ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

1-4-SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish mazmuni, boshlang’ich sinf o’qituvchilarda ham ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish haqida so’z yuritilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

SHAKLLANTIRISH MAZMUNI

Saidova Parvina Mirzo qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi

parimirzaevnadtpi@gmail.com

Pardayeva Sevara Abdunosir qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

sevarapardayeva04@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish mazmuni, boshlang’ich sinf o’qituvchilarda ham ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar: tarbiya, ta’lim, ma’naviy tarbiya, indikator, ma’naviy-axloqiy ong, “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” Konsepsiyasi, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiyalar), ma’naviy-axloqiy sfatlarni shakllantirish.

Kirish. Dunyoda o‘quvchi-yoshlarga oid amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois yoshlarda ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini rivojlantirishning strategik maqsadlarini belgilash va ularga erishish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, qadriyatlar asosida barkamol shaxs ma’naviyati va dunyoqarashini shakllantish, axborot-kommunikatsiyalari vositasida o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari rivojlanganligini tashxis etishning interaktiv tizimini ishlab chiqish dolzarb vazifaga aylandi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSH, Fransiya kabi bir necha mamlakatlarda barkamol shaxsga xos fazilatlar majmuining ishlab chiqilganligini alohida e’tirof etish lozim.

Asosiy qism. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiytexnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi1.

O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”2 tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim – tarbiya tizimidan boshlanadi”3 degan g’oyalari asosida keng ko‘lamli islohotlarni ishlar amalga oshirilishi haqida ta’kidlab o‘tdilar. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim. Yosh avlodga sifatli ta’limtarbiya berish yo‘lga qo‘yish, ular jismoniy va ma’naviy sog’lom, vatanparvar, insonlar bo‘lib ulg’ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarning safarbar etilishi, o‘quvchiyoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. Ayrim o‘quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda.

Yangi islohotlar amalga oshirilib rivojlanayotgan bir davrda mamlakatimiz miqyosida ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlamoq joiz. Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. Bizning ertangi kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarga bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashga nazariy va amaliy ko‘maklashish ertangi yanada farovon yashashimiz uchun katta zamin hozirlaydi. Biz yangi 1O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari 2 Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 03.01.2020-y., 3 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Oliy majlisga murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. O‘zbekistonda yangi g’oyalar va rejalar bilan hamohang qadam qo‘ymoqdamiz. Bu ildam qadamlarimiz yaqin kelajakda o‘zining istiqbolli natijalarini ko‘rsatadi. Jamiyatimizdagi keng qamrovli islohotlarda ham o‘zining samarasi ko‘rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiya”sini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini amalga oshirish choratadbirlari rejasi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi4 (1-rasm):

1-rasm. Ma’naviy tarbiyaning vazifalari.

Unga ko‘ra, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog‘lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan ta’minlash; ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va bolalarni ma’naviy 4 Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 03.01.2020-y.,

- ma’naviy-

axloqiy

tarbiyani

baholashning

ilmiy

asoslangan

indikatorlarini

ishlab chiqish;

- tarbiyaning

homiladorlik davridan

boshlanib voyaga

yetgunga qadar davom

etadigan, tadrijiylik va

uzluksizlik

tamoyillariga

asoslangan metodikasini

ishlab chiqish va

hayotga tatbiq etish;

- tarbiyalanuvchilar

bilan birga

tarbiyachilarning

ham bilimi va

malakasini muntazam

oshirib borish;

- ma’naviy tarbiyani

shakllantirishda oila, mahalla

va ta’lim muassasalari,

shuningdek, ommaviy axborot

vositalari va boshqa ijtimoiy

tuzilmalar o‘rtasida samarali

hamkorlik mexanizmini

yo‘lga qo‘yish;

- bola tarbiyasida

milliy va

zamonaviy

pedagogikaning

ilg‘or yutuqlaridan

samarali

foydalanish;

- ma’naviy tarbiyaning

tadrijiy rivojlanish va

uzluksizlik tamoyillariga

asoslanishi. tarbiyalash, homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish[k] bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash kabi bir necha ustuvor yo‘nalishlar ko‘rsatilgan. Konsepsiyada belgilanishicha, o‘quvchilarda quyidagi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni bolalikdan boshlab tarkib toptirish lozim (2-rasm):

Ma’naviy tarbiya – ma’naviy ongni bir maqsad ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg’ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog’liq bo‘lib, bu talablar o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodga ma’naviy-axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.

2-rasm. Ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)lar.

Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi (3-rasm)5: 5 Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 03.01.2020-y.,

MA’NAVIY-

AXLOQIY FAZILAT

(KOMPETENSIYA)L

AR

Vatanga sadoqat Tadbirkorlik Irodalilik

Mafkuraviy

immunitet

Mas’uliyatlilik

Huquqiy

madaniyat

Mehr-oqibatlilik

Tolerantlik

Mehnatsevarlik

Innovatsion

fikrlash

3-rasm. Ma’naviy tarbiya indikatorlari shakllantirish bosqichlari.

