ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

BO`LAJAK TEXNOLOGIYA TA’LIMI O`QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI OSHIRISH VA AMALIY MASHG`ULOT DARSLARINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Annotatsiya

Ushbu ilmiy uslubiy ishda  bo`lajak texnologiya ta’limi o`qituvchilarini tayyorlashda kasbiy kompetentligini oshirish hamda amaliy mashg`ulot darslarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etishning nazariy tahlili qarab chiqilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Savurova Shahrizoda Abdumalik qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Texnologik ta’lim mutaxassisligi 2-bosqich

magistranti

savurova3633@jspi.uz, +99897 435 36 33

Mo'minov Sarvar Qo`chqorovich

Jizzax davlat pedagogika universiteti Texnologik ta’lim mutaxassisligi 2 bosqich

magistranti

sarvar8282@jspi.uz, + 99 891 626 82 82

Annotatsiya: Ushbu ilmiy uslubiy ishda bo`lajak texnologiya ta’limi o`qituvchilarini tayyorlashda kasbiy kompetentligini oshirish hamda amaliy mashg`ulot darslarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etishning nazariy tahlili qarab chiqilgan.

Kalit so`zlar: Ta’lim, innovatsiya, amaliy mashg`ulot, o`quvchi, pedagog, dars, kasbiy kompetentlik, kasbiy layoqat, texnologiya, “Texnologik ta’lim”.

Аннотация: В данной научно-методической работе рассмотрен теоретический анализ подготовки будущих учителей технологического образования в организация практических занятий на основе инновайионных технологий.

Ключевые слова: Образование, инновации, тренировка на практике, ученик, педагог, урок, профессиональная компетентность, профессиональные способности, технология, «Технологическое образование».

Annotation: In this scientific methodical work, the theoretical analysis of the training of future technology education teachers and the organization of practical training classes on the basis of innovative technologies was considered.

Keywords: Education, innovation, practical training, student, pedagogue, lesson, professional competence, professional ability, technology, " Technological education ".

Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida barcha sohalarni tubdan isloh qilish siyosati bormoqda. Bilamizki, mustaqillikka erishgan paytlarimiz sohalar bo`yicha chiqqan qaror va farmonlar bugungi zamon talablariga javob bera olmayapti. Hozirda dunyo shiddat bilan rivojlanib taraqqiy etar ekan, biz ham zamon bilan hamnafas bo`lmog`imiz zarur. Shu jumladan ta’lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida prezidentimizning odilona siyosatlari va tashabbuslari bilan bo`lmoqda desam adashmagan bo`laman. Bunga birgina 2020 yil 23 sentabrdagi O`RQ 637-sonli “Ta’lim to’g’risida”gi qarorini dunyoning rivojlangan davlatlarining “Ta’lim to’g’risida”gi qaror va farmonlarini o`rganib chiqib bizning millatimizga, minteletimizga mos qilib andoza olish va bu bilan rivojlangan davlatlarning taraqqiyot yo`lini mamlakatimizdagi islohatlarda o`z aksini toptirishdir. Yosh avlodga ta’lim - tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustivor vazifalaridan biri xisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo`lishi, zamonaviy fan, madaniyat, iqtisod, texnika va texnologiyalar asosida yuksalish bilan belgilanadi. [1]

Maskur maqoladan ko`zlangan asosiy maqsad bo`lajak texnologiya fani o`qituvchilarini kasbiy kompetentligini uzluksiz oshirib borish usullari va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda ularni innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini ochib berishdan iborat.

Bu vazifalar birinchi navbatda, kelajakning bunyodkorlari bo`lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo`lib o`z yurti va xalqiga sitqidildan xizmat qilish, obod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o`rgatishni nazarda tutadi. Zero, hozirgi davr aynan fidoyi, Vatan manfaatlariga sadoqatli, yuqori malakali o`qituvchi kadrlarga katta ehtiyoj sezadi.

Bundan tashqari, joriy yilda maktab o`quvchilarining bilim olishlari uchun keng miqyosda imkoniyatlar yaratilmoqda, yangi avlod maktab darsliklarining katta tirajda chop etilishi, qo`shimcha o`qish uchun ona tilida va ingliz tilida badiiy adabiyotlarning nashr qilinishi rejalashtirildi va ular amalga oshirilmoqda. Maktab yoshidagi va o`smir bolalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, turli qo`shimcha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmuni, ko`lami va salmog`i takomillashtirildi.

