ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

BARCHA TURDAGI RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA OMON QOLISHNING ASOSIY SHARTI (SAN’AT MENEJMENTI SOHASIDA)

Annotatsiya

Maqolada san’at menejmenti sohasida barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish yo’llari, san’at boshqaruvida qo’llanilayotgan amaliy boshqaruv usullarini o’rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish borasida fikr bildiriladi. Mazkur maqola davomida art menejment sohasining bugungi faoliyati hamda bir qator yutuqlari haqida so’z yuritiladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

(SAN’AT MENEJMENTI SOHASIDA)

Sh.K.O`rinov,

BuxDU Musiqa ijrochiligi va

madaniyat kafedrasi o`qituvchisi

A.Shirinova,

BuxDU San’atshunoslik fakulteti talabasi

Annotatsiya: Maqolada san’at menejmenti sohasida barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish yo’llari, san’at boshqaruvida qo’llanilayotgan amaliy boshqaruv usullarini o’rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish borasida fikr bildiriladi. Mazkur maqola davomida art menejment sohasining bugungi faoliyati hamda bir qator yutuqlari haqida so’z yuritiladi.

Tayanch so’zlar: san’at, madaniyat, menejment, ilmiy yondoshuv, art menejment.

Аннотация: В статье изложены пути эффективного использования всех видов ресурсов в сфере арт-менеджмента, изучение практических методов управления, применяемых в арт-менеджменте, обобщение, выводы. В данной статье рассказывается о текущей деятельности арт-менеджмента и ряде достижений.

Ключевые слова: искусство, культура, менеджмент, научный подход, арт-менеджмент.

Abstract: In the article, the ways of effective use of all kinds of resources in the field of art management, study of practical management methods used in art management, generalization, and conclusions are expressed. This article talks about the current activities of art management and a number of achievements.

Key words: art, culture, management, scientific approach, art management.

Bugungi kunda yurtimizda san’at va madaniyat sohasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. San’at va madaniyat sohasidagi muhim qaror va farmoyishlar shu soha rivojiga katta ta’sir etmoqda. Masalan, prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 2022-yil 2-fevraldagi Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori sohani yanada rivojlantirishimiz uchun dasturulamal bo’lib xizmat qilmoqda. San’at va madaniyat sohasi menejmenti mamlakatimizda aholining turli tabaqalarini badiiy, estetik, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy yo’nalishlarda tarbiyalash, odamlarning ma’naviy, ijodiy faolligini oshirish borasidagi roli kattadir. Yuqorida qayd etib o’tgan qarorda ham madaniyat va san’at sohasidagi o’zgarishlar, olis hududlardagi madaniy dam olish maskanlarini moddiy texnik bazasini mustahkamlash, bundan tashqari respublika miqyosidagi madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va san’at saroylari, muzeylar, madaniyat va istirohat bog’lari, mahalla guzarlari, kutubxonalar, rassomlik galeriyalari sonini oshirish va qayta ta’mirlash bo’yicha muhim ko’rsatmalar berib o’tilgan.

Menejment-bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u:

 boshqaruv hokimiyati va san’ati;

 resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi.

Madaniyat va san’at sohasi menejmenti esa madaniyat va san’at muassasalaridagi jarayonlarni va personallarni boshqarish demakdir.

Madaniyat va san’at sohasi tarixi qadimiydir. Uning tub ildizlari insoniyatning ilk uyushuvlari davriga borib taqaladi. Ilk uyushuv shakllari ilmiy adabiyotlarda tosh, bronza, temir davrlarida tarkib topganligi talqin etiladi. Bu davrda odamlarning madaniy jihatdan ijtimoiylashuvi hayotni ta’minlash, uning barqaror davomiyligini belgilash zaruratidan yuzaga kelgan. Hayotning moddiy tomonlarini ta’minlash uchun odamlar bir-birlariga ov qilish, baliq tutish, ekin ekish, teskari jinsni o’ziga jalb etishga erishishni turli o’yinlar, mashqlar tarzida o’rganib borganlar. O’rgatish uzluksiz, doimiy davom etgan. O’rgatish uzluksizligi va doimiyligi ta’limning alohida soha sifatida shakllanishiga sabab bo’lgan. Demak, madaniyat sohasi faoliyatini ta’limning asosi deyish mumkin.

