ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Iqtisodiyotning turli xil tarmoq va sohalarida MDH davlatlari va jahonning bazi bir mamlakatlari bilan Õzbekistonning iqtisodiy kõrsatkichlari

Annotatsiya

Mamlakatimiz rivojlanayotgan mamlakatlar safida barcha sohalarda õz õrniga ega.Ammo bu kõrsatkichlar bazida õz ahamiyatini yõqotadi.Õzbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida,xalq faravonligi yõlida õz iqtisodiy kõrsatkichlarini barqarorlashtirishi lozim.Bunda Fiziokratlar ta'limoti bõyicha iqtisodiyotning asosiy tarmoği bõlgan qishloq xõjaligida shaxsiy manfaatdorlikni yuqori dajada oshirish hamda Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo bõlgan ishsizlikni bartaraf etish,shuningdek monetarizm nazariyasining asosiy muammosi bõlgan stagflatsiya jarayonini ya'ni ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishini yõqotish zarur.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Iqtisodiyotning turli xil tarmoq va sohalarida MDH davlatlari va jahonning bazi

bir mamlakatlari bilan Õzbekistonning iqtisodiy kõrsatkichlari

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1i-2022 guruh talabasi

Shoydulova Maftuna Zafar qizi

+998931356221

Denov tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti3-Bb guruh talabasi

Normurodova Saodat

Denov tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6-Bi guruh talabasi

Ergasheva Oysanam

Introduction:Mamlakatimiz rivojlanayotgan mamlakatlar safida barcha sohalarda õz õrniga ega.Ammo bu kõrsatkichlar bazida õz ahamiyatini yõqotadi.Õzbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida,xalq faravonligi yõlida õz iqtisodiy kõrsatkichlarini barqarorlashtirishi lozim.Bunda Fiziokratlar ta'limoti bõyicha iqtisodiyotning asosiy tarmoği bõlgan qishloq xõjaligida shaxsiy manfaatdorlikni yuqori dajada oshirish hamda Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo bõlgan ishsizlikni bartaraf etish,shuningdek monetarizm nazariyasining asosiy muammosi bõlgan stagflatsiya jarayonini ya'ni ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishini yõqotish zarur.

Keywords: Stagflatsiya, pul, inflatsiya, iqtisodiyot, xõjalik, dehqon, oltin, kolxoz, muholifat, vazir, islohotlar, infratuzilma, bank, budjet, tõlov, xizmat, hukumat, tanqidiy fikrlash, analitik.

Material and methods: Ushbu maqolada Barro Robert, Sala-i-Martinning 1995- yilda nashr qilingan Economic growth kitobidan foydalaniladi.Hamda internet aloqalarida Sanjar xõjaning iqtisodiy muammolar videolaridan ma'lumotlar tõplangan holda analitik usulda yozilinadi.

Results: Deyarli bir yilda mustaqillikka erishgan davlatlarni aholi jon boshiga YAIMlari 1.Qozoğiston 1991-yil 16-dekabr kuni mustqillikka erishdi. YAIM 10141$ 2.Turkmaniston 1991-yil 27-oktabr kuni mustaqil bõldi. YAIM 7612$ 3.Belarussiya 1991-yil 25-avgustda mustaqil bõldi. YAIM 7304$ 4.Ozarbayjon 1991-yil 18-oktabrda mustaqilllikka erishdi. YAIM 5383$ 5.Moldava 1991-yil 23-may kuni õzini mustaqil deb e'lon qildi YAIM 5315$ 6.Gruziya 1991-yil 6-apral kuni mustaqillikka erishdi YAIM 5042$ 7.Ukraina 1991-yil 24-avgust kuni õzini mustaqil deb e'lon qildi YAIM 4836$ 8.Armaniston 1991-yil 21-sentabr kuni mustaqillikka erishdi. YAIM 4670$ 9.Õzbekiston 1991-yil 31-avgust kuni mustaqillikka erishdi. YAIM 1983$ 10.Qirğiziston 1991-yil 31-avgust kuni mustaqillikka erishdi. YAIM 1276$ 11.Tojikiston 1991-yil 9-sentabr kuni mustaqillikka erishdi YAIM 897$

Ma'lumotlar 2021-yilniki

Tanqidiy fikrlash biron bir narsani kamchiligjni aniqlaydi(ushbu kamchiliklar tuzatilishi uchun hamda õsha narsa yuksaklikka erishilishi uchun).Xulosa õzimizdan.

