ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni milliylik ruhida tarbiyalashda hadis ilmining pedagogik-psixologik asoslari

Annotatsiya

bоshlang‘ich sinf о‘quvchilarini axloqiy tarbiylashda о'quvchilarga hadislarni о‘rgatish оrqali ularda insoniy sifatlarini o‘stirish va interaktiv metоdlar asоsida axloqiy kо'nikmasini shakllantirish haqidadir.Hadislar orqali so’z ma’nolari ustida ham ishlash samarali ta’lim hisoblanadi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni milliylik ruhida tarbiyalashda hadis

ilmining pedagogik-psixologik asoslari

Narziyeva Xabiba Xudayberdiyevna

Denоv tadbirkоrlik va pedagоgika instituti

“Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metоdikasi”

(bоshlangʻich ta’lim) mutaxassisligi II

bоsich magistranti

Annоtatsiya: bоshlang‘ich sinf о‘quvchilarini axloqiy tarbiylashda о'quvchilarga hadislarni о‘rgatish оrqali ularda insoniy sifatlarini o‘stirish va interaktiv metоdlar asоsida axloqiy kо'nikmasini shakllantirish haqidadir.Hadislar orqali so’z ma’nolari ustida ham ishlash samarali ta’lim hisoblanadi.

Kalit sо‘zlar: hadis, tarbiya, axloq, saxobalar, hadisshunos olimlar, oila, farzand, texnоlоgiya, bоshlng‘ich ta’lim, takоmillashtirish, kо‘nikma, bilim, allomalar.

Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Hakim at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi mutafakkirlar o‘zlarining beqiyos ma’rifatlari bilan umuminsoniy madaniyatning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shishgan. Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy ma’rifatni ilm, amal, odob bilan o‘zaro bog‘liq xislatlar deb hisoblaganlar. Ularning fikriga ko‘ra, kishining odobi, xulqi uning ma’rifati, bilimdonligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, uning xulqi shunchalik yaxshi va mukammal bo‘ladi.

Biz farzand tarbiyasida mutafakkirlarning qarashlari, olimlarning fikrlarini o‘rganar ekanmiz, beixtiyor millatimizga xos bo‘lgan axloqiy, tarbiyaviy fazilatlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Shuningdek, ilk tarbiya, samimiy munosabat, go‘zal muomala oiladan ota-onalarimizning namunasi timsolida shakllanadi. Abu Nasr Forobiyning: “Inson o‘z baxtiga erishishda go‘zallikni ko‘rishi va his qilishining o‘zi yetarli emas, buning uchun go‘zallikni yarata olishi muhimdir”, – degan fikrlarida olam-olam ma’no bor. Mutafakkirning bu fikrida bugungi ota-onalarimiz o‘zlari namuna bo‘lgan holda oilalarida, ishlarida, ro‘zg‘orlarida, uy tutishlarida, o‘zaro munosabatlarida, yurishturishlarida, kiyinishlarida, salomatliklarida, farzand tarbiyasida, ular bilan bo‘ladigan muomalada go‘zallikni yarata olishlari zarur, degan g‘oya o‘z aksini topgan. Ajdodlarimiz ham o‘zlari namuna bo‘lgan holda o‘z farzandlariga pandu nasihat- lar qilganlar. Jumladan, Abu Nasr Forobiy: “Har inson kasb-korini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi xulq-atvorga, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak”, — degan ekan. Arab hikmatlarining birida: “Uch narsa kishi aqlini pesh- laydi: biri olimlar va keksalar bilan suhbat, ikkinchisi ha- yotiy tajriba, uchinchisi chidam va sabot bilan intilish. Inson ikki narsaning qadrini faqat yo‘qotgandagina biladi: biri yoshlik, biri sog‘liq”, — deb ta’kidlangani bejiz emas. Darhaqiqat, inson odamlar orasida yashar ekan, o‘zaro muomala va munosabatda bo‘ladi hamda o‘sha jamiyatdagi insonlarning axloqi, tarbiyasi ko‘zgusida yashaydi, unga ko‘nikib ketadi. Jamiyatda xushmuomala, tarbiyali, aqlli, tashabbuskor, faol insonlarni hamma yaxshi ko‘radi. Mutafakkirlarimizning tarbiya, ilm, fanga oid qarashlarini quyida keltirishdan maqsad, ular farzand tarbiyasida unumli foydalanishda oz bo‘lsada, yordam beradi, deb umid qilamiz.

