OSHIRISHNING MUHIM OMILI
Xalilova Shaxlo Ravshanovna
Osiyo Xalqaro Universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada, pedagoglarning talabalar bilan o’quv-biluv jarayonida muloqot madaniyatini tashkil etishning zamonaviy uslublarini tatbiq etish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ayniqsa, bu jarayonda kommunikativ etikaning muhim xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Muloqot, pedagogik muloqot, zamonaviy muloqot usullari, muloqot etikasi, ta’lim-tarbiya, komunikativ qobilyat, ta’lim jarayoni.
Аннотация: В статье говорится о внедрении современных методов организации культуры общения педагогов и студентов в процессе обучения. В частности, в этом процессе выделяются важные черты коммуникативной этики.
Ключевые слова: общение, педагогическое общение, современные методы общения, этика общения, воспитание, коммуникативные способности, образовательный процесс.
Summary: The article talks about the implementation of modern methods of organizing the culture of communication between pedagogues and students in the learning process. In particular, the important features of communicative ethics are highlighted in this process.
Key words: Communication, pedagogical communication, modern communication methods, communication ethics, education, communicative ability, educational process.
Kirish. Yurtimiz ma’naviy va madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi inson va uning manfaatlari, xavfsizligi va farovonligini ta’minlash hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilganligidir.
Ma’lumki, uzluksiz ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalar, yangi qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida’gi Qonunda ko‘rsatilgan muammolarni hal etish o‘qituvchupedagog tomonidan hal qilinadi. Avvalo, o‘qituvchidan fani doirasida ma’lumotlarni, axborotlarni fan yangiliklarini o‘zlashtirishda va ta’lim oluvchilarda yetkazadi. Bu albatta muloqot orqali hal etiladi. Buning uchun o‘qituvchi pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik madaniyat kabi qirralarini mukammal o‘zlashtirishi bilan birga pedagogik muloqot va uning zamonaviy usullaridan to‘liq xabardor bo‘lishi talab etiladi. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogik faollik pedagogik ijodkorli, pedagogik natijaviylik, pedagogik muloqot bilan chambarchas bog‘langan. Shu bois pedagogik muloqot usullari zamon talablari, ta’lim-tarbiya ehtiyojlari pedagogik vazifa xususiyatlariga qarab takomillashtirib, mukammallashtirib boriladi.
Asosiy qism: Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individni shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan bo‘lgan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos extiyoj. Polshalik psixolog E.Melibruda aytganidek, shaxslararo munosabatlar biz uchun havodek ahamiyatga egadir. Go‘daklik va o‘smirlik davrlarida muloqot yetakchi faoliyatga, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi. Har qanday jamiyatning taraqqiyoti ta’lim-tarbiya va pedagoglarning amalga oshiradigan muloqot usuliga bevosita bog‘liq. [4: 256]
Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi xalqaro tajriba hamda ta’lim tizimiga qo‘yilgan bugungi davr talablarini inobatga olgan holda o‘qituvchi pedagogik muloqot usullarini chuqur tadqiq etish va bu borada kerakli tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Pedagogikaga oid darslik va qo‘llanmalarda ta’lim - o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro birgalikdagi hamkorlik faoliyati, muloqot usullarini to‘g‘ri tanlashi bilan bir-birlariga o‘zaro ijobiy ta’sir vositasi sifatida talqin qilinadi. Biroq, bu faoliyatning ijtimoiy-psixologik tizimi hamma vaqt ham e’tiborga olinmaydi. Bu o‘rinda ham qator muammolar yuzaga keladiki, ular ta’lim va tarbiyaning mazmun va metodik aspektlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Muloqot-odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi xarakati-nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat.
Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, o‘zaro hamkorlik o‘qituvchi va talabalarning ijtimoiy-psixologik birligini ko‘zda tutadi. Dars jarayonida ko‘p holatlarda bunga e’tibor berilmaydi.