Discussion: Õzbekistonda qishloq xõjaligini kecha,bugun,ertaga.

Avval dehqonlarimiz õzlari bilganicha talab va taklifdan kelib chiqqan holda mahsulot ekishgan.Yer õzlariniki bõlgan.Yerdan boshqa yillar ham foyda olish uchun yerni avaylab asrashgan,õğit berishgan.Ularga nima ekishini hech buyurishmagan.Ammo keyin qanaqadir qizil bayroqlilar kelib,hammasini ostin ustun qivorishgan.Qanadir kolxoz degan narsaga hammani tõplab,yer davlatniki ya'ni bizniki.Yerdan olingan hosil esa hammamizniki deb e'lon qilishgan.Ushbu holatdan sõng qishloq xõjaligida shahsiy manfaatdorlik keskin tushib ketgan.( Shu yerda mulk haqida qõshimcha ma'lumot keltirib õtmoqchiman.Mulk ikki xil bõladi:xususiy mulk va xususiy bõlmagan mulk. Xususiy mulk biron kishiga tegishli bõladi ya'ni mulkni egasi bõladi.Agar mulkka kimdir egalik qilsa ushbu mulkni yanada kõpaytirishga va foydaliroq qilishga harakat qiladi.Ushhu holat jamiyat rivojiga ijobiy ta'siri mavjud.Ammo xususiy bõlmagan mulk ya'ni milkni aniq bir egasi bõlmasa u mulk rivojlanmaydi,hech kim uni kõpaytirishga ham harakat qilmaydi.Natijada u tashlandiq mulkka aylanadi. Bunday mulklar jamiyat rivojiga salbiy ta'sir kõrsatadi.Yer ham bu bir mulkdir.) Yuqorida ta'kidlab õtganimdek dehqonlarni yerlarni xususiylashtirgan holda uzoqni õylab yerni parvarish qilishadi.Ammo bunga yõl qõyishmadi.Yerlar hammaniki bõlgani uchun ayovsiz ishlatilindi.Kimyoviy moddalar ayovsiz haddan ziyod kõp ishlatilindi.Yerni hech kim ğamini yemadi. Natijada yerlarning ahvoli yomonlashdi.Suv hisobi olinmagani bois Orol dengizini suvi kamayib ketdi.Keyin Õzbekiston mustaqil bõldi.Ammo yer baribir egalik bõlmadi.Yerlar fermerlarga berildi,ular yerlarga egalik qiladi deyildi.Ammo ular ham haqiqiy ega bõlishmadi.paxta va buğdoy ekasan,mahsulotni davlatga ya'ni bizga berasan deyishdi ularga.Natijada yer va unda õsgan mahsulotga ega bôlmagan fermerlarning kõpi tabiiyki tõğri ishlatishmadi.Bazilari yerga berilishi kerak bõlgan õğitlarni sotishdi,bazilari xõjakõrsinga ishlab,hosildan bõshagan yerlarni dehqonlarga ikkinchi ekinga sotib õtirishdi.Ammo bu hammasi emas.Fermer yerlari bazi hokimlar uchun mõbay daromad manbai bõldi.Qanday qilib?Deylik bir fermerga bir yer yoqib qoldi va u yerga egalik qilish uchun hokimni oldiga bordi.U yerni õziga olib berishini sõradi.Albatta mukofot evaziga.Hokim yerni oldingi egasini yomon ishlayapsanga chiqarib yerni mukofot bergan fermerga beradi.Bechora oldinhi fermer yaxshi ishlayapmanku desa,hokimning qõllari uzun,uning qõllari hamma joyga yetadi.Suvchiga suv bermasligini aytsa fermerni ekinlari yaxshi hosil bermaydi shu bilan ish hal.Biroz vaqt õtgach yana bu yr hoshqa odamga yoqib qoldi va yana hokim yermi mukofot evaziga õsha odamga berdi.Shunday qilib mukofotlar evaziga bechora yerlar odamlar qõllarida qõlma-qõl bõlib,yerlarning holati yomonlashib ketdi.Egasiz yerlar eskichasiga suğorilgani bois,orol dengizi qurib boreverdi va bir kun. Ishlar shu holda davom etaversa Õzbekiston yerlari yanada ishdan chiqaveradi. ErtagaYerlar õz egasini topishi kerak.Uzun qõl hokimlar qishloq xõjaligiga qõllarini chõzolmasligi kerak.Qishloqlar atrofidagi yerlar õsha qishloqlarda yashovchilarga tegishli bõlishi kerak.Ular orasida usta dehqonlar kõpdan kõp.Shunda qishloqlarda ishsizlik kamayadi.Kelajakda esa qishloqlar faol iqyisodiy maskanga aylanadi.Shunchaki dehqonlarmas balki oyoğida mustahkam turadigan bunyodkor sinf bu yerda yuzaga keladi.Shunday qilib qishloq xõjaligidan kelajakdagi umidlarimiz katta.!!!!

