RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA
Xalilova Navbahor Hamza qizi
Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti
Samarqand kampusi Pedagogika yo‘nalishi 1- kurs magistranti
Amrullayeva Barno
Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti
Samarqand kampusi o‘qituvchisi PhD
Annotatsiya: Ushbu maqolada interfaol metodlarning zamonaviy ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, ularning shakl va turlari, o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasiga ta’siri, shuningdek 21-asr kompetensiyalarini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Interfaol ta’limning psixologik-pedagogik asoslari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatidagi o‘zaro hamkorlik, hamda innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashuv jarayonlari tahlil qilingan. Maqola ta’lim samaradorligini oshirish uchun interfaol metodlardan amaliy foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar: Interfaol metod, pedagogik texnologiya, ta’lim jarayoni, hamkorlik, ijodkorlik, kompetensiya, faol ta’lim, 21-asr kompetensiyalari, motivatsiya.
Аннотация: В данной статье освещаются место интерактивных методов в современном образовательном процессе, их формы и виды, влияние на уровень усвоения знаний учащимися, а также роль в формировании компетенций XXI века. Проанализированы психологопедагогические основы интерактивного обучения, взаимодействие учителя и ученика, а также процессы интеграции с инновационными технологиями. Статья также содержит предложения и рекомендации по практическому использованию интерактивных методов для повышения эффективности образования.
Ключевые слова: Интерактивный метод, педагогическая технология, образовательный процесс, сотрудничество, креативность, компетенция, активное обучение, компетенции XXI века, мотивация.
Abstract: This article highlights the role of interactive methods in the modern educational process, their forms and types, their impact on the level of students' knowledge acquisition, as well as their role in shaping 21st-century competencies. The psychological and pedagogical foundations of interactive education, the interaction between teacher and student, and the processes of integration with innovative technologies are analyzed. The article also includes suggestions and recommendations for the practical use of interactive methods to improve the effectiveness of education.
Keywords: Interactive method, pedagogical technology, educational process, cooperation, creativity, competence, active learning, 21st-century competencies, motivation.
Bugungi jamiyat taraqqiyoti davrida ta’lim tizimiga yangi vazifalarni yuklamoqda. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi, axborot oqimining keskin ortishi va mehnat bozoridagi talablarning o‘zgarishi ta’lim jarayonini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishni talab qilmoqda. Endilikda o‘quvchilarga faqat nazariy bilim berish yetarli emas. Ularni mustaqil fikrlaydigan, muammolarni hal qila oladigan, kreativ yondashuvga ega, jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmalariga ega shaxs sifatida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli pedagogika sohasida “21-asr kompetensiyalari” tushunchasi keng qo‘llanila boshladi. Ushbu kompetensiyalarni shakllantirishning samarali vositalaridan biri interfaol ta’lim metodlaridir. Interfaol yondashuv ta’lim oluvchini darsning markaziga qo‘yadi va uni faol ishtirokchiga aylantiradi.
21-asr kompetensiyalarining mazmun-mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak - 21-asr kompetensiyalari bu shaxsning zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasidir.
Xalqaro tashkilotlar, jumladan UNESCO va OECD tomonidan ushbu kompetensiyalarning quyidagi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan: -tanqidiy fikrlash; -kreativlik; -kommunikativ kompetensiya; -hamkorlikda ishlash; -axborot texnologiyalaridan foydalanish; -media savodxonlik; -muammolarni hal qilish; -mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasi.
