ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

O‘SMIRLAR XULQ OG‘ISHINI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Annotatsiya

Bozor munosabatlarga asoslangan jamiyatda kundan kunga turli deviant va delikvent xulq-atvor namunalari yuzaga kela boshladi. Jamiyatdagi ma’naviy muhitning ta’sirini kuchaytirish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish shaxs ijtimoiylashuvning tizimli amalga oshishiga ko‘maklashadi. Jamiyatda mavjud ma’naviy axloqiy me’yorlar yoshlarimizni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga, intiluvchan, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

PSIXOLOGIK OMILLARI

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universitetining Harbiy-

vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash

kafedrasi dosetti

Choriyev Faxriddin Abdug‘opporovich

Annotatsiya: Bozor munosabatlarga asoslangan jamiyatda kundan kunga turli deviant va delikvent xulq-atvor namunalari yuzaga kela boshladi. Jamiyatdagi ma’naviy muhitning ta’sirini kuchaytirish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish shaxs ijtimoiylashuvning tizimli amalga oshishiga ko‘maklashadi. Jamiyatda mavjud ma’naviy axloqiy me’yorlar yoshlarimizni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga, intiluvchan, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. o‘

Kalit so‘zlar: deviantlik, ijtimoiy norma, psixologik omillar, agressiya, shaxs, xarakter, ustanovka.

Аннотация: В обществе, основанном на рыночных отношениях, изо дня в день возникают различные модели девиантного и делинквентного поведения. Усиление влияния духовной среды в обществе, обеспечение образования молодежи будет способствовать планомерной реализации индивидуальной социализации. Существующие в обществе духовно-нравственные нормы важны для воспитания нашей молодежи, чтобы она нашла свое место в обществе, была амбициозной и патриотичной. Умереть

Ключевые слова: девиантность, социальная норма, психологические факторы, агрессия, личность, характер, институт.

Globallashuv va ma’naviy tahdidlar kuchaygan bir davrda yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va jamiyatda o‘z o‘rniga ega shaxs sifatida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etayotgani hech birimizga sir emas. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasida qilgan nutqida: «Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat»1 deb bejiz ta’kidlamagan. Jamiyatda mavjud ma’naviy meʼyorlar yoshlarimizni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga, intiluvchan, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarda xulq og‘ishini oldini oluvchi ijtimoiy va psixologik omillarni o‘rganar ekanmiz, hozirgi kun uchun muhim hisoblangan ilmiy gipoteza(faraz)larni, bu sohaga vazifa bo‘lib qolaveradi. Yoshlar o‘rtasida xulq og‘ishini barvaqt oldini olish to‘g‘risida nafaqat profilaktika idoralari, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport va turizm, madaniyat vazirliklari tomonidan rioya qilingan ijtimoiy nazorat va cheklovlar pozitsiyasidan kelib chiqib qarash noo‘rin [2].

Biz tomonimizdan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yoshlarda xulq og‘ishini oldini olish omillari sifatida nimalarni nazarda tutasiz?” nomli ijtimoiy-psixologik so‘rovnomamizda Oliy ta’lim muassasalari talabalari, Probatsiya xizmati nazoratidagi xulqi og‘ishgan yoshlar faol ishtirok etdi

1. rasm.

1.rasm. “Sizningcha yoshlarda xulq og‘ishini oldini olish uchun qanday

vositalardan foydalansa samaraliroq?” savoliga javoblar.

Navbatdagi savolimizga respondentlarimizning javobi quyidagicha shaklni oldi. Natijalardan ham ko‘rinib turibdiki, xulq og‘ishi oldini olishda deviant xulqli yoshlar 1 Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. ‒ T.: “Oʻzbekiston” NMIU, 2018. ‒ B.254.

