UNING AMALIY AHAMIYATI
Erkinova Setora Bobirovna - Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
Ilmiy rahbar: Sayfullayeva Gulhayo- Navoiy davlat pedagogika instituti
dotsenti
Hozirgi kunda integratsiya atamasi dunyo bo‘ylab turli sohalarni, masalan, ijtimoiy, mintaqaviy, iqtisodiy, diniy, irqiy, tashkiliy integratsiya kabi sohalarni qamrab oladigan ijtimoiy tushuncha sifatida ishlatiladi. Va o‘z- o‘zidan savol tug‘iladi
- integratsiya o‘zi nima?
- uning ta’lim tizimidagi ahamiyati nimada?
- tabiiy fanlarni o‘qitishda integratsiya qanday amalga oshiriladi?
Integratsiya lotincha integratio- tiklash, to‘ldirish hamda integer- butun so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, qismlarni bir butunga aylantirish uchun ularni birlashtirish, qo‘shish va yoki bir- biriga almashtirish harakatidir.
Ta’limni integratsiyalash orqali fanlarni o‘qitishda fanlararo aloqalarni o‘rnatish, turli ta’lim dasturlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali ta’lim mazmunining yaxlitligiga erishish va talaba dunyoni bilishi va tasavvur qilishda bir tomonlama emas, balki har tomonlama rivojlanishga erishish
Fanlararo aloqadorlik (integratsiya) talabani ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi, tabiatni to‘g‘ri va to‘la anglashga undan oqilona foydalanishga, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi.
Zamonaviy sharoitlarda fanlarni o‘qitishda ularning integratsiyasini ta’minlashga yetarli e’tibor berilmay kelmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli o‘quv rejalarida ushbu fanlarni o‘qitishning vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirishi yoki fanlar mazmunini qisman uyg‘unlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta’minlovchi o‘quv fanlari integratsiyasining zaruriy shart- sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
O‘quv fanini o‘rgatishdan maqsad talabani fandagi ob’ektiv yangilik bilan tanishtirish emas, balki unda sub’ektiv yangilikka ega bo‘lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat. Bu ma’noda integratsiya- fanlarning differentsiyasi tufayli tarixan tarkib topgan o‘quv fanlariga bo‘lib o‘qitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash shakli sifatida qaralishi mumkin.
O‘quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o‘quv fanlari bo‘yicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda qaralganda, o‘quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o‘zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi.
O‘quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan borat bo‘lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi sub’ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Didaktikada turli fnlarga taaluqli o‘quv materiallarini bitta kursga birlashtirish kabi integratsiyasining turli shakllari taklif qilinadi.
Ilmda yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni sekin kechib, ba’zida u bir qancha o‘n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O‘quv jarayonida o‘qituvchi bir yoki bir nechta mashg‘ulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi sub’ektiv yangi bilimga “olib kelishi” kerak bo‘ladi.
Ya’ni talabaga bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart- sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri, bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lib, u fanlararo aloqalarni o‘rnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
I. Ўзбекистон Республикаси Президентининг асарлари 1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 488 б.
2. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 592 б. 3. Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2-жилд. Т.: “Ўзбекистон”, 2018. – 507 б.
4. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 3-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2019. – 400 б.
5. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 4-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2020. – 400 б. II. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.