Ixtiro va kashfiyot
Ortiqova Mohinur Burhon qizi
Telefon raqam: +998 97 125 01 04
Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti
Oligofrenopedagogika yo’nalishi 301-guruh talabasi
Annotatsiya. Dunyoda intellektual salohiyat mahsuli bo’lgan ixtiro va kashfiyotlar alohida qadirlanadi. Chunki har qanday yo’nalishdagi ixtiro yoki fan yangiligi, avvalo, muayyan soha rivojiga, qolaversa, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bu esa o’z navbatida, inson hayotini yanada yaxshilash, baxtli va farovon hayotini ta’minlashga asos bo’ladi.
Kalit so‘zlar. Ixtiro, kashfiyot, guvohnoma, hujjat, yaratish, yangilik.
Insoniyat tarixi kashfiyot va ixtirolarga juda boy. Har bir qilingan ixtiro insonlarni og’irini yengil qilgan, tarqqiyotga ma’lum darajada o’z xissasini qo’shgan. Bugungi kunda biz foydalanadigan har bir buyum, har bir asbob va texnikani yaratish uchun ixtirochilar yillar davomida izlanishlar olib borgan hamda tinmay mehnat qilishgan. Natijada yaratilgan ixtirolarning foydasi insoniyatga bugungi kungacha tegib kelmoqda.
Kashfiyot nima? Ixtiro nima?
Ilm fan haqida gapirganimizda kashfiyot va ixtiro so’zlarini juda ko’p eshitganmiz va o’zimiz ham ayrim joylarda shu so’zlardan foydalangamiz. Ho’sh kashf qildi va ixtiro qildi degan so’zlarni o’rtasida qanday farq bor? Bu ikki so’z ma’no va mazmun jihatdan bir xilmi? Ba’zi bir so’zlar mazmun jihatda bir-biriga yaqin bo’lsada, ma’no jihatdan bir-biridan farq qiladi. Shu ma’noda kashfiyot va ixtironing ham mazmuni bir xil bo’lgani bilan ma’nolari har xil.
Ixtiro bu- xalq xo’jaligini turli sohalarida, ijtimoiy- madaniy, qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, o’ziga xos texnikaviy yechimga ega bo’lgan yangilik. Tor ma’noda davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnik yechim. Har qanday yangilik ixtiro bo’lavermaydi. Masalan: quruq ilmiy qoidalar, xususan amalga oshirib bo’lmaydigan va xató takliflar (masalan: abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflari) ixtiro hisoblanmaydi.
Ixtiro - avvaldan hayotda mavjud bo’lmagan, biror qurilma yoki mexanizmni yaratish. Masalan: televizor, avvaldan tabiatda yoki olamda umuman mavjud bo’lmagan. Kimdur televizorni o’z qoli bilan yasadi va televizor mavjud bo’ldi. Samaliyot va avtomobilning yaratilishini ham ilmga, tabiat qonuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin.
Demak ixtiro-bu talabchanlik, noziktablik yoki ,,aql o’yini’’ emas, balki inson faoliyatini yangi, uning uchun qulayroq bo’lgan vaziyatga olib chiquvchi taraqqiyot yo’lidir. Insondagi anu shu ijodkorlik, ixtirochilik sifatlari uning tabiat kuchlari bilan raqobatni yengib, yangi- tafakkur qobiliyatining shakllanishiga zamin yaratadi.
Ixtironi tan olish uchun u oldingilaridan texnik yechimlari, ijobiy samarasi, tuzilishidagi yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtiro obyektiv bo’lishi mumkin: yangi qurilma, yangi metod, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski metod, qurilmalarni qo’llash va boshqalar. Ixtiro- umumjahon ahamiyatiga ega bo’lib, talabnoma bergunga qadar uning mohiyati oldin respublikamizda ham, yer yuzida ham ochilmagan bo’lishi shart. Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida hujjat beriladi. Ixtiro tan olinishi uchun taklifda biror texnik masalaning yechimi bo’lishi shart. Shu bilan birga u yangi va oldindan ma’lum bo’lgan texnik yechimdan farq qilib, ko’proq foyda keltirishi zarur. Ixtiro ham kashfiyot singari dunyoviy yengiliklar bo’lmog’i lozim, ya’ni ixtiro to’g’risidagi ariza berilgunga qadar u haqda hech qayerda e’lon qilinmasligi kerak. Chunki ixtiroga bitta haqiqiy guvoxnoma beriladi. Agar bitta ixtiro uchun bir nechta ariza berilgan bo’lsa, u holda ixtiro birinchi bo’lib ariza bergan ixtirochiga tegishli bo’ladi. Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) to’g’risida XX asrning 40- yillari oxirida Rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o’z oldiga texnikada yangi ixtirolarni qanday qilib maqsadli yaratish mumkin degan muammoni qo’ydi. Ta’kidlash kerakki, u paytgacha texnikadagi mutloq hamma ixtirolar, shu bilan birga fan va san’atdagi kashfiyotlar amal va xatolar yo’li bilan qilinar edi. Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnalogiyalari yo’q edi. Bu muammoni yechish uchun Altshuller texnik ixtirolarning patent fondini tahlil qildi, bu jarayonda texnikaning rivojlanish qonuniyatlarini ochdi va 60-yillarning boshlarida u ixtirochilik masalalarini yechish algoritmning birinchi modifikatsiyasini yaratdi.
