ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

GLOBALLASHUV SHAROITIDA HUDUDNING EKSPORT SALOHIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH YO'NALISHLARI.

Annotatsiya

Bugungi kunda O‘zbekistonda eksport yetakchi va jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz makroiqtisodiyot majmuasida mustahkam o‘rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilgan qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-huquqiy baza tufayli soha ulkan yutuqlarga erishib, rivojlanishning sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Ushbu maqolda globallashuv sharotida hududning eksport salohiyatini yanada takomillashtirish yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

SALOHIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH YO'NALISHLARI.

Xurramov Ramazon Allayor o’g’li

Termiz davlat universiteti

Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi

tel: +998-90-074-94-95, e-mail: r.xurramov@inbox.ru

Annotatsiya: Bugungi kunda O‘zbekistonda eksport yetakchi va jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz makroiqtisodiyot majmuasida mustahkam o‘rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilgan qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriyhuquqiy baza tufayli soha ulkan yutuqlarga erishib, rivojlanishning sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Ushbu maqolda globallashuv sharotida hududning eksport salohiyatini yanada takomillashtirish yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar: erkin iqtisodiy hudud, eksport salohiyati, eksport mahsulotlarining raqobatbardoshlik ko'rsatkichlari, ichki salohiyat, investision salohiyat.

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishi va uning jahon bozoriga kirib borishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri mamlakat eksport salohiyati hisoblanadi. Shu sababli ham rivojlangan va rivojlanayotgan har bir mamlakat o’z daromadini yuksaltirish va valyuta oqimini ko’paytirish maqsadida eksport hajmini oshirishga harakat qiladi. O’z navbatida bu maqsadga erishishda mamlakat barcha imkoniyatlardan foydalangan holda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda bozorga taklif qilishni ko’paytirishga harakat qiladi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, bozor talablariga mos va eksportbop mahsulotlari ishlab chiqarishni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2022–2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish” bilan bog’liq ustuvor maqsad va vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash respublikamiz sanoat korxonalarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish bo’yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni talab etadi.

Globallashuv jarayonlari nafaqat jahon iqtisodiyoti tuzilishini o‘zgartiribgina qolmay, balki mamlakatlar ichidagi mintaqalarning rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu yerda asosiy harakatlantiruvchi kuchlar tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, xalqaro integratsiya va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotdir. Savdo munosabatlarini soddalashtirish nafaqat jahon iqtisodiyoti markazlarining siljishiga olib keladi, balki milliy iqtisodiyotda ham sezilarli siljishlarni keltirib chiqaradi. Erkin iqtisodiy hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uning eksport salohiyatidan foydalanishiga asoslanishi mumkin. Mintaqadagi eksport tarmoqlari asosiy bo'lib, ular uzoq muddatli iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi. Muhimi erkin iqtisodiy hududning qanday eksport salohiyatiga ega ekanligini, bu salohiyatning qaysi tarkibiy qismlarini kuchaytirish mumkinligini aniqlashdan iboratdir.

Hammaga ma‘lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligi, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz , ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish resurslari hamda iste‘mol tovrlarining ta‘minlanishi bo‘yich markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz sobiq prezidenti I.A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, ― O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga- markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakat edi.

Barqaror iqtisodiy rivojlanishga intilgan aksariyat davlatlar, jumladan, Oʼzbekiston hamjihatlik, erkinlik, shaffoflik, ochiqlik tamoyillariga asoslangan ijtimoiy munosabatlar tizimini shakllantirishga intilmoqda. Bu borada ichki va tashqi omillarning doimiy taʼsirini baholab borish negizida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini qayta koʼrib chiqish va tahlil qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʼllab-quvvatlash orqali eksport salohiyatini oshirish, milliy iqitisodiyotni yuqori surʼatda oʼsishini taʼminlovchi va globallashuv jarayonlariga raqobatbardoshligini taʼminlash, savdo hajmini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash maqsadida raqamli iqtisodiyotning rolini oshirishga qaratilgan muhim strategik maqsadlarni oldiga qoʼyib harakatlanmogʼi lozim. Xususan, eksport hajmini oshirishda sarmoyaviy-innovatsion hamkorlikni yoʼlga qoʼyish bunda makro (davlat) va mikro darajadagi (korxonalar) va jamoatchilik bilan aloqalarni raqamlashtirish orqali erishish mumkin.

Eksport — tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish boʻlib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. Eksport (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham eksportga kiradi.

Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar eksport tarkibi (koʻrinma eksport) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar eksport qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar eksportida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar eksportida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.

Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.