Abu Homid G‘azzoliy o‘zining “Ihyou ulumid-din” kitobida to‘rtta katta mavzuni jamlagan:

a) ibodatlar haqidagi qism, b) urf-odatlar haqidagi qism, v) halok qiluvchi va g) najot beruvchi narsalar haqidagi qism- lar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta kitobni o‘z ichiga olgan. Ta’kidlash joiz, Abu Homid G‘azzoliy biror mavzuni yoritar ekan, islomiy odob va an’anaga ko‘ra, dastlab unga tegishli oyatlarni keltiradi, so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga murojaat etadi, keyin esa sahobalar va boshqa ulug‘larning so‘zlaridan, siyratlaridan dalillar keltiradi, shundan so‘ng fikrmulohazalarini bayon etadi, lozim o‘rin- larda so‘zlarini hujjat bilan quvvatlaydi.18 Biz Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarining “Muhliqot”(halokatga olib boruvchi ofatlar) qismini, ya’ni “Til ofatlari”ni tanladik. Ushbu kitobda muomala odobi, yuksak axloqiy intizom masalalari oyat, hadis asosida sahobalar- ning so‘zlari, ibratomuz rivoyatlar orqali yoritilgan. Biz qisqa bo‘lsa-da, til, til ofatlari haqida so‘z yuritar ekanmiz, tilning faoliyat va ta’sir doirasiga chek yo‘q: yaxshilik sari yursa, oldida keng maydon, ufqlar qadar cho‘zilgan, yomonlik yo‘liga kirsa, ilon-chayonlar kabi sudralib, tubsiz tubanlikka ketishi mumkin ekani beixtiyor, har birimizni avval o‘ylab, keyin so‘ylashga chorlaydi.

Abu Bakr ibn Iyosh hikoya qiladi: “To‘rtta shoh – Hind, Chin, Eron va Rum podshohlari bir joyga jamlandi. Biri edi: “Aytmaganlarimga emas, aytgan so‘zlarimga pushaymon- man”. Yana biri aytdi: “Qachonki bitta so‘z gapirgan bo‘lsam, u so‘z mening xo‘jayinimga aylandi, men unga tobe. Gapirmagan so‘zimga esa men xo‘jayin bo‘ldim, u menga tobe”. Uchinchisi dedi: “Gapirgan gapi o‘ziga qaytarilsa, zarar beradigan, agar qaytarilmasa, foyda bermaydigan gapiruvchiga ajablana- man?!” To‘rtinchisi dedi: “Aytganlarimdan ko‘ra, aytmaganla- rimni rad qilish menga osonroq”.

Abu Zar deydi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam menga shunday dedilar:

Badaningga yengil, mezonda og‘ir amalni senga o‘rgataymi?

Ha, albatta, ey Ollohning rasuli, — dedim.

Bu amal – jim yurish, go‘zal xulq va behuda gaplardan tiyilishdir, — dedilar.

Ibn Mas’ud aytdi: “Sizlarni ortiqcha gapdan ogohlantiraman! Kishiga ehtiyoj darajasidagi gap kifoyadir”.

Mujohid dedi: “Albatta, so‘zlar yozib boriladi. Hatto kishi o‘g‘lini tinchitish uchun: “Senga falon-falon narsalar sotib olaman,” – desa, uni “kazzob” deb yozib qo‘yiladi.

