MAVZUIY GURUHLARI
Abdullayeva Sitora
NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi
Bugungi kunda xalq maqollarini didaktik xususiyatlaridan biri yoshlarni ma’naviy ruhda sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Shu nuqtayi nazardan til va ma’naviyatning o‘zaro uyg‘un holda o‘rganish tilshunoslikning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. ,,Ma’naviyat’’ umumiy ma’noli maqollarni o‘rganish, ma’noviy va mavzuiy guruhlarga ajratish ushbu yo‘nalishning mazmun-mohiyatini aniqroq va kengroq aks ettirishga sabab bo‘ladi. E’tiborli jihati shundaki, ,,ma’naviyat’’ umumiy ma’noli maqollarni anglash, tushunish va ularni idrok etish bugungi globallashuv jarayonida “ommaviy madaniyat” botqog‘idan asrashga va milliy ma’naviyatimizni saqlab qolishga o‘z hissasini qo‘shadi. Avvalo, ma’naviyat masalasi bu millatning borlig‘i va kelajagidir. Har bir xalqning ma’naviy dunyosi, milliy urf-odatlari o‘zligini aks ettirishga va ma’naviy salohiyatini ko‘rsatishga mayoq vazifasini bajaradi. Obek nasrining zabardast ijodkorlaridan biri shunday degan edi:
,,Xalq nimasi bilan xalq!
O‘zining urf-odati bilan xalq!
Ota-bobosidan qolgan milliy an’analari bilan xalq,,1 Haqiqatdan ham milliy an’ana va milliy urf odatlar ma’naviy salohiyatimizni aks ettiruvchi oynadir.
O‘zbek xalqi qadim-qadimdan o‘zining xalq og‘zaki ijodiyoti an’analariga boy xalq bo‘lgan. Dostonlar, maqollar, o‘lanlar, afsona va rivoyatlar xalqimiz donoligining namunalaridir. Ayniqsa, xalq maqollari tilimizning ko‘rki, milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz, xalqimiz turmush tarzini yaqqol aks ettiruvchi “jonli” manba hisoblanadi.
,,Maqol xalq tajribasidan o‘tgan voqea-hodisalarning so‘zdagi o‘zgarmas ifodasidir’’2. ’’Maqol kamida bitta gapga teng keladi, hukm xarakterida bo‘lib, gramatik fikrni ifodalaydi; o‘z ichki grammatik qurilishi jihatidan ham doim gapga teng 1T.Murod ‘’Yulduzlar mangu yonadi,, Qissalar ,,Sharq’’T. 2009-y. 47-bet 2 X.Suvonqulova ,,O’zbek xalq maqollari’’ Adabiyot uchqunlari T. 2004-y. bo‘ladi. Undan anglashilgan mazmun faqatgina tasviriy yo‘l bilan ochiladi’’3. “Maqol” so‘zi arabcha ,,qavlun’’ ,,gapirmoq’’ so‘zidan olinganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Ushbu atama o‘zbek tilida -maqol, tojik tilida - zarbulmasal, ruslarda - пословица, arablarda -naql, turklarda-ata kabi so‘zlar bilan yuritilgan. Xalq maqollari hech shubhasiz, milliy ma’naviyatni shakllantiruvchi va uni o‘zida saqlovchi, kelajakka yetkazuvchi asosiy mezonlardan biridir.
,,Ma’naviyat’’ tushunchasi esa o‘zida juda keng qamrovli ma’no-mazmunni mujassam etadi. Eng avvalo, ,,Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.’’4
Milliy ma’naviyatimizning yuksak qadr topib, ulug‘lanishida go‘zal va betakror ona tilimizning roli benihoya kattadir. Zero, ,,O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi’’.5
Shu sababli, mustaqillik yillarida tilshunoslikning ,,lingvoma’naviyatshunoslik’’ sohasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Lingvoma’naviyatshunoslikda ,,ma’naviyat’’ leksik-semantik guruhi, uning til xususiyatlari keng qamrovda o‘rganilib kelinmoqda6. Xususan, ,,Ma’naviyat’’ tushunchasini xalq og‘zaki ijodining maqol janri bilan ham uzviy aloqada ekanligi e’tiborga molikdir.
,,Ma’naviyat’’ umumiy semali maqollarning leksik- semantik xususiyati shundan iboratki, har bir maqol zamirida inson ma’naviyatini yuksaltirish g‘oyasi mavjudligidir.
