"Sulaymonova Xadicha Sulaymonovna - adolat ramzi"
Toshkent davlat yuridik universiteti
3-bosqich talabasi Ibroximova Firuza
Bugungi kunda ayollarga karyera va oilaga e'tibor berishga vaqt topish juda qiyin vazifa bo’lib bormoqda, O'zbekistondagi har beshinchi ayol o'z hayotidan noliydi. Shu sababdan ham jamiyatda ajralishlar yoki oila uchun orzularidan voz kechayotgan ayollar juda ko‘p. Ayollarning juda kam qismi ham ish, ham oila uchun vaqt topa oladilar. Ular o'zlarining omadsizligida oilasini, jamiyatni, odamlarni, mentalitetni, ba'zan esa davlatni ayblashadi.
Qahramonimiz Xadicha Sulaymonova yashagan asrga nazar tashlaymiz:
“Xujum” davri, “Birinchi jahon urushi”, “Ikkinchi jahon urushi”, “Ayolni mulk deb bilgan jamiyat”, “Ayolni qadrsiz deb bilgan odamlar” bularning barchasini qahramonimiz Xadicha Sulaymonova boshidan kechirdi, u nafaqat omon qoldi, balki o'ziga xos hayot yo'lida g'alaba qozondi. Qanaqasiga deysizmi?! Bu haqda keyinroq aytib beramiz. Keling birinchi qaxramonimiz haqida bilib olsak.
Akademik Sulaymonova Xadicha Sulaymonovna yaxshi inson, ayol, qiz, ona, adolatli huquqshunos, sudya, adliya vaziri. Va savol tug'iladi, u bularning barchasini qanday bajaraoldi?! U o'zining mavjud bo'lgan davriga qaramay, tarixda erkak yuristlar qoldirgan izdan kam bo'lmagan iz qoldirdi.
Xadicha Sulaymonovna 1913 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Sulaymon Kelg‘inboyev mard inson bo‘lib, u doimo adolat uchun kurashgan va adolat uchun qurbon bo‘lgan. Xadichaning onasi Otinchaxonim dono, mehnatkash ayol edi. Otinchaxonimning o‘zi farzandlari uchun ham ota, ham ona bo‘ldi.
Xadicha Sulaymonovna bolaligidanoq o‘z vakolatlarini o‘z manfaati yo‘lida foydalanadigan, xotin-qizlarni kamsituvchi, odamlarni boy-kambag‘alga ajratuvchi odamlardan nafratlanardi.
1929 yilda yani endi 17 yoshni qarshilaganida u birinchi marta sud majlisida tomoshabin sifatida ishtirok etdi. Sud majlisida ukasi tomonidan o‘ldirilgan ayolning ishi ko‘rib chiqilayotgan edi. Bu ayolning ismi Nurxon bo’lib juda chiroyli ovozga ega edi u akasiga erkin va baxtli bo'lishni, qo'shiq kuylashni va o'ziga yoqqan ish bilan shug'ullanishni xohlashini aytganida akasi tomonidan pichoqlab o’ldirilgan. Bu voqea butun Farg'ona vodiysiga tarqaldi va ochiq sud bo'lib, unda Xadichamiz ishtirok etdi.
Sudda Tojixon Shodiyeva ismli ayol davlat ayblovchisi sifatida qatnashdi, u paranjisini birinсhi yechgan ayollardan hisoblamadi. Tojixon ayblov hulosasini shunday ishonch va jasorat bilan gapirdiki, Jinoyatchi otib o’ldirishga huqm qilingan. Hadicha Tojixon Shodiyevaning shijoatidan ruxlandi va odamlarni yomon ishlari uchun va adolat o’rnatish bu uning hayoti mazmuni ekanligini angladi. Aynan shu voqea Xadichaning Huquq sohasiga kirib kelishiga turtki bo’lgan. Onasi Otinchaxonim esa uni bu qarorini qo‘llab-quvvatlagan.
1932-yilda Xadicha Toshkent Sovet qurilishi va huquq institutining yuridik fakultetiga o‘qishga kirdi.. Xadicha Sulaymonova juda tirishqoq va zukko talaba edi. U guruhdagi yagona qiz bola lekn bunga qaramay u darslarda o’g’il bollardan ortda qolmagan, balki qurstoshlarini ortda qoldirgan. Xadicha Sulaymonova o‘z mutaxassisligi sifatida “Jinoyat huquqi”ni tanladi. O‘sha paytda jamiyat prokuror, advokat, tergovchi, sudya ayollarni qabul qilmasdi, lekin baribir Xadicha Sulaymonova Odamlarning gapiga qaramay, o‘z orzusini tanladi.
Jinoyat huquqi eng murakkab va shafqatsiz huquq sohalaridan biridir, chunki bu modul faqat qotillik, zo'rlash, o'g'irlik, terrorizm va boshqa og’ir jinoyatlarni o’z ichiga oladi. Ayolning har kuni bunday hodisalarni ko'rishi va ayollik va noziklikni yo'qotmasligi mumkin emas edi. Lekin Xadicha Sulaymonovna buning aksini juda chiroyli ko‘rsatib qo’ydi va Jinoyat huquqi sohasiga ulkan hissa qo‘shdi.
1935 yilda Xadicha Sulaymonova xalq sudyasi bo‘ldie. Institutni yaqinda bitirgan qiz uchun bu katta sharaf edi. Ko'pchilik qachondir qiz bola O'zbekiston SSR xalq sudyasi bo'lishini xayoliga ham keltirmagan edi. Keyinchalik Xadicha o’z ilmiy faoliyatini davom ettirdi.
Uning ilmiy izlanishlarining asosiy g‘oyasi chuqur vatanparvarlik – o‘zbek huquqshunosligini jahon darajasiga ko‘tarish, o‘zbek zaminida chinakam huquqiy maydonni shakllantirish, o‘zbeklar turmushini yaxshilashga, qonun va normalarni takomillashtirishga qaratilgan edi.
Xadicha Sulaymonova sermahsul olim, uning yuzdan ortiq asarlari bor. Uning tahriri ostidagi “O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi materiallari” (1958) jamoaviy monografiyasi, jinoyat huquqi, sud-huquq qurilishi, oila huquqi, fuqarolarning hayoti, huquqbuzarliklarning oldini olish. davlat va huquqning umumiy muammolari, SSRning konstitutsiyaviy asoslariga oid yirik asarlari shular jumlasidandir. Uning ilmiy rahbarligida 16 nafar shogirdi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bularning barchasi o‘zbek jamiyatini mustahkamlash va rivojlantirish, inson va fuqaroning huquq va manfaatlarini mustahkamlashdir. Xadicha Sulaymonovaning rahbarligida jinoyat huquqi bo‘yicha o‘zbek tilida birinchi darslik yaratilgan. U butun sud tizimi uchun yangi qonunlarni ishlab chiqdi.
Xulosa qilib shuni ayta olamiz-ki Xadicha Suleymonova- noziklik va adolat ramzidir. U qanday katta lavozimlarda ishlagan bo’lsa xam xech qachon manmanlikga berilmagan. Xamisha o’zining ayollik nazokatini saqlab qolgan. Xadichahonim nafaqat professional yurist balki juda mexribon ona xam xisoblanadilar.
Foydalanilgan Adabiyotlar roʻyxati:
1. Hakimov, F. Ahmedov, A. Saidovlarning “Xadicha Sulaymonova – huquqshunos, olim va davlat arbobi” kitobi.
2. Malik Hakimovich “Akademik Xadicha”.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.