ZARGARLIK TERMINLARINING TEMATIK TASNIFI
Pardayeva Izzat
Guliston davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti
izzatoy_63@mail.ru
Annotatsiya. O‘zbek tilida qadimdan zargarlik buyumlarining jamini ifodalovchi terminologik tizim tarkib topib kelgan Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligida zargarlik terminlarining tematik tasnifi haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so‘zlar: Zargarlik , zeb, ziynat, naqshlar, ma’dan va toshlar.
Zargarlik zeb – ziynat buyumlari milliy – badiiy madaniyat tarixining ajralmas qismi bo‘lib, u xalqning olis o‘tmishdagi olis maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Zargarlik ziynat buyumlari hunar egalarining mahoratidan ma’lum iqtisodiy va ijtimoiy shart – sharoitlardan, ma’dan va toshlarga ishlov berish texnikasidan hikoya qiladi. Zargarlar yasagan buyumlar ular yashagan davr san’atining uslubiy xususiyatlarini o‘zlarida namayon etadi. Shunindek, zargarlik zeb – ziynat buyumlarining hayotdagi ijtimoiy – iqtisodiy o‘rni ham anchagina sezilarli. Insonning jamiyatdagi mavqeini ham ko‘pincha uning qimmatbaho zargarlik buyumlari borligiga qarab belgilaganlar. Taqinchoqlar kishilar yoshidagi farqni va oilaviy ahvolini belgilash uchun xizmat qilib, ularning nasl – nasabidan nishona berib turuvchi xususiyatga ega bo‘lgan. Boz ustiga, qimmatbaho matolardan yohud ular aralashmasidan tayyorlangan taqinchoqlar kishilar salomatligini bir me’yorda saqlab turish uchun ham xizmat qilgan. Nihoyat, ularning nafosat borasidagi fazilatlaridan so‘zlaydigan bo‘lsak, u zargarlarning yurak qo‘ri bilan yaratilgan mukammal asar bo‘lib, u yoki bu davrda yashagan xalqlarning badiiy nafosat haqidagi tushunchalarini o‘zida aks ettirgan.
Demak, mazkur san’at misolida odamlarning ham moddiy, ham nafosat olami, ham ilohiy qudrat haqidagi tasavvurlarining bir – biri bilan uzviy ravishda chirmashib ketgani ko‘rinadi.
Mana shu asnoda o‘zbek tilida qadimdan zargarlik buyumlarining jamini ifodalovchi terminologik tizim tarkib topib kelgan. Davr, fan va texnika, ishlab chiqarish, madaniy – maishiy hayotdagi o‘zgarishlar taqozosi bilan mazkur terminologik tizim hamisha boyib keldi.
Mehnat jarayonida yuzaga kelgan va ijtimoiy hodisalardan sanalgan til kishilik turmushini har taraflama va keng suratda o‘zida aks ettirdi.
Kasb– hunarga oid terminlar o‘sha xalqning ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jamoaning o‘zaro aloqasi, fikr almashishi natijasida yuzaga kelgan. Kasb–hunar leksikasining bir tarmog‘i bo‘lgan zargarlik terminlari ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi.
Muzeylarda saqlanayotgan va hozirgi kunda turli joylardan topilgan qadimiy zargarlik ziynat buyumlari namunalarining tuzilishi, badiiy naqsh kompozitsiyasining xilma – xilligi, ularni yasashda ishlatiladigan mehnat qurollari – bularning barchasi ularning maxsus terminlar bilan atalganligi, birinchidan, zargarlik zeb – ziynat buyumlarining, ularni yasovchi zargarlar san’atining tarixiy taraqqiyotini yoritishga yordam bersa, ikkinchidan, zargarlik buyumlarining uzoq davrlardan beri qo‘llanib kelinayotganligini tasdiqlaydi.
Jamiyatdagi barcha voqea – hodisalar, narsa – predmetlar bir – biridan farq qilishi yoki bir – biriga o‘xshashligi bilan ajralib turadi va shunga muvofiq ravishda ularning har qaysisi ma’lum bir guruhni tashkil qiladi. Huddi shunday guruhlarga ajratish tilga ham tadbiq qilingan. Lingvistik nuqtai nazardan qaraganda, har bir sohaga oid terminlar ma’lum guruhlarga birlashib tilning terminologik tizimlaridan birini tashkil etadi. O‘z navbatida, bu tizim muayyan guruhlardan, boshqacha aytganda, tematik guruhlardan iborat bo‘ladi.
Inson mehnat faoliyati bilan aloqador bo‘lgan har qanday kasb o‘tmishda ham, hozir ham o‘z terminologiyasini yaratgan va yaratib keladi. Umumiste’moldagi istalgan so‘z kasb – kor, soha doirasida maxsus ma’noga ega bo‘lishi, termin ma’nosini anglatishi, termin vazifasini bajarish mumkin. Chunonchi, uzuk, bilaguzuk, zirak umumiste’molda oddiy so‘z, ammo zargarlar tilida termindir.
