`qituvchi qiyofasida quyidagi fazilatlar bo`lishi kerak (1-rasm):

1-rasm. Zamonaviy o’qituvchi qiyofasidagi fazilatlar.

O`qituvchilik burchi aql bilan hissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan qo`yiladigan talablarning mohiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muhimligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun o`zida qobiliyat borligini sezsa, pedagog uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yo`llarini belgilab olsa, shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi. Demak, unda burch shakllangan deyish mumkin.

O`qituvchining eng muhim burchlaridan biri o`z bilimlarini muntazam oshirib borishdan iboratdir. Muallim o`quvchilarga chuqur nazariy bilimlar berish, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi darkor. Shu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, unda mavjud bo`lgan ijobiy axloqiy fazilatlar o`stirishi lozim. O`qituvchining mas`uliyati uning xulqini tarbiyalashga solib turadigan, boshqaradigan kuch, o`quvchilarga ta`sir o`tkazish darajasining asosiy mezoni hisoblanadi.

O`qituvchi odobida yaxshilik fazilatlariga pedagogik faoliyat bilan bog`liq holda, o`qituvchining yaxshilik shaklida aniqlik kiritiladi. Unda o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi manfaatlari birligi, muallim va o`quvchi maqsadining birligi, ta`lim va tarbiyaning samarasi uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati

O`qituvchi jamiyatda bo`layotgan o`zgarishlar va islohatlar mohiyatini chuqur anglab

yetishi lozim

O`qituvchi zamonaviy axborat texnologiyalaridan, yuqori darajada xabardor

bo`lishi zarur.

O`qituvchi o`z fani bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi lozim.

O`qituvchi pedagogika va psixalogiya fanlarini puxta o`zlashtirgan bo`lishi zarur.

O`qituvchi ta`lim-tarbiya jarayonida eng samarali usul va vositalardan foydalana

olishi lozim.

O`qituvchi ijodkor, tashabbuskor, tashkilotchi bo`lishi lozim.

O`qituvchi yuksak darajada mahorat egasi , nutq madaniyati (notiqlik mahorati)ga ega

bo`lishi lozim. muallimning ham, o`quvchilarning ham, ota-onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixoh va mehribon bo`lishini taqozo etadi.

O`qituvchilik qilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o`z zimmalariga qanchalik yuksak, sharafli mas’uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.

O`qituvchi odobiga ta’rif berganda tanqidiy tafakkur qonuniyatlari buzib ko`rsatilishi va xatolikka yo`l qo`ymaslik uchun o`qituvchi odobi kasb axloqining bir qismi sifatida o`rganilishi zarur.

O`qituvchi odobining muhum asosiy belgilari qatoriga quyidagilarni kiritish lozim:

-- Umuminsoniy va mililliy axloqning qonuniyatlari, tamoyillari, tushunchalari va mezonlarida belgilangan talablrga amal qilish;

-- Pedagogik jarayon va pedagogik faoliyatning o`ziga xos bo`lgan xususiyatlarga binoan ulani oydinlashtirish va aniqlashtirish;

Demak, o`qituvchi odobi umuminsoniy va miliy axloqiy qonuniyatlari, tushunchalari, talablari, mezonlari ta`lim-tarbiya jarayonida oydinlashadi (2-rasm):

2-rasm: O’qituvchi odobining mezonlari

O`qituvchi odobining o`ziga xos xususiyatlari esa quyidagilardan iborat:

a) o`qituvchilik kasbi va bolalarni sevishi;

b) o`qituvchi dars beradigan fanni va o`qitish nazariyasi va metodikasini, psixologiya, pedagogik bilimga xos yuksak ma`naviyatga ega bo`lishi;

c) o`qituvchi shaxsining axloqiy pokligi;

- O`qituvchi odobining xarakterli ijtimoiy taraqqiyotining

har bir bosqichida shu jamiyatda mavjud bo`lgan ijtimoiy

ehtiyojlari bilan belgilanishi va davlat hujjatlarida ijtimoiy

muammo sifatida ifodalanishi;

- O`qituvchi odobining maqsadi, mazmun va usullarining

birligi;

- Yaxlit pedagogik jarayonda jarayonda axloqiy ma’rifat, axloqiy tarbiya

va o`qituvchi odobi birligi;

d) jamiyat oldida burchini his etish, o`quvchilarni ulg`ayib jamiyat uchun foydali kishilar qilib shakllantirish.

e) pedagogik muomala madaniyatiga rioya qilish;

f) barcha o`qituvchilarga nisbatan xolis niyat, talabchan va adolatli bo`lish;

Zamonaviy o’qituvchi qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo’la olishi kerak (so’z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o’qituvchi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarini ifodalaydi):

1. O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma`lumotlarni bera olishi lozim.

2. Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi talab etiladi.