0,00%

10,00%

20,00%

30,00%

40,00%

50,00%

60,00%

OAV da behayo va

jangari filmlarni

qo'ymaslik

oilada, maktabda

OTMda)

Pedagog va ota-

onalarning

hamkorligini

ta'minlash

Oilaviy muhitda diniy

va dunyoviy tarbiyani

birdek berish

9,10%

57,60%

24,20%

9,10%

38,90%

21,10% 24,60%

15,40%

Uyushgan yoshlar Xulqi og'ishgan yoshlar asosiy omillar biri sifatida “OAV da behayo jangari filmlarni ko‘rmaslik” javobini tanlashgan bo‘lsa 38.9 %, sogʻlom uyushgan yoshlar esa, “oilada, ta’lim muassasalarida kompleksli chora-tadbirlar samaradorligi kuchaytirish” mulohazasini tanlashdi 57.6 %. E’tiborli jihati quyidagi berilgan javoblarda ko‘rinadi, xulqi og‘ishgan yoshlar “oilaviy muhitda diniy va dunyoviy tarbiyani birdek berish” mulohazasini uyushgan yoshlarga nisbatan ko‘proq tanlashgan 15.4 %. Bu esa bizda, xulqi og‘ishgan yoshlar o‘zlaridagi xulq og‘ish sabablarini yoki bu kabi salbiy hodisalarni oldini olishda oiladagi diniy va dunyoviy tarbiyaning birdek berilishi muhimligini alohida qayd etmoqda, degan tasavvur uyg‘otadi.

2. rasm

2. rasm. “Sizningcha qanday xarakterdagi yoshlar xulq og‘ishiga moyil

bo‘ladi?” savoliga javoblar.

Ijtimoiy-psixologik so‘rovnomamizdan o‘rin olgan navbatdagi “Sizningcha qanday xarakterdagi yoshlar xulq og‘ishiga moyil bo‘ladi?” savolga repondentlarimizning javoblari quyidagicha tus oldi, xulqi og‘ishdan yoshlarning bergan javoblariga qaraganda xulq og‘ishiga ko‘proq “ehtiyojlari vaqtida qondirilmagan, sabrsiz xislatlarga ega shaxslar” moyil bo‘lsa (43.2 %), uyushgan yoshlarning aksariyati 36.4 % i “o‘ziga past baho beradigan, imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaydigan shaxslar”da xulq buzilishi kelib chiqish hollari ko‘proq kuzatiladi, degan mulohazani tanlashgan. Xarakter xususiyatlaridan esa, xulqi og‘ishgan yoshlarda “serhahl, agressiv” javobiga berilgan ko‘rsatkichlar 40 % ni, uyushgan yoshlarda esa, 27.3 % ni tashkil etmoqda.

Olingan natijalardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, xulqi og‘ishgan yoshlarning koʻpchiligida xulq buzilishlarini kelib chiqishiga, ijtimoiy me’yorlarni buzishida o‘z ehtiyojlarnining ma’lum miqdorda qondirilmaganligini, shuningdek, “qondirilmagan ehtiyojlarini boshqa vositalardan foydalangan holda qondirishga urinishlari” ham sabab

0,00%5,00%10,00%15,00%20,00%25,00%30,00%35,00%40,00%45,00%

Serjahl, agressiv

Bosiq, xotirjam

Ehtiyojlari vaqtida qondirilmagan, sabrsiz

O'ziga bahosi past va imkoniyatlarini to'g'ri…

27,30%

1%

35,40%

36,40%

40%

2%

43,20%

14,80%

Xulqi og'ishgan yoshlar Uyushgan yoshlar bo‘ladi, degan xulosa keladi. Uyushgan yoshlarning bu boradagi bergan javoblariga ko‘ra esa, “o‘z imkoniyatlarini past baholagan va o‘ziga ishonmagan shaxslar”da maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda ichki kuch yetishmasligi, ikkilanish kabi holatlarning ko‘p takrorlanishi oqibatida xulq buzilishi hollari kuzatilishi ehtimoli oshadi. Olingan natijalarga asoslanib esa, xulq buzilishini oldini olishda shaxsdagi psixologik faktorlarni ham inobatga olish, korreksiya ishlarni takomillashtirish zarur, degan tavsiyalarni ishlab chiqish o‘rinlidir.

