ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

TARIXIY QAHRAMON VA BADIIY OBRAZ (Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani misolida)

Annotatsiya

Maqola yozuvchi Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romanining bugungi o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi, yangi roman sifatidagi yutuqlari va kamchiliklarini ilmiy jihatdan yoritib berishga qaratilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

TARIXIY QAHRAMON VA BADIIY OBRAZ

(Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani misolida)

Kenjayev Farxod Ikram o‘g‘li

O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqich doktoranti

Annotasiya: Maqola yozuvchi Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romanining bugungi o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi, yangi roman sifatidagi yutuqlari va kamchiliklarini ilmiy jihatdan yoritib berishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar: Tarixiy haqiqat va badiiy mahorat, Xorazm she’vasiga xos bo‘lgan so‘zlar, badiiylikka e’tibor.

Biz o‘z tariximiz orqali o‘zimizni anglashimiz lozim, buning uchun bizga nafaqat tarix, balki adabiyot ham yordam beradi. Chunki inson qalbiga adabiyot tez yuqadi va uni zabt yetib, vatanga sadoqatli, jonkuyar, adolatli shaxs o‘laroq tarbiyalaydi. Bunday shaxslar esa kelajak avlodimiz yuksalishi, boshqa xalqlarga raqib emas, o‘z Vatanini, xalqini yuksak qadamlarga chiqarish uchun suv va havoday zarur. Mana shundagina adabiyotning atomdan kuchliligini his qilamiz.

Har qanday asar ma’lum bir g‘oya uchun xizmat qiladi. Yozuvchi Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani ham Mahmud Sayfiddin Qutuz1 obrazini badiiy qayta kashf etdi. Aynan shu asar Sayfiddin Qutuz obrazini o‘quvchilarimizga yaqindan tanishtiradi.

Jaloliddin Manguberdining hayoti davomidagi qahramonligi ming yillar keyingi avlodga o‘rnak bo‘lolganidek, Sayfidin Qutuz obrazining qahramon sifatidagi kechinmalari ham har bir avlod uchun namuna vazifasini bajarishi, shubhasizdir. Mana shuning uchun ham qahramonlarimizning obraz sifatidagi yangi qiyofalarini, haqiqatlarini yoritish, qachonlardir ko‘mib qo‘yilgan xazinalarni ochish, bugungi yosh avlod uchun juda muhim hisoblanadi. “Biz turkiy-o‘zbek o‘qiguvchilariga tarixiy mavzularda bitilgan ko‘plab, aniqlashtirish joiz bo‘lsa, yuzlab romanlar kerak. Chunki juda ulkan makon va zamonga sochilib ketgan kechmishimiz bor. Ularni bilishimiz, ma’naviy o‘zligimizni ajdodlar o‘tmishining yodi ila oydinlatib olmog‘imiz shart. Zero, 1 Mahmud Sayfiddin Qutuz Jaloliddin Manguberdining jiyani, singlisi Xonsultonning farzandi. dunyoda eng ko‘p imperiya qurgan xalqlardan biri ham aynan turkiylardir. Shuning uchun ham “Yunondan imorat qurishni, turkiydan esa davlat qurishni o‘rgan”, deb bejiz aytishmagan eskilar”.2

Tarixiy janrda roman yozilarkan, o‘timishga suyanadi, shuningdek, hissiyot va ruhiy olam bilan bog‘langan holda dunyoga keladi. Har bir asarning boshlanishi (kirish qismi) kitobxonning keyingi yo‘lini davom qilishda asosiy mayoq bo‘lib xizmat qiladi. Lekin Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romanida bu vazifani asarning aynan o‘zi yemas, balki yozuvchi Ulug‘bek HAMDAMning kirish so‘zi bajarib bergan, balki bu ijodkorning “Bismillohini” ijodkor anglaganligidandir. Biroq so‘zboshida ham juz’iy xatolar uchraydi masalan kitobning 3-betida asar “Sulton Qutuz saboqlari” sarlavhali kirish so‘zida roman “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” deb zmas, balki “Xaloskor sulton Qutuz” deya Sayfiddin nomi tushib qolgan, bu masalaga yozuvchi Ululg‘bek Hamdamov bilan aniqlik kiritildi: “Asar nomi bir necha bor qaytqayta o‘zgartirildi va asar taqriz uchun berilganda “Xaloskor sulton Qutuz” deb nomlangan edi, kirish so‘z yozib topshirilgandan keyin asar to kitob holiga kelguncha yana o‘zgarishga uchragan. Demak, nashriyot xodimlari bu o‘zgarishni hisobga olmoqlari lozim edi”.3