“Kеyingi vaqtlarda tashkilot madaniyati dеgan tеrmin ilmiy muomalaga ham kiritildi. Ushbu masala bo’yicha tadqiqot olib borayotgan taniqli sotsiolog M.Bеkmurodovning fikricha, tashkilot madaniyati muassasaning nafaqat ishchanlik хususiyatini ifodalaydi, balki tashkilotga хos bo’lgan madaniyatning har bir хodim хatti-harakatlarida aks etishi darajasiga yuksalishini nazarda tutadi. Tashkilot madaniyati хodimlar tomonidan o’z-o’zicha o’zlashtirilmaydi, balki rеjali asoslarda izchillik bilan mutaхassislar ongi, ruhiyatiga singdirib boriladi”. Hozirgi kunda madaniyat va san’at doirasi istalgan korxona va tashkilot faoliyatiga tegishlidir, shuningdek, ulardagi menejmentlarga ham tegishli.

Madaniyat va san’at sohasi menejmentini boshqarishda ko’proq xorijiy tajribalardan foydalangan holda ularni milliy mentalitetimizga moslashtirb qo’llash - bugungi zamon talabadir. Madaniyat va san’at sohasi menejmentining yuqori bosqichi bu odamlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qo’shimcha kasblar, hunarlarni o’rganish, qiziqishlar asosidagi klublar, to’garaklarda ularni faoliyat yuritishini ta’minlash singari mashg’ulotlarni ko’paytirishdan iborat.

Madaniyat va san’at sohasi faoliyatidagi tadbirlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri u bir marta tashkil qilinib, asosan, bir marta namoyish qilinadi. Agar spektakllar, kinofilmlar tayyorlanganidan so’ng yuzlab marta namoyish qilinsa, ijtimoiy-madaniy muassasalardagi tadbirlar, asosan, takroran qoʻyilmaydi. Madaniyat va san’at sohasi menejmenti tadbirlarining deyarli hammasi xuddi shu xususiyatga ega. Faqat badiiy targ’ibot-tashviqot jamoalari, ba’zi mavzuli kontsert dasturlari bir marta tayyorlanib, har xil joylarda bir necha marta namoyish etilishi mumkin. Ular ma’lum vaqt mobaynida bir necha marta namoyish qilinishi mumkin. Lekin ma’lum muddatdan so’ng, albatta boshqa yangi dastur tuzishga tayyorgarlik ko’riladi.

San’at sohasi boshqaruvi - bu jamoa miqyosidagi ijodiy jarayon sifatida namoyon bo’ladi. Qishloqlardagi jamoat tashkilotlari esa shaxsni madaniyat va san’at sohasi faoliyatiga jalb etishga yo’naltiruvchi sub’ekt sifatida jamoat faoliyatining namoyondasi hisoblanuvchi alohida shaxs emas, balki jamoa, birlashma, madaniy uyushma yoki keng xalq ommasi o’rtasida ma’naviy faoliyat olib boruvchi jamoat tashkilotlari belgilanadi. Ya’ni qishloqlardagi jamoat tashkilotlari bu mahallalar hisoblansa, ular madaniyat va san’atni rivojlantirishda subyekt bo’lib hisoblanadi. Mahallalardagi turli to’garaklar yoshlarning bo’sh vaqtini samarali tashkil etish hamda ular orasidan iqtidorli yoshlarni tanlab olishda poydevor bo’ladi. Mana shu orqali yoshlarimizda san’atga nisbatan mehr paydo bo’ladi va ular o’z yo’llarini topib keta olishadi.

San’at sohasi boshqaruvida ishtirok etuvchi sub’ektlar tabiatiga ko’ra individual, guruhli va ommaviy kabi shakllarga ajratiladi. O’qish, amaliy san’at asarlari bilan tanishish san’at asarlarini umumlashtirishning individual shakli hisoblanadi. Bu degani san’at va madaniyatni boshqaruvchi shaxslar yakka, guruh va ommaviy shaklda bo’lishadi.