Shunday qilib, o‘quv faoliyatining ijtimoiy-psixologik tomoni ta’limni optimallashtirishning amaliy zaxirasi sanaladi. Ba’zan ta’limning yangi metodlarini emas, balki mavjud bo‘lgan metodikadan ishonchli ijtimoiy-psixologik ta’minotini izlash kerak bo‘ladi. Darslarni o‘zlashtira olmaydigan talabalar xulqidagi chekinishlarning psixologik xususiyatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning salbiy xislatlari, tengdoshlari bilan munosabatda passivligi, xulqining o‘zgaruvchanligi nafaqat o‘z faoliyatidan, balki talabalar jamoasidagi holatidan hamda u bilan do‘stona munosabat yetishmaydigan muloqotdan qoniqmasligi oqibatida paydo bo‘ladi. Bu holatlarning barchasi talabaning kayfiyatini keskin salbiy tomonga o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, muloqot jarayonida bog‘lanishlar turli jihatlar bilan farqlanadi. Buni 1-jadvalda kuatish mumkin.
1-jadval
Hozirgi yoshlarda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda muloqot etikasini shakllantirib borish kelgusida ularning etuk mutaxassislar bo‘lib etishishida muhim ahamiyatga egadir. Albatta bu o‘rinda pedagogning pedagogik muloqotini yangilashning muhim sharti ekanligini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o‘z nutq va ma’ruzalarida alohida ta’kidlaydilar, ya’ni bugungi shiddatkor hayot odamlar bilan bemalol muloqot qila oladigan, yaxshini yomondan ajrata oladigan, hayotning pastu - baland ko‘chalarida aql - zakovat bilan to‘g‘ri yo‘lni topishga qodir bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qilmoqda.
Tajribali o‘qituvchilar bilan o‘zaro suhbatlardan ma’lum bo‘ladiki, darsda talabalar jamoasi bilan muloqot usulini tanlash uchun o‘qituvchi qaysidir ma’noda o‘rganilayotgan yangi material uchun pedagogik metodlarni ham tanlashi talab qilinadi. Shu sababli, darsda yangi mavzuni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda hamda tarbiyaviy ta’sir rejasini tuzayotganda muloqot tizimining o‘ziga xos mazmunan boy jihatlarini, muloqot usullarini modellashtirish lozim [1:7].
Pedagogik faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchi talabalar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida, ayniqsa, o‘zining kasbiy pedagogik xatti-harakatlarida o‘ziga xos psixologik to‘siqlarga duch kelishi, talabalar bilan muloqotda ziddiyatlar paydo bo‘lishi mumkinligini bilishi va bunga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi, chuqur pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
Muloqot - yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosmi bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. [7:117]
Shunga asosan muloqot – axborot jarayonidir. Axborot ikki yo‘nalishda boshqarish subyektidan (pedagogdan) boshqarish obyektiga (o‘quvchilarga) boradi va aksincha – obyektdan subyektga boradi. Muloqot-odamlar o‘rtasida birgalikdagi ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning pedagogik jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar.
Pedagogik muloqot — pedagogik ta’sirning ajralmas sifatidir. Bu o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo‘lib, unda ma’lumot almashinadi va o‘quvchilarga o‘quv- tarbiyaviy ta’sir o‘tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishining asosi sifatida o‘zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi.
L.M. Mitina pedagogik aloqani o‘qituvchi ishining ko‘p o‘lchovli makonining bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch qismdan: o‘qituvchining shaxsiyati, pedagogik faoliyati va pedagogik aloqasidan iborat jihatlaridan biri deb hisoblaydi. Ushbu uch yo‘nalish, talaba shaxsini rivojlantirishning global vazifasi bilan birlashtirilgan [5:27]. Muloqot uslublarining rivojlanish istiqbollariga o‘zining hissasini qo‘shgan L.M. Mitina fikriga binoan pedagog kadrlarda o‘qituvchilik qobilyati, nazokati va mahorati bo‘lsa, darslar jarayonida yuzaga keladigan holatlarga nisbatan kreativ yondashish bo‘lsa talabalar jamoasiga kirishish osonlashadi. Bu esa beriladigan ma’lumotlarni talabalar o‘zlashtirishi anchayin sezilarli nattija beradi.
