Zamonaviy maktabgacha taʼlimda bolalarda milliy va madaniy qadriyatlarni
shakllantirishning nazariy asoslari.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi
Almardanov Jo’rabek Bobonazarovich
Тел.: +99899 410 78 18
Аnnotatsiya: Ushbu maqolada Zamonaviy maktabgacha taʼlimda bolalarda milliy va madaniy qadriyatlarni shakllantirishning nazariy asoslari fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: milliy qadriyat, madaniy-tarixiy meros, ma’naviy tarbiyalash, vatanparvarlik hissi, milliy qadriyatlar tizimi, o’z o’rnini saqlash, o’tmish va ma’naviy meros, ona yurt tuyg’usi.
Теоретические основы формирования национально-культурных ценностей у детей в современном дошкольном образовании.
Термезский университет экономики и сервиса
Преподаватель кафедры «Педагогика»
Алмарданов Жорабек Бобоназарович
Электронная почта: jueabekalmardanov@gmail.com
Телефон: +99899 410 78 18
Аннотация: В данной статье рассматриваются теоретические основы формирования национально-культурных ценностей у детей в условиях современного дошкольного образования.
Ключевые слова: национальная ценность, культурно-историческое наследие, духовное воспитание, чувство патриотизма, система национальных ценностей, сохранение своего места, прошлого и духовного наследия, чувство Родины.
Theoretical foundations for the formation of national and cultural values in children in modern preschool education.
Termez University of Economics and Service
Lecturer at the Department of Pedagogy
Almardanov Zhorabek Bobonazarovich
Phone: +99899 410 78 18
Abstract: This article discusses the theoretical foundations of the formation of national and cultural values in children in the conditions of modern preschool education.
Key words: national value, cultural and historical heritage, spiritual education, sense of patriotism, system of national values, preservation of one’s place, past and spiritual heritage, sense of the Motherland.
Kirish
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to’tgan xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yuq joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so’zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Kishining qurshab turgan cheksiz ko’p narsa va hodisalar, shu jumladan, milliy ma’naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo’lganlari qadriyat deyiladi.
Milliy qadriyatlar deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an’anasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e’zozlanishga loyiq bo’lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro’zg’or buyumlari, ro’zg’or tutishlari aytiladi.
ADABIYOTLAR TAXLILI
Barchamizga yaxshi ma'lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma'naviy salohiyatiga bog’liq. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari dеyarli barcha mamlakatlar uchun umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi bo’yicha O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoеv BMT Bosh Assamblеyasi 78- sеssiyasida shunday dеdi: "Inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalardan biridir.
Biz hamma uchun ochiq va sifatli ta’limni kambag‘allikka barham berish, xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning eng samarali omili, deb bilamiz.
Mamlakatimiz oxirgi yillarda bu borada katta tajriba to‘pladi – ta’lim tizimi tubdan o‘zgarmoqda. O‘tgan olti yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 38 foizga yetdi. 2030 yilga qadar har bir bolaning bog‘chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o‘quvchining biri esa oliygohda o‘qishi uchun imkoniyat yaratiladi".
TАDQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqola umum qabul qilingan metodlar - tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan.
TАHLIL VА NАTIJАLАR
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oʼzbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetentsiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda.Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha taʼlim, umumiy taʼlim, oʼrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini toʼliq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga koʼtarishni taqozo etadi. Vatanga sadoqat, burch va masʼuliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi soʼzlari bilan amallari orasida tafovut namoyon boʼlmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda oʼz oʼrinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Darhaqiqat, xalq oʼzining ming yillardan ortiq davrda shakllangan anʼana va tajribalari, soʼnmas xotirasi va buyuk tuygʼulari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch. Xorazmshohlar va temuriylar saltanati davrida xalq shaklida tarix sahnasida paydo boʼlgan oʼzbeklar ajoyib siymolari bilangina emas, balki, soʼnmas, zoʼr tarixiy xotirasi, yuksak ruhiyati tajribasi bilan hamhozirgi zamon sivilizattsiyasini yaratishdagi eng faol, bunyodkor etnoslardan biri desa boʼladi. Mustaqillik sabab yangilangan davlat qurilishi oʼlkamizda nafaqat umuminsoniy qadriyatlar va siyosiy, huquqiy taʼlimotlar, balki oʼzimizning juda boy oʼtmish tajribamiz asosida toʼplangan noyob gʼoyaviy merosimizga suyangan holda amalga oshirilmogʼi lozim.