Kashfiyot bu- moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo’lgan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari, ilmiy g’oyalar, ilmiy asosga ega farazlar, va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o’zgrtiruvchi ta’sirga ega bo’ladi.
Kashfiyot- avvaldan hayotda ma’lum bo’lib, lekin insonlarga noma’lum bo’lgan va hech kim bilmagan biror yangilikni ochib berishi. Masalan: Hindistonning kashf qilinishi deganda o’z- o’zidan Hindiston avvaldan yerda mavjud bo’lgan lekin insonlar bu haqida bilishmagan. Shu sababdan kashf qilindi iborasi ishlatiladi. Yana bitta misol keltiradigan bo’lsak, Nyutonning butun olam tortishish qonuni kashf qilinishi. Bu qonun avvaldan olamda mavjud bo’lgan, biroq bu haqida insonlar bilishmagan. Haqiqatdan ham fizika, kimyo, astronomiya va boshqa fanlarda topilgan qonunlar azal azaldan mavjud, ammo insonlar bu qonunni keyinroq bilib olganlari tufayli qonun kashf qilindi deb aytiladi.
Har qanday ixtiro kashfiyot bo’la olmaydi, lekin ixtiro kashfiyotga suyangan holda qilinadi.
Kashfiyot bilan ixtironi bir- biridan farqlay bilish kerak.
Kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlari. Yuqorida keltirilgan kashfiyot tushunchasining ta’rifidan uning me’yoriy tushunchalari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
1. Ilmiy faktni konstatatsiya qilish.
2. Yangiligini asoslash.
3. Ishonchliligini asoslash.
Ushbu me’yoriy tushunchalarni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Birinchi keltirilgan << moddiy dunyoda obyektiv mavjud bo’lgan qonuniyatlar, xususiyat va hodisalarni qayd qilish>> tushunchasi – kashfiyotning obyektiv borliqni bilish faoliyati natijasi ekanligini anglatadi. Bu o’rinda bilish tushunchasi o’z ichiga olgan obyekt (qonuniyat hodisa, xususiyat) ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to’g’risidagi holatlarni qamrab oladi.
<< Kashfiyotning yangiligi>> ga O’zbekistonda jahon miqyosidagi yangilikka ega bo’lish talabi qo’yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayanilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka da’vogar bo’lgan har qanday manba e’tiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bo’lib shakllantirib, matbuotda da’vo sifatida e’lon qilingan sanasi asosida aniqlanadi.
,,Kashfiyotning ishonchliligi" obyektiv maavjud bo’lgan qonuniyat, xususiyat va hodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan obyektiv yangilik (hodisa, xossa va obyektiv qonuniy bog’liqlar) nazariy yoki amaliy jihatdan asoslanadi. Kashfiyot – ilmiy ekspertizadan o’tgandan keyingina huquqiy jihatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizadan o’tkazish uchun mualliflar qilingan kashfiyot bo’yicha talabnoma beradi. Talabnoma namuna bo’yicha to’ldiriladi. Talabnoma o’z ichiga – kashfiyot bo’yicha diplom berish uchun ariza, qilingan kashfiyotning to’liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi hujjatlar, ilmiy- amaliy ahamiyati va ishonchligi haqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki ilmiy ekspertizadan o’tkazadi va ma’qul topsa, kashfiyotning xaqiqatligi haqida qaror qabul qiladi. Shu asosda muallifga diplom beriladi. Kashfiyotning ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi.
Kashfiyot ham ixtiro ham qonunchilikda muhofaza qilinadi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni ro’yxatga olish, mualliflik huquqini qonunlarda mustahkamlab qoyish davlat tizimi mavjud. O’zbekistonda kashfiyot va ixtirolarni muhofaza qilish ishlari bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi shug’ullanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Sh.Sh.Safarovich ,,Тэхник ижодкорлик ва дизайню’’ T-2011
2. Artyomova O, Galpershteyn L, Digalo V - ,,Kashfiyot va ixtirolar”T.: Davr nashriyoti – 2013
3. Internet saytlari: https://kashfiyotlar.narod.ru/tajriba/02.html
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.