Probatsiya xizmati tasarrufidagi tadqiqot sinaluvchilarining empirik ko‘rsatkichlariga ko‘ra korrelyatsiya natijalarini quyidagicha izohlash o‘rinlidir. Sinaluvchilarda xulq og‘ishiga moyillik ko‘rsatkichi bo‘yicha shaxsda “ijtimoiy normalarga ijobiy ustanovka” ning ortib borishi “emotsional reaktsiyalarni irodaviy nazorat qila olish” darajasining kamayishiga olib keladi (r= -0.491, r≤0,01). Buni quyidagicha tushuntirish mumkin, deviant xulq-atvorli shaxsda jamiyatdagi ijtimoiy normalarga ijobiy ustanovka shakllansa, unda bu ijtimoiy normalarga amal qilish, koʻnikish jarayonida emotsional-hissiy sohasida o‘zgarishlarni vujudga keltiradi.

1- Jadval

A.N.Orelning “Xulq og‘ishiga moyillikni aniqlash” metodikasining

korrelyatsion tahlili K.Pirson mezoni asosida (Xulqi og‘ishganlar va uyushgan

yoshlar misolida).

SHkalalar

Ijtimoiy normalarga

ijobiy ustanovka

Qoida va

normalarni

buzishga moyillik

atvorga moyillik

xulqini buzishga

moyillikZoʻravonlik va

irodaviy nazorat

qila olishDelikvent xulq-

atvorga moyillik

Ijtimoiy

normalarga

ijobiy

ustanovka

1 -

0,339/

0,008

0,290/

0,059

0,325/

-0,381*

0,104/-

0,117

0,491**/

0,111

0,053/-

0,229

Qoida va

normalarni

1 -

0,170/

0,076

0,210/

0,179

0,098/

0,130

0,507**/

,153

0,447*/

0,290

buzishga

atvorga

1 0,582**/

0,407*

0,176/

0,149

0,450*/

0,319

0,138/

0,388*

xulqini

buzishga

1 0,009/

0,295

0,409*/

0,085

0,515**/

0,232 Zoʻravonlik va

1 0,072/

-0,227

0,242/

0,435*

irodaviy

nazorat qila

olish

1 -0,164/

0,352

Delikvent

xulq-atvorga *r≤0,05( 95 %); **r≤0,01( 99%)

Uyushgan yoshlarda esa, bu ko‘rsatkichlar quyidagicha ko‘rinish olmoqda, normal xulq-atvorli shaxslarda jamiyat tarafidan berilgan qonun-qoidalarni to‘g‘ri tushunish, ularni qabul qilish va ularga nisbatan ijobiy ijtimoiy ustanovkani shakllantirish ortgani sari, bunday tipga mansub yoshlarning xulqida o‘ziga va boshqa shaxslarga zarar yetkazish holatlari, shuningdek, o‘zining xulq-atvorini buzishga intilish kamayadi (r= -0.381, r≤0,05). Demak, olingan natijalar asosida, jamiyat talablari va normalarini toʻgʻri qabul qilgan va jamiyatdagi mavjud o‘rnatilgan tizimlarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lgan yoshlarda tabiiyki, o‘z holatidan qoniqish hissi ustuvor bo‘ladi va bularda bu kabi omillar o‘zlarining xulq-atvorini nazorat qilish, o‘ziga va yon atrofidagilarga ziyon berish kabi salbiy holatlarning oldini oladi.