Endi keling qishloq xõjaligidan chiqib Yurtimizning tabiiy boyliklari umuman olganda yerdan qazib olinadigan boyliklar haqida gaplashaylik.Masalan oltin zahiralarimiz,ushbu sohada bizning yurtimiz eksport sohasida õz vaqtida rekord natija õrnatgan desak ham adashmaymiz.Ammo bir savol qiziqtiradi shuncha pul nimaga ishlatilinyapti?Shunchalik, chiqimlarimiz kõpayib ketdimi?Bunday deyishimni õziga yarasha sabalari ham bor albatta,shuncha yetakchi õrinlarni egallab kelishimizga qaramasdan,yurtimiz yerlari hosildor,jannatmakon õlka,qazilmalarga boy bõlishiga qaramasdan bizdan naqd108 kun keyin mustaqillikka erishgan Qozoğistondan YAIM bõyicha nafaqat bu soha balkim iqtisodiyotning boshqa sohalari bõyicha ham tõğrisini aytsam ancha orqadamiz.Bunga sabab nima deb õylaysiz?

Eng kõp oltin ishlb chiqaruvchi davlatlar ketma-ketligi

1.Xitoy 420 tonna 11.Õzbekiston 100 tonna

2.Avstralliya 330 tonna 12.Qozoğiston 100 tonna

3.Rassiya 310 tonna 13.Sudan 93,1 tonna

4.AQSH 200 tonna 14.Braziliya 85 tonna

5.Canada 180 tonna 15.Argentina 72 tonna

6.Indaneziya 160 tonna 16.Papu-Yangi Gvineya 70 tonna

7.Peru 130 tonna 17.Kolumbiya 65,23 tonna

8.Gana 130 tonna 18.Mali 60 tonna

9.Meksika 110 tonna 19.Burkina faso 50 tonna

10.Janubiy Afrika 101 tonna 20.Tanzaniya 48,2 tonna

Hozir men bu yerda 20 ta davlatni keltirdim.Qolganlari hozircha ushbu maqolaga taaluqli emas.Ushbu statistikadan ham kõrinib turibdiki BMT tashkilotiga a'zo bõlgan 194 ta davlat ichida mamlakatimiz oltin qazib olish bõyicha 11-õrinda turadi.Bunday yuqori kõrsatkkich albatta quvonarli.

Juda kõpchilik,kreativ fikrlash fanidan ham bilamizki,insonlar tanqidiy fikrlashni yoqtirmaydi tõğriroği qõrqishadi, ayniqsa siyosat tõğrisida.Ammo biz iqtisodchimiz bizning ishimiz shu.Bozor mexanizmidan ham habariz bõlsa agar avval xaridorlar tomonidan talab bildiriladi,sõng sotuvchilar talabga binoan taklif bildirishadi.Talab bõlmasa taklif ham bõlmaanidek,tanqid bõlmasa õsish ham bõlmaydi.Bolalar ham yiqilmasdan katta bõlmaydi.