Mazkur kompetensiyalar shaxsning ijtimoiy moslashuvi va professional faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy maktab o‘quvchisi nafaqat bilimli, balki amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Interfaol ta’lim metodlari zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiruvchi samarali pedagogik vosita hisoblanadi. Interfaol metodlar o‘quvchilarning nafaqat bilim, balki ko‘nikma, malaka, nutq, fikrlash, o‘ziga ishonch kabi fazilatlarni ham shakllantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarning pedagogik asl mohiyati shundaki, interfaol metodlar o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati, o‘zaro muloqoti, fikr almashinuvi asosida bilimga ega bo‘lishini ta’minlaydigan usullar majmuasidir.Interfaollikning asosiy belgilari - o‘quvchi faol ishtirokchi, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, axborotning katta qismi o‘quvchi tomonidan izlanish orqali topiladi, dars jarayoni muloqotga asoslanadi, o‘quvchilar o‘rtasida tenglik saqlanadi, o‘quvchi fikrini himoya qiladi, dalillar keltiradi, darsda erkinlik va demokratiya mavjud. Interfaol metodlarga asoslangan ta’lim jarayoni “o‘zlashtirish piramidasi”ga ko‘ra eng samarali hisoblanadi. Ya’ni, o‘quvchi o‘zi ishtirok etgan, izlagan va bajargan ishni eslab qoladi. Psixologlarning ilmiy izlanishlariga ko‘ra, odamlar eshitilgan axborotning 20 foizini, ko‘rilgan axborotning 30 foizini, muloqot jarayonidagi axborotning 50 foizini, mustaqil izlanish orqali topilgan axborotning 80 foizini eslab qoladi. Demak, interfaol metodlar o‘quvchining psixologik faolligini oshirish, motivatsiyani kuchaytirish, ijtimoiy moslashuvni ta’minlashda katta rol o‘ynaydi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol metodlar o‘quvchilarni faollashtirish, jarayonga jalb qilish va 21-asr kompetensiyalarini shakllantirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Interfaol ta’limning ilmiy asoslari ko‘plab mashhur pedagog va psixolog olimlar tomonidan tasdiqlangan. Olimlar fikrida interfaol ta’limning ilmiy asoslari Interfaol metodlar samaradorligi haqida dunyo olimlarining fikrlari turlicha bo‘lsa-da, ularning barchasi bitta umumiy fikrni tasdiqlaydi, o‘quvchi faolligi o‘qitishning eng muhim omilidir. Amerikalik pedagog Jon Dyui shunday deydi:
“Ta’lim jarayoni o‘quvchining faol ishtiroki orqali sodir bo‘lgandagina haqiqiy o‘zlashtirish yuzaga keladi”. Dyui ta’limni tajribaga asoslangan faol izlanish deb biladi. Shuning uchun interfaol metodlarning asosiy g‘oyasi – o‘quvchi o‘rganish jarayonida ishtirokchi bo‘lishi. Mashhur psixolog Lev Vygotskiy fikriga ko‘ra: “Bilim insonning muloqot va hamkorlik jarayonida shakllanadi”.
Bu nazariya interfaol metodlar, guruhli ta’lim va bahs-munozara darslarining psixologik asosidir. Uning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi o‘quvchi kuchi yetmagan vazifani boshqalar bilan hamkorlikda bajarib o‘rganishini ta’kidlaydi. Pedagogik psixolog Benjamin Blum ta’kidlashicha, “O‘quvchini fikrlashga majbur qiladigan metodlar eng samarali hisoblanadi”. Interfaol metodlar aynan shunday - o‘quvchini izlanishga, izohlashga, taqqoslashga, yechim topishga undaydi. Hamkorlikda o‘qitish metodining asoschilari bo‘lgan Johnson va Johnson shunday ta’kidlaydi: “Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchilarni ijobiy bog‘laydi, raqobatni kamaytiradi va o‘zlashtirish samaradorligini bir necha baravar oshiradi.” Bu fikr interfaol metodlarning guruhlarda ishlashga asoslanishini ilmiy jihatdan isbotlaydi. Braziliyalik pedagog Paulo Freyre ta’limni quyidagicha sharhlaydi: “Ta’lim – dialogdir. Monologli o‘qitish o‘quvchini passivlashtiradi.” Demak, o‘qituvchi faqat gapiradigan, o‘quvchi tinglaydigan dars samarali bo‘la olmaydi. Interfaol metodlarda esa o‘quvchi darsning asosiy ishtirokchisiga aylanadi. Olimlarning yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqadiki: Interfaol metodlar o‘quvchini faol ishtirokchiga aylantiradi. Bilim mustahkam va ongli ravishda egallanadi. O‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik, muloqot, ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanadi. Zamonaviy ta’lim talab qiladigan 21- asr kompetensiyalari rivojlanadi. Interfaol metodlar ilmiy, psixologik va pedagogik jihatdan to‘liq asoslangandir. Shu o’rinda interfaol metodlarning turlari va amaliy afzalliklari haqida to’xtalib o’tsak,
“Aqliy hujum”
Bu metod o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantiradi, ularga erkin fikr bildirish imkoniyatini beradi. Har qanday mavzu bo‘yicha ko‘plab g‘oyalar paydo bo‘ladi. afzallik tomoni o‘quvchilar erkin fikr yuritadi, fikrlarni tanqid qilish taqiqlangan bo‘lgani uchun ijodiy muhit yaratiladi, guruhda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi.
“Klaster” metodi
O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha g‘oyalarini tizimlashtirishga yordam beradi. Afzallik tomoni ma’lumotlarni vizual tarzda tartiblash o‘quvchi tafakkurini rivojlantiradi.