Mutafakkir Abu Homid G‘azzoliy qarashlaridagi go‘zal xulq, muomala, so‘zlashda aql va zakovat bilan o‘ylab gapirish, yolg‘on gapirishdan yiroq bo‘lish ilgari surilgan. Mutafak- kirning bu fikrlarini yoshlar ongiga singdirish va tarbiyalash orqali oilalardagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, turli kelishmovchiliklar, nizolarni oldini olish mumkin. Chunki yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og‘izdan chiqishi hech kimga sir emas. Shunday ekan, kelinglar, oilada farzandlarga, yaqinlarga muloyim, shirinso‘z, chiroyli muomalada bo‘lib, imkon qadar namuna bo‘lishga harakat qilaylik.

Tarbiyani keng ma’noda tushungan Avloniy uni birgina axloq tarbiyasi bilan chegaralab qo‘ymaydi. U, avvalo, bolaning sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish lozimligiga e’tibor qaratadi. Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilmma’rifatga ega bo‘lish uchun, avvalo, tan salomatligi zarur. Avloniy fikricha, «badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur».

Abdulla Avloniy bolaning badantarbiyasi, salomatligi masalasida ota-onalarga murojaat qilsa, uning fikr tarbiya- si borasida asosiy mas’uliyat muallimlar zimmasida ekaniga urg‘u beradi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish, dunyoqarashini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur», – deydi alloma. Shu bilan birga, mu- tafakkir Abdulla Avloniy: “Ta’lim va tarbiya uzviy bog‘- liq jarayonlardur, dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”, — deya ta’kidlaydi. Avloniy insonga yaxshilik va ezgulik faqat ilm egallash orqali singadi, degan qat’iy fikrni bildiradi. Ilmli, ezgu g‘oya ruhida tarbiyalangan kishidagina Vatan tuyg‘usi shakllanadi, ona yurti va ona tiliga muhabbat uyg‘onadi, sadoqati qaror topadi. Bu fazilatlarsiz komil insonni tasavvur etib bo‘lmaydi, degan fikrlarni ilgari suradi.

Yurt ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotiga bog‘liqdir. Shu bois Abdulla Avloniy yoshlarni ilm, foydali hunar egallashga, kitob mutolaasiga undaydi. Shuningdek, Avloniy ilmsizni jaholat bilan tenglashtirib, shunday fikrlarni bildiradi: “Jaholat deb o‘qimagan, bilimsiz, hech narsaga tushunmaydur- gan nodonlikni aytilur”, – deydi. “Ilm sahroda – do‘st, hayot yo‘llarida – tayanch. Yolg‘izlik damlarida – yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg‘uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda – quroldir”. Mutafakkir: “Go‘zallik yuzda ermas, ey birodar, so‘zi shirin kishi har kimga yoqar”, “So‘zing oz bo‘lsinu, ma’noli bo‘lsun, eshitganlar qulog‘i durga to‘lsun,” — deb insonlarni xushsuxan bo‘lishga chorlaydiki, toki so‘zlarimiz farzandlarimiz uchun namuna bo‘lsin.

Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so‘zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo‘lib, o‘stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”. Rog‘ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o‘tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi otaonaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo‘ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi.

Odob masalasini insoniyat tarixida to‘laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o‘z odobi bor. Dunyodagi odobga bag‘ishlangan asarlarning asosini va ko‘piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag‘a yo‘q. Qadimda Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda.

Tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do‘stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o‘zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o‘tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi”. Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo‘lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o‘z farzandlarini barkamol inson bo‘lishini istaydi, o‘zlari eta olmagan orzuumidlariga bolalarining etishligini o‘ylaydi. Bolalarning har bir yutug‘idan quvonishadi, mag‘lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko‘rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi.

O‘tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o‘z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo‘lamiz.

Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo‘sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo‘lmoqda. “Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko‘ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o‘zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo‘ylik, halollik, o‘z-o‘ziga talabchanlikni targ‘ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o‘quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o‘zini olib qochishga undaydi”. Shuning uchun ham ta’lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov aytganlaridek, “Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”.

“Milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damlarda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish”. Milliy taraqqiyotimiz uchun fundamental ahamiyatga ega ushbu fikr, ko‘rsatma san’atga oid ilmiy tadqiqotlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to‘xtalib: “Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog‘liq” deya ta’kidlab o‘tdi.

Tarbiya o‘z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o‘z farzandlarimizni baxtisaodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo‘lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviy qo‘rg‘oni bo‘lmish o‘z oilamizning mustahkamligini ko‘rishni istar ekanmiz, demak oilada o‘qituvchilarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e’tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma’naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o‘rni va roli o‘ziga xos xususiyatga va ko‘rinishlarga ega. “Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o‘rganishda ta’lim tizimi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratishlozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o‘rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega”. Ular o‘z asarlarida shaxs ma’naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o‘z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma’naviy-ahloqiy sifatlarni ulug‘laydilar va shunday fazilatlarga ega bo‘lishga barchani chorlaydilar. Ma’naviy yuksak, zamonaviy ilmfanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g‘oya yoki mafkura aslo o‘z ta’siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyukdir.

Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va sanad. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi Rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.

Hadis qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Ey Odam farzandi! Biror yangi kun yoʻqki, Yer senga oʻzining tilida: «Ey Bani Odam, ustimda yurasan, keyin qoʻynimda gʻamga koʻmilasan, ustimda nafsing tusaganini yeysan, qoʻynimda qurtlarga yem boʻlasan», demasa. (Biror kun yoʻqki, Yer senga oʻz tilida:) «Ey Bani Odam! Men qoʻrqinch uyiman, sen soʻroq qilinadigan uyman, kimsasiz uyman, zulmat uyiman, ilonlaru chayonlar uyiman, bas, meni xarob qilavermasdan obod etmaysanmi?» demasa».

Qurʼondan barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yaʼni sahobai kiromlar yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy rohimahulloh yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari bir manbada jam qilib yuborilgan edi.

Toʻrli xil yoʻnalishi

Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida „sunan“ deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. „Musnad“ yoʻnalishida tasnif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalning rohimahullohning hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. „Sahih“ yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy rohimahulloh asos solgan. „Sunan“ yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda „zaif“ hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja rohimahullohlar toʻplamlari shu yoʻnalishga mansubdir.

Ilk hadis Movarounnahrda

Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy rohimahulloh hadis toʻplamini tasnif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal alMarvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam nomidan yolgʻon hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan

9-10 asrlarda

Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: „Sahihi Buxoriy“, „Sahihi Muslim“ (qarang Muslim ibn Hajjoj), „Sahihi Termiziy“, „Sunani Abi Dovud“, „Su-nani Ibn Moja“, „Sunani Nasoiy“. koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami „sunna“ deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar „muhaddis“ deb atalgan.

Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadislar qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning „Sahihi Buxoriy“ asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat fatlvolarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning Hadislar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2-nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning „Sahihi Termiziy“ Hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari „Ming bir hadis“ tarjimasi, „Qudsiy hadislar“ tarjimasi ham nashr etildi.