SHuningdek, deviant xulqli shaxsning “Qoida va normalarni buzishga moyillik” darajasining ortishi undagi “Emotsional reaktsiyalarni irodaviy nazorat qila olish” ko‘rsatkichining kamayishiga (r= -0.507, r≤0,01) olib kelsa, o‘z navbatida “Delikvent xulq-atvorga moyillik” ko‘rsatkichining oshishiga ham olib kelar ekan (r = 0.447, r≤0,05). Xulqi og‘ishgan shaxslarda bunday ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, shaxsda qoida buzishga moyillikni ortishi, undagi o‘zini nazorat qilish qobiliyatining pasayishiga, buning oqibatida esa, shaxsda o‘zi anglamagan holda o‘rnatilgan qonunqoidalarni buzish holatlarining ko‘p takrorlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Navbatdagi aloqadorlik xulqi og‘ishgan va uyushgan yoshlarimizda “addiktiv xulq-atvorga moyillik” va “o‘ziga zarar keltirish, o‘z xulqini buzishga intilish” shkalalari orasida kuzatildi. Xulqi og‘ishgan yoshlarda bu ko‘rsatkich (r= 0.582, r≤0,01) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘rtasidagi yuqori aloqadorlik ayniqsa, xulqi og‘ishgan yoshlar o‘rtasida kuzatilgani e’tiborimizni tortgan bo‘lsa, uyushgan yoshlarda (r= 0.407, r≤0,05) ham tushkun holatlarida yoki o‘ziga nisbatan bahosi pasaygan paytlarda hayot mazmunini boshqa vositalardan qidirishga urinishlari oqibatida o‘zlarining xulqlarini buzishlari ehtimoli oshishi ham ahamiyatga molik, bugungi kunning dolzarb muammolari sifatida e’tiborga olinishini taqozo etadi. Bu kabi holatlarni bartaraf etish, oldini olishda pedagoglar-psixologlar bilan bir qatorda oila va ta’lim muassasasining uzlyuksiz hamkorligi ham ijobiy natija berishi mumkin.

Xulqi og‘ishgan yoshlarda “addiktiv xulq-atvorga moyillik” ortishi “emotsional reaktsiyalarni irodaviy nazorat qila olish” qobiliyatini ham pasaytirishi yuqoridagi jadvalda aks etgan ko‘rsatkichlar orqali a’yon bo‘lmoqda (r = -0.450, r≤0,05).Og‘ishgan xulq-atvorli shaxslarda biror moddalarni iste’mol qilish asosida o‘zini nazorat qila olmaslik, atrof-muhitda bo‘layotgan voqea-hodisalarni idrok etmaslik holatlarini yuzaga keltiradi.Natijada shaxsda irodaviy buzilishlar holati paydo bo‘ladi, atrofdan kelayotgan munosabatlarga reaktsiya bildirishi kamayadi.O‘zini boshqara olmaslik holatlari ham bu ko‘rsatkichlarning o‘zaro aloqadorligidan vujudga kelishi yuqoridagi fikrlarimizga isbot bo‘lishi mumkin.

Yana bir ahamiyatli bog‘liqlik uyushgan yoshlardan olingan natijalarni tahlil etish chogʻida kuzatildi. Uyushgan yoshlar kategoriyasida “addiktiv xulq-atvorga moyillik” oshgani sari “delikvent xulq-atvorga moyillik” ham ortib borishi aniqlandi (r= 0.388, r≤0,05). Bu natijalarga quyidagicha sharh berish mumkin, agar uyushgan sog‘lom xulq-atvorli yoshlar biror buzg‘unchi o‘yinlar yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga qiziqishsa va bu qiziqish doimiy “moyillik”ka olib borsa, ularning xulq-atvorida delikventlik alomatlari ham ortib boradi.

Og‘ishgan xulqli yoshlarda metodika ko‘rsatkichlariga ko‘ra “O‘ziga zarar keltirish va o‘z xulqini buzishga moyillik” ortgani sari “Emotsional reaktsiyalarni irodaviy nazorat qila olish” xususiyatlari kamayib boradi (r= -0.409, r≤0,05). Bunday toifadagi yoshlarda o‘ziga zarar yetkazish hissi ustunlik qilib, natijada o‘z hissiyotlarini boshqara olmaslik, tashqi taassurotlarni qabul qilmaslik holatlari ham kuzatiladi. Bunday holatlarni oldini olish, maxsus psixokorreksion mashg‘ulotlar olib borish shaxs ichki olamini va uning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib yondashishni talab etadi. Olingan natijalar asosida shuni aytishimiz mumkinki, o‘ziga zarar yetkazish turlaridan biri bo‘lgan suitsidual holatlarning kelib chiqishiga aynan shaxsning o‘zini emotsional iroda qila olmasligi sabab bo‘ladi, deyish mumkin. Natijada esa, shaxsda psixik buzilish holatlari kelib chiqishi bilan birgalikda, o‘ziga va atrofdagilarga jiddiy ma’naviy, moddiy va psixologik zarar yetkazish holatlari sodir bo‘ladi.