Bularning barchasi zamonaviy, tashabbuskor, yuqori kasbiy kompetentlikka ega bo’lgan o`qituvchilarsiz amalga oshirilishi mumkin emas, albatta.

Zero, hozirgi sharoitda bolalarga puxta bilim berish, bolalar bilan ishlaydigan ta’lim va tarbiya maskanlarining bolalar bo`sh vaqtlarini oqilona tashkil etishi, oila, mahalla va ta’lim muassasalarining hamkorligini yanada mustahkamlash bilan bog’liq masalalar murabbiy-o`qituvchilardan yuksak kasbiy mahorat va kompetentlikni talab etmoqda.

2020-yil 23-sentabr, 637-sonli “Ta’lim to`g`risida”gi qonunda ta’kidlanganidek, har bir o’quvchi shaxsiga individual yondashuv ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi, bu esa o’qituvchining kasbiy kompetentligiga bevosita bog’liqdir. .[2]

Darhaqiqat, ta’lim sohasida yuqori salohiyatli, raqobatbardosh o’qituvchilarning yangi avlodni tayyorlashga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Umumiy o`rta ta’lim muassasalari oldiga o`quvchilarni xalq xo`jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunar klasifikatsiyalarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo`yicha qo`ygan qadamlardan biri bu Texnologiya fanini rivojlantirishga bo`lgan e’tibordir. Buning yaqqol nishonasi esa O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022 – 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo`yicha milliy dasturni tasdiqlash to`g`risida”gi PF-134-sonli qarori xalq ta’limida bugundan boshlab katta o`zgarishlarga sabab bo`lmoqda.[3]

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda yuksak kasb mahoratiga ega bo`lgan, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar ustuvor ahamiyatga ega. Shu maqsadda keyingi yillarda respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish, xalq xo`jaligining turli sohalarida yuksak samaradorlik bilan faoliyat ko`rsata oladigan mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mamlakatimizda rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanish lozimligi ustuvor masalaga aylantirildi. Fillandiya ta’lim tizimidan foydalanib yangi darsliklar yaratilgani buni yaqqol namoyondasi hisoblanadi. Bunda metodlarning yangilanganligi, xususan, STEAM, SMART, hamda xalqaro baholash me’zonlar PISA, TIMSS va PIRLS. O`qituvchilarni kasbiy kompetentligini oshirish uchun STEAM va SMART tizimi metodlardan samarali foydalanishni amalga oshirish kerak. Darslik va o`quv adabiyotlarning bu metodlardan foydalanagan holda, yangi tahrirda chiqarilganligi oldimizga qo`ygan maqsadimizni erishishimizga yordam beradi. Yana o`quv dargohlarida STEAM PARKlar va SMART xonalar tashkil etilmoqda.

Xususan, Texnologiya faniga mamlakatimizda katta e’tibor qaratilayotgan ekan endilikda bizning zimmamizga bo`lajak texnologiya ta’limi o`qituvchilarini tayyorlashda bir qator vazifalar turadi. Ular quyidagicha:

- Texnologiya ta’limi o`qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish;

- Texnologiya ta’limi o`qituvchilarining kasbiy layoqatini oshirish;

- Texnologiya ta’limi o`qituvchilarining kasbiy kompetentligini yanada takomillashtirish;

- Texnologiya ta’limi o`qituvchilarining ijodkorlik qobiliyatini kuchaytirish;

- Texnologiya ta’limi o`qituvchilarini kreativ pedagogik bilim, ko`nikma va malakalarini yanada oshirish;

- Texnologiya ta’limi o`qituvchilarining innovatsion texnologiyalar asosida dars o`tishlarini ta’minlash;

- Texnologiya ta’limi o`qituvchilarini dars o`qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishini oshirish.

Shu kabi vazifalarni ko`rib chiqib, ularni real hayotga tadbiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shundagina intelektual salohiyatli, yetuk kadrlarni tayyorlab bera olamiz.

Endi yuqorida keltirgan vazifalarning tayanch so`zlariga ta’rif bersak,

Pedagogik texnologiya – (YUNESKO ta'rifi) – ta'lim berish va o`zlashtirish usullarini yaratish, qo`llash, ularni yagona tizimga keltirish yo`li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq ravishda foydalanib, bilimlar o`zlashtirishining eng maqbul jarayonidir[4].