Islom nuqtai nazaridan

Maʼlumki, tarixan gʻoyatda qisqa muddatda nozil boʻlgan Qur’oni karim oyatlari baʼzi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan boʻlganligidan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qilib, unda keltirilgan voqea va hodisalarni koʻpchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir koʻzgu vazifasini ham oʻtaydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yoʻlida koʻrsatgan beqiyos saʼyharakatlari, yaxshiligu xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarni oʻz ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin oʻtgan hech bir paygʻambarlar va ulugʻlarga koʻrsatilmagan alohida bir eʼtibor bilan ilm ahllari hadislarni toʻplashga kirishdilar. Hadis ilmi bilan shugʻullanish eng aziz va sevimli mashgʻulot hisoblanib, ularni toʻplash uchun olimu ulamolar butun aql-zakovati-yu qalb qoʻri bilan kirishganlarini alohida taʼkidlash zarur.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hayot vaqtlarida hadislarni yozib olish odat boʻlmagan. Ayrim sahobalarning fikricha, Paygʻambarning sollallohu alayhi vasallam oʻzlari hadislarini yozma qayd etishni man qilganlar. «Mendan Qur’ondan boshqa hech narsa yozmanglar, agar kimki biror narsa yozgan boʻlsa, oʻchirib tashlasin. Mendan faqat hadis aytinglar, xolos. Buning hech zarari yoʻq», deb uqdirganlar avvaliga Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari. Soʻngra Paygʻambarning sollallohu alayhi vasallam oʻzlari Abdulloh ibn Amr ibn al-Ossga izn qilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila boshlagan. Paygʻambar vafot etganlaridan soʻng maʼlum darajada tortishuv va munozaralardan keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila boshlandi.Masalan, sahobalardan Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yoʻl-yoʻriqlari («Manosik al-haj») xususidagi hadislardan bir kichik kitob bitgan boʻlsa, Samara ibn Jundab esa Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida oʻz oʻgʻillariga bir vasiyatnoma yozib qoldiradi. Tobeʼinlar davrida esa hadislarni kitobat etishga qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uning kitobatini qoʻllab-quvvatlagan tobeʼiynlar esa aksariyatni tashkil etardi. Ushbu davrda, yaʼni sahobalar va tobeʼiynlar davrida ikki xil fikr qaror topib, hadislarni ham yozma, ham ogʻzaki tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi.

Hadislarni tadviyn etish ularni muayyan bir toʻplamga yigʻish, demakdir. Dastavval hadislarni toʻplam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn Marvon (vafoti 704 yil) hisoblanadi. U Misrda amirlik vazifasida boʻlgan, lekin oʻz maqsadiga erishmasdan burun vafot etadi. Uning ishini oʻgʻli Umar ibn Abdulaziz (vafoti 720 yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa qayd etilishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlar ularni sahih (toʻgʻri, ishonchli)larini noqis mavzulari bilan aralashib ketishining oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va ulomalarning vafotlari tufayli ularning yoʻq boʻlib ketish xavfidan edi. Shu boisdan ham Umar ibn Abdulaziz hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib olingizlar, chunki uni bilgan ulamolarning dunyodan oʻtib ketishlaridan xavotirdaman», deb yozgan edi. Umar ibn Abdulaziz bu muhim vazifani topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm, Muhammad ibn Muslim ibn Shihob azZuhriylar bor edi.

Diniy asarlar

Boblarga ajratilgan yirik asarlar (Al-Javomi’ al-mubavabba). Bu asarlar turlituman mavzularni oʻzida qamragan boʻlib, ularga boblarga ajratilgan holda tartib berilgan.

Mana shu asarlardan Imom Buxoriyning „Al-Jomi’ as-sahih“, Imom Muslim ibn al-Hajjojning „Al-Jomi' as-sahih“, Termiziyning „Al-Jomi’ al-Kabir“, imom Abu Dovudning „As-Sunan“, imom Nasaiyning „As-Sunan“, imom Ibn Mojaning „AsSunan“, imom Ad-Dorimiyning „As-Sunan“ kabi asarlarini koʻrsatish mumkin.

Musnadlar (Al-Masoniyd).

Bu uslubdagi asarlarda maʼlum bir sahobaning rivoyatlari bir joyda zikr qilinib, undan keyin ikkinchi sahoba davom ettiradi. Bu asarlarda keltirilgan hadislarga mavzularga rioya qilinmaydi. Masalan, imom Ahmad ibn Hanbal oʻzining „AlMusnad“ nomli yirik asarida avval toʻrt toʻgʻri xalifalarning (chahoryorlar) rivoyatlarini keltirib, keyin birin-ketin boshqa sahobalarning rivoyatlarini keltiradi. Hammasi boʻlib uning asarida toʻqqiz yuz toʻrtta sahoba zikr qilinadi. Muallif oʻz asarini boblarga ham boʻlganligini aytish mumkin.

