BERISHDAGI AHAMIYATI»
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani maktab Texnologiya o’qituvchisi
Mingboyeva Sarvinoz Suyunovna
Annotatsiya: Maqolada umumta’lim maktablarida Texnologiya fani darslarinig o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. Texnologiya darslarinig kasb tanlashga yo‘llash ishlaridagi imkoniyatlari haqida bayon qilingan. Texnologiya o‘quv predmeti darslarida o‘quvchilarni kasblar bilan tanishtirish samaradorligini oshirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan tashkiliy va uslubiy ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Kalit so’zlari: Kasb, texnologiya, xalq hunarmandchiligi, soha, ishlab chiqarish, faoliyat.
Insonning kasbiy shakllanishi va mutaxassis sifatida kamolga yetishini uning hayot yo’lidan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlab o’tilganidek, kishining kasbiy shakllanishi butun hayoti davomida kechadigan jarayon bo’lib uning yoshiga hamda shaxsining taraqqiyotiga mos holda boradi. Kasbiy faoliyat sohasidagi muvaffaqiyat va mataxassisining mahorat darajasiga erishish sur’ati uning kasb tanlash motivlari bilan o’zaro aloqadordir. Kasb tanlash inson uchun muhim muammolardan biridir. Tanlov doirasi qanchalik keng bo’lsa, u shunchalik psixologik jihatdan murakkablashib boradi.
Shaxsning sub’ektiv moyilliklari va u yoki bu faoliyatga qobiliyatliligi bir butunlikni tashkil etadi. Qiziqish va moyillik faoliyat jarayonida shakllanadi va o’zgarib boradi. Kasb tanlash arafasida turgan inson shaxsining mazkur sohadagi qanchalik mos ekanligi faqatgina ushbu faoliyat jarayonidagina aniqlanadi.
Kasblarga xos faoliyat turlari bilan yaqindan tanishish uchun Texnologiya o’quv predmeti masg’ulotlarida juda katta imkoniyatbor. Umumiy ta’lim maktablarida texnologiya fani asosida o‘rganilishi muhim va zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, jarayonlar yotadi. Umumiy ta’lim maktablarida tashkil etiladigan texnologiya mashg‘ulotlari ushbu ta’limni amalga oshirishda, o‘quvchilarning umumtexnologiya, mehnat, maxsus bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda etakchi o‘rin egallaydi. Texnologiya o’quv predmeti mazmuni, mohiyati va vazifalariga ko‘ra ko‘pgina ilmiy, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni umumlashtirib, uyg‘unlashtirib, mujassamlashgan holda amaliyotga tadbiq etishni ko‘zda tutadi. SHu jihatdan olib qaraganda texnologiya maktab tizimi umumta’lim fanlaridan o‘rganiladigan nazariybilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘laydigan quvvatli didaktik vositadir. Demakki, kasb tanlashga yo‘llashda ham katta axamiyatga egadir.Maktablarda texnologiya ta’limining maqsad va vazifalari:Boshlang‘ich maktabda (I-IV - sinflar) o‘quvchilarni texnologiya va hunarmandchilik dunyosi, o‘simliklarni parvarish qilish, turli materiallar bilan tanishtirish, oddiy ishlov berish, oddiy texnologiya va hunarmandchilik asboblari va texnologiya, ish-harakat usullari to‘g‘risida sodda tasavvurlar hosil qilishni ko‘zda tutadi. Bu davrda o‘quvchilar texnologiya ta’limidan o‘zlashtirgan bilimlar ko‘lamini o‘zlarining hayotiy tajribalarida va oiladagi texnologiya jarayonida mustahkamlaydilar va kengaytirib boradilar.
Tayanch maktablarda (V-IX – sinflar) da o‘quvchilar umumtexnologiya ko‘nikma va malakalarini shaklantiriladi, qiziqish va moyilliklariga ko‘ra, o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan aniqlashlari, kasb-hunar turlarini tanlashlarini ta’minlanadi, qiziqish va moyilliklari rivojlantiriladi, umumtexnologiya madaniyati shakllantiriladi va rivojlantiriladi, xalq xo‘jaligi va hunarmandchilikning sohalari, ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnika va texnologiya bilan tanishtiriladi, texnologiya faoliyatining turli qirralarida ishtirok etishlari ta’minlanadi.
Yuqori sinflarda texnologiya ta’limi va kasblarga yo‘naltirish kursi-ishchi va mutaxassislarning amaliyotida qo‘llanadigan turli xil qo‘l asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalarini o‘rgatishni, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologiya qonunchiligi xavfsizligi , sanitariya-gigiena qoidalari va yo‘l-yo‘riqlari asoslarini o‘rgatishni ta’minlaydi. SHuningdek, bu davrda o‘quvchilarda xalq xo‘jaligining va hunarmandchilikning asosiy sohalari bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qitishni tashkil etib, turli xil kasbiy bilimlar berish, amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu kurslarda o‘quvchilar kasbiy mahoratlarini takomillashtira borib, tanlagan kasblari bo‘yicha tegishli hujjatlarni olib, bevosita unumli texnologiya jarayonida qatnashish imkoniyatiga va huquqiga ega bo‘ladilar.