Mustaqil davlatlar tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qiladilar, chunki hech bir mamlakat o‘z aholisining barcha talabehtiyojlarini to‘liq qondirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun tashqi iqtisodiy aloqalar mamlakatning turlituman ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ta’minlash va oshirishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi, u ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashuviga yordam beradi, turli millat va elatlarni o‘zaro ahillashtiradi va oxir oqibat mamlakat kuch-qudrati va aholi turmush tarzi darajasining ko‘tarilishiga olib keladi.

O‘zbekistonning ochiq iqtisodiyot yo‘lini tanlashi XXI asrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojini belgilab beruvchi umumjahon globallashuv jarayonlarida qatnashish zaruratiga asoslangan holda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning liberallashuvi ushbu jarayonlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan holda mamlakatga tovarlar va xizmatlar ayirboshlash unumdorligini sezilarli darajada oshirish, erkin raqobat mexanizmlari asosida ishlab chiqarish sarf-harajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini oshirishga imkoniyat yaratadi.

Eksport stratеgiyasiga uning asosiy tarkibiy qismi bo’lmish ishlab chiqarishni va ta'minot manbalarini joylashtirish stratеgiyasi, hamda asosiy maqsadi dunyoning har xil burchaklaridagi bozorlarni tayyor mahsulotlar bilan ta'minlashdan iborat bo’lgan sotish stratеgiyasidan iborat. Xalqaro maydonda faoliyat olib boruvchi firmalar ko’pincha mahsulot eksportini yo’lga qo’yishga harakat qiladilar. Eksport faoliyatida quyidagi ustunliklar va ajoyib natijalarga erishiladi:

•sotuv xajmini ko’paytiriladi;

•ishlab chiqarish masshtabi samaradorligini amalga oshirishga yordam bеriladi;

•boshqa davlatlarga qilinadigan invеstitsiyaga qaraganda tavakkalchiligi kam bo’lgan opеratsiya yoki faoliyatidir;

•kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarini har xil joylashtirish imkonini bеradi.

2021 yilda uzoq xorij mamlakatlariiga eksport hajmi 73 % ga koʻpayishi hisobiga 371302,1 ni tashkil etdi. Import esa, aksincha, 2020 yilga nisbatan 0,9 foizga oshdi va 487833,5 million dollarni tashkil etdi. 2021 yilda Farg’ona viloyatining MDH davlatlari bilan eksport 429983 ming dollarni (o'sish 125 foiz), import 546459,3 ming dollarni (27 foizga oshdi) tashkil etdi).

Eksport qiymatining o'sishiga, birinchi navbatda, Rossiya, 157 % ga yoki 150 946,0 ming aqsh dollaridan 237 015,2 ming AQSH dollarigacha, Qozog’iston bilan 165% yoki 30 321,9 ming AQSH dollaridan 50 248,0 ming AQSH dollarigacha o’sishi ta'sir ko'rsatgan bo’lsa, eksport xajmi Qirg’iziston Respublikasi bilan 124 386,6 ming AQSH dollaridan 89 735,1 ming AQSH dollarigacha yoki 27,8% ga, Bangladesh bilan 10 303,6 ming AQSH dollaridan 8 573,3 ming AQSH dollarigacha yoki 26,8% ga kamaygan.

Eksport salohiyatini samarali boshqarish muammosi ko‘p jihatdan eksportni tahlil qilishda ilmiy asoslangan kompleks yondashuv va usullarning yo‘qligi bilan bog‘liq. Potentsial ishlab chiqarish jarayonlari, erkin iqtisodiy zonadagi marketing tizimi, moliyaviy komponent, mehnat resurslari va erkin iqtisodiy zona eksport faoliyatining huquqiy jihatlari o'rtasidagi munosabatlar orqali. Shu munosabat bilan erkin iqtisodiy zonaning eksport salohiyatini baholashning universal kompleks metodologiyasini ishlab chiqish uchun mavjud va eng ko'p tahlil qilish zarur. Eksport salohiyatini tahlil qilish uchun xorijda keng qo'llaniladigan usullardan foydalanish maqsadga muofiqdir.

Xulosa qilib aytganda, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, jahon bozori talablariga javob beruvchi eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish yo’li bilan mamlakat eksport tarkibini sifat va son jihatdan o’zgartirish, yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga sotishni rag’batlantirishga qaratilgan milliy eksport siyosatini amalga oshirish hozirgi kunning asosiy vazifasi, deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF60-sonli Farmoni// www.lex.uz

2. Белокур О.С., Цветкова Г.С. (2021) Сценарии развития экспортного потенциала провинциального региона // Экономика, предпринимательство и право, (11(7)), 1689-1704.

3. Abramov A. Xalqaro savdo. -M.: Bustard. 2007 yil.

4. Gluxov N.V. Afonichkin V.A. Xalqaro savdo asoslari.- SPb .: PETER.-2006.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.