Shahodat Ulug‘ tarixiy romanini yozishda tarixiy manbalarni chuqur tahlil qilgan va shu davrdagi Xorazm she’vasiga xos so‘zlarni ham qo‘llagan. Masalan, “Xadicha xalfa”, “bor siza” “adrasmon tutatib”, “Xadichaning og‘asi” kabi so‘zlarni ishlatadiki, bu nafaqat XII asrga doir, balki bugungi kunda ham Xorazm hududida iste’molda bo‘lgan so‘zlardir. Kitobxonning ajdodlar bilan ruhan bog‘lanishda o‘sha davrga xos so‘zlarni qisman ishlatish maqsadga muvofiqdir. “Badiiy adabiyot shaxslararo, avlodlararo, millatlararo muloqotning amalga oshishiga xizmat qiladi. Badiiy asarni yaratish davomida ijodkor tasavvuridagi o‘quvchi bilan muloqotga kirishsa, uni o‘qish jarayonida o‘quvchi ijodkor bilan muloqotga kirishadi”4. Har bir asarni o‘qish, uqish, tahlil qilish uchun vaqt va mehnat kerak. Ayniqsa, tarixiy roman yozishda yozuvchini ortiqcha bo‘yoqlarga berilishi tarix va haqiqatni o‘ta badiiylashtirishga, muvozanatning buzulishiga olib keladi. Ijodkor har qancha kuchli iste’dod egasi bo‘lmasin, asarni adolat tarozisida dunyoga keltirmasa, o‘quvchisini yo‘qotgan holda “men o‘zim uchun 2 Ulug‘bek Hamdamning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romaniga kirish so‘zi. Toshkent “Akademnashr” 2022- yil. 3-bet. 3 Filologiya fanlari doktori, professor Ulug‘bek Hamdamov bilan 13.03.2023. sanadagi suhbatdan. 4 Dilmurod Quranov “Adabiyot nazaryasi asoslari” Toshkent “Akademnashir”, 2018 yil, 55-bet yozganman” qabilidagi asarlar qatoriga kirib qoladi. Shuning uchun yozuvchi asarda ko‘proq tarixiy haqiqat va badiiylikka e’tibor qaratgan.

Qutuz nomiga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, asarda unga shunday ta’rif berilgan: “U tabiatan qo‘rqmas, kuchli, o‘ziga jabr qilguvchilarga shafqatciz bo‘lgani bois unga qopog‘on it – Qutuz laqabini turklar bergan edi”,5 - deb, asarning qirqinchi sahifasida bu fikrni tastiqlab, “Bilol Sayfiddinga qarab:

― Beri kel, ― dedi. ― Chakki emassan, qutuz! ― deya xoxolab kuldi. Bolalarning uchoviga bir o‘zing bas kelding, yasha, o‘g‘il bola, qutuzsen! ― deya Sayfiddinni yana olqishlagan bo‘ldi. ― Qutuz ne ekanini bilurmisen? ― deya so‘radi.

―Bilmasmen, ― javob berdi Sayfiddin.

―Qutuz turkiyda kimsadan qo‘rqmaydig‘on jangari, qopog‘on ko‘ppak demakdir. Eshitdinglar, ― deya bolalarga yuzlandi u, ― endi aning ismi Qutuzdir.6 Qutuz laqabi asarning shu o‘rnida turklar qo‘ygan deyilsa, boshqa o‘rinda mo‘g‘il sipohi Monh-Orhil qo‘ygan deyilgan.

Misr podshohi Solih Najmiddin Ayyubiy huzuriga Sayfiddin Qutuzni chorlab,

―Demak, ― dedi ― sen Muhammad Xorzamshohning nabirasi, shavkatli Jaloliddinning jiyanisen…

― Aytdilarki, bul laqabni senga mo‘g‘illar bermish. Xo‘sh bu dediklari rostmi? ― so‘radi u.

― Shundoqdur, podshohim! Mo‘g‘il sarbozi Monh Orhil bul laqabni menga bermishdi.7

Ko‘rinadiki, yuqorida asarning noaniqligidek ko‘rinayotgan, bir qahramonga bir nomni ikki inson qo‘yganligi va ularning turkiylar deya atalishi yozuvchi tomonidan o‘quvchini turkiylar va mo‘g‘illar tarixini yana bir bora izlanishiga yetaklaydi.

