ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Milliy g’oya fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi

Annotatsiya

Ushbu maqola milliy gʻoya fanining boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi, ushbu fan boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda milliy gʻoya fanining metodlari haqida bayon qilingan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Milliy g’oya fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi

Termiz davlat pedagogika instituti

Tarix fakulteti, Milliy g'oya, ma'naviyat

asoslari va huquq ta'limi yónalishi

1 kurs 102 guruh talabasi

Abduvohidova Diyora Norboy qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola milliy gʻoya fanining boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi, ushbu fan boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda milliy gʻoya fanining metodlari haqida bayon qilingan.

Kalit so’zlar: Iqtisod, sotsiologiya, globallashuv prezident, maorif, jadidchilik, millat, falsafa, konferensiya.

Hech bir fani faqat shu fanni o’rganish asosida egallash mumkin emas. Milliy g’oya fanni barcha fanlar, xususan, falsafa, tarix, iqtisod, dinshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, ma’naviyat asoslari madaniyatshunoslik, huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liq. Dinshunoslik fani yordamida jahonning diniy manzarasi qanday, unda qaysi din yoki konfessiyaning tutgan o’rni, diniy aqidaparastlik, islom xalifaligni tiklash kabi buzg’unchi g’oyalarning mazmun –mohiyatini anglash ogoh bo’lish tuyg’usini shakllantrishga yordam beradi. Siyosatshunoslik fani yordamida hozirgi zamonning mafkuraviy manzarasi, globallashuv jarayonlari mintaqa va mamlakatimizda xavfsizlikni saqlash va boshqalarga e’tiborni qaratamiz

Mamlkatimiz tarixida xar ikkala Uyg’onish davrida ham eng muhim jihat davlatning, davlat rahbarining, xususan, prezidentimiz SHavkat Mirziyoyevning yuksak e’tibori bo’lib kelgan.

Mamun akademiyasining barpo etilishida Xorazmshoh Ma’muniylar sulolasining, ikkinchi Uyg’onish davrining yuzaga kelishida esa buyuk bobomiz Amir Temurning va temuriy avlodlarining hissasi beqiyosdir ikki sulola hukumdorlari o’z davrining yorqin isde’dodlarini ,olimlarini davlat qanoati ostiga to’plagan va g’amxo’rlik qilib ,kerakli shart sharoitlarni yaratib bergani uchun tarixan qisqa davr ichida ona yurtimiz dunyo ilm-faniga poydevor bo’lgulik buyuk kashfiyotlarni yaratdilar .

Barcha davrlarda ma’rifatchilik yo’nalishi asosan uch soha orqali taraqqiy topib borgan. Bulardan birinchisi maorif ya’ni ,yangicha maktablar ochish ,ta’lim usulini yangilash ,ikkinchisi san’at badiiy adabiyot ,teatr va uchunchisi matbuot gazeta va jurnallar.

XX asr jadid namoyondalari Mahmudxo’ja Behbudiy ,Munavvarqori ,Abdulla Avloniy ,Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat , Abdulla Qodiriy ,Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir singari Ma’rifatparvar bobolarimiz o’z davrida ham yangi avlod ta’lim va tarbiyasi muammolari faqat orzu bo’lganligi jamiyat taraqqiyotida o’zgarishlar qilish esa millat madaniyati ,ma’rifati ,ilm-fanning rivoji bilan bog’liqligini har tomonlama teran anglaganlar .

Jamiyatda ma’naviy muhitni shakllantirishning ta’lim –tarbiya tizimi bo’lib, uning dolzarbligini jadidlarning namoyondalaridan biri Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq”asaridagi quydagi satrlar ham isbotlaydi .

“Tarbiya bizlar uchun yo hayot ,yo mamot ,yo najot,yo halokat,yo saodat ,yo falokat masalasidur “,”Ilm insonlarning madori hayoti,rahbari ,najotidur “degan fikrlarni hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q .SHunga ko’ra ,millatimiz uchun yosh avlod tarbiyasi jarayoni ,jumladan ,ma’naviy tarbiya nechog’liq muhim dolzarb va u davlat siyosati darajasiga ko’tarildi .Davr talablariga javob bermay qolgan ta’lim -tarbiya tizimi tubdan isloh qilinishining zaruriyat ekanligi mamlakatimizning mustaqillikini dastlabki kunlaridanoq yo’lga qo’yilganligi ayni haqiqatdir.

Jumladan, ta’lim va tarbiya to’g’risida fikr yuritganda avvalambor shu sohaga daxldor tizimlarni isloh etish yangicha yo’nalishlarni kashf etish taqozo etadi va bugungi davr talabi hamdir.

Umuman mamlakatimizda xalq ta’limi sohasida amalga oshirilgan ishlar islohatlarga nazar soladigan bo’lsak so’nggi yillar davomida davlat rahbari SHavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limini isloh qilish bo’ycha 2 ta Farmon ,14 ta qarorlar hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 16 ta qarorlar qabul qilinishi biz talaba yoshlar uchun tarixiy yil bo’ldi ,desak mubolag’a bo’lmaydi .SHuningdek xalq ta’limi tizimini 2030 –yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi . Bu biz yoshlar uchun juda quvonarli yangilik bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1 SH. Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston taraqqiyot stretegiyasi “. 2 SHavkat Mirziyoyev “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – Milliy g’oyamiz poydevoridir “. 3 Qurbonov SH Seytxalilov Quronov “Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy uslubiy yondashuvlar “ 4 Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekiston Respublikasi bosqichlari uchun darslik.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.