ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

PAXTANING KATTASI

Annotatsiya

Ushbu maqolada "Paxtaning kattasi" tushunchasiga xos majoziy ta'rif berilgan. Barchaga tushunarli bo'lishi uchun misollar keltirilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

PAXTANING KATTASI

Guliston Davlat Pedagogika Instituti

ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti

Xoijiy til va adabiyoti yo'nalishi

1-bosqich talabasi Xoliqova Sevinch

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Paxtaning kattasi" tushunchasiga xos majoziy ta'rif berilgan. Barchaga tushunarli bo'lishi uchun misollar keltirilgan.

Kalit so'zlar: paxta, qadr-qimmat, nafs, vijdon, ko‘zbo‘yamachilik.

Hammamiz bilamizki, kuz faslining boshlarida onalarimiz, opalarimiz paxta terimiga chiqadilar, ro‘zg'orlari uchun pul ishlaydilar. Menimcha ular "Paxtaning kattasi" deganda, to‘yib sug'orilgan, solingan o‘g'itlarning barchasini o‘z tomiriga jamlagan barkashdek paxtani tushunsalar kerak,lekin majoziy ma'noda olib qaraydigan bo‘lsak, "Paxtaning kattasi" bu-laganbardorlik, maddohlik (ar. maqtov, ta'rif). Bu so‘zlarni menimcha hamma yaxshi tushunadi,chunki bugungi kunda bu harakatlarni amalga oshirmay turib hech kimni ishi bitmay qolgan.Hattoki,o‘zim ham bundan mustasno emasman. Laganbardlik, maddohlik "Paxta qo‘ymoq", "Og'zini moylamoq" kabi iboralar bilan ma'nodosh. Shuningdek, paxta misolida bunday madhiyabozlik, maddohlik, laganbardorlik tushunchalarini tasniflash ayni mos holat. Negaki, paxtani ustiga o‘tirsangiz rohatlanasiz, qushdek osmonlarga uchasiz,lekin bu paxtani ustida shunday,yuqoridagi tushunchalar ham havolantiruvchi,yaltoqlantiruvchi kezi kelganda darrovda tark etib boshqasinin yoqasiga osiluvchi illatdir. Biroq bu tushunchalarni nima deb baho berishga ham hayronsiz, illat desak salbiylikka o‘tib ketadi,ya'ni baribir hamma umrida bir marta bo‘lmasa ham, undan ko‘p marta bu illatlardan foydalangan,demak hammani yomonotliqqa chiqarib yuborolmaymiz, lekin hadeb: hamma shunaqa ekan deb -ularga teng bo‘lsak,jamiyatni tanazzulga olib borgan bo‘lamiz. To‘g'rirog'i,bu illatlarni hayotga tatbiq etishni kamaytiraylik.Axir,hamma qilgan xatti-harakatlarimizni javobi bor.Endi,mutoalaa qiluvchi do‘stim sizning fikringizni bilsak va siz bu illatlarga qanday qaraysiz?

Lekin men laganbardorlik, maddohlik, madhiyabozlik, ko‘zbo‘yamachilik ,kabi tushunchalarning xususiyatlarini yoqlamayman. Negaki, bular kishilar xohlamagan holda, qadr-qimmati va izzat- hurmatini yo‘qotishiga olib boruvchi va to‘g'ridan-to‘g'ri ularni qabihlikka yetaklovchi o‘ta zararli nuqson. Maddohlik, laganbardorlik kabi bu harakatlarni amalga oshirgan kishi atrofida bevosita yolg'onchilik, firibgarlik kabi tushunchalar ham shakllanib boradi va uning doimiy hamrohiga aylanadi.

Ayni paytda, poraxo‘rlik ham shunday vaziyatlarda shakllandi. Poraxo‘rlik, albatta, pul bilan bo‘g‘liq va bu qo‘lning kiri bo‘lgan pul inson nafsini qondiruvchi,uni biroz muddatgacha bo‘lsa ham havolantiruvchi, bahri-dilini yayratuvchi, kayfiyatini ko‘taruvchi" dori". To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak bugungi kunda insonlarning o‘zlari mana shunday "dori"larga, laganbardorliklarga o‘zlarini o‘zlari o‘rgatib bormoqda. O‘zlari yetmaganday farzandlariga ham shunday tarbiya bermoqda. Nima emish, ustozingga yaxshi gapir chorakliginga besh qo‘yadi,domlangga sovg‘a olib bor yoki kursdoshlaring bilan pul yig‘ilar sessiyadan yiqitmaydi,kattalar misolida aytadigan bo‘lsak, palonchini o‘g‘zini moylasak ishga oladi, katta lavozimda ishlaydigan do‘stimizni holini so‘rab tursak bir kun holimizga yaraydi. Ayniqsa shifokorlarga ishingiz tushmasin ekan, ular o‘zlaricha avliyo,ularga biz bechoralardek muomala qilamiz, yaxshiroq davolasin degan o‘yda bolam-bo‘tam deb papalaymiz, yaltoqlanamiz hattoki o‘sha faoliyatga undovchi kuch bo‘lgan pulni ham ishga solamiz.

Nima mana shu harakatlarsiz ishimiz bitmaydimi? Yo‘q, har qanday holatda ham o‘z haq-huquqini,davlat qonun-qoidalarini biluvchi inson qoqilmaydi, bunaqangi nuqsonli ishlarga qo‘l urmaydi va o‘zi ham uyatga qolmaydi. Yuqorida tilga olingan madhiyabozlik, kazzobchilik kabi tushunchalari ayniqsa SSSR davri paytida ham gullab-yashnagan, hattoki, qanchadan qancha fidoyilarimiz mana shu laganbardorchilik qurboni bo‘lganlar. Misol tariqasida atoqli shoirimiz Muhammad Yusuf qalamiga mansub she'rni ko‘rishingiz mumkin.

Laganbardorlar Kazzob Stalindan zorlanmang hadeb, U ham farzandidir bitta insonning. Laganbardorlardan so‘rang Cho‘lponni... Otabek Kumushin ko‘zlarin yopib, O‘zi ham ortidan qilgach safarlar, Qodiriy boboning qo‘llarin o‘pib, Chohga itargan ham — laganbardorlar. Ular Iblis bilan tili bir o‘rtoq, Ular Azroilga sodiq choparlar. Avval Usmonlarni sotib, keyinroq Faryod ko‘targan ham — laganbardorlar. Yov nadir? Zo‘r kelsa o‘ldiradi yov, Bular qon so‘rguvchi iskabtoparlar. Qahhorni qand kasal,Oybekni soqov Qilib qo‘yganlar ham — laganbardorlar. Ular ustoziga quldayin kimsa, Mehribon homiysi shogirdlarining. O‘zi o‘ldirib, so‘ng mozorigacha Ko‘tarib borishar tobutlarini... Stalin kazzob, deb zorlanmang hadeb, U ham bolasi-da bitta insonning. Laganbardorlardan so‘rang Cho‘lponni!

Xulosa tariqasida aytadigan bo‘lsak,biz hozirgi yoshlar ruhiyatini nuqsonli illatlardan tozalamog‘imiz, kelajakda doimiy hamrohimizga aylanishini oldini olmog‘imiz kerak. Axir, hech kim o‘z hayotini tovlamachilik,ko‘zbo‘yamachilik orqali qurishni xohlamaydi, menimcha.Shuningdek,kattalarimizni o‘zlari bunaqangi holatlarga sharoit yaratib bermasdan, balki oldini olishi, qiyinchilikka duch kelganda hiyla-nayranglar bilan u yog‘idan,bu yog‘idan aylanib o‘tishni emas, zeroki uni qanday yengishni o‘rgatishlari darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.I.Sulton "Adabiyot Nazariyasi" 2.U.H.Umirov "Adabiyotshunoslik nazariyasi" 3.Ziyonet.uz 4.G'ulomov A,Asqarova M "Hozirgi o'zbek adabiy tili"-Toshkent 2009 5.Muhammad Yusuf "Bevafo ko'p ekan" she'riy to'plami 6."O'zbek tili frazeologik lug'atlar" to'plami

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.