Hukumatni,amaldorlarni tanqid qilish,ularni tergab turish,ularni sõroq savolga tortish yoki deputatlarga borib murojat qilgan holatda talab qilishimizni,kõpchilik bu narsani ğiybat qilish,kovlash,iğvo qilish,fitna qilish deb õylaydi va shunaqa singib qolgan.Bu bizlarni notõğri tushunchalarimiz orqali.Bilasizmi bizlarni yana qanaqa notõğri tushunchalarimiz bor.Masalan:shukr qilishimiz kerak Liviyani qara,Iroqni qara sabr qil degan gaplar bor.Eng kulgili taraflari shundak biz internetga kirib tekshirmagan ,dunyoni bilmagan holda Liviyani qara Iroqni qara deymiz.Õzbekistonni aholi jon boshiga YAIMi 1741$,Liviyaniki esa 7684$,Iroqniki esa 5955$ (2020-yil sentabr oyida jahon banki bergan ma'lumotlar).Iroqni iqtisodi bizdan 3 baavar kuchli,Liviyaniki esa 4 baravar.Aholini turmush yashash sharoiti bizdan 3,4 baravar kuchli bõlgan holda biz õzimizni faqat aldab yuramiz,xuddi quduqqa tushib olganday,dunyodan bexabar holatda dunyo bizga havas qiladi deb yuramiz.Qozoğistonni YAIMi 9731$.Biz õzimizni õzimiz aldab yureveramiz dunyo bizga havas qiladi deb, xalqimiz, yoshlarimiz aka-opalarimiz umuman olganda qarinfoshlarimiz, qardoshlarimiz Qozoğistonga qora ishchi bõlib ishlashga ketishadi.Ular õz oilasi soğinchida bolalaridan õzga yurtda yiroqda qora mehnat qilishadi.Biz endi mustaqil bõldik, yaqindagina mustaqil bõldik, õshaning uchun hali vaqt bor,hali zõr bõlib ketamiz deyishiz mumkin.Õzbekiston mustaqil bõlgan vaqtida Estoniya,Latviya,Litva ham mustaqil bõlgan edi.Estoniyani kishi boshi YAIMi 23066$,Latviyaniki 19456$,Litvaniki esa 17836$.Bularni sharoiti aholisini turmush tarzi Õzbekistonni iqtisodiy ahvolidan 10 baravar kuchli.Siz nima deb õylaysiz Õzbekiston bilan bir vaqtda mustaqil bõlgan bu davlatlar,nima sababdan 30 yil ichida Õzbekistondan 10 baravar rivojlanib ketdi.Buni sababi shunda bõlishi mumkinmi,bu halqlar bu davlatning aholisi õzaro birdamligi bor.Ular bir birini sen vatandasan sen xorijdasan demaydi,sen dindorsan sen dindormassan demaydi umuman olganda aholi nir birini ajratmaydi.Ular vaqtini bekorchi narsalarga ajratmay bor energiyasjni borini õz bilimini oshirishga hamda amaldorlarnj tergab turgani uvhun bõlishi mumkinmi?.Masalan Estoniya vaziri õz farzandlarjnj maktabiga xizmat mashinasida olib borgani uchun xalq etiroz bildirgan,xalq etiroz bildirgani uchun deputatlar ham etiroz bildirib chiqqan,hukumat obrõsini saqlab qolishi uchun vazirni ishdan olib tashlagan.Estoniyani ğarb mamlakati ularni dunyo qarashi fikrlashi bizdan boshqacha deyishiz mumkin ha bõpti men sizlarga bitta sharq mamlakatidan misol keltiraman.Yaponiya.(Siz Õzbekiston obrõsini nima bilan õlchaysiz.Biz zõrmiz,Amir Temur avlodimiz desak qaysidir xorij davlatlar buni e'tiborga oladimi?Sanjar xõja uvhun obrõli rivojlangan davlat qanday qilib ôlchanadi.Qõlimizdagi pasport bilan nechta davlatga bizasiz borolamiz,57 ta davlatga.Xattoki Tojikiston ham bizlardan yaxshiroq 58 ta davlatga boroladi ular.Qirğiziston 63 davlatga,Qozoğiston 76 davlatga,yaxshiyam baxtimizga Turkmaniston bor ana zato Turkmaniston bor deb yuramiz.75 yil oldin mağlubiyatga uchragan õsha ikki davlat Germaniya bilan Yaponiya,Germaniya 189 davlatga boroladi,Yaponiya 191 davlatga boroladi.Obrõ degani manashunaqa bõladi.)Yaponiyani bosh vazirini õğli 2 ta vazirlik ichki ishlar va kommunikatsiya vaziri bilan birga ôtirib ovqatlangan va ushbu jarayon matbuotda chiqqach xalq norozilik bildirgan,ushbu norozilikdan sõng muxolifat partiyalari bosh vazirdan xisob sõrashgan. Nega sening õğling xususiy korxona egasi bõla yurib vazirlar bilan birga ovqatlangan deb sõraganida bosh vazir kechirim sõragan.Yaponiyada bunday holatlar juda kõp,yan biri bosh vazir õrjnbosari yirik korxona egalari nilan 2 yilda uch mara uchrashib ovqatlanadi va hisobni korzona rahbarlari tõlaydi.Bu narsa xalqqa yetib noradi va ushbu narsani xalq korrupsiyaga yõyadi va norozilik bildiradi.Vazir õrin nosari ishdan bõshatilinadi.Agar bõshatilmas xalq qõzğalon qilib uni istefoga chiqishini sõrardi,muammo jiddiylashib ketmasligi uchun ham hni õzlari bõshatib qõya qoladi.Agar bunday holatlarni Õzbekistondagi hirorta jurnalis olib chiqsa xalqimiz unga nisbatan kovlama,iğvo qilma derdi.Biz shu darajada yiriklashib ketganimiz uchun Yaponiya bizga qarz berayotgan ekanda.Yaponiya elekt energetika uchun 195 mln$ qarz berdi va u qarz tõğri yõnalyirilmasa hiz hni tekshirib tergab turmasak,amaldorlarni chõntagiga ketadigan bõlsa,bu pullarni sizu biz soliq va jatimalarimiz bilan tõlab beramiz.Farzandlarimiz tõlab beradi yetmaydi nevaralarimiz tõlaydi.Yaponiya faqat elektr emergiyaga pul bermadi,karona virusga qarshi kurashish uchun ham138 mln $ berdi.Xalqimizni 5 mln qashshoqlikda,jahon banki bergan ma'lumotga kõra qashshoqlikda yashayotgan 5 mln aholini 40%i yani 2 mlni kutilmaan 100 mingsõmlik harajatga tayyor emas.Ushbu gaplarni bazi birovlar jahon banki ğarbda ular bizni kõrolmaydi,bizni pasaytirish uchun yolğon ma'lumot bergan deyish mumkin. Prezidentimiz aytganidek ular ongsizlashtirish siyosat qurbonlaridir. Biz õz kamchilliklarimizni tan olmagunimizgacha tanazullimiz davom etaveradi. Chunkj kamchiliklarimizni tan olgan kunimiz ularnj tõğirlashga bölan harakatni ham boshlahmiz.

Jahon banki bizni dushmanimiz bõlsa nega ular bizga yana 500 mln qarz berdi.Yana deganjmni boisi Jahon bankidan jami 4 mlrd qarz bõldik.Umumiy qarzlarimiz esa 31 mlrddan oshdi.Ushbu mablağlar yurtimiz riboji uchun turli xil tarmoqlarga tõğri yõnaltirilgan bõlsa,bu mablağlar sõmga aylantiriladi yani milliy valyutaga.Katta miqdordagi mablağlar milliy valyutaga aulanyirilsa nega milliy valyutamiz dollara nisbatan qiymati 9 ming sõm 8 min sõmga tushib ketmadi?Milliy valyutamiz 1994-yilda joriy qilingan bõlsa 1-iyulda muomalaga chiqarilgan bõlsa,õsha vaqtda 1 dollar 7 sõm edi.Remitr bergan nashrga kõra dunyoda qadrsiz qiymatsiz balyuta chempionatida bizning milliy valyutamiz 4-õrinda.Nima sababdan?Õzbekiston budjeti bir qozon hu qozo tadbirkorlarni soliği,aholini tõlovlari,nojxona tõlovlari va boshqa turli xil soliq,tõlovlar bilan tõldiriladi.Shu qozondan shifokorlar,xodimlar,nafaqaxõrlarga umuman davlat tõlovlari tarqatilinadi.Agar yetmay qolsa bizlarda bitta telefon hilan pul ishlab chiqarilib shundan tarqatilinadi.Õz ôzidan pul inflatsiya bõladi.

