ResearcherUz LogoResearcherUz

ERTA YOSHDAGI BOLALARDA KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Annotatsiya

KIRISH: erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kommunikativ ko‘nikmalar tushunchasi, uning bolalar shaxsiy rivojidagi o‘rni va ahamiyati ochib beriladi. Erta yosh davrida nutq, muloqot, ijtimoiy moslashuv va emotsional rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi asoslab berilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, metod va usullar, o‘yin faoliyatining imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada tarbiyachining kommunikativ faoliyatni tashkil etishdagi roli, bolalar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish omillari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik asoslarini aniqlash, ularning rivojlanish mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslash hamda samarali metod va vositalarni ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, quyidagi vazifalar ko‘zda tutiladi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqot ko‘nikmalarining psixologik-pedagogik xususiyatlarini o‘rganish; Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; Ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlar va o‘yin texnologiyalarining samaradorligini asoslash MATERIALLAR VA METODLAR: erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda rolli o‘yinlar, didaktik o‘yinlar, suhbat metodlari, dramatizatsiya, ertak terapiyasi, musiqiy va harakatli o‘yinlardan samarali foydalanildi. Ushbu metodlar bolalarning nutqiy faolligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish va ijtimoiy muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot jarayonida quyidagi material va metodlardan foydalanildi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va bolalar psixologiyasi bo‘yicha ilmiy adabiyotlar; Davlat maktabgacha ta’lim standartlari va dasturlari; Ilmiy maqolalar, metodik qo‘llanmalar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar. Erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik asoslarida nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, suhbat va savol-javob; o‘yin faoliyatini tahlil qilish, taqqoslash va tajriba-sinov ishlari metodlaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, erta yosh davrida kommunikativ ko‘nikmalarni maqsadli va tizimli ravishda shakllantirish bolalarning nutq rivoji hamda ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan: bolalarda o‘z fikrini erkin ifoda etish qobiliyati shakllandi; tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish faolligi oshdi, tinglash va suhbatdoshni tushunish madaniyati rivojlandi; jamoaviy faoliyatda ishtirok etish ko‘nikmalari mustahkamlandi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda oilaviy muhit, tarbiyachining nutq madaniyati, ijobiy psixologik iqlim va o‘yin faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishi muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim muammolar ham kuzatildi: bolalarning nutqiy rivojlanishidagi individual farqlar, ota-onalarning pedagogik savodxonligi yetarli emasligi, raqamli qurilmalardan ortiqcha foydalanish natijasida jonli muloqotning kamayishi. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun pedagog va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish, nutqni rivojlantiruvchi o‘yin va mashg‘ulotlarni tizimli tashkil etish hamda kommunikativ muhitni boyitish zarur. XULOSA: erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish ularning shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon ilmiy asoslangan pedagogik yondashuv, o‘yin faoliyati va ijobiy ijtimoiy muhit orqali samarali amalga oshiriladi. Kommunikativ kompetensiyani erta bosqichda rivojlantirish bolalarning keyingi ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslashuvi, ijtimoiy faol va madaniyatli shaxs bo‘lib shakllanishiga zamin yaratadi.


INTRODUCTION: this article examines the pedagogical foundations of forming communicative skills in early childhood from a scientific and theoretical perspective. The study reveals the concept of communicative skills and their significance in the personal development of young children. The interrelation between speech development, communication, social adaptation, and emotional growth in early childhood is substantiated. In addition, the article highlights pedagogical conditions, methods, and techniques that contribute to the development of communication culture in preschool education, as well as the potential of play-based activities. Special attention is paid to the role of the teacher in organizing communicative activities, establishing effective interaction with children, and applying modern pedagogical approaches AIM: the main objective of this study is to identify the pedagogical foundations for developing communicative skills in early childhood, to scientifically substantiate the mechanisms of their development, and to design effective methods and tools. Additionally, the study aims to: examine the psychological and pedagogical characteristics of communication skills in preschool children; identify factors influencing the development of communicative competence; justify the effectiveness of interactive methods and game-based technologies in the educational process. MATERIALS AND METHODS: in the process of developing communicative skills in early childhood, role-playing games, didactic games, conversation methods, dramatization, fairy-tale therapy, musical and movement-based games were effectively used. These methods contribute to increasing children’s speech activity, expanding their vocabulary, and fostering a culture of social communication. The research was based on scientific literature in preschool pedagogy and child psychology, State standards and curricula for preschool education, scientific articles, methodological manuals, and advanced pedagogical practices. The following research methods were applied in studying the pedagogical foundations of communicative skill development in early childhood: theoretical analysis and generalization, pedagogical observation, interviews and question-answer techniques, analysis of play activities, comparative analysis, and experimental research methods. RESULTS AND DISCUSSION: the research findings demonstrated that the purposeful and systematic development of communicative skills in early childhood has a positive impact on children’s speech development and social adaptation. In particular: children developed the ability to express their thoughts freely; communication activity with peers and adults increased; listening skills and understanding of interlocutors improved; skills of participation in group activities were strengthened. The discussion revealed that family environment, the educator’s speech culture, a positive psychological climate, and the proper organization of play activities are significant factors in the development of communicative skills. At the same time, several challenges were identified: individual differences in children’s speech development, insufficient pedagogical literacy of parents, and a decrease in live communication due to excessive use of digital devices. To address these issues, it is necessary to strengthen cooperation between educators and parents, systematically organize speech-development games and activities, and enrich the communicative environment. CONCLUSION: the formation of communicative skills in early childhood plays a crucial role in children’s personal development. This process is effectively implemented through scientifically grounded pedagogical approaches, play activities, and a positive social environment. The early development of communicative competence provides a foundation for successful adaptation to subsequent stages of education and contributes to the formation of a socially active and culturally developed individual.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA UCH O‘LCHAMLI GEOVIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar

Bayimbet Iskandarov

Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …

Inter Education & Global Study21.10.202600
LEARNING ANALYTICS AND STUDENT ENGAGEMENT IN TEACHER EDUCATION: METHODOLOGICAL PERSPECTIVES.
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education

Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi

This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…

Inter Education & Global Study21.10.202600
IJODKORLIK KO‘NIKMALARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TARKIBI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIDAGI O‘RNI
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog

Madiyev Otamurod Bobomurodovich

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…

Inter Education & Global Study21.10.202600
INGLIZ XALQ ERTAKLARI ORQALI BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING LINGVISTIK VA MADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH.
Pedagogika fanlariIngliz xalq ertaklariBo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariLingvistik kompetensiya

Djabbarova Feruza Azamovna

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik va madaniy kompetensiyalarini ingliz xalq ertaklari orqali rivojlantirish metodikasi taklif etiladi. Ertaklarning til ko‘nikmalarini shakllantirish, matn mazmunini talqin qilish va madaniyatlararo qiyoslashdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Me…

Inter Education & Global Study21.10.202600
DZYUDO TO‘GARAGIDA TALABALAR TAYYORGARLIGINI PEDAGOGIK TESTLASH ASOSIDA TASHKIL ETISH.
Pedagogika fanlariDzyudoTalabalarUmumiy jismoniy tayyorgarlik

Azimov Laziz Ahrorovich

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida dzyudo to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning tayyorgarligini pedagogik testlash va baholash asosida tashkil etish masalasi yoritilgan. To‘garakka turli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan keladigan talabalarning tayyorgarligini xolis aniqlash va nazorat qilish uchun ishonchli …

Inter Education & Global Study19.10.202632