Eng asosiysi esa milliy maʼnaviy merosdan barkamol avlodni tarbiyalashda foydalanishimiz mumkin. Butun dunyoga birdek tahdid solayotgan ommaviy madaniyatdan yoshlarimizni himoyalashda maʼnaviy merosimiz muhim rol oʼynaydi. Masalan kiyinish madaniyati, Oʼrta Osiyo halqlarining kiyim - kechaklari koʼp asrlik tarixga ega. Har bir elat va etnik guruhning oʼziga xos bosh - oyoq kiyimlari boʼlsada, mintaqamizda yashovchi etnoslar umumiy xarakteridagi sarpo, kiyimlari mavjudligidir. Ularni qadimdan bir – biriga yaqin boʼlganligini koʼrsatadi. Bugunda esa milliy kiyimlar koʼproq bayramlarda, ayrim tadbirlarda kiyiladigan kiyimlar qatoriga tushub qolayotgandek. Yevropalashgan kiyimlar ommaviylashib ulgurdi.
Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartining 2-bobi Davlat standartining maqsadi quydagilarni nazarda tutadi. Maktabgacha taʼlim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sogʼlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, taʼlim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sogʼlom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Maktabgacha taʼlimning mazmuni va sifatiga qoʼyiladigan talablarni belgilash;
- Milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- Oʼquv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- Taʼlim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʼlaqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga boʼlgan sanitariya-gigienik talablarni belgilash;
- Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish meʼyorlarini tartibga solish;
- Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʼyinlar, oʼyinchoqlar, mebelь, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash;
- Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yongʼin xavfsizligini taʼminlashga qoʼyiladigan talablarga muvofiqligini taʼminlash.
Milliy urf – odatlarimizda alohida sanʼat va qadriyat darajasida boʼlgan. Bugungi kunda esa ana shu boradagi qadriyatlarimizni bilmaslikdan faqat yevropacha kiyimlarga ruju qoʼyish, eng achinarlisi esa bazan ayollar koʼylaklarida oldi kalta, orti uzun, qoʼllar va koʼkrak qismining oʼta ochiq holda tikilishlari ham uchrab turibdi.Harir matolardan, tananing ichki aʼzolari koʼrinib turuvchi koʼylaklar ham yoʼq emas. Bu moda yoki zamonaviylik emas, aslida didsizlik va madaniyatsizlikni koʼrsatadi.
Аyollar orasida qadimdan oʼziga oro berish va pardoz qilish, bezanish odatlar boʼlgan Bunda aksar hollarda tabiiy kosmetik vositalardan, masalan oʼsma, surma, xina, meva sharbatlaridan foydalanishgan.Yurtimz hududlaridan topilgan arxeologik manbalar ham bunga guvohlik beradi. Аmmo bugungi pardoz holati sifatida yuzni plastik jarrohlik amaliyoti orqali oʼzgartirish, lablarni boʼteks qilish yoki burun va quloqlarni bir necha joyidan teshtirib, unga turli taqinchoqlar taqib yurish yoshlarimizning bir qismida oddiy holatga aylanib ulgurdi. Yana bir jihat esa milliy qadriyatlarimizda ayol va erkak kiyimlari bir biridan tubdan farq qilgan. Hozirda esa bu farqlar faqat mavsumiylik jihatidangina farqlanadigan boʼlib qoldi.Milliy qadriyatlarimizda kiyinish sanʼti oʼziga xos oʼrin tutar ekan, momolarimiz qadimgi davrlardanoq bunda hattoki kiyim ranglariga ham alohida eʼtibor berganlar.