Shunga ko‘ra, o‘zbek tili leksikasining eng qadimiy qatlamlaridan bo‘lmish (inson o‘zini go‘zal qilib ko‘rsatish maqsadida foydalanadigan) zargarlik terminlari, ya’ni zargarlik zeb-ziynat buyumlari, ularning qismlari, asbob-uskunalari va nihoyat, ularni yasaydigan, sayqal beradigan kasb-kor egalari terminlarini tematik jihatdan guruhlarga ajratish mumkin. Ular quyidagilardan iborat:
I. Zargarlik zeb – ziynat buyumlari nomlarini ifodalovchi terminlar;
II. Zargarlik zeb – ziynat buyumlari naqshlari nomlarini ifodalovchi terminlar;
III. Zargarlik zeb – ziynat buyumlar qismlarini ifodalovchi terminlar;
IV. Zargarlik zeb – ziynat buyumlarini yasashda va bezashda qo‘llanadigan asbob – uskunalarini ifodalovchi terminlar;
V. Zargarlik buyumlari xomashyolarining nomlarini ifodalovchi terminlar;
VI. Zargarlik buyumlarini tayyorlash jarayonlarini ifodalovchi terminlar;
VII. Soha, kasb – kor ma’nolarini ifodalovchi terminlar.
Adabiyotlar:
1. Akbarovich, Axrorov Alisher. "MAQOLLARDA UMUMYASHIRIN
MA’NONING NAMOYON BO‘LISH OMIL, VOSITA VA USULLARI." TA'LIM
VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 3.4 (2023): 163-166.
2. Akhrorov A. The role and importance of folk proverbs in the upbringing of a perfect person//ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81), 812. – Philadelphia, 2020. –P.42-44.https://hemis.guldu.uz/static/uploads/33/TREANW-kp3YKpIBvwRxLSRw1R92MLP_.pdf
3. Alisher O‘razov. (2023). TILSHUNOSLIK VA UNING SATHLARI
XUSUSIDA. Journal of Universal Science Research, 1(5), 13–19. Retrieved from
4. Axrorov Alisher Akbarovich. (2022). The problem of the role of proverbs in the event of a speech act. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 15, 49–53. Retrieved from
5. Axrorov, A. A. UDK: 811.512. 133 ROST VA YOLG ‘ON SO ‘ZLAMOQ
HAQIDA XALQ MAQOLLARI SHARHI. ILMIY AXBOROTNOMA, 57.
6. Dexkanova L. ARABCHA KO ‘PLIK SHAKLLARINING O ‘ZBEK
TILIDA QO ‘LLANILISHI //O'ZBEKISTONDA FANLARARO
INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2023. – Т. 2. – №.
18. – С. 235-238.
7. Doniyorov R.O‘zbek tilining ilmiy-texnikaviy terminlari tarixidan. – Toshkent, 1973. 270 bet
8. Doniyorovich, O. R. A. (2022). TOG ‘AY MUROD ASARLARIDA
EVFEMIZMLAR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND
EDUCATION, 1(4), 38-42.
9. Farrux Muxudullayev. (2023). LINGVOPOETIGA DOIR QARASHLAR. Journal of Universal Science Research, 1(5), 31–37. Retrieved from
10. Fazliddin Galievich Sharipov. (2022). Improvement of classification of parts of speech in modern Uzbek morphology. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 14, 16–22. Retrieved from
11. Ibrohimov S. Farg‘ona shevalarining kasb – hunar leksikasi. – Toshkent,1959. 157 -bet
12. Jumanazar, A., & Lutfiniso, D. (2022). Inguistic Unity in Uzbek Linguistics Some Comments about the form. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 6, 688–692. Retrieved from https://emjms.academicjournal.io/index.php/emjms/article/view/505
13. Mamaraximov Sirojiddin. (2023). O‘ZBEK TILIDA MAQSAD MA’NOSI SO‘ZLAR ORQALI IFODALANISHI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 20–25. Retrieved from
14. Mirahmedova Z. O‘zbek tilining anatomiya terminologiyasi va uni tartibga solish muammolari. – Toshkent, 2010, 7 –18- bet.
15. Omonullo Muratkulov. (2023). HAMKORLIK TEXNOLOGIYASI -
TALABALARGA YO’NALTIRILGAN TA’LIMNING SAMARALI
USULLARIDAN BIRI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 26–30. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/605
16. Pardaeva I. X. (2022). SEMANTIC METHOD OF JEWELERY TERMS
PRODUCTION WITH. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 9(11), 356–358. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/5VJR8
17. Pardayeva, I., & Mahmudboyeva, F. (2022). ZARGARLIK
TERMINLARINING SINTAKTIK USUL BILAN YASALISHI. Gospodarka i
Innowacje., 24, 562-564.
18. Sh.Xudoyqulova. (2023). MAQOLLARDA SHEVAGA XOS SO‘ZLARNING QO‘LLANILISHI (A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari asosida). Journal of Universal Science Research, 1(4), 299–303. Retrieved from
19. Yodgorov, H., & Zulayho, T. (2022). JOURNAL OF NORTHEASTERN UNIVERSITY. Journal of Northeastern University, 25(04).
20. Yodgorov Hamid. (2022). THE ROLE OF DYSPHEMISMS IN THE
POETIC TEXT. World Bulletin of Social Sciences, 16, 130-132. Retrieved from
21. Зулайҳо Тўйчиева. (2023). АБДУЛЛА ҚАҲҲОРНИНГ “САРОБ” РОМАНИДА ИБОРАЛАРНИНГ ҚЎЛЛАНИЛИШИ. Journal of Universal Science Research, 1(4), 304–307. Retrieved from
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.