Yangi pedagogik texnologiya – ta'lim maqsadlarini aniqlab, o`quv jarayoni rejasini tuzib, ularni joriy etish yordamida ta'lim samaradorligini oshiruvini ta'minlovchi o`quv jarayonining optimal boshqaruvini o`z ichiga olgan yagona tizimdir.

Innovatsiya – yangilanishni, o`zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati (inglizcha innovatsiya – kiritilgan yangilik, ixtiro) [5].

Innovatsion ta'lim – bo`lajak mutaxassisni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u oldingi olgan bilimlar asosida ta'limni takomillashtirishga samarali yangicha yondashuvlar qilishdan iboratdir[6].

Kreativlik – (lot. ing. “create” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g`oyalarni ishlab chiqarishga tayyorgarlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati[7]. Kreativlik bu yangicha yondashuvni talab etuvchi bir omil desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki yildan – yilga shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda yaratuvchilik, ijodkorlik g‘oyalari bilan insoniyatning og`iri - yengil, mashaqqati - onson va noqulayi – qulay bo`lmoqda. Bu albatta barcha sohalarni qamrab olishi bilan ta'lim sohasini ham chetlab o‘tgani yo‘q.

Kreativ pedagogika bu ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgan ijodiy, yangicha, yaratuvchilik bilan yondashuvchi, kreativ fikrlash, mavjud pedagogik muammolarni hal qilishga qaratilgan qobiliyat va malakalarni rivojlantiruvchi yo`l[8].

Amaliy mashg`ulot – o`quv jarayonning mantiqiy davomi bo`lib, bu termin talabalarning mustaqil auditoriya ishlarining umumiy tushunchasi hisoblanadi[9].

Texnologiya ta’limi darslarni amaliy mashg`ulotlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki bizning darslarimiz amaliyot bilan chambarchas bog’liq hisoblanadi. Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etishda biz hozirgi global o`zgarishlardan habardor bo’lish barobarida yangicha metod, usul, uslub va innovatsiyalardan foydalanishimiz lozim. Bu borada shu sohaning olimlari tadqiqotlar olib borib yuqori natijalarga erishmoqdalar.

Bunga misol uchun 6-sinf “Tехnоlоgiya vа dizаyn” yo`nalishi I-chorak 7-8 mavzu “Tоkаrlik-vint qirqish dastgohining vаzifаsi, qo`llаnishi, tuzilishi va аsоsiy qismlаri[10]. Tоkаr vа chilаngаrning ish o`rnini tаshkil qilish” olaylikda dars mashg`ulotini innovatsion texnologiyalar asosida tuzib chiqamiz va bu o`z navbatida o`qituvchining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda yordam beradi.

Amaliy dars mashg`ulotini tanlab oldik. Endi mashg`ulotning maqsadi va vazifasi, o`quv jarayonining mazmuni bilan ham tanishib olamiz.

Maqsad: o`quvchilarga tоkаrlik-vint qirqish dastgohida ishlash va ish o`rinlarini to`g`ri tashkil qilish tartib qoidalarini innovatsion texnologiyalardan foylangan holda o`rgatish va bu o`z navbatida o`ituvchilarni kasbiy kompetentligini yuksaltirishga yordam beradi.

Vazifalar:

- o`quvchilarni tоkаrlik-vint qirqish dastgohining vazifasi va qo`llanishi sohalari bilan tanishtirish;

- o`quvchilarga tоkаrlik-vint qirqish dastgohining tuzilishi va аsоsiy qismlаrining tuzilishini o`rgatish;

- tоkаr vа chilаngаrning ish o`rni va unga nisbatan qo`yiladigan talablar bilan tanishtirish;

- mashg`ulotlar davomida xavfsizlik tеxnikasi qoidalariga rioya qilishni o`rgatish;

- xizmat ko`rsatish sohasiga oid kasb-hunarlar bilan tanishtirish.

O`quv jarayonining mazmuni:

Tоkаrlik-vint qirqish stаnоgining vаzifаsi, qo`llаnishi, tuzilishi va аsоsiy qismlаri hamda ishlash printsipi haqidagi bilimlarni o`rgatish; tоkаr vа chilаngаrning ish o`rnini tаshkil qilish; xavfsizlik tеxnikasi qoidalariga rioya qilishni, ish o`rnini toza saqlashni hamda stanokda ishlash ko`nikmalarini shakllantirish; xizmat ko`rsatish sohasiga oid kasb-hunarlar bilan tanishtirish.