,,Maqollar ko‘p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat’iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so‘zning ma’no xilmaxilligi, iboralarning turg‘unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi’’.7 3 B.Jo’rayeva ,,O’zbek xalq maqollarining lingvistik asoslari’’ ,,Akademnashr’’ T. 2019-y. 24-bet. 4I.Karimov ,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch’’ ,,Ma’naviyat’’ T.2008-y. 13-bet. 5 I.Karimov ,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch’’ ,,Ma’naviyat’’ T.2008-y. 52-bet. 6 Bu haqida qarang. Yuldashev F. “Ma’naviyat” leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik talqini: Filol. fan. dokt. (DSc) ... diss. avtoref. – Qarshi , 2023. – B. 55 7 T.Mirzayev ,,O’zbek xalq maqollari’’ ,,Sharq’’ T. 2005-y. 5-bet.
,,Ma’naviyat’’ leksemasi – ,,madaniyat’’ ,,ma’rifat’’, ,,mafkura’’ kabi bir qancha tushunchalardan obyekti va predmeti bilan alohidalikni tashkil etib, ba’zi o‘rinlarda umumiylik va xususiylik ma’no kasb etadi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu ma’nolarni birlashtiruvchi barcha birliklar xalq maqollarida aks ettiradi.
Xalq maqollarida ko‘p qirrali hayotning barcha sohalari qamrab olinadi. Masalan, ,,ma’naviyat’’ umumiyt ma’noli birliklarining xalq maqollarida ishtirok etishi hamda umumiy semalar asosida birikishi quyidagi mavzuiy guruhlarga ajratishga sabab bo‘ladi.
1. Vatan va vatanparvarlik mavzuiy guruhi:
Vatanga kelgan-iymonga kelar.
Dindan chiqsang ham eldan chiqma.
Vatani borning baxti bor.
2. Mehnatsevalik mavzuiy guruhi:
Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda.
Birovning bergani- ko‘rgulik, Mehnatning bergani- to‘ygulik.
Mehnat bilan yer ko‘karar, Duo bilan- el.
3.Halollik mavzuiy guruhi:
Manglay tering bilan topilgan mol – tanangga halol.
Tekinning minnati ko‘p, mehnatning ziynati.
Halol pishib chiqar, harom teshib chiqar.
4.Yaxshilik mavzuiy guruhi:
Yomon atalib tirik yurguncha, Yaxshi atalib o‘lgan yaxshi.
Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘.
Yaxshi yurgan yerida
Tinchlik solar eliga.
Yomon yurgan yerida
O‘t qo‘yadi eliga.
5.Adolat mavzuiy guruhi:
Adovat emas, adolat yengadi.
Insof mavzuiy guruhi,
Insofi borning barokati bor, insofi yo‘qning iymoni yo‘q.
Noshukrda shukr bo‘lmas, nonko‘rda uzr.
Tasbeh ag‘dargan bari mulla emas, tayoq tutganning bari cho‘pon emas.
7.Tarbiya va axloq mavzuiy guruhi:
Odam bo‘lar yigit odatidan ma’lum, tulpor bo‘lar qulun - muchasidan.
Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi.
To‘g‘ri tutsa onasi, yurtga ega bolasi.
Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan.
8.Sabr- qanoat mavzuiy guruhi:
Sabrlining boshiga olma bitar, sabrsizning boshiga g‘avg‘o.
Azobga bardosh kerak, hamisha yo‘ldosh kerak.
Qanoat –- qorin to‘ydirar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ,,ma’naviyat’’ umumiy ma’noli o‘zbek xalq maqollari juda keng va ko‘lamdor mavzuiy guruhlarga egadir. O‘zbek tilida juda ko‘p maqollar mavjud, lekin ,,ma’naviyat’’ umumiy ma’noli maqollar o‘zida shaxs ma’naviyati tushunchasini va mohiyatini ochib berishda alohida qiymatga egaligi hamda ushbu guruhdagi maqollarimizni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo‘lmasligi, har bir xalqning ma’naviy dunyosidan kelib chiqib belgilanadi. Maqollar xalqimizning milliy, madaniy- ma’naviy merosi demakdir. Ushbu ,,qimmatli xazinamiz’’ milliy ma’naviyatimizning asosiy namunalaridan biridir. Ko‘p asrlik sinovlardan o‘tgan xalqimiz durdonalari hisoblanmish milliy urf- odat va an’analarimizdan kelajak avlodlarning ham bahramand bo‘lishini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Zero, milliy ma’naviyatimiz namunalarini asrab- avaylash har birimizning burchimizdir.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.