Moʻjamlar

Moʻjamlar (Al-maoʻjim). Bu xildagi toʻplamlarda musannif asariga oʻz shuyux (ustoz)larining hadislarini kiritib, ularning ismlarini mu'jam (alifbo) tartibida keltiradi.

Paygʻambar alayhissalomning hadislari Islom jamiyatining ijtimoiy va maʼnaviy hayotida oʻz mazmun-mohiyatiga qarab egallagan oʻrinlari ham turlicha boʻlgan. Shunday hadislar boʻlganki, ularni jamiyatning barcha aʼzolari bilishlari zarur boʻlgan, yaʼni bu xildagi hadislar ommaviy isteʼmolda boʻlgan. Shu boisdan ham ulamolar, muhaddislar mana shunga asoslanib, ularni targʻib qilganlar, lekin baʼzi hadislar boʻlganki, ularni ayrim shaxslar bilishining oʻzi kifoya boʻlgan. Mana shu xususiyatlarga koʻra hadislarni baʼzi olimlar, jumladan Imom Muhammad ibn Idris ashShofi'iy ikki asosiy qismga boʻladi:

Hadis turlari

1. Uzluksiz hadislar (al-hadis al-mutavotir). Bu xildagi hadislarning roviylari juda koʻp boʻlib, ular bir-birlariga bogʻlanmagan va yolgʻon (kizb) gapirishlari amalda mumkin boʻlmagan roviylardir. Bu xildagi hadislar ayniqsa jamiyat aʼzolarining amaliy hayotiga, masalan, namoz, roʻza, zakot, haj farzlariga doir hadislarda koʻp uchraydi.

Shuningdek, uzluksiz hadislar ikki xilda bayon etilishi mumkin: lafziy uzluksizlik - bunda hadisdagi soʻzlar (lafzlar) deyarli oʻzgartirilmay bir xilda boʻladi. Mazmuniy (maʼnoviy) uzluksizlikda esa rivoyat qilinadigan voqealar qisman oʻzgartirilishi (yaʼni, juz'iy farqli boʻlishi) ham mumkin.

2. Yakka hadislar (al-ohad). Istiloh sifatida bu hadislarda uzluksiz hadislarning shartlari boʻlmaydi, bu xildagi hadislar roviylarining soni chegaralangan - koʻpincha bitta boʻladi. Odatda yakka hadislar dalil va isbotlar bilan asoslanadi. Bunda ushbu hadisni naql qiluvchisining toʻgʻri soʻzligi, rivoyat qilinadigan hadisni xatodan xoli boʻlib, ishonchli boʻlishligi kabi masalalar ilm ad-diroyat orqali chuqur tadqiq qilinadi. Yakka hadislar uch xil boʻladi:

1. Gʻarib hadislar. Muhaddislar fikricha, bir roviy tomonidan rivoyat qilingan hadislar gʻarib hadislar deb ataladi.

2. Aziz hadislar, deb ikki roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi.

3. Mashhur hadislar, deb ikkitadan ortiq roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi. Biroq bu hadislar uzluksiz hadislar darajasiga yetishmaydi va ular sahih (ishonchli, toʻgʻri), hasan (yaxshi, maʼqul) va zaif hadislar boʻlishlari mumkin. Oliy isnod (al-isnod al-oliy) va pastlovchi isnod (al-isnod an-nozil). Rasulullohga nisbatan boʻlgan roviylarning koʻpligi yoki ozligi hamda oʻtgan vaqtiga qarab isnodning oliyligi yoki quyilashuvi belgilanadi. Imom al-Buxoriy keltirgan hadislarning isnodi, koʻpincha u bilan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oʻrtasida uch roviydan tashkil topadi. Boshqa hollarda esa mazkur hadisning rivoyat qilganda uning isnodi toʻrt yoki besh roviydan boʻlishligiga ham erishadi. Binobarin hadisshunoslikda uch isnodliklar isnod oliy, toʻrt va besh isnodliklar esa isnod nozil (quyilovchi isnod), deb qabul qilingan. Oliy isnod mansub hadislarning sahih (ishonchli) boʻlishlari asosiy shartlardan hisoblanadi.