Qutuz nomiga manbalardan aniqlik keltiradigan bo‘lsak: “Qadimgi turkiy, eski turkiy, eski o‘zbek tillarida undosh tovushlarda ham fonetik hodisalar sodir bo‘lgan. 5 Shahodat Ulug‘ “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani 30-bet. “Akademnashr” Toshkent, 2022 -yil. 6 Shahodat Ulug‘ “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani 40-bet. “Akademnashr” Toshkent, 2022 -yil. 7 Shahodat Ulug‘ “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani 73-74-bet. “Akademnashr”

Moslashuv: taban (NAL, 581) — tovon; palchiq (NAL, 511) // balchiq (Tf, 18b) — balchiq, p//m: tapa (Tf, 97) > tomon. T//d: tam (Tf, 7b) // dam (Tf, 9b). R>z: qutur (Suvr, 11 ) > qutuz (MK, 1, 346) — quturgan”.8

Demak, qutuz nomi haqiqatdan ham turkiy so‘z va u quturgan degan ma’noni anglatadi. Bu nom hattoki bugungi zamonaviy turk tilida kuduz9 shaklida saqlanib qolgan. Yozuvchi mana shunday tarixiy faktlardan butun asar davomida foydalangan.

O’zbek tilining izohli lug‘atida esa quyidagicha izoh berilgan:

QUTURMOQ - 1-Quturish kasaliga yo‘liqmoq. Quturgan bo‘ri. It qutursa, egasini qopadi.

Asarning yigirma beshinchi betida: “Og‘udan o‘tkirrog‘i, shamshirdan keskirrog‘i yo‘q deyishadi. Bu aslida nisbiy fikr edi. Zaxardan o‘tkiri qilichdan-da keskiri aqldir, illo, og‘u va shamshirni aql va iqtidor egalari o‘ylab topmishlar.

Inson bolasi umri davomida o‘tkinchi tashvishlaru ojiz o‘ylarning komida qolishi tayin. Shunda uni o‘sha yovuz o‘pqon komidan faqat o‘tkir aqli va bukulmas irodasi omon olib chiqa olajakdur”10 deyiladi. Romanning o‘ttiz to‘rtinchi sahifasida ham shu matn aynan takror keladi.

O’ttiz uchunchi bet o‘zida “Zo‘r-zo‘rni aqli va kuchi bilan yengajakdir”11 so‘zi ikki marta takrorlangan.

Takror so‘zlar nasriy asarlarda o‘quvchini zeriktirib, asarni sayozlashtiradi. Ammo, ma’noni kuchaytirish va g‘oyani yuksaltirish uchun asarda takrordan adabiy me’yorlardan chekinmagan holda foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Takrorlik she’riyatda g‘oyani kuchaytiradi, ta’sirchanlikni oshirib, diqqatni jamlaydi va xotirada saqlanib qoladi.

Qani jangga, janga chiqing arslonlar,

Janga chiqing, ey aziz qahramonlar.

Yuqorida Hamid Olimjon misralarda jangchilarning jang boshlanishidan oldingi kayfiyati jangovor ruhining yuqoriligi takrir vositasida tasvirlangan. Takrir arabcha “takror” so‘zidan olingan bo‘lib, u she’riy asarda so‘zning turli shakldagi takroridan 8 Abdurahmonov G‘, Shukurov Sh. Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi, “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti” 65-70-betlar. Toshkent, 2008- yil. 9 O‘zbekcha-Turkcha lug‘at. - Toshkent: Ilm-ziyo-zakovot, 2019-yil. 100-bet. kuduz-quturgan. 10Shahodat Ulug‘ “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani 34-bet. “Akademnashr” 11 Shahodat Ulug‘ “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani 33-bet. “Akademnashr” iborat. Ushbu misralarda “jangga” so‘zi uch o‘rinda qo‘llangan, bu esa she’rdagi asosiy g‘oya “jangga” so‘ziga singdirilmoqchi bo‘lganligini anglatadi.

Takrorlanuvchi birliklar she’rga o‘ziga xos jilo baxsh etadi.

Nafis chayqaladi bir tup na’matak

Yuksakda shamolning belanchagida

Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul

Viqor-la o‘shshaygan qoya labida

Nafis chayqaladi bir tup na’matak

Ammo, bu ko‘proq she’riyatga xos, nasrda esa, ayniqsa roman janrida, takrorlik yozuvchi tomonidan mahorat bilan qo‘llanilmasa, o‘quvchi va asar orasiga jarlik soladi. Obrazlarning asarda tutgan mavqyeyiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Asraning qirq birinchi betida quyidagi matn bir yuz beshinchi betda ham aynan takrorlanadi.

