Qonunda ekologiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar.
Ilmiy rahbar: Axmatjanov Ravshanjon Nematjonovich Transport energetik
qurilmalar kafedrasi mudiri PhD Аbdujаlilоvа Mохinur Vаlijоn qizi
Tоshkеnt dаvlаt trаnspоrt univеrsitеti
АTM fаkultеti 2-bоsqiсh tаlаbаsi
аbdujаlilоvаmоhinur03@gmаil.соm
+998 90 907 38 49
Farmonova Fotima Faxriddinovna
Buxoro davlat unversiteti
2-1 eko-20 guruh talabasi,
ffarmonova1@gmail.com
+99893 968 00 06
Annotatsiya: Maqolada ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalarida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 27- sentabrda qabul qilingan Senat tomonidan esa 2023-yil 1-iyunda ma’qullangan qarorlar ishlab chiqildi.
Kalit so‘zi: Yangi qonun, buyruq, ijro, president taklifi va qarori, ekologik huquqbuzarlik, ekologik takomillashuv.
Аннотация: В статье разработаны решения О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан в области экологии и охраны общественного порядка, принятые Законодательной палатой 27 сентября 2022 года и одобренные сенатом 1 июня 2023 года.
Ключевое слово: новый закон, приказ, исполнение, предложение и решение президента, экологическое правонарушение, экологическое улучшение.
Abstract: The article develops decisions on amendments and additions to some legislative acts of the Republic of Uzbekistan in the field of ecology and public order protection, adopted by the Legislative Chamber on September 27, 2022 and approved by the Senate on June 1, 2023.
Keyword: new law, order, execution, proposal and decision of the president, environmental offense, environmental improvement.
KIRISH.
Hozirgi vaqtda atrof-muhitning muhofaza qilinishini va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etilganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralarini qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan organlar jumlasiga ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qiluvchi organlar, davlat sanitariya nazorati organlari, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va boshqa organlar kiradi. Shu bilan birga, ko‘rsatib o‘tilgan davlat organlarining xodimlari soni cheklanganligi, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarida (xodimlarida) zarur vakolatlar mavjud emasligi huquqbuzarlarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmatiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish kabi jamoat tartibini saqlash sohasiga oid ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish vakolati berilmoqda.
Yangilangan Qonun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlashga, jamoat tartibini ta’minlashga, shuningdek ushbu sohalardagi huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqlidir:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari va bo‘lim boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda surishtiruv bo‘limlarining boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qo‘riqlash bo‘limlari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-647-sonli Qonuni 27-moddasi birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi, ularning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rishi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Albatta bu moddalar va buyruqlar qonun kuchga kirguniga qadar ishlatildi.
XULOSA.
Ekologiyaga oid bo‘lgan qonunlar hozirgi kunda muhtaram prezidentimizning takliflari bilan ishlab chiqilgan “ yangi O‘zbekiston yangi konstitutsiyasi” nomli loyihaga asoslangan holda bir necha yangi qarorlar kuchga kirdi. Yani bulardan 63- modda daraxtlarni so‘roqsiz kesishga qaratilgan bo‘lib, kimda kim daraxtlarni qonunchilikdan chetlashgan holatda kessa, eng kam ish haqi bazaviy miqdorining 10 barobaridan 50 barobarigacha jarimaga tortiladi. 42-moddada esa suvdan foydalanish bo‘yicha normativlar belgilangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Lex.Uz
2. Ekologik qonunlar va qonunbuzarliklar norma.uz
3. Qalampir.uz
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.