Bizning tadqiqot mavzuyimiz Konsepsiyaning uchinchi bosqichni birinchi davri – 7(6) – 10 yosh boshlang’ich sinflarni o‘z tarkibiga qamrab oladi. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish bugun kunda ta’lim muassasalarining rahbariyati, ta’lim beruvchilar mas’uliyatini yanada oshiradi. Ularga yuklangan vazifalarning samaradorligini oshirishda tinmay mehnat qilish vazifasini yuklaydi. Ta’lim berish uchun avvalo ta’lim beruvchida puxta bilim, yuqori malaka, kasbiy va hayotiy tajribalarga ega bo‘lgan mahorat hamda kompetentlik bo‘lishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarni tarbiyalashda quyidagilarni hisobga olishi kerak6:

◼ Tarbiyaning o‘quvchilar ruhiyati va yosh xususiyatiga mosligini hisobga olish;

◼ O‘quvchilarning aqliy-ma’naviy munosabatlari ta’sirini o‘rganish;

◼ O‘qituvchi-tarbiyachining savodxonlik darajasi, san’at va mahorati;

O’quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda avvalambor, o’qituvchilarimizning o’zlarida shakllantirgan bo’lishi lozim. O’qituvchi o’zida 6 R.Mavlonova, N.Vohidov, N.Rahmonqulova “Pedagogika nazariyasi va tarixi” “Fan va etxnologiya” nashriyoti. Toshkent 2010-yil 324-bet.

BOSQICHLARI

1-BOSQICH. Oilalarda

(ikki davr asosida: birinchi

davr – homila davri,

ikkinchi davr - bola

tug’ulganidan 3 yoshgacha

bo’lgan davr;

2-BOSQICH.

Maktabgacha ta’lim

3-6(7) yoshgacha

bo’lgan davr;

3-BOSQICH. Umumiy o’rta

ta’lim tizimi (ikki davr

asosida: 1-davr – 7(6) – 10

yosh boshlang’ich sinf, 2-davr

– 11-17 yosh o’rta va yuqori

sinflar;

4-BOSQICH. Ishlab chiqarishda faoliyat

ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar

shuningdek, o’rta-maxsus kasb-hunar va

oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr:

1-davr – o’rta maxsus kasb-hunar va oliy

ta’lim bilan qamrab olinmagan shuningdek,

ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va

band bo’lmagan yoshlar – 17-30 yosh, 2-davr

– o’rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim

muassasalarininhg o’quvchi-yoshlari 15-

22(24) yosh); shakllangan indikatorlarni o’quvchilarida albatta shakllantira oladi. Buning uchun boshlang’ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi7:

a) O‘quvchilarda jamiyatga va Vatanga sadoqatini tarbiyalash;

b) Mehnatga axloqiy munosabatini tarbiyalash;

c) Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat;

d) Shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga axloqiy munosabatini tarbiyalash;

Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson – fidoyilik, jasorat, mardlik, o‘z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlardan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi birinchi navabatda, uning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqoridagi aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: otaonasi, farzandlari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-ko‘yi, qishloqdoshlari va butun mamalakat xalq farovonligi haqid qayg’urish; tevarak-atrofdagiinsonlar unga kerak bo‘laganiligi singari, o‘zi ham ularga kearkli bo‘lishga intilishi; odob-axloqi, fe’latvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash; ota-bobolardan,ajdodlardan yodgor bo‘klib qolgan madaniy merosni qadrlash; milli qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo‘lib qolishi; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularining barqaror bo‘lishi; o‘zaro muomala munosabatda o‘rnak bo‘lishga moyillik, birovning og’irini yengil qilish; Vatanni himoya qilish; va’daga vafoli bo‘lish va h.k.

O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sfatlarni shakllantirishda darslarni ijodiy, noan’anaviy, suhbat, o‘yin, bahs-munozara, uchrashuvlar shaklida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ma’naviy tarbiyani tashkil etish ijtimoi tarbiyaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiya o‘zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqdorlik hamda dialektik xarakterga gea bo‘lib, shxs-ma’naviyaxloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi.

Ma’naviy-axloqiy ta’lim o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to‘g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojini yuzaga keltirish ma’naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo‘lib, izchil, uzluksiz,, tizimli tarzda tashkil etish lozim. 7 R.Mavlonova, N.Vohidov, N.Rahmonqulova “Pedagogika nazariyasi va tarixi” “Fan va etxnologiya” nashriyoti. Toshkent 2010-yil 322-bet.

O‘quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon bo‘lib, ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:

1. O‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy me’yorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyatini va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to‘g’risida ma’lumot beriladi.

2. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallshga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma’naviy-axloqiy ongni qaror toptirish.

3. O‘quvchilarda ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlar (bilimlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, ota-ona va kattalarga hurmat, saxovat, burchga sadoqat va h.k.)larni qaror toptirish.

4. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani qaror toptirish.

5. O‘quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish.

O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi tarixiy-obyektiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning o‘zaro hamkorlik, aloqa holatda bo‘lishini ta’minlashda ko‘rinadi.

Ma’naviy tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi insonda asl insoniy fazilatlarini shakllantirishdir. Lekin bu ancha murakkab va qiyin ish. Chunki, bir tomondan, har qanday tarbiya asosida bilim yotadi. Ikkinchi tomondan, bilimlar o‘z-o‘zidan insonni tarbiyalamaydi. Ular tuyg‘ular, ishonch, ixlos bilan bog‘lansagina, insonning ichki e’tiqodiga, dunyoqarashi unsuriga aylanadi. O‘quv va ma’naviy tarbiya faoliyati bir-birlarini to‘ldirilishi lozim: pedagog tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina biror maqsadga qartilganlik ma’lum bir tizim bo‘lishi mumkin. Ma’naviy tarbiyalash avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi.

Xulosa. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiyani shakllantirish oz navbatida, pedagoglarning o‘zlarining ham ma’nan yetuk bo‘lishlarini, ma’naviyaxloqiy tarbiya nazariyasini hamda maktab ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish metodikasini chuqur o‘zlashtirib olishlarini taqozo etadi. Shu munosabat bilan ta’limning ilk bosqichidan boshlab o‘quvchilarga ma’naviyaxloqiy tarbiya berishning izchil tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 1-4- sinflarda o‘quvchilar ma’naviyatini yaxlit tizim asosida shakllantirish uchun o‘quv materiallari mazmunini boyitish, ularga ko‘proq bolalarning ma’naviy olamini boyitadigan badiiy, tarixiy asarlar, o‘zbek va jahon xalqlari ertaklari, qissa va hikoyalar o‘qishni tavsiya etish, tarixiy yodgorliklarga ekskursiyalar uyushtirish, yozuvchi, shoirlar, olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

O‘zbekistonning taraqqiyot dasturi uzoq va davomli maqsadlarni belgilashda xalqning moddiy va ma’naviy olamini yuiksalatirish, yosh avlodni ajdodlar qoldirgan o‘lmas merosni chuqur o‘rganish, anglash, qadrlash bilan birga, umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy ilm-fan cho‘qqilarni egallash ruhida tarbiyalash masdalasi ustuvor vazifa qilib olingan. Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar ma’naviy tarbiya tufayli ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Ma’naviy tarbiya atamasi keng ma’noda inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy madaniy-ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig’indisidir8.

Ma’naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviy-axloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma’naviy-axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar, talablami ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma’naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, o‘quvchilar tomonidan ularning faoliyatida yorqin namoyon bo‘lgandagina, rivojlangan deyish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31- dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Oliy majlisga murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. 8 “Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati” T.: A.Sherov, A.Xolbekov, M.G‘afforova va boshq. 2009 yil. 396 bet.

3. R.Mavlonova, N.Vohidov, N.Rahmonqulova “Pedagogika nazariyasi va tarixi” “Fan va etxnologiya” nashriyoti. Toshkent 2010-yil 324-bet.

4. Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati” T.: A.Sherov, A.Xolbekov, M.G‘afforova va boshq. 2009 yil. 396 bet.

5. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.

6. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.

– №. 5. – С. 186-190.

7. Xudayqulov, X., & Odinaboboev, F. (2022). ПЕДАГОГИК МОДУЛЛИ

ЎҚИТИШДА ИННОВАЦИОН ТАРАҚҚИЁТНИНГ УСТУВОР

ЙЎНАЛИШЛАР. Science and innovation, 1(B7), 960-967

8. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.

9. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D. (2022).

IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS BY

DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL CRAFTS. Web of Scientist

International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.

10. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.

11. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.

12. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).

TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE

SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF

STUDENTS.

13. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-

ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E

Conference Zone (pp. 110-115).

14. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА

УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.

15. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Энигма, (32), 86-93.

16. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION

MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.

17. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ

МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and

innovation, 1(B7), 815-821.

18. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.

19. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86.

20. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^

УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

21. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM

MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG

NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from

22. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.

(2022). IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS BY DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL

CRAFTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.

23. Абдуразаков, Ф. (2022). O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.

24. Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘li. (2023). MILLIY

HUNARMANDCHILIKNING MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI

KASBIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH (1-4-sinflar misolida). Journal of Universal Science Research, 1(4), 507–514. Retrieved from

25. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from

26. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from

27. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.

(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING

BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from

28. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.

(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI

TA’LIMOTLARI . Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665

29. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).

ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY

QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/666

30. Аbdunаbiyеvich, А. F. (2023). ОLIY TА’LIM MUАSSАSАSI

TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG NUTQI. Journal of Universal

Science Research, 1(4), 16-23.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.