Shu o`rinda o`quv jarayonini tashkil etish texnologiyalarini ham qarab chiqamiz,

Shakl: amaliy mashg`ulot, suhbat-ma’ruza, kichik guruh yoki individual tartibda ishlash.

Metod: “Interfaol”(video lavhalar), “Aqliy hujum” (slaydlar ishtirokida), matn bilan ishlash, savol-javob, fikr almashuvi, klaster, guruhlar taqdimoti.

Vosita: kompyutеr texnikasi, videoproyektor, mavzu bo`yicha slaydlar, tokarlikvint qirqish stanogi, tarqatma materiallar.

Nazorat: kuzatish, savol-javob, qiziqarli topshiriqlar.

Baholash: nostandart(noan’anaviy) baholash, rag`batlantirish yoki jarima bеrish, baholashning reyting tizimi.

Yuqoridagi fikrlarda nostandart ya’ni noan’anaviy baholash borasida tushunmovchiliklar bo`lmasligi uchun bu haqida infotmatsiya berib ketamiz.

Nostandart baholash bu Malayziya, Germaniya va AQShning shtatlaridagi ta’lim tizimida mavjud bo`lgan baholash hisoblanib, o`quvchilarda kreativ fikrlash, ijodkorlik qobiliyati innovatsion ta’limni rivojlantirish va o`qituvchilarda kasbiy kompetentsiyani oshirishda foydalaniladi[11]. Bunda, o`qituvchi mavzuga oid savollarni tuzib chiqadi. O`quvchilarga javoblarni aytib beradi. O`quvchilar bundan hursand bo`lishadi va savollar berilganda javoblarni aytishadi. O`qituvchi yana qo`shimcha javobni eshitishni hohlaganini aytadi. Bu hayotiy bo`lsa ham o`quvchilar o`xshatish ma’nosidagi so`zlar yoki gaplar aytishsalar ulardan eng noodatiy va noan’anaviy javobga eng yaxshi bahoni qo`yadi. Chunki hayotiy lekin noodatiy va noan’anaviy javob bergan o`quvchilar kelajakda kreativ fikrlovchi shaxslar bo`lib shakllanadi.

Endi kutilayotgan natijalarga kelsak,

O`qituvchi: mavzu asosida to`laqonli ma’lumot bеrib o`zida kasbiy kompetentlikni va o`quvchilar bilimini hamda kreativligini oshiradi. Mashg`ulotda qo`llanilgan turli mеtodlar, amaliy ish bo`yicha qiziqarli topshiriqlar innovatsion texnologiyalar asosida o`tadi. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini oshiradi.

O`quvchi: mavzu bo`yicha yangi bilimlar egallanadi. Mehnat va kasb tarbiyasiga oid ma’naviy-axloqiy fazilatlar va to`g`ri kasb tanlash bo`yicha bilim ko`nikmalar shakllanadi.

Kelgusidagi rejalar:

O`qituvchi: Kasbiy kompetentlik(pedagogik) va innovatsion texnologiyalarini o`zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish, takomillashtirish, o`z ustida ishlash, pedagogik mahoratni oshirish.

O`quvchi: o`tilgan mavzuni yana bir marotaba takrorlash, bahs-munozaraga tayyorgarlik ko`rish. “Klaster” tayyorlash va eng muhimi darsda o`zini erkin sezish, fikrlarini qo`rqmasdan bildirish.

Texnologiya ta’limi darslarni amaliy mashg`ulotlarni innovatsion texnologiyalardan foydalanib tashkil etishda va o`qituvchining kasbiy kompetentligini oshirishda quyida keltirilgan mulohazalarni bajarish kerak deb o`ylaymiz:

- ta’limni rеal hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta'minlash;

- ta’limda innovatsion texnologiyalarni foydalanish ko`nikmalarini jubdan isloh qilish;

- nazariy ma'lumotlarni amaliy faoliyat bilan bog`lash va talabalarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb qilish imkonini bеrish;

- amaliy dars mashg`ulotlarini xalqaro talablar doirasida tashkil etish va unda pedagog kadrlarni kasbiy kompetentligini takomillashtirish;

- kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirishni va rivojlantirishni ta'minlash;

- xalqaro nufuzli oliygohlarda o`qituvchilarning malakalarini oshirishni ta’minlash.

