Bugungi kunda mashinasozlik chizmachiligi fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. An’anaviy chizmachilik fanlarini o‘qitishda asosan qo‘lda chizish va 2D grafik dasturlar qo‘llanilgan bo‘lsa, hozirda 3D modellashtirish dasturlaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirmoqda. Shu nuqtai nazardan, SolidWorks grafik dasturi talabalarga uch o‘lchamli modellar yaratish, texnik chizmalarni tushunish va muhandislik tafakkurini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada SolidWorks dasturining mashinasozlik chizmachiligi fanini o‘qitishda tutgan o‘rni, uning afzalliklari va ta’lim jarayonidagi samaradorligi tahlil qilinadi.
В настоящее время в преподавании машиностроительного черчения важную роль играет использование современных технологий. Если ранее обучение черчению основывалось на ручных чертежах и 2D-графических программах, то сегодня использование 3D-моделирования значительно повышает эффективность обучения. В этом контексте графическая программа SolidWorks служит важным инструментом для студентов, помогая им создавать трехмерные модели, понимать технические чертежи и развивать инженерное мышление. В данной статье рассматриваются роль программы SolidWorks в преподавании машиностроительного черчения, ее преимущества и эффективность в образовательном процессе