Texnologiya ta’limining yuqorida ko‘rsatilgan maqsadiga erishishi uchun quyidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi:turli sohalardagi ishlab chiqarish mazmuniga ega vazifalarni echish, tajribalar o‘tkazish, o‘lchov-tekshiruv asboblaridan, ma’lumotlardan foydalana olish, texnologiya operatsiyalarini bajarish, olingan natijalarni talab etilgani bilan taqqoslash yo‘li bilan xulosa chiqarishga o‘rgatish;
-o‘quvchilarda bilim va mehnatga muhabbat, mehnat ahillariga hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat, do‘stlik, o‘zaro hurmat ruhida
tarbiyalash;
-o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, xaridorgir iste’mol mollari, texnologiya mahsulotlari etishtirishga odatlantirish, o‘zlari etishtirgan mahsulotlarni o‘zlari iste’molchiga etkazishlariga o‘rgatish, ish boshqaruvchilik (menedjerlik), homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini singdirib borish va rivojlantirish.
-texnologiya ta’limini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga, xalqimiz ruhiyatini yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida xalq hunarmandchiligining kiritilishi milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining ko‘p qirralari boy merosini o‘rganish, o‘zlashtirish va amaliy faoliyatlariga qo‘llash kabilarni o‘rgatish.
Qator yillardan buyon olib borgan kuzatishlar natijasida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mehnat ta’limi-texnologiya ta’limining asosiy xususiyatlariga qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, ushbu sohaning har bir bosqichini, mashg‘ulotini, mavzusini, mavzu qismlarini o‘tishda ham o‘ziga xoslik sezilib turishini ta’kidlash o‘rinlidir.
Texnologiya ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati uning ta’lim mazmunini tanlashda, har bir bosqich uchun belgilab olishda namoyon bo‘ladi. Jumladan xalq hunarmandchiligining umumta’lim maktablari texnologiya o’quv predmeti tarkibiga kiritilishi texnologiya darslarini tashkil etishning ko‘lamini yanada kengaytirishga, shahar va qishlok maktablarida texnologiya ta’limi darslarini tashkil etishni yanada yaxshilashga olib keladi. chunki, ushbu ta’limning an’anaviy ko‘rinishda shahar va qishlok maktablarida mashg‘ulotlarni tashkil etishda xalq hunarmandchiligi sohalari taraqqiyoti, ta’lim muassasani o‘rab turgan ishlabchiqarish sohalarini hisobga olib, ularga bog‘lanish zarur. Xalq hunarmandchiligining esa bevosita xalq xo‘jaligi (mahalliy) tarmoqlarga bog‘lik bo‘lmagan holda o‘quvchilarga turli umumtexnologiya, maxsus ko‘nikmalarni o‘rgatishda didaktik imkoniyatlari behisobdir.
Xalq hunarmandchiligi sohalarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlarning moddiy, xom ashyo, materiallar bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yishda deyarli barcha maktablarda mahalliy imkoniyatlar mavjuddir. Mahalliy xom ashyo ta’minotini o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘z kuchlari bilan bevosita amalga oshirishlari mumkin. Xalq hunarmandchiligining texnologiya va kasb-hunar ta’limida muntazam o‘rganilishi o‘g‘il va qiz bolalar texnologiyaini, qishloq va shahar maktablarida muqobil mashg‘ulotlarning tashkil etilishini va qolaversa, o‘quvchilarning ta’lim muassasasini bitirganlaridan so‘ng doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanishlarini ma’lum tartibga soladi.
Umumiy ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi mashg‘ulotlari negizida xalq xo‘jaligi soxalari xususiyatlarini, ishlab chiqarish bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlarni, ma’naviy, milliy, madaniy, moddiy qadriyatlardan hisoblangan xalq hunarmandchiligining turli yo‘nalishlarini o‘rganish va yoshlarga o‘rgatish ishlarining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarning didaktik, tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos ekanligini ko‘rsatadi. Shu jixatdan Texnologiya ta’limida o‘quvchilarni kasblar bilan tanishtirish, kasb tanlashuf yo‘naltirishda o‘rni kattadir.
Yuqorida bayon qilingan kasb tanlashga yo‘llash ishlarining samaradoligini oshirishda texnologiya darslarida zamonaviy ta’lim texnolgiyalaridan, axborot texnologiyalardan keng foydalanishni talab qiladi. SHu bilin birga ta’lim vositalarini ham moderinizatsiya qilsh xam zarur. Chunki, o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari, ularda zarur bo‘ladigan kasb egalari uchun muxim jixatlar bilan tanishtirish imkoniyatlari ana shu vositalarga bilan chambarchas bog‘liq
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abduqudusov O. Kasb-hunar pedagogikasi. Darslik. – T.: O‘MKHTTKMO va
UQTI, 2014.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. M.X. To‘xtaxo‘jaeva tahririostida. – T.: “Moliya-iqtisod”, 2008.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.