“Damashqlik Qobil Damashqiy erta tongda bozorga otlangandi. U odamlari qurshovida bozorni obdan aylanib chiqdi…

– Jahannamdan kelgan bola, isming ne sening?

– Qutiz!”

Adiba sal kam bir bet keladigan matnni nega aynan takror qilishi o‘quvchini o‘ylantiradi va romanning o‘qib o‘tilgan joyiga qaytishga chorlaydi, shu o‘rinda anofora ozgina kuchayib ketganligini ham ko‘rishimiz mumkin.

Shuningdek romanning ellik to‘qqizinchi betida “Sayfiddinning bilagida yoshlik shijoati qaynab toshayotir” degan qismi oltmish ikkinchi betda yana takrorlanadi.

Asarda nutqning ba’zi bir qismini e’tiborga olish yoki ajratib turish uchun bir yoki bir necha so‘zlarni takrorlash, endi tanilayotgan tarixiy obrazni kuchaytirish va yaqindan tanishtirish uchun muhim hisoblanadi.

Asarning ijobiy taraflaridan yana birini kuzatishimiz mumkin. Masalan, adiba mo‘g‘il sarbozi Monh Orhil yomg‘ir yog‘averib ichkariga qamalib olgan epizodni keltiradi. Mo‘g‘illar haqiqatdan yomg‘irni yomon ko‘rgani,

(Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘illarni turkiylar degan qarashlar ham bor) ular hatto uzoq muddat deyarli cho‘milmagani (Chunki Chingizxon qonunlariga ko‘ra mamlakat hududidagi suv havzalarida kir yuvish, yuvinish man qilingan, bu qonun u olamdan o‘tgandan keyin qora o‘lat tarqagachgina bekor qilingan, bu ma’lumotlarni amerikalik tarixchi olim Lemp Gerold o‘zining “Chingizxon va mo‘g‘il o‘rdasi asarida” keltirgan va Rashididdin Fazlilloh ham “Jome’-ut tavorix” asarida “mo‘g‘il askarlari nopoklardan tashkil topgan”, - deb ta’kidlab qo‘ygan)12 haqida ma’lumotlar bor. Demak, yozuvchi bunga o‘xshagan tarixiy ma’lumotlarni a’lo darajada o‘rganib, badiiylashtira olgan. Bundan tashqari asarni o‘qigan odam tarixdan o‘rnak olib, xalq sifatida qilgan xatolarimizga achinadi, kuyinadi. Bu esa asarda ta’kidlanganidek “Moziy moziyda qolib ketmagaydir. Moziy kelajakka daxl qiladur!” degan hikmatni esdan chiqarmagan holda dinimiz, ona yurtimiz, kelajagimiz uchun bir tan-u bir jon bo‘lib hayot kechirishimiz shart yekanligini uqtiradi. Ijodkor asarda XII asr ajdodlarimiz bilan ruhan bog‘langanligi va ularni tinglay olganini anglashimiz mumkin!

Maqsud Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” dramasi orqali Jaloliddin obrazini XX asrda adabiyot vositasida xalqimizga nechog‘li qayta tanitgan bo‘lsa, Shahodat Ulug‘ ham “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani orqali Sayfiddin Qutuz obrazini turkiylarga qayta tanishtirdi. Lekin yuqorida ko‘rsatilgani kabi ayrim juz’iy kamchiliklarni bartaraf qilgan holda, asar qayta to‘ldirilishi va nashr qilinishi kerak. Bundan asar faqat yutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Abdurahmonov G‘, Shukurov Sh. Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi, “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti” 65-70-betlar. Toshkent 2008 yil.

2. Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida. O‘zbek tilining izohli lug‘ati “O‘zbekiston nashriyoti” Toshkent – 2021

3. Dilmurod Quranov “Adabiyot nazaryasi asoslari” Toshkent “Akademnashir”, 2018 yil, 55-bet

4. Gerold Lemb “Genghis Khan and the Mongol Horde” (1954) Podrobneye na livelib.ru:https://www.livelib.ru/author/13705-garold-lemb

5. Shahodat Ulug‘ “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani 30-bet. “Akademnashr” Toshkent, 2022 yil.

6. http://www.hozir.org/takror-va-uning-sintaktik-stilistikxususiyatlari.html?page=3

7. https://fayllar.org/badiiy-matnda-soz-takrorining-orni-i-i-i-ii.html 12 Gerold Lemb “Genghis Khan and the Mongol Horde” (1954) Подробнее на livelib.ru:https://www.livelib.ru/author/13705-garold-lemb

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.