Sahih hadislar

Sahih hadislar, deb isnodi boshidan oxirigacha adolat bilan hech bir kamchilig-u illatsiz rivoyat qilinadigan hadislarga aytiladi. Sahih hadislarning yana talay shartlari ham boʻlib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir:

1. Sanadni uzluksiz bogʻlanishi (ittisol as-sanad) — bu shundayki, hadisni rivoyat qiluvchi roviylarning silsilasi boshidan oxirigacha hech bir uzluksiz boʻlishi shart. 2. Keltiriladigan hadis roviylarining hammasi oʻz dinida adolatli, sobitqadam kishilar boʻlmogʻi kerak. 3. Rivoyat qiluvchi komil musulmon boʻlishi shart, chunki ular dinda mustahkam insonlardir. 4. Rivoyat qiluvchi aql-idrokli kishi boʻlmogʻi zarur. 5. Roviy balogʻatga yetgan inson boʻlishi kerak. 6. Roviy fisqu-fasoddan xoli, sogʻlom fikrlovchi inson boʻlishi kerak. 7. Uzuq-yuluqni rivoyat qilishdan xoli kishi boʻlishi zarur.

Hadis ilmidan saboqlar

<<Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o‘zidan past bo‘lganlardan ham hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo‘la olmaydi>>.

<<Men bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitdim. Ularning hammasi <<Iymon-so‘z va amaldan iboratdir>> degan eʼtiqoddagi kishilar edilar>>.

<<Hadis arabcha so‘z bo‘lib, uning bir qator ma’nolari bor:

1) yangi, yangi narsa, yangi ro‘y bergan voqea; 2) so‘z, hikoya, naql, rivoyat; 3) Muhammad payg’ambar sollallohu alayhi vasallam yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat.Shu o’rinda o’quvchilarda so’z ma’nolari ustida ham amaliy ish olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.Masalan;Imom al-Buxoriy hadislaridagi so’larni ma’nolari bilan ishlab ularni har xil ibratli ma’nolarini o’quvchilar bilan birga ishlasa,bolani fikrlarini teran bo’lishiga yordam beradi.

O‘qituvchi va uning mahorati to‘g‘risida nazm mulkining sultoni A.Navoiy, A.Jomiy va boshqalarning asarlarida o‘qituvchi qobiliyati, shaxsiy fazilatlari, uning nutqi, notiqlik san‘ati, madaniyati haqida qimmatli, durdona fikrlari mavjud. Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida bola dunyoqarashining - kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-y.

3. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoroyning “Al-Jomiy As-Sahih” kitobi,

4. Shayx Abdulaziz Mansur “Ming bir hadis” arab tilidan tarjimasi kitobi

5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va hayot” 1-34 juz kitobi

6. Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliyning “Ey farzand” va “Ihyouulumid-din” asari va uning nasihatlari

7. Buriyev Mansur Rahmatullayevichning “Milliy mentalitemizda kechayotgan transfarmasion jarayonlarida milliy tarbiyaning o‘rni” maqolasi

8. N.R.Ashurovning “Milliy qadriyatlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari” maqolasi

9. Xudoyqulov Xol Jumayevichning “Oilada milliy ma’naviy tarbiyani rivojlantirishda maktab va jamoatchilik homkorligi masalalari” maqolasi

10. Umumiy psixologiya E.G‘oziev T 2002.

11. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi Toshkent 2006 yil.

12. “Учебно-познавательная деятельность школьников в процессе обучения” Шайденко Надежда Анатольевна

13. “Педагогические условия привлечения детей дошкольного возраста к творческой деятельности” Рыбакова Е.А.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.