“Insert” texnologiyasi
Matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. O‘quvchi matnni belgilar bilan o‘qiydi: “+” – yangi axborot, “–” – bilganimga zid, “V” – tasdiqlaydi, “?” – tushunarsiz. Ushbu metod o’quvchilarning tanqidiy fikrlashni kuchaytiradi.
“Debat” texnologiyasi
Bahs-munozara orqali o‘quvchining mantiqiy fikrlashi, nutqi, dalillash ko‘nikmalari shakllanadi. “Loyihaviy ta’lim”
Bu metod o‘quvchini mustaqil izlanishga o‘rgatadi. Natija albatta bo‘lishi shart. Bunda, o‘quvchi o‘zi mustaqil tadqiqot qiladi, jamoa bilan ishlaydi, natijani taqdim etadi.
Interfaol metodlarning ta’lim jarayonidagi roli juda beqiyosdir. Interfaol metodlarning asosiy maqsadlaridan biri bu- o‘quvchilarning bilim sifatini oshirish demakdir.
Interfaol metodlarda o‘quvchi mavzuni passiv qabul qilmaydi, balki uni tahlil qiladi, savol beradi, o‘rganadi, bu esa bilimlarni yanada mustahkamlaydi. Zamonaviy o‘quvchi quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak: kreativ fikrlash, kreativ yondashuv, kommunikativ malaka, raqamli savodxonlik, muammolarni hal qilish, jamoada ishlash. Interfaol metodlarning har biri aynan shu kompetensiyalarni rivojlantirishda yordam beradi. Mana shunday metodlar orqali ta’lim jarayonida o‘qituvchining roli o‘zgaradi ya’ni an’anaviy darslarda o‘qituvchi “bilim beruvchi” bo‘lsa, interfaol metodlarda yo‘naltiruvchi, fasilitator, tashkilotchi, maslahat beruvchi sifatida faoliyat yuritadi.Interfaol metodlarni joriy etishda yuzaga keladigan muammolardan biri bu o‘qituvchilarning yetarli tajribaga ega emasligi. Ko‘p o‘qituvchilar interfaol darslarni tashkil qilishdan cho‘chiydi bunga sabab texnik vositalarning yetishmasligi ayrim maktablarda kompyuter, proyektor, internet va shunga o’xshash multimedik vositalar cheklanganligidandur. Bundan tashqari, interfaol metodlar ko’proq tayyorgarlik talab qilganligi sabab vaqt taqsimlashda muammolar yuzaga keladi. Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi sabab ham guruhlar bilan ishlash qiyinlashadi va natijada konfliktli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Har qanday muammoning yechimi bo’lganidek albatta bunday muammolarga ham yechim topish mumkin. Bunda biz- muammoni yechish bo’yicha takliflar kiritishimiz, o‘qituvchilar uchun muntazam seminar-treninglar tashkil etishimiz, ta’lim muassasalarini texnik jihozlashlashimiz, dars jarayonini qisqa, aniq bosqichlarga bo‘lib rejalashtirishimiz, raqamli platformalardan foydalanishimiz (Kahoot, Quizizz, Google Classroom), o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lishimiz lozim. Tajribalardan olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, interfaol metodlarni qo‘llagan sinflarda o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning faolligi 35–40% ga oshgan, darsga qatnashish darajasi ko‘tarilgan, dars jarayonida vaqt va resurslardan samarali foydalanilgan, o‘quvchilar o‘z fikrini ochiq ayta oladigan bo‘lgan, ijtimoiy muloqot ko‘nikmalari rivojlangan bo’ladi.
Interfaol metodlar ta’lim jarayonining innovatsion asosini tashkil etadi. Ular bilim berishni emas, bilim yaratishni ta’minlab beradi, o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi, XXI-asr kompetensiyalarini rivojlantirishda asos bo’ladi, ta’limni qiziqarli, mazmunli va samarali qiladi, o‘quvchlarini o‘rganishga, mustaqil va tanqidiy fikrlashga, muammolarni hal qila olishga undaydi. Shu sababli interfaol metodlarni keng joriy etish - zamonaviy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent, 2020.
2. Xodjayev A. va boshq. Pedagogik texnologiyalar asoslari. Toshkent: Fan, 2018.
3. Sultonova N. Interfaol metodlar va ularning ta’limdagi ahamiyati. Toshkent, 2021.
4. UNESCO. 21st Century Skills for Teachers and Students. Paris, 2020.6. Jabborov M. Pedagogik innovatsiyalar va interfaol metodlar. Toshkent, 2022.
5. Mirziyoyeva Z. Ta’limda raqamli texnologiyalar. Samarqand, 2021.
6. Marhamatov R. Psixologiya asoslari. Toshkent, 2019.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.