Sinaluvchilarda xulq og‘ishiga moyillik ko‘rsatkichi bo‘yicha xulqi og‘ishgan yoshlarda “o‘ziga zarar keltirish va o‘z xulqini buzishga moyillik” darajasi ortgani sari “delikvent xulq-atvorga moyillik” darajasi ham ortib boradi (r= 0.515, r≤0,01). SHaxsda o‘zini zararlash, o‘z hayotiga zomin bo‘lishga intilish holatlari undagi delikvent(takrorlanib turuvchi gʻayri ijtimoiy xatti-harakatlar sifatida) xulq-atvorni kuchayishiga turtki bo‘lishi mumkin. Delikvent xulq huquqiy me’yorlarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan harakatlardir. Bu kabi salbiy o‘zaro yuqori aloqadorlik ko‘rsatkichlarni kamaytirish uchun xulqi nazorat ostida turadigan shaxslar, shuningdek, xulqida o‘zgarish sodir bo‘layotgan yoshlar bilan kompleksli ishlar samaradorligini oshirish ko‘zda tutiladi[2]. Bunga misol tariqasida, ta’lim muassasasalarida, OAV da shaxsning motivatsionemotsional sohasiga ijobiy ta’sir etuvchi teleko‘rsatuvlar, ijtimoiy roliklar hamda dars mashg‘ulotlarida munozalari debatlarni tashkil etish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali ulardagi “energiya”ni boshqa ijobiy narsalarga yoʻnaltirish tavsiya etiladi.

Uyushgan yoshlarda xulq og‘ishiga moyillikni aniqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha ularda “zo‘ravonlik va agressiyaga moyillik” darajasi ortgani sari, “delikvent xulqatvorga moyillik” darajasi ham yuqorilab boradi (r=0.435, r≤0,05).SHaxsda o‘ziga, boshqalarga nisbatan zoʻravonlik kayfiyatining ustun bo‘lishi, boshqalarga zarar yetkazish, boshqa shaxslarning azoblanishidan rohatlanish, agressiv munosabatlar ortishi delikvent xulq-atvor shakllaridan hisoblangan, mayda bezorilik, shaxsga ham ma’nan, ham jismonan zarar yetkazish, bosqinchilik, talonchilik kabi oqibati salbiy natijalarga olib boruvchi huquqbuzarliklarni qilishga intilishning oshishiga sabab bo‘ladi [4].

“Ijtimoiy normalarga ijobiy ustanovka” shkalasi bo‘yicha yuqori darajadagi ahamiyatlilik farqi “xulqi og‘ishgan yoshlar” va “uyushgan yoshlar” o‘rtasida aniqlandi (t= -2.815, p<0,01). “Xulqi og‘ishgan yoshlar” guruhida o‘rtacha ko‘rsatkich 6.5 ni tashkil qilsa, “Uyushgan yoshlar” guruhida 8.3 ni tashkil qildi. Bundan shu xulosaga kelinadiki, og‘ishgan yoshlarda jamiyatda mavjud bo‘lgan qonun-qoidalarga, ijtimoiy normalarga nisbatan munosabatning ijobiyligi pastroq darajada. Bu esa, ularda xulq buzilishlarini keltirib chiqarishda sababiy omillardan biri bo‘lmoqda.

