Qiyin xayotiy vaziyatda qolgan talabalar psixologik farovonligi
psixokorreksiyasining dolzarb muammolari
Abdukadirova L.Yu.
Fargʻona davlat universiteti, psixologiya kafedrasi, oʻqituvchi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada qiyin xayotiy vaziyatda qolgan talabalarning psixologik farovonligini rivojlantirishga oid uchta komponentdan iborat boʻlgan dastur modeli, xamda uning tarkibiga kirgan amaliy psixologik usullar, psixologik mashq va oʻyinlar taklif etilgan.
Kalit soʻzlar: QHVda qolgan talabalar, psixologik salomatlik, psixologik farovonlik, raqamlashtirish, psixokorreksiya, psixokorreksion dastur, guruhiy trening, axborot-maʼrifiy faoliyat, profilaktik-sogʻlomlashtiruvchi faoliyat, SMARTtexnologiya.
Актуальные проблемы психокоррекции психологического
благополучия студентов в трудной жизненной ситуации
Абдукадирова Л.Ю.
Ферганский государственный университет, факультет психологии, преподаватель.
Аннотация
В данной статье предлагается модель трехкомпонентной психокоррекционной программы развития психологического благополучия студентов в трудной жизненной ситуации, которая включает в себя практические психологические методы, психологические упражнения и игры.
Ключевые слова: студенты, оставшиеся в ОХВ, психологическое здоровье, психологическое благополучие, цифровизация, психокоррекция, психокоррекционная программа, групповое обучение, информационнообразовательная деятельность, профилактическо-оздоровительная деятельность, SMART-технология.
Current problems of psychocorrection of psychological
well-being of students in difficult life situations
Abdukadirova L.Yu.
Fergana State University, Faculty of Psychology, teacher.
Annotation
This article proposes a model of a three-component psychocorrectional program for the development of psychological well-being of students in difficult life situations, which includes practical psychological methods, psychological exercises and games.
Key words: students remaining in the educational institution, psychological health, psychological well-being, digitalization, psychocorrection, psychocorrection program, group training, information and educational activities, preventive and health activities, SMART technology.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan jamiyatda raqamli va kibertexnologiyalar keng koʻlamda joriy etilishi, kommunikatsiyalar uzluksiz rivojlanishi, Big Data, sunʼiy intellekt, narsalar Interneti, blokcheyn, robototexnika ommalashishi kuzatilmoqda. Zamonaviy dunyo VUCA (volatility — beqarorlik, oʻzgaruvchanlik; uncertainty — ishonchsizlik; complexity — murakkablik; ambiguity — ikkimaʼnolik, koʻpmazmunlilik, koʻpaxamiyatlilik) dunyosi deb ataladi [1]. Bu esa insonlarning kundalik hayoti, mehnat sharoitlari, dam olish xususiyatlari keskin oʻzgarishiga olib kelmoqda, xamda raqamlashgan dunyoda muvaffaqiyatga erishishning yangi talablarini belgilab, taʼlim tizimini takomillashtirishni taqazo etmoqda. Oliy taʼlim tizimini nazarda tutgan xolda, nafaqat oʻqituvchilar va talabalarning kompetentligining oshishi talab etiladi, balki sogʻliqni saqlashning samarali texnologiyalarining yoʻqligini bartaraf etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir boʻlajak mutaxassis uchun yangi tajriba va bilimlarni oʻzlashtirish, yuqori darajadagi oʻquv-bilish faoliyatini amalga oshirish jiddiy neyropsik sarflar bilan bogʻliq. Bu, ayniqsa, 2020-yil bahorida, COVID-19 pandemiyasi tufayli masofaviy taʼlimga oʻtish majburiy boʻlganda yaqqol namoyon boʻldi. Oʻqituvchilar va talabalarga yuklamaning keskin ortishi taʼlim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish boʻyicha samarali sogʻliqni saqlash texnologiyalar yoʻqligini yaqqol koʻrsatib berdi.
Bu borada JSST mutaxassislari 20 asrning oxirida zamonaviy insonning sogʻligʻini taʼminlaydigan turli omillarning toʻrtta asosiy komponentlari nisbatini aniqlab, genetik omillar 15-20%, atrof-muhit holati 20-25%, tibbiy yordam 10- 15%, odamlarning turmush tarzi va sharoitlari 50-55%ni tashkil etishi haqida xulosa qilganlar. Ushbu maʼlumotlar inson salomatligini saqlashda shart-sharoit va turmush tarzi asosiy rol oʻynashi haqida dalolat bermoqda. [2].
Maʼlumki, inson salomatligi masalasida psixologik salomatlik muhim axamiyatga ega. Psixologik salomatlikning inson xayoniy muvaffaqiyatga erishishning muhim omili ekanligi haqida koʻpla, olimlar fikr bildirganlar. R.I. Mamina, I.I.Tolstikovalarning fikriga koʻra, bugungi kunda muvaffaqiyatli hayot uchun har qanday yoshdagi inson quyidagilarga ega boʻlishi muhim boʻlib xisoblanadi: “yaxshi psixologik salomatlik, moslashuvchan, egiluvchan aql va tez tahlil qilish qobiliyati; nostandart fikrlash va kreativlik; yuqori darajadagi intellekt (shu jumladan ijtimoiy va emotsional); yaxshi shaxslararo sezgirlik va aloqa oʻrnatish koʻnikmasi; anglanganlik va refleksivlik, turli muammolarni koʻrish va hal qilish qobiliyati, qiziquvchanlik va yangi narsalarni idrok etishga tayyorlik [1].
V.A.Pleshakov, O.Ye.Kulikovalar tomonidan olib borilgan nazariy-amaliy tahlil kichik oʻsmir yoshidagi oʻquvchilarning psixologik salomatligi uchun asosiy xavflar ijtimoiy sabablarga ega boʻlib, koʻproq yuqori darajadagi emotsional stress, xavotirlanish va oʻziga ishonchsizlikning rivojlanishi, Internet va gadjetlar imkoniyatlaridan foydalanish va kiberijtimoiylashuv madaniyatining pastligi bilan bogʻliqligini koʻrsatdi [5].
V.A.Pleshakov, O.Ye.Kulikovalar aniqlagan maʼlumotlar bevosita bugungi kunda Oʻzbekiston oliy taʼlimda tahsil olayotgan talabalarga taaluqli boʻlib xisoblanadi, chunki 1-3 kurs talabalarning aksariyati pandemiya paytida maktab oʻquvchilari boʻlishgan. Shunday ekan, ular bugungi kunda oliy taʼlim olayotganliklarini xisobga olib, ularni psixologik salomatligini yaxshilash, muammolarini bartaraf etish doirasida psixologik farovonligiga taʼsir etish dolzarb muammo boʻlib, ushbu masalaga doir psixokorreksion dastur modelini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Psixologik farovonlikni, ayniqsa, qiyin xayotiy vaziyatda qolgan talabalarda taʼminlash juda muhim boʻlib xisoblanadi. Chunki pandemiya paytidagi muammolarga qoʻshilgan xolda ularning oʻz xayotiy qiyinchiliklari, xamda OTMda oʻquv faoliyatiga adaptatsiyasi boshqa talabalarga nisbatan koʻproq stresslarni keltirib chiqarishi tabiiydir. Ularnig turli muammolarini inobatga olgan xolda psixologik farovonlikni rivojlantirish dastur modelini ishlab chiqdik va ushbu maqolada bu boradagi ayrim fikrlarimizni bayon etishga diqqatimizni qaratdik.
Psixologik farovonlikni rivojlantirish dastur oʻz ichiga uchta yoʻnalish boʻyicha faoliyatni qamrab olgan, yaʼni guruhiy psixologik trening, axborot-maʼrifiy faoliyat, profilaktik-sogʻlomlashtiruvchi faoliyatni amalga oshirishni nazarda tutadi.
QHVda qolgan talabalar uchun guruhiy trening boshqalar va oʻzining qadrqimmatini qabul qilish, oʻzini dunyo bilan birlashishi, refleksiyasini rivojlantirish, shuningdek, rivojlanish va shaxsiy oʻsish uchun motivatsion taʼsir etish vazifaqsini bajarishga yoʻnaltirilgan.
Axborot-maʼrifiy faoliyat doirasidagi ishlar QHVda qolgan talabalar tomonidan gadjetlardan xavfsiz va samarali foydalanish koʻnikmalarini va ijobiy kiberijtimoiylashtirish maqsadida Internet imkoniyatlarini ochib berish va ulardan samarali foydalanish koʻrnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Dasturdagi profilaktik-sogʻlomlashtiruvchi faoliyat sogʻlom va samarali hayotiy pozitsiyani shakllantirishga qaratilgan.
Psixokorreksion dastur modelida guruhiy psixologik trening gumanistik nazariyaga asoslanib oʻtkazilishi maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. Chunki aynan gumanistik yoʻnaltirilgan trening doirasida psixologk farovonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashq, psixologik oʻyin, munozaralarni tashkil etish imkoniyati yaratilib, bunda shaxs oʻzini qadr-qimmatini qabul qilishi, oʻz hulqi uchun masʼuliyatni boʻyniga olishi, autentiklik (haqiqiy oʻzi boʻlish) muammolarini xal etish uchun sharoit yaratish mumkin. Bunday treninglarda asosiy masalalardan biri bu refleksiyani rivojlantirish boʻlib xisoblanadi. Guruhiy psixologik treningda QHVda qolgan talabalarga ijtimoiy tarmoqlardan tobe boʻlish, Internetdagi maʼlumotlarni koʻp miqdorda istʼemol qilishning mexanizmlari, sabab va oqibatlarini tahlil qilish uchun sharoit yaratiladi. Masalan, refleksiyani kuchaytirish uchun “Marionetka” (qoʻgʻirchoq”) oʻyinini qoʻllash mumkin. Ushbu oʻyin uch kishidan iborat kichik guruhchalarda olib boriladi. Ishtirokchilar qogʻozga yozilgan ”marionetka”, “qoʻgʻirchoq oʻynatuvchisi” rollarni tortishadi. Bitta ishtirokchi ”marionetka”, ikkita oʻquvchi esa “qoʻgʻirchoq oʻynatuvchisi” boʻlishadi. Auditoriyaning kengroq joyda turli toʻsiqlar joylashtiriladi, misol uchun, stul, korobka, odam, sumka. “Marionetka” maydonni kesib oʻtishi va bunda toʻsiqlarni boshqaruvchilar ayganidek, oʻtishi kerak boʻladi. Stulni ustidan yoki tagidan oʻtishi boshqaruvchiga bogʻliq boʻlib, oddiy narsada xam marionetka oʻzi qaror qabul qilolmaydi.
Mashqdan soʻng talabalarga savollar beriladi. “Marionetka”larga savollar:
1. Marionetka boʻlish osonmi va nima uchun?
2. “Qoʻgʻirchoq" mustaqil qarorlar qabul qilishi va ular uchun javobgar boʻlishi mumkinmi?
3. Marionetka boʻlish qanday oqibatlarga olib keladi?
4. Marionetgalarga toʻla jamiyat qanday faoliyat yuritadi, salbiy va ijobiy oqibatlari nimadan iborat?”.
"Qoʻgʻirchoq oʻynatuvchisi"ga savollar:
1. "Qoʻgʻirchoq oʻynatuvchisi" boʻlish osonmi, qiyinmi va nima uchun?
2. Boshqalarni boshqarishga majbur boʻlganingizda oʻzingizni qanday his qildingiz?
3. Vