ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Bola rivojlanishida o’yin fa’oliyatining ahamiyati

Annotatsiya

Ushbu maqolada bolalar uchun o’yin fa’oliyatining o’yin bolalar uchun muhimligi ahimiyati haqida yoritgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Bola rivojlanishida o’yin fa’oliyatining ahamiyati

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi

Roziqova Gulchehra Hazratqulovna

2-bosqich talabasi Hamrayeva Guljamol

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada bolalar uchun o’yin fa’oliyatining o’yin bolalar uchun muhimligi ahimiyati haqida yoritgan.

Kalit so’zlari: didaktik o’yinlar, o’yin turlari.

O’yin inson o’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir. O’yin kattalar hayotida muayyan o’rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta`lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ulanadigan ko’pchilik jiddiy ishlar o’yin shaklida bo’ladi. O’yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o’ylaydi. O’yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi.

O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san`atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o’sha davrdagi ba`zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o’yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi. YA.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g’oyalari hozirgi zamon bolalar o’yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o’yini ko’p asrlik tarixga ega deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - insonning o’zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan». YAn Amos Komenskiy o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o’yin – bolaning barcha qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o’yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyidi, nutq rivojlanadi. Bola o’yin davomida tengqurlari bilan do’stlashadi. YA.A.Komenskiy o’yinga quvnoq bolalik va bolani uyg’un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o’yinlariga e`tiborli munosabatda bo’lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi. Tarbiyachilar bolalar o’yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim.

1. O’yin bilan mehnat o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish

2. O’yinda bolalarning bo’lajak mehnat axliga xos bo’lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash. Shu tariqa o’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy faoliyatdir; o’yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi; o’yin ma`lum maqsadga yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga hizmat qiladi. O’yin faoliyati asosida boladagi o’quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o’ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o’qiydi. Ilk yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa-buyum-o’yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo’l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o’yini hisoblanadi. Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib, o’yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berishda keng foydalaniladi.

• o’yiin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi;

• o’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashqil etish shaklidir;

• o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;

• o’yin bolalarga ta`lim va tarbiya berishning metod va usulidir;

o’yin bolalarni o’quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Bolalarga ta`lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’g’ri rahbarlik qilish “MTM ta`lim va tarbiya dasturi”da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlaydi. O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o’tishini ta`minlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta`sir etgan holda shakllanadi. O’ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin. Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o’yiniga qiziqishini, tashqilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o’yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o’yinlarini rivojlantirish uchun esa o’z navbatida yaxshi tashqil etilgan bolalar jamoasi zarur bo’ladi. O’yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta`lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o’rin tutadi. O’yinda bola organizmiga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. SHuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin munosib o’rin egallaydi. O’yin ta`lim va mashg’ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog’liq bo’lib juda katta ta`limtarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o’yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini, hayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi, o’ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z bilimlaridan foydalanish va uni so’z bilan ifodalashga o’rganadi.

Foydalangan adabiyotlar

1.Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi.

2.G`aybullayev M., G`aybullayeva D. Bir yoshdan uch yoshgacha bo`lgan bolalar tarbiyasi. Onalar va maktabgacha tarbiya muassasalari mutaxassislari uchun uslubiy qo`llanma. –Toshkent: “Ilm-ziyo”, 2006-yil.

3.Sodiqova Sh. A. Maktabgacha pedagogika. Tafakkur sarchashmalari. T. 2013

4.N.M. Qayumova. Maktabgacha pedagogika. TDPU nashriyoti

5. O. Turayeva. Bola aziz odobi undan aziz. T. O’qituvchi 2007

6. Karakhonova, S. (2019). Psychocorrection and optimal pharmacotherapy in anxiety-phobic syndrome. Psychosomatic Medicine and General Practice, 4(1), e0401175-e0401175.

7. Алишеровна, Қ. С., Сейткаримова, Г. С., & Юнусходжаева, Х. С. (2022).

ЭФФЕКТИВНАЯ ПСИХОКОРРЕКЦИЯ ПРИ НЕВРОТИЧЕСКОМ

РАССТРОЙСТВЕ. ЖУРНАЛ НЕВРОЛОГИИ И НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКИХ

ИССЛЕДОВАНИЙ, 3(1).

8. Tursynbaevich, A. B., Kizi, U. A. S., & Kizi, A. G. B. (2022). Wind Mill and Solar Energy. Texas Journal of Engineering and Technology, 15, 178-180.

9. Аметов, Б. Т. (2021). Возникновение И Распространение Ударной Волны

В Твердом Теле. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY

JURNALI, 1(6), 42-44.

10. Аметов, Б. Т., Султанбаев, А. П., & Жангабаев, А. К. (2021).

ВОЗМОЖНОСТИ И ПРОБЛЕМЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОЗОБНОВЛЯЕМЫХ

ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ. In КОНКУРС МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 72-74).

11. Sobirova, D. R., & Shamansurova, K. S. (2016). Features of influence of the new product obtained by new technologies on animal organism in the experiment. In The Eleventh European Conference on Biology and Medical Sciences (pp. 44-46).

12. Abdullaevich, N. N., Ravshanovna, S. D., & Klara, B. (2017). Effect of genetically modified product on reproduction function, biochemical and hematology indexes in experimantal study. European science review, (1-2), 94-95.

13. Собирова, Д. Р., Нуралиев, Н. А., & Усманов, Р. Д. (2018). Оценка медико-биологической безопасности генно-модифицированного продукта. Методические рекомендации.

14. RAVSHANOVNA, S. D., ABDULLAYEVICH, N. N., & FURKATOVNA,

T. S. Assessment of the Influence of the Food Product of Gmo on the Sexual Function and Are Biochemical Research White Laboratory Outbreed Rats. JournalNX, 6(05), 38-40.

15. Собирова, Д., Нуралиев, Н., & Гинатуллина, E. (2017). Результаты экспериментальных исследований по изучению и оценке мутагенной активности генно-модифицированного продукта. Журнал проблемы биологии и медицины, (1 (93)), 182-185.

16. Sobirova, D. R., Azizova, F. X., Ishandjanova, S. X., Otajanova, A. N., & Utepova, N. B. (2021). Study of changes in pulmonary alveolar epithelium and aerogematic barrier in diabetes mellitus.

17. Собирова, Д., & Нуралиев, Н. (2017). Гинатуллина E. Результаты экспериментальных исследований по изучению и оценке мутагенной активности генномодифицированного продукта. Журнал проблемы биологии и медицины, (1), 93.

18. Sobirova, D. R., Nuraliev, N. A., Nosirova, A. R., & Ginatullina, E. N. (2017). Study of the effect of a genetically modified product on mammalian reproduction in experiments on laboratory animals. Infection, immunity and pharmacology.-Tashkent, (2), 195-200.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.