TADBIRLAR.
Amirova Dilshoda Hasan qizi
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institute 4-bosqich talabasi
Annotatsiya:O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o’rin tutishini o’z vaqtida to’g’ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo’lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi.
Kalit so’zlar: Investitsiya, portfel investitsiya, investor, kapital eksporti, ustav kapital, dividend.
Bugungi kunda rivojlangan ivestitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida Investitsyalarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o’rinlarini yaratish ishlari ustuvor yo’nalishlari belgilab qo’yilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi”[1]. Albatta, kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish orqaligina biz o’z iqtisodiyotimizni yanada gullab- yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalarning o’rni katta hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi qonuni 3-moddasining to’rtinchi qismida xorijiy investorlar uchun belgilangan kafolatlar quyidagi hollarda qo’llanilishi mumkin:
-xorijiy investorlarga to’lanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq miqdori (stavkalari) ko’payishi;
-xorijiy investorning chet elga o’tkaziladigan daromadlari (foydasi)ni o’z mamlakatiga qaytarish tartibotini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qo’shimcha talablar joriy etilishi, bunda davlat xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning to’lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, xorijiy investor
- jismoniy shaxs sodir etgan jinoiy qilmish yoki ma’muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning qaroriga muvofiq daromad (foyda)ni o’z mamlakatiga qaytarishni to’xtatib turishning boshqa zarurati bo’lganda xorijiy investor mablag’larini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo’llash shartlari asosida o’z mamlakatiga qaytarilishini to’xtatib turish hollari mustasno;
-investitsiyalarning miqdori bo’yicha investitsiyalash hajmlariga miqdoriy cheklashlar hamda boshqa qo’shimcha talablar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda xorijiy investitsiyalarning minimal miqdorini ko’paytirish tarzidagi talablar joriy etilishi;
-respublika korxonalarining nizom jamg’armalarida xorijiy investorning ulush bilan ishtirok etishi bo’yicha cheklashlar joriy etilishi;
-xorijiy investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasidagi qo’shimcha tartibotlar, shuningdek xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha boshqa qo’shimcha talablar joriy etilishi.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning muntazam ra vishda kengaytirib borilishi, uzoq muddatli investitsiyaviy qarzlarning va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi O’zbekistondagi Inqirozga qarshi cho ralar dasturida etakchi o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2009 yilning 12 martida tasdiqlangan dastur doirasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ikki tomonlama shartnomalar va etakchi xorijiy kompaniyalarning kreditlari va investitsiyalarni jalb etish ko’zda tutilgan edi. Hozirgi kunda umumiy qiymati 19 milliard dollardan ortiqroq bo’lgan 80 dan ziyod loyihalarni investitsiyalash va moliyalash bo’yicha aniq manbalar belgilanib, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar imzolandi. Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sishning yuksak sur’atlarini ta’minlash, tuzilmaviy o’zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, shuningdek, iqtisodiyotni hamda uning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalashtirib borishni ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiy strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko’lamining yanada jadal o’sib borishiga zamin yaratadi. Umuman aytganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur o’ylangan, O’zbekistonga xos hususiyatlar to’la hisobga olingan iqtisodiy islohotlarning o’ziga xos va o’zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dasturning o’tgan 18 yil mobaynida izchil amalga oshirib kelinishi sobiq "Markaz»ga har tomonlama bog’lanib qolgan agrar, past texnologiyali va samarasiz iqti sodiy tuzilmaning diversifikatsiyalashgan, jahon bozoriga raqobatbardosh, keng dara jada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy omillar va benuqson kredit tarixiga ega bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini ta’minlaydi. Bu, o’z navbatida, inqirozning nafaqat salbiy oqibatlarini yumshatishga, balki O’zbekiston iqtisodiyotini yanada kuchli va bardoshli iqtisodiyotga aylantirishga qara tilgan inqirozga qarshi choralarning keng miqyosli kompleks dasturini ishlab chiqish hamda uni tezroq amalga oshirish imkonini berdi. Bunda esa eng hal qiluvchi vazifa - xorijiy investitsiyalar va uzoq muddatli investitsiyaviy kreditlarni jalb etish evaziga iqtisodiyotning ishlab chiqarish asosini tubdan modernizatsiyalash, uni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov. – T: O’zbekiston, 2009. – 56 b.
2. “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni. 1998 yil 30 aprel. 3-modda.
3. Dictionary of International Trade. Global Marketing Strategies, 2015, p.82
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.