A.A. Leontievning ta'rifidagi pedagogik muloqot "...o‘quvchining motivatsiyasi va ta'lim faoliyatining ijodiy xarakterini rivojlantirish, o‘quvchining shaxsini to‘g‘ri shakllantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratadigan o‘qituvchi (va kengroq ma'noda - o‘qituvchilar jamoasi) o‘quv jarayonida maktab o‘quvchilari bilan aloqador. O‘rganish uchun qulay hissiy iqlimni ta'minlaydi (xususan, "psixologik to‘siq" paydo bo‘lishining oldini oladi). Bolalar jamoasidagi ijtimoiy-psixologik jarayonlarni boshqarishni ta'minlaydi va ta'lim jarayonida o‘qituvchining shaxsiy xususiyatlaridan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi "[3:20].
Pedagogik muloqot – bo‘lajak o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida birgalikdagi ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar.
Muloqotning pedagogik faoliyat usullari, qoidalari hamda texnikalari bilan o‘zaro aloqadorligini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik muloqot uslubini to‘g‘ri tanlashga zamin bo‘ladi. [2:59]
Pedagogik muloqot - bu о 'qituvchining о‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o‘zi uchun qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirib. ijobiv ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkonivat beruvchi kasbiy munosabatidir. [7:118] Pedagogik muloqotning mazmuni va shakllari nisbatan qat'iy tartibga solingan va uning ishtirokchilarining roli pozitsiyalari aniq belgilangan.
V.A. Kan-Kalik pedagogik muloqotni "pedagogik faoliyatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishni ta'minlaydigan va o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik o‘zaro aloqalarni tashkil etuvchi, boshqaradigan texnika va usullar tizimi [2:3] " deb ta'riflaydi.
Yuqorida qayd qilingan ta’riflar va izohlarga tayangan.
Aytish mumkinki, o‘qituvchi muloqot jarayonida quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olish lozim:
- o‘qituvchilarning ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va talabalar jamoasi bilan har kungi muloqot usulini vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida guruh jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, talabalar xattiharakatining oldingi holati bilan tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot usuli natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, xulqatvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shartsharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, talabalar bilan o‘zaro muomalaning «ustoz-shogird» an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb qilish;
Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun o‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyati, etikasi va odob-axloqi, dilkashligiga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu fazilatlar o‘qituvchining guruh jamoasi, ota-onalar bilan muloqot qila bilishi, talabalar bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishi va ularni boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovi bo‘ladi.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqotning usullari muhim rol o‘ynaydi, ular pedagog bilan talabalarning bevosita o‘zaro harakati bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda bir necha bosqichlar ajratib ko‘rsatiladi.
Birinchi bosqich - bu tarbiyachining tarbiyaviy jarayon vaziyatidan xabardorligidir, bu jarayon o‘ziga pedagogning xotirasida guruh bilan muloqotning oldingi xususiyatlarini tiklashni, muloqot vaziyatini qayd etishni, uni o‘zaro harakatning oldingi vaziyati bilan, bu harakatning ilgari rejalashtirilgan andozasi bilan tezda qiyoslab chiqishni, o‘z muloqot usuliga aniqlik kiritishni qamrab oladi. Shuni nazarda tutish kerakki, bu bosqich juda tez kechadi va xuddi shu bosqichda zarur so‘z, ohang, hulq-atvor vujudga kelishi lozim.
Ikkinchi bosqich: Pedagogik muloqotning samarali jarayoni uchun uning shartsharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi. Talabalar bilan o‘zaro harakatning boshlanishi o‘zaro fikr almashishga doir yana bir muhim vazifani hal qilish bilan muloqot ob’ektining diqqatini to‘g‘ri tanlangan muloqot usuli orqali o‘ziga jalb qilish bilan bog‘liqdir. Bo‘lajak o‘qituvchi o‘zaro harakatga, ta’limning rejalashtirilgan usullariga, tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olish, darsni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan talabalar diqqatini jalb qilishdir. Ko‘pincha yosh pedagoglar, talabalar har doim o‘qituvchiga o‘z diqqatlarini qaratishlari lozim deb hisoblaydilar va o‘zaro fikr almashishga doir bu muhim vazifalarni sobit qadamlik bilan hal qilmaydilar.
