ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Texnologiya fanining hayotdagi o’rni

Annotatsiya

Ushbu maqolada Texnologiya fanining xayotdagi va maktab o‘quvchilarining hayotdagi o‘rni va rolini topishda fanning qanchalar muhim ekanligi va bundan tashqari fanning bugungi kundagi dolzarbligi aytib o‘tilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Texnologiya fanining hayotdagi o’rni

Yakubova Xulkar Maxmudovna

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani 25-UO'T maktabi texnologiya fani

o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Texnologiya fanining xayotdagi va maktab o‘quvchilarining hayotdagi o‘rni va rolini topishda fanning qanchalar muhim ekanligi va bundan tashqari fanning bugungi kundagi dolzarbligi aytib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Zamonaviy maktablar, geografiya, texnologiya, matematika, ona tili, duradgorlik, kashtachilik, pazandachilik.

Hozirgi zamonaviy maktablarga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri yosh avlodlarga nafaqat ta’lim-tarbiya berish unga qo‘shimcha ravishda ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish ham muhim hisoblanadi. Maktablarda o‘quvchi yoshlarning hayotda o‘z kasblarini egallashida matematika, ona tili, geografiya, tarix kabi fanlar bilan bir qatorda texnologiya fani muhim hisoblanadi. Hosh shu o‘rinda bir savol tug‘uladi, texnologiya fani o‘zi qanday fan va uning yoshlarni kasb tanlashlarida qanday o‘rni bor?

Har bir inson uchun keajak uchun kasb yoki hunar tanlash hayoti davomida qiishi kerak bo‘lgan eng muhim qarorlardan biri hisoblanadi. Chunki o‘quvchilarni tanlangan kasblari ularning kelajagi bilan bog‘liq hamda yashash tarziga ham ta’sir qiladi. Inson o‘zi tanlagan kasb yoki hunaridan zavq olsagina, qilgan ishidan ko‘ngli to‘ladi, kasbkoriga mehr uyg‘onadi va o‘z kasbining chin manoda ustasiga aylanadi. Barchamizga ma’lumki, asosan bolalarda kasbga bo‘lgan muhabbat va qiziqish maktab davrlarida uyg‘onadi.

Barcha o‘quvchilar ularga otaonasi yoki ustozlari tomonidan berilayotgan maslahat va o‘gitlardan kelib chiqib o‘ziga kasb yoki hunar tanlaydilar. Ba’zi o‘quvchi yoshlar fizika, matematika, kimyo, biologiya kabi aniq va tabiiy fanlariga qiziqsa, boshqalari ona tili, adabiyot, tarix, yoki huquq faniga qiziqadi. Masalan, matematika faniga qiziqqanlar kelajakda bankir yoki matematika o‘qituvchisi bo‘lishi mumkin.

Huquq faniga qiziqadigan o‘quvchilar huquqshunos, advokat, prokuror, sudya bo‘lishi mumkin. Fizika faniga qiziqadigan o‘quvchilar muhandis, chet tillarga qiziqadigan o‘quvchilar tarjimon, elchi, gid bo‘lib ishlashi mumkin. Ilgari davrlarda mehnat darsiga 2-3-darajali fan sifatida qaralardi va ko‘pchilik ota-onalarning nazarida bu fan farzandiga naf keltirmaydigandek tuyulardi va ularning nazarida bu fan farzandiga qog‘oz va qalam yordamida gul yasashni o‘rgatishdan iborat degan noto‘g‘ri qarashar mavjud edi.

Endilikda bu fan “Texnologiya” deb nomlanib, darslar oliy malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan bo‘ldi. Bu fan asosan boshlang‘ich sinfni bitirgandan so‘ng 5-sinfdan boshlab 9-sinfgacha, o‘g‘il bola va qiz bolalarga ajratigan holda o‘qitiladi va asosan hayotda har bir kishi uchun zarur bo‘ladigan hunarlar haqida o‘quvchilarni tanishtiradi. Misol uchun o‘g‘il bolalarga duradgorlik, yog‘ochdan biror bir buyum yasash bo‘sa, qizlar uchun kashtachilik, pazandachilik kabi uy ro‘zg‘orda kerak bo‘ladigan mashg‘ulotlar haqida ko‘nikmalar beriladi va shu bilan birgalikda o‘quvchilar dars jarayonida olgan ko‘nikmalarini ishlab chiqarish amaliyotida ham qo‘llab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ya’ni bir so‘z bilan aytganda berilgan nazariy bilimlar amaliy darslar bilan mustahkamlanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

 materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;

 texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;

 texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;

 texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;

 texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;

 buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;

 ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Texnologiya fani predmeti boshqa fanlardan umuman farq qiladi. Masalan, fizika yoki matetmatika fanlari o‘n yillar davomida yangi bilimlar bilan boyitilib boriladi. Texnologiya fani bo‘yicha esa kundan kunga yangiliklar ko‘paymoqda. Ishlab chiqarish sohasiga ko‘plab yangi texnologiyalar joriy etiladi. Shuning uchun bu fan o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi kerak deb hisoblayman.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o‘quvchilarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish maqsadida superustaxonalar, bolalar texnoparklari ochish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari texnologiya deganda biz faqat yog‘och yoki kashtachilikni tushunmasligimiz kerak.

