KIRISH: mazkur maqolada sohaviy matnlarni tarjima qilishni o‘rgatishda zamonaviy sun’iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanishning metodik asoslari yoritiladi. tarjimonlik ta’limida SI vositalarining o‘rni, imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilinadi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — SI vositalarini tarjima jarayoniga integratsiya qilish orqali talabalarda tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish, tarjima sifatini oshirish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda neyron tarmoqlar asosidagi tarjima tizimlari, kompyuter yordamida tarjima (CAT) vositalari, avtomatik tahlil va feedback mexanizmlari o‘rganildi. bosqichma-bosqich metodika ishlab chiqildi: SI vositalaridan nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, amaliy tarjima mashqlari, xatolarni tahlil qilish va refleksiv baholashda foydalanish. NATIJALAR VA MUHOKAMA: natijalar shuni ko‘rsatdiki, SI vositalari talabalarda tarjima sifatini oshirishga, algoritmik va refleksiv fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. biroq ularni to‘g‘ri boshqarish, inson omilini saqlab qolish va pedagogik nazoratni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. XULOSA: SI vositalarini tarjimonlik ta’limiga integratsiya qilish zamonaviy ta’lim jarayonida samarali metodik yondashuv bo‘lib, talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va tarjima kompetentligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
INTRODUCTION: this article explores the methodological foundations of using modern artificial intelligence (AI) tools in teaching the translation of specialized texts. the role, opportunities, and limitations of AI in translation education are analyzed. PURPOSE: the aim of the study is to integrate AI tools into translation training to improve translation quality and foster students’ independent learning skills. MATERIALS AND METHODS: the study examined neural networks, computerassisted translation (CAT) tools, automated analysis, and feedback systems. a step-bystep methodology was proposed, including theoretical acquisition, practical translation exercises, error analysis, and reflective evaluation. RESULTS AND DISCUSSION: findings indicate that AI tools enhance translation quality and support the development of algorithmic and reflective thinking. however, effective management and preservation of the human factor remain crucial. CONCLUSION: integrating AI tools into translation education represents an effective methodological approach, strengthening students’ independence and shaping translation competence in modern learning environments.