3. O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlanishi lozim.

4. O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta`limtarbiya jarayonida o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

5. O’qituvchi ta`lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.

6. O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi shart.

7. O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o’zlashtirib olishga erishishlari lozim.

8. O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettira olishi kerak:

a) nutqning to’g’riligi;

b) nutqning aniqligi;

v) nutqning ifodaviyligi;

g) nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda kontselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) so’zlardan xoli bo’lishi, o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi kerak;

d) nutqning ravonligi;

j) nutqning boyligi (hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli va samarali foydalana olish).

9. O’qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta`limtarbiya jarayonida o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishishi.

10. O’qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi lozim.

Shuning bilan birgalikda, ko’pgina e’tirof etilgan ma’lumotlarga asoslagan holatda o’qituvchida bo’lishi kerka bo’lgan quyidagi sifatlarni tartiblab chiqdik (1- jadval):

1. Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting!

2. Tabbasum qilishni unutmang!

3. Yodingizda tuting: e’tiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, e’tibosiz o‘qituvchi esa - bolaning qalbiga.

4. Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling!

5. Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o‘quvchilarning tabbasumi.

6. Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o‘quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi deb hisoblashingiz mumkin.

7. Agar mashg‘ulotingizga mehmonlar tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘zingizni mamlakatning eng qobiliyatli pedagogi va eng zo‘r aktrisasi (aktyori) kabi tuting!

1-jadval. O‘qituvchi uchun "Yetti sifat" metodi.

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi zarur? Bunga qisqacha qilib aytganda, shunday javob beramiz: O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy pedagog o'z fanini chuqur bilishi, pedagogik mahoratga ega bo'lishi bilan birgalikda chet tillarini ham bilishi lozim. Masalan, boshlang'ich sinf o'qituvchisi ham ingliz tilini hech bo'lmaganda mukammal darajada bo'lmasa ham qisman bilishi kerak. Sababi boshlang'ich sinflarning yangi nashrdan chiqqan matematika darsliklarida o'lchov birliklari ingliz tilida kiritilgan. O'qituvchi bolaga buni tushuntira olishi kerak, buning uchun albatta ingliz tilidan xabardor bo'lishi lozim. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari va smart doskalar bilan ishlash uchun ham til bilimdonligi pedagog uchun zarur.

O‘qituvchida shuncha xislatlarni ko‘rgan o‘quvchi hayotga o‘z ustozining ko‘zi bilan qaraydi va hayotni oq-qora rangda emas, serjilo ranglarda ko‘rib, unga muhabbat qo‘yadi. Shu go‘zal hayotning, millatning chiroyiga o‘z hissasini qo‘shish uchun ulg‘ayadi. Eng asosiysi, u o‘quvchiligidayoq shu jamiyat, shu millatga kerakman, degan ruhda kamol topadi. Bugungi g‘ala-g‘ovur dunyoda ustoz o‘z so‘ziga, o‘z o‘rniga, o‘z obro‘siga ega bo‘lishi, yoshlarni yurtga otilgan har qanday toshlarga qalqon qilib tarbiyalashi shart. O’qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o’rnak bo’lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g’risidagi Qonuni. 2020-yil 23- sentabr, O‘RQ-637-son (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son)

2. Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.

3. Ochilov M., Ochilova N. 0‘qituvchi odobi. //Saylanma. - T.: 0‘qituvchi, 1997. - 118 b.

4. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomli TDPU, 2005,- 149 b.

5. Tarbiyaviy ish metodikasi. //Pedagogika institutlari uchun o‘quv qo‘llanma (L. I. Ruvinskiy tahriri ostida). - T.: “O'qituvchi”, 1991. - 376 b.

6. Bozorov A.B Universitet o`qituvchilari uchun kasbiy etika qoidalari kerakmi?

7. Ochilov M. Muallim qalb me’mori “O`qituvchi” 2001 yil.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.