O’sib kelayotgan yosh avlodni kasbga yo’naltirish hamisha davlatimiz, siyosatimiz oldida turgan ustivor masalalardan sanalib kelingan. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun farzandlarimiznung ota-onalari hamda ta’lim muassasalarining o’rni va u yerda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar hamda amaliyotchi psixologlarining faoliyati katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasbga to’g’ri yo‘naltirishdagi mavjud muammolar, amaliyotdagi kamchiliklar ularni bartaraf etish yo‘llari haqida qisqacha fikr yuritilgan. Yaqindagina O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy talim vazirligi, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda Uzluksiz ta’limda texnologiya fanini takomillashtirish va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali hayotga tayyorlash” mavzusida Respublika online ilmiy amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri “O‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirishda texnoogiyalarning ahamiyati va o‘rni” mavzusidir. Darhaqiqat, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda texnologiya fanining o‘rni juda katta. Masalan: 1- sinfdan texnologiya darslarida oddiy uy-ro‘zg‘or asboblari bilan tanishtirish, turli o‘yinchoqlar yasash jarayonida o‘quvchilarda dizaynerlik, quruvchilik, tikuvchilik, naqqoshlik kasblariga qiziqish uyg‘ona boradi va keying sinflarda bu kasblar soni yanada orta boradi. Turli kasblarga bo‘lgan havas esa 8-9 sinflarda kasblarni tanlashga aniq yo‘nalishga ega bo‘ladi. O‘quvchilar texnologiya fanlarida turli kasblar to‘g‘risida ularni egallash yo‘llari, ma’suliyati, muvaffaqiyati to‘g‘risida, kasblarni turmushdagi ahamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladilar. Joriy yil Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Farg'onaga tashrif chog'ida Xalq ta'limi vazirligiga alohida ko'rsatmalar berdi. Prezident yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni kasb-hunarga yo'naltirish masalalariga alohida to'xtalib o'tib, yangi o'quv yilidan 7 sinfdan boshlab o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish lozimligini ta'kidlab o'tdi. Prezidentning Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatovga bergan ko'rsatmasiga ko'ra 2020-2021 o'quv yilidan 7 sinfdan boshlab o'quvchilar kasb-hunarga yo'naltirilib, ular aynan qanday kasb egasi bo'lishi aniqlanadi. 8, 9, 10 sinfga qadar ular o'zlari tanlangan kasb-hunar bo'yicha o'qitilib boriladi. 10 sinfda ularga ishlash huquqini beruvchi guvohnomalar beriladi.

Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma'rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlarga ta'lim berish ularni o'qitish bilan bog'liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o'ylantirib qo'yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muxtoj bo'lib boraveradi.

O‘quvchilar kompyuter va vibrostendlar bilan jihozlangan bu maskanlarda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga robo, kosmo, nano, bio yo‘nalishlarida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar. Chunki robot texnika ekan nima uchun uni yasashni usulari va yo‘l yo‘riqlari texnologiya fanida o‘tilmasligi kerak ekan. Texnologiya bu keng tushuncha va bu fanning o‘qitish davomida murabiy o‘zining fantaziyasini va o‘quvchilarni qiziqishlarini hisobga olgan holda ta’lim bershlari darkor. Bu fanning yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchidan eng zo‘r duradgor usta ham, yoki o‘z davrining buyuk ixtirochisi, qizlardan esa buyuk dizayner, yoki qo‘li shirin qandolatchi ham chiqishi mumkin. Asosiysi bu bolaning o‘z qiziqishiga bog‘liq.

Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, hurmatli ota-onalardan fanzandlaringizni eng ko‘p pul ketiradigan sohaga emas balki o‘zi qiziqadigan sohaga yo‘naltirishlaringizni iltimos qilib qolaman. Farzandingizni o‘zi qiziqmasa ham sen bankir yoki huquqshunos bo‘lishing kerak deb majburlash bu nazarimda nato‘g‘ri balki undan zo‘r mebel ustasi yoki ixtirochi olim chiqar. Bir o‘ylab ko‘ringga Alber Enshteynning ham ota-onasi farzandini bankir qilmoqchi bo‘lganida dunyo bita zo‘r olimdan ayrilgan bo‘lmasmidi. Demoqchimanki bola o‘z qiziqqan sohasi bo‘yicha bilim olsa yaxshi natijaga erishadi. Farzandingiz ixtirochilikka qiziqsa unga fizikani emas huquqni o‘qi deb majburlashiningiz nato‘g‘ri deb o‘ylayman. Texnologiya fani esa o‘quvchilarning yaxshirin istedotlarini ochib beradigan fandir va yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda fan darsariga yanada ilg‘or axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kerak deb hisoblayman.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. R.A.Mavlonova, O.T.To‘raeva, K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., “O‘qituvchi”

1998 yil 2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang‘ich sinflarda qog‘ozdan amaliy ishlar” 1996

yil 3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O, “Mehnat tahlim metodikasi” Toshkent

4. Shohruh, N. (2022). IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA

INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGINI OSHIRISH. TA'LIM VA

RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 341-344.

5. Shohruh, N. (2022). O'ZBEKISTONNING QULAY INVESTITSIYA MUHITNI

YARATISH MASALALARI. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY

JURNALI, 1(1), 44-47.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.