Dunyo globallashib borar ekan, insonlar o’rtasida dunyo xalqlari madaniyatiga qiziqish ortib boraveradi. Kishilar tomonidan san’atning barcha soha va turlariga bo’lgan ishtiyoq va o’rganishlar hamda iste’mol qilishga talabning ortib borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda biz talabalar milliy madaniyatimizni rivojlantirish, necha ming yillik qadriyatlarimizni yana qayta tiklash ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga ham yetkazish bo’yicha amalga oshiradigan ishlarimiz talaygina. Ayniqsa, yoshlarimiz o’rtasida Ommaviy madaniyatning salbiy illatlari ko’payib ketganligi bizni hushyorlik va sergaklikka chaqiradi. Qachonki, bizda milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimiz zamonaviylik bilan chambarchas bog’lanib ketsa o’shanda yoshlar o’z qadriyatlari hech qanday ommaviy madaniyatdan kam emasligini tushunib yetadilar.

Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni o’rganish jarayonida, san’at sohasi boshqaruvi va san’atni rivojlantirish, san’atni shakllantirish va qo’llabquvvatlashning asoslari va shakllarini bilib olamiz. Ularni o’rganish madaniy sektorning barcha sohalarida erkinlik va tenglikka erishishga yordam beradi. San’at siyosati va menejmenti bo’yicha san’at va uning tamoyillari, metod va prinsiplari haqidagi tushunchamizni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent: O’zbekiston, 2016. 2. O’zbekiston Respublikasining prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 2-fevral “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha choratadbirlar to’g’risidagi” PQ-112-sonli qaror. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “Madaniyat va san’at sohasida davlatxususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida“gi PQ-3892-sonli qarori 2017 yil 16- oktyabr, PQ-3325- son. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida, 2018 yil 1 avgust, PQ-3892-son. 5. Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – Т. 10. – №. 4. – С. 559-567. 6. Urinov S. K., Rakhmatova M. The role of culture and art of uzbekistan on a global scale //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 370-376. 7. Orinov S. K., Qodirova V. NOMODDIY-MADANIY MEROSNI

O’RGANISHDA “AVESTO” NING O’RNI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI

ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 83-86.

8. Orinov S. K. et al. MADANIYAT MARKAZLARI AHOLINING IJODIY

QOBILIYATINI SHAKLLANTIRUVCHI OBYEKT SIFATIDA //TA'LIM VA

RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 68-72.

9. Orinov S. K. et al. MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATIDA

AHOLINING TURLI QATLAMLARIGA DIFFERENSIAL YONDASHUV

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С.

73-77. 10. KOrinov S., Jahongirova N. O'ZBEKISTONDA TEATR FAOLIYATIDA

MARKETINGNING RIVOJLANISHI //PEDAGOGS jurnali. – 2023. – Т. 26. – №. 1.

– С. 161-162.

11. KOrinov S., Raupova M. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA

MUZEYLARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI //PEDAGOGS jurnali. –

2023. – Т. 26. – №. 1. – С. 116-118.

12. KOrinov S. et al. NOANANAVIY MAYDON TOMOSHA

DRAMATURGIYASIDA INVERSIYA USLUBI, KOMPOZITSION BIRLIK ASOSI

//PEDAGOGS jurnali. – 2023. – Т. 26. – №. 1. – С. 113-115. 13. O‘rinov S. K., Nurilloyeva G. A. TASVIRIY SAN’AT MARKETINGINI

RIVOJLANTIRISH MASALALARI //INTERNATIONAL CONFERENCES. – 2023.

– Т. 1. – №. 1. – С. 152-156. 14. O'rinov S. K., Abduraxmonova X. MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDAGI

BOSHQARUVNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //PEDAGOG. – 2023. – Т.

1. – №. 5. – С. 226-231. 15. Orinov S. K., Boboqulova S. MADANIYAT VA SAN'AT

BOSHQARUVINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI //TA'LIM VA

RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 78-82.

16. Orinov S. K., Sadriddinova N. MADANIYAT MARKAZLARIGA AHOLINI

JALB ETISH OMILLARI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

JURNALI. – 2022. – С. 123-129.

17. Orinov S. K., Abdusalomova H. TEATRLAR FAOLIYATINI

RIVOJLANTIRISH MASALALARI //BARQARORLIK VA YETAKCHI

TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 766-770.

18. Orinov S. K., Sultonmurodova E. XALQ OGʻZAKI IJODINING TARIXIY

TARAQQIYOTI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

JURNALI. – 2022. – С. 166-172.

19. Orinov S. K., Rahmatova M. MADANIYAT VA SAN’AT

MUASSASALARINI BOSHQARISHDA IJRO INTIZOMINI TATBIQ ETISH

MASALALARI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

JURNALI. – 2022. – С. 130-135.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.