ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKATURA INSTITUTINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI

Annotatsiya

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta’minlash dolzarb masala ekanligi belgilandi. Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokat faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlanadi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

YANADA TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim

Advokatlik yo‘nalishi 1-kurs Talabasi

Normo‘minov Dilshod Erali o‘g‘li

Annotatsiya: 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta’minlash dolzarb masala ekanligi belgilandi. Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokat faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlanadi.

Kalit so`zlari: Advokat, himoyachi, huquqshunos, yuridik xizmatlar, advokatlik, advokat so'rovi.

KIRISH

Dunyoning barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomiga oid masalalar dolzarb ahamiyat kasb etadi. Har bir davlatda inson huquqlari va manfaatlarini samarali himoya qilishda advokatlik tuzilmalari va advokatlarning o‘zini o‘zi boshqarish organining asosiy hamda muhim vazifani bajarishi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Xususan, BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish to‘g‘risidagi Sakkizinchi kongressida qabul qilingan «Yuristlar roliga oid asosiy prinsiplar»1da advokatura institutini takomillashtirish demokratik huquqiy taraqqiyotning birlamchi shartlaridan ekanligi qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Advokatura instituti esa, ushbu siyosatni amalga oshirishning juda muhim bir qismi hisoblanadi. Ta’kidlash 1 https://www.un.org/ruleoflaw/blog/document/basic-principles-on-the-role-of-lawyers/. joizki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, advokatura faoliyatini tartibga soluvchi hamda advokatlarning daxlsizligini va ularning erkin faoliyat ko‘rsatishlarini kafolatlovchi huquqiy-normativ mezon yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”2gi Qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, unda advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatning ijtimoiy himoyasi yetarli darajada ifoda qilinmaganligi va yuridik yordamni ta’minlash kafolatlari zaruriyati yuzaga kelganligi tufayli qisqa muddatda ya’ni, 1998 yil 25 dekabrda advokatura sohasiga oid ikkinchi Qonun “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan advokaturani isloh qilish dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Fuqarolik qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasi ―Advokatura to‘g‘risida‖gi qonunning bugungi kundagi holatidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, ushbu masala, ya’ni umuman ―yuridik xizmat ko‘rsatish, jumladan ―advokat tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat tushunchalari aniqlashtirilmagan va to‘g‘ri tartibga solinmagan.

Mazkur qonun hujjatlari qabul qilingan davrda boshqacha bo‘lishi mumkin emas yedi. Sababi, o‘sha davrda yuridik xizmatlar ko‘rsatish sohasi yetarli darajada rivojlanmagan yedi. Shunga qaramay, o‘sha paytdan qonunchilikda ikkita asosiy huquqi kategoriyalar qo‘llanilib kelingan – "huquqiy yordam" va "yuridik xizmat".

Boshqalari esa, aksincha, ularga qarshi turib, o‘z pozitsiyasini asoslashga harakat qilmoqda. Masalan, O. S. Ponasyuk ―advokatura doirasiga kiradigan hamma narsa malakali yuridik yordamdir, bu sohaga kirmaydigan narsa esa yuridik xizmatlardir, deb hisoblaydi. R. R. Lenkovskaya huquqiy va yuridik xizmatlarni malakali yuridik yordamdan farqlash kerak, deb hisoblaydi.3

Yuridik yordam tushunchasi ko‘plab mualliflar: O. N. Bondar, M. V. Kratenko, R. G. Melnichenko, K. Ye. Mixaylenko, V. Yu. Panchenko, A. S. Pleten, Ye. V. Yanush 2 O‘zbekiston Respublikasi ―Advokatura to‘g‘risidagi qonun. 27.12.1996 yildagi 349-I-son. 3 Панченко В. Ю. Подходы к понятию «юридическая помощ» в современном отечественном правоведении / В. Ю. Панченко // Российский юридический журнал. — 2012. — № 1 (82). — С. 18-27. va boshqalar tomonidan o‘rganilganligi muhim ahamiyatga yega. Ayrim nazariy ishlanmalar mavjudligini qayd etishimiz mumkin.

Tadqiqot olib borishda tarixiy, tizimlituzilmaviy, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, aniq sotsiologik, ilmiy manbalarni kompleks tadqiq etish, induksiya va deduksiya, statistik ma’lumotlar tahlili, qonun hujjatlarini sharhlash, kuzatuv va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish kabi usullar qo‘llanilgan.4

TAHLIL VA NATIJALAR

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali institutlaridan biri bo‘lgan advokaturaning roli va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlar tortishuvi prinsipining lozim darajada ishlashini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirildi, advokatlarning professional faoliyatini bajarishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi.