“Qoida va normalarni buzishga moyillik” shkalasi bo‘yicha yuqori darajadagi ahamiyatlilik farqi “xulqi og‘ishgan yoshlar” va “uyushgan yoshlar” o‘rtasida aniqlandi (t=17.357, p<0,01). “Xulqi og‘ishgan yoshlar” guruhida o‘rtacha ko‘rsatkich 13.1 ni tashkil qilsa, “Uyushgan yoshlar” guruhida ularga nisbatan ancha pastroq 6.1 ni tashkil qildi. Bundan og‘ishgan yoshlarda tabiiyki, ijtimoiy normalarni buzishga moyillik sezilarli darajada yuqori ko‘rsatkichni tashkil etishi taxmin qilingan edi, lekin uyushgan yoshlar kategoriyasida ham bunday holatlarni keltirib chiqarmaslik uchun zarur profilaktik choralarni ko‘rish kerakligi a’yon bo‘lmoqda.

Deviant xatti-harakatlarning shakllanishiga oila, oilaviy munosabatlar, o‘smir shaxsining xarakter xususiyatlari, ruhiy va jismoniy kasalliklarga moyilligi, shuningdek, ijtimoiy muhit ta’sir qiladi [5]. SHaxsni rivojlantirish jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy xatti-harakatlar bir-biri bilan o‘zaro bogʻliq va o‘zaro ta’sirga egadir, shuning uchun toʻlaqonli ta’lim va korreksion(tuzatish) ishlari bo‘lmagan taqdirda, yoshlarda xarakterning “qiyinlashuvi” kuchayadi, bu esa shaxs rivojlanishida asotsiallikning yangi belgilarining paydo bo‘lishi yoki mavjudlariga e’tiborsizlik darajasini oshiradi [3].

Tadqiqotdan olingan empirik natijalar asosida quyidagi xulosalarni qilishimiz joiz:

Birinchidan, Probatsiya xizmati ro‘yxatida turuvchi xulqi og‘ishgan yoshlar va uyushgan yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma olinganda, deviant yoshlarning ko‘pchiligi (43.2%) xulqi og‘ishiga “ehtiyojlari vaqtida qondirilmagan, sabrsiz” toifadagi shaxslar moyil bo‘ladi, degan javobni tanlashgan. Salbiy illatlarni jamiyatda ko‘payishiga “oilada diniy tarbiya va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning yetishmasligi” omilini 45% xulqi og‘ishgan yoshlar tanlashdi. Olingan natijalar asosida esa, o‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasida shu kabi omillarni hisobga olgan holda ish ko‘rish lozimligi ma’lum bo‘ladi.

Ikkinchidan, “Xulq og‘ishiga moyillikni aniqlash” metodikasi asosida xulqi og‘ishgan va uyushgan yoshlar o‘rtasida yetarli yuqori, ahamiyatli farqlar aniqlandi. Xulqi og‘ishgan yoshlarda ijtimoiy normalarga nisbatan salbiy ustanovkalar mavjudligi, qoida va normalarni buzishga, addiktiv xulq-atvorga, zo‘ravonlik va agressiyaga, delikvent xulq-atvorga moyillik va emotsional reaktsiyalarni irodaviy nazorat qila olmaslik kuzatildi. Yuqorida keltirilgan jihatlarni ijobiy tomonga muvofiqlashtirish uchun profilaktik tadbirlar sifatida ijtimoiy-psixologik treninglarni tizimli olib borish darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Mirziyoev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2018. –508-b.

2. Gilinskiy Ya.I. Sotsialьnыy kontrolь nad deviantnostьyu v sovremennoy Rossii: teoriya, istoriya, perspektivы // Sotsialьnыy kontrolь nad deviantnostьyu. SPb., 1998.-S.4-21.

3. Deviantnoe povedenie u podrostkov: Diagnostika. Profilaktika. Korrektsiya: Uchebnoe posobie / V.G.Kondrashenko, S.L.Igumnov. – M.: “Aversev”, 2004.

4. Ruxieva X.A. Voyaga yetmaganlarda huquqbuzarlik va suitsidal holatlarni kelib chiqish sabablari va ularni psixoprofilaktikasi. 2021. Tafakkur tomchilari. 360-bet.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.