Conclusion: 2022-yilda jahon chempionati Qatarda bõlib õtdi. Ushbu chempionatni tokosha qilarkanmiz ushbu davlat haqida ham ozroq iqtisodiy qarash qilmasak ham bõlmasdi.Qatar bazinir siyosiy jihatlarimi uoki aholisiga yaratgan shatoitlari jihatidanmi ozroq õxshar ekan.Siyosiy desak menimcha tõğri bõlmaydi iqtisodiy desak qolipga tushganday bõladi.Qatar davlatining iqtisodiy ahvolini õrganar ekanman,yurtimizdagi soliqchilarimiz haqida õyladim.Ular Õzbekiston farzandi bõlganidan Qatarda tuğilmaganiddan shukur qilishsa arzir ekan.Chunki Qatar farzandi bõlishganda ishsiz qolib ketar ekan.Chunki Qatarda aholi umuman hevh narsaga soliq tõlamas ekan.Ilarda soliq tizimi yõq ekan.Qatarning geografik joylashuvi chõl bõlsada ularning chekka chekka hududlarida ham elektr,suv,gaz õchmas ekan barcha hayotiy ne'matlar bilan aholisi 100% taminlangan ekan.Qatar davlati yer osti boyliklarini ushbu hudud farzandi bõlgan barchaniki deb hisoblaydi va eksport qilingandan tushgan ulushni aholisi bilan baham kõradi.Ularda deyarli umuman jinoyat sodir etilmaydi,chjnki jinoyatga moyillik nõluvchi infratuzilma yõq.Xalq boy shuning uchun ham ularni õğirlikka bõlgan ehtiyojlari yõq.Xatto ular mashinasini kalitini uning õzida qoldiradi.Xatto migrantlar ham õğrilik qilmas ekan,ishidan ayrilib qolishidan qõrqib.Ertak aytganday bôldim menimcha,men ham nirinchi eshitgan vaqtjm tõğrisi lol qoldim.Umuman olganda xilosa shundaki davlatlar rivojlanishi õtib borayotgan yillarda emas,õtkazilayotgan islohatlar va xalqdadir. Amaldorlar ham xalq farzandi hamda dilbandi.

Acknowledgement: Ushbu maqolada analitik metoddan foydalanganim sababi Õzbekistonni boshqa dablaylar bilan solishtirish emas balkim Yurtimizning iqtisodiyotini shiddat bilan rivojlanishiga tõsiq bõlayotgan ba'zi hi omillarni tanqidiy usul bilan aniqlash edi. Ushbu maqolada faqat iqtisodiy kamchiliklar keltirildi ammo shuni ham unutmangki yurtimiz erishgan yutuqlarni sanasak sanab sanoğiga yetolmaymiz.!!!

References:

1. Robert, Sala-i-Martin Xavier (1995), Economic growth, MIT Press Cambridge, London

2.I.O.Yakubov, H.A.Hakimov Makroiqtisodiyot-2.O’quv qo’llanma.2019

3.Jeyms D.Guortni, Richard L.Stroup, Duayt R.Li, Tauni H.Ferrarini, Jozef P.Kalhum, Rendall K.Fayler. Mantiqiy iqtisodiyot

4. A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N.Ormonov. Iqtisodiy talimotlar tarixi. T.: «Moliya». 2002,

5.Artur, Jahon banki 2011. “Ikkinchi iqtisodiyot”. McKinsey choraklik (oktyabr): 1–9.

6.Riksbank. 2015. “Raqamlashtirish va inflyatsiya”. Pul-kredit siyosati hisoboti (fevral): 55–59

7.www.economics.help.org

8.www.researchgate.net

9.www.online.hbs.edu

10.www.investopedia.com

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.