Ko‘rsatib o‘tilgan bevosita muloqot bosqichlari pedagogik ta’sir ko‘rsatishning nisbatan mustaqil, har bir ko‘rinishida vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi, tarbiyaviy jarayonni tashkil etganda muloqot usullarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida ta’lim beradigan bo‘lajak pedagoglar tomonidan pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ya’ni talabalarning kasbiy malakasini samarali shakllantirish, shaxsiy, umumiy madaniy va axloqiy jihatdan rivojlantirish ko‘p jihatdan pedagogik amaliyotda ishlab chiqilgan va aprobastiyadan o‘tkazilgan pedagogik amaliyot texnikasi, qoidalari va muloqot usulini qo‘llash texnikalarini bilish va ongli ravishda qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Ular orasida muayyan o‘zaro aloqalar mavjud bo‘lib, bu jarayon tuzilishi quyidagi rasmda o‘z aksini topgan.
1-rasm
Pedagogik faoliyat
Kommunikativ
usullar
Pedagogik
muloқot қoidalari
Pedagogik
muloқot
texnikalaris
Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari, o‘quv faoliyatini samarali bo‘lishi uchun faol pedagogik muloqot usullari, o‘qitish metodlari va ularni tashkil etish usullarini bilish muhim bo‘lib, ularni talabada muloqot madaniyatini shakllantirib borishga qaratilishi kerak. Har qanday muammoni yechish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan bahs turlari va asosan og‘zaki bahsni o‘tkazish qoidalari borki, ular bevosita talabalarda muloqot etikasini shakllanishida yordam beradi.
Muhokamalar va natijalar: Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Innovastion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quvtarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir bo‘lajak pedagog-o‘qituvchilardan munosib pedagogik muloqot usulini, o‘z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishi talab etiladi.
Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni tashkil etishda muloqotning ahamiyati pedagogik muloqot usullari, madaniyatiga, tarbiyachining dilkashligiga alohida talablar qo‘yiladi, dilkashlik unda kasbiy tafakkur sifatida namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak o‘qituvchi jamoa, gurux va individual ish olib borish jarayonida odamlar bilan muloqot qila bilishi, muloqot usulini talabalar bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda tashkil eta olishi va ularni boshqara bilishi lozim.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida zamonaviy kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishidir. Bu esa bugungi kun bo‘lajak pedagoglaridan ta’lim oluvchilar jamoasida o‘zini munosib tuta bilish, pedagogic muloqot usullarini to‘g‘ri tanlash va ularni amalda to‘g‘ri foydalanish kabi vazifalarni nazarda tutadi.
Xulosa: Pedagogik muloqot usullarini tanlash, ulardan foydalanish qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatish malakalari va pedagogik muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish har bir bo‘lajak o‘qituvchi uchun muximdir. Har bir pedagogning o‘z “Meni” atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri hisoblangan muloqotga bo‘lgan ehtiyoj zamirida anchagina mashaqqatli yo‘l turadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, pedagogic jarayonda muloqot usullari to‘g‘ri tanlanilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qonikmaslikni his qilamiz. Ularning barchasi kummunokativ jarayonda to‘g‘ri tanlangan muloqot usullari natijasida yuzaga keladi.
Biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo‘llaydigan so‘zlarni ishlatmaganimiz singari shaxs muloqotini shakllantirishda, unga nisbatan muloqot usullaridan foydalanishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim.
Demak, muloqot birgalikdagi harakat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, fikr almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshqalarni tushunish, odamlar o‘rtasida kontakt o‘rnatish va rivojlantirish jarayoni ekan. Buni inobatga olib muoqot usullaridan oqilona foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. // Ped.fanlari dokt. Ilmiy dar.uchun diss. – Т., 2007
2. Kan-Kalik “O‘qituvchi pedagogik aloqa to‘g‘risida: o‘qituvchi uchun kitob” 1987 y.
3. Leontyev A.A. Pedagogik muloqot. M.; Nalchik, 1996 y.
4. Melibruda E.Y. – “Muloqotni yaxshilash uchun psixologik imkoniyatlar: tarjima. Polshadan. / E. Melibruda. - M .: Taraqqiyot, 1986 y.
5. Mitina L.M. “Mehnat psixologiyasi va o‘qituvchining malakasini oshirish”. M.: Akademiya, 2004.
6. Ochilova G. Pedagogik mahorat asoslari. Ma’ruzalar matni. – Toshkent,
TDIU, 2012.
7. Xoliqov A. “Pedagogik mahorat” Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2011 y.
Internet ma’lumotlari:
1. www.Uza.uz
2. www.ziyouz.com
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.