Yuqoridagilarga tayangan holda, bo`lajak texnologiya ta’limi o`qituvchilarini kasbiy kompetentligini, amaliy mashg`ulotlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadini quyidagicha ifodalaymiz: izchil olib boriladigan ta’lim-tarbiya, amaliy mashg`ulotlarni innovatsion texnologiyalar asosida olib borish natijasida, intelektual salohiyatli, kreativ fikrlovchi barkamol shaxsni tarbiyalash va shu asnosida o`qituvchining kasbiy kompetentligini oshirish[12].

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim bo`ladi: uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida texnologiya o`qituvchilarni kasbiy kompetentligini yuksaltirish yo`llarini izlab topish, amaliy mashg`ulot darslarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali o`quvchilarda kreativ fikrlashni muntazam ravishda takomillashtirib borish, o`quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularning yoshi va dunyoqarashini hisobga olgan holda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

Xulosa qilib aytganimizda, bugun ta’lim dargohlaridagi kadrlar masalasiga e’tiborni kuchaytirishimiz zarur. Ayniqsa, Texnologiya ta’limini rivojlantirish davr talabi. Yosh avlod ta’lim – tarbiyasida Texnologiya fani muhim ro`l o`ynamoqda. Shunday ekan, yoshlarimiz kelajagimiz, kelajagimizga befarq bo`lmaylik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O`zbekiston Respublikasi “Ta’lim to`g`risida”gi 2020 yil 23 sentabr O`RQ 637 – sonli Qarori / www.Lex.uz

2. Sovurova, S., & Sovurov, M. (2021). КICHIK BIZNЕS VA XUSUSIY

TADBIRKORLIK–IQTISODIY OSISHNING MUHIM OMILI. Физико-

технологического образование, 5(5).

3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022 – 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo`yicha milliy dasturni tasdiqlash to`g`risida”gi PF-134-sonli qarori

4. Х.А.Тўрақулов, О.Х.Тўрақулов, И.Х.Тўрақулова, У.Х.Тўрақулов. “Илмий тадқиқот асослари”. Тошкент – 2019. “Fan va texnologiya” нашриёти,2019. 630 б.

5. Sovurova, S., & Sovurov, M. (2021). ЗАМОНАВИЙ ЎҚИТУВЧИ

ФАОЛИЯТИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТНИНГ ЎРНИ. Физико-

технологического образование, 5(5).

6. Тоғаев, Х., Аҳмедова, Г., & Исақова, Ш. (2019). " МАШИНА

ДЕТАЛЛАРИ"," МАТЕРИАЛШУНОСЛИК ВА КОНСТРУКЦИОН

МАТЕРИАЛЛАРИ ТЕХНОЛОГИЯСИ" ФАНЛАРИДАН ЎҚУВ-

ЛАБОРАТОРИЯ ИШЛАРИНИ БАЖАРИШГА МЎЛЖАЛЛАНГАН КИЧИК

ЎЛЧАМЛИ ҚУРИЛМА. Интернаука, (20-3), 75-77.

7. Sovurova, S., & Sovurov, M. (2021). Таълимда креатив педагогик технологиялардан фойдаланишнинг айрим услублари. Физико-технологического образование, 7(7).

8. Ш.А.Саварова ва М.И.Савуров “Таълимда креатив педагогик технологиялардан фойдаланишнинг айрим услублари” мақоласидан “Journal of Physics and Technology Education” https:phys-tech.jspi.uz (Online)“Физика ва технологик таълим” журнали Volume 7, Issue 7, 2021. 195-197 бетлар.

9. Sharipov Sh.S., Abduraimov Sh.S., Zaripov L.R., Qodirov B.E. Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi. Darslik. –Toshkent: “Lesson Press” nashriyoti, 2022., 111 b.

10. Isakova, S., & Akhmedov, I. (2019). ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОВЕДЕНИЯ ЛАБОРАТОРНЫХ РАБОТ С

МАЛОГАБАРИТНЫМИ САМОДЕЛЬНЫМИ УНИВЕРСАЛЬНЫМИ

УСТАНОВКАМИ. Theoretical & Applied Science, (11), 153-160.

11. Umarov, R. T., & Sh, S. (2023). BO’LAJAK TEXNOLOGIYA TA’LIMI

O’QITUVCHILARINI KASBIY KOMPETENTLIGINI

TAKOMILLASHTIRISHNING TIZIMI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 18(8), 101-106.

12. Sovurova, S. (2022). BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM

O’QITUVCHILARINI KASBIY KOMPETENTLIGINI

TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Физико-технологического образование, (6).

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.