Shu bilan birga, tahlillar ko‘rsatganidek, advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi, advokatlarning huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishiga xalal berayotgan qator omillar mavjud. Xususan:

▪ surishtiruv va tergov organlarining ayrim xodimlari tomonidan advokatlar o‘zlarining ishonch bildiruvchilari (himoyasi ostidagilari) oldiga kirishlariga yuzaki sabablarga ko‘ra to‘sqinlik qilinmoqda, bunday holatlarda advokatlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqishning amaldagi mexanizmlari advokatlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlarining samarali oldini olishni ta’minlamayapti;

▪ advokatlarning jismoniy va yuridik shaxslar huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun turli tashkilotlarga yo‘llayotgan so‘rovlari ko‘p hollarda, eng avvalo, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan e’tiborsiz qoldirilmoqda, advokat so‘rovini ko‘rib chiqishning aniq tartibi va muddatlari, bilaturib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotni taqdim etganlik uchun javobgarlik belgilanmagan; 4 Gorelыsheva Ye. M. Nekotorie problemi dogovora vozmezdnogo okazaniya yuridicheskix / Ye. M. Gorelisheva // Sfera znaniy v voprosax kulturi, nauki i obrazovaniya sbornik nauchnix trudov. Kazan, 2018. — S. 74–77.

▪ O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining (keyingi o‘rinlarda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) advokatura instituti himoyachisi sifatidagi roli pasayib ketgan, uning advokatlar bilan o‘zaro hamkorligi statistika yig‘ish bilan cheklanib qolmoqda hamda ortiqcha byurokratiyadan iborat bo‘lmoqda;

▪ advokatlik tuzilmalarining amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllari yuridik xizmatlar ko‘rsatish bozorida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilmayapti, yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish advokatlik faoliyatidan ajratilmaganligi sohaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;

▪ advokatlik faoliyatini litsenziyalash tizimi yuridik amaliyotning tegishli sohalarga bo‘linishini hisobga olmaydi, bu esa advokatlik kasbining ixtisoslashuviga salbiy ta’sir etmoqda;

▪ advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish masalalarini ko‘rib chiqishda salmoqli ma’muriy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmoqda, natijada advokaturaning erkinligi va mustaqilligiga putur yetmoqda;

▪ bilimi yetmasligi, o‘zining kasbiy majburiyatlariga vijdonsiz munosabatda bo‘lishi sababli advokatlar tomonidan Advokatlarning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodini buzish hollari ko‘plab uchramoqda, bu esa ishonch bildiruvchilarning (himoya ostidagilarning) noroziligiga sabab bo‘lmoqda.5

XULOSA

O‘zbekiston Respublikasida advokat maqomini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari, ijtimoiy va huquqiy mazmundagi nazariy xulosalar, shuningdek, bu boradagi sud-tergov amaliyotini tahlil qilish natijasida shakllangan taklif, tavsiya va xulosalar joriy etildi.

Xulosa o‘rnida, advokatura sohasidagi bu islohotlar asosan advokatura institutini yanada erkinlashtirish, advokatlarning o‘rni va maqomini yanada kuchaytirishga qaratilgan, deb aytsak xato bo‘lmaydi. 5 Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini... O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV Toshkent shahri, 2018 yil 12 may.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi ―Advokatura to‘g‘risidagi qonun. 27.12.1996 yildagi 349-I-son.

2. https://www.un.org/ruleoflaw/blog/document/basic-principles-on-therole-of-lawyers/.

3. Mengliyev Bobur Normamatovich. International Journal of Research. Games as a Motivation in Teaching Foreign Language January 2020 32-37

4. Панченко В. Ю. Подходы к понятию «юридическая помощ» в современном отечественном правоведении / В. Ю. Панченко // Российский юридический журнал. — 2012. — № 1 (82). — С. 18-27.

5. Mengliyev B. PEDAGOGICAL COMPETENCE OF A MODERN

PHYSICAL EDUCATION TEACHER //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B7. – С. 554-556

6. Gorelisheva Ye. M. Nekotorie problemi dogovora vozmezdnogo okazaniya yuridicheskix / Ye. M. Gorelisheva // Sfera znaniy v voprosax kulturi, nauki i obrazovaniya sbornik nauchnix trudov. Kazan, 2018. — S. 74–77.

7. Mengliyev Bobur Normamatovich. International Journal of Research. The usage of different effective games to promote teaching speaking english classes January 2020 8-20

8. Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini... O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV Toshkent shahri, 2018 yil 12 may.

9. www.arxiv.uz

10. www.aim.uz

11. www.norma.uz

12. www.lex.uz

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.