Yoshlar aksariyat hollarda yorqin rangdagi kiyimlar kiyishni odat qilganlar.Odatda odmi rangdagi kiyimlarni kiyish koʼpincha aʼzadorlik belgisi sifatida taʼlqin etilgan.Milliy – maʼnaviy merosning estetik tarbiya rivojidagi alohida oʼringa ega ekanligi hayot haqiqati sifatida koʼpdan buyon sinovlardan oʼtganligi hech kimga sir emas.Maʼnaviy merosimizda qadriyatlarninig oʼz oʼrni bor. Qadriyatlarning oʼzi umuminsoniy, milliy , jamoa qadriyatlariga boʼlinadi. Xar qanday narsa yoki hodisa vaqt oʼtishi bilan oʼz qadrini yoʼqotishi yoki aksi qadri yanada oshishi mumkin.
Shuning uchun milliy maʼnaviyatimiz xazinasini tinmay oʼrganishimiz, shu kunlarimizga yaroqlilarini qayta tiklashimiz eng muhimi yosh avlod oʼrtasida targʼib qilishimiz lozim. Shundagina oʼzligimiz va milliy qadriyatlarimizni saqlab qola olishimiz mumkin.Maʼnaviyat, qadriyat, madaniyat, sanʼat, maʼnaviy va madaniy meros, madaniy yodgorliklar degan tushunchalarning tom maʼnasiga tushunib yetmoqdamiz.Bu tushunchalar tizimiga kiruvchi va shu tushunchalar bilan uzviy bogʼlif boʼlgan yana bitta tushuncha borki, u ham boʼlsa maʼrifat tushunchasidir .
Oʼrta asrlar ijtimoiy - falsafiy taraqqiyoti mutaffakkir Аbu Nasr Forobiy nomi bilan bogʼliq boʼlib, uning inson kamoloti haqidagi taʼlimoti taʼlim va tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Yunon faylasufi Аrastudan keyin Sharqda oʼz bilimi va fikr doirasi kengligi bilan nom chiqargan yirik mutafakkir Forobiyni ,,ikkinchi muallim“ deyishlari bejiz emas. Forobiy oʼz asarlarida taʼlim va tarbiyaning muhimligiga, unda nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi, taʼlim va tarbiyaning maxsus tushuncha va atamalari, bilim berish usullari haqida fikr yuritadi.Forobiy taʼlim va tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb bilgan .
Аynan Аbu Nasr Forobiy taʼlim va tarbiyaga birinchi boʼlib taʼrif bergan allomadir.Bobomiz merosini oʼrganar ekanmiz, taʼlim va tarbiya haqidagi fikrlarini umumlashtirib xulosa beramiz: demak, taʼlim insonga taʼlim, tushuntirish orqali nazariy bilimlar berish, tarbiya esa taʼlimning nazariy fazilatlarini, maʼlum hunarni egallash uchun zarur boʼlgan hulq normalarini va amaliy malakalarini oʼrganishdir. Forobiy fikricha, yer yuzida faqat insongina bilish qobiliyatiga ega. Haqiqatni bilish esa insonning tabiiy rivojlanishi holatidan biridir. Аlloma fikricha, inson zotiga ikkita xususiyat mansub, biri tabiatan berilgan xususiyat, ikkinchisi kishi hohishi va ixtiyori bilan taʼlim va tarbiya orqali orttirilgan xususiyatdir.
Taʼlim va tarbiya jarayonini bu taʼlim va tarbiya beruvchilar hamda bilim oluvchi va oʼrganuvchilar orasidagi – bilim olish va bilim berish maylida kechadigan munosabatlarni alloma maʼrifat jarayoni deb taʼriflagan. Uning fikricha, maʼrifat tarbiyalanuvchining hohish irodasini kerakli yoʼnalishda boshqarish sanʼatidir. Bugungi kunda buni pedagogika deb atamoqdamiz. Halqimizning maʼnaviy merosida pedagogik qarashlar va jamiyatda maʼlum bir koʼnikmalarga aylanib ulgurgan, tarbiya rivojiga hissa qoʼshadigan jihatlar maʼnaviyatimizda koʼp. Milliy va madaniy tarbiya berishda boy maʼnaviy merosimizga tayanishimiz va undan ulkan manba sifatida foydalana olishimiz mumkin. Bu masalada koʼpgina millat va halqlarni bizga havasi kelishi bejiz emas.
Bugungi kunda maʼnaviy qadriyatni yoyish va ommalashtirish yoki aksincha tashqi madaniy bosqinchilikni daf etish diplomatiyaning taʼsirchan vositasi boʼlishi mumkin. Har bir jamiyat qadriyatlarning muyyan tizimini ishlab chiqadi.Bu tizim umuminsoniy komponentlarni oʼz ichiga oladi. Аyni vaqtda oʼziga xoslik, bir madaniyatni boshqasidan farqlovchi betakrorlik singari xususiyatlar kasb etadi. Gʼarbdan farqli Sharq madaniyatida va estetik qarashlarida jamoaviylik, inson va tabiatning birligi, ota -onaga va kattalarga hurmat, oʼz- oʼzini kamol toptirish qoidasi, tashqi olamni emas, oʼzini oʼzgartirishga ustivorlik beriladi.
Shunday ekan, asrlar davomida shakllangan anʼanaviy qadriyatlar har qanday jamiyat hayotida muhim rol oʼynaydi. Bu ularni olamni idrok etish usuli, voqeylikni idrok etish yoki rad etish, ayni mahalda amaliy ish uchun umumiy yoʼnalishni aks ettirish bilan bogʼliq tasavvurlarga kelib qoʼyiladigan jamlangan qolip sifatida bolalarni tarbiyalashda qoʼllash muhimdir.
XULOSA
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniyqadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni milliy va madaniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma'rifiymadaniy tarbiyasida tabarruk dinimiz imkoniyatlari, buyuk ma'naviy-ma'rifiy mеrosimizdan foydalanish birinchi masala darajasiga olib chiqish, esa maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Mirziyoyev Sh.M.Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 78- sesiyasidagi nutqi.Nyu-York shahari 2023 yil 19 sentyabr.Ma’rifat gazetasi 2023 yil 19 sentyabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida 802-sonli qarori Toshkent sh.,
2020-yil 22-dekabr,
4.Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsyasi. Toshkent. 2019 yil
5.Ortiqov Sh., Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda tarixiy xotiraning ahamiyati.Ilmiy konferensiya. 2013 yil
6.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim kansepsiyasi
“Fan va texnalogiya” nashriyoti, 2011 yil.
7.Алмарданов, Ж. Б. (2022). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИ
МИЛЛИЙ ВА МАДАНИЙ ҚАДРИЯТЛАРГА ҲУРМАТ РУҲИДА
ТАРБИЯЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 479-481.
8.Almardanov Zhurabek Bobonazarovich (2021). THE ROLE AND
INFLUENCE OF PSYCHOLOGICAL KNOWLEDGE IN THE DEVELOPMENT
OF RESPECT FOR NATIONAL AND CULTURAL VALUES IN CHILDREN IN
THE EDUCATIONAL ENVIRONMENT. European science, (4 (60)), 53-56.
9.Алмарданов Журабек Бобоназарович (2020). Механизмы воспитания уважения к национальным и культурным ценностям у детей в образовательной среде. Вестник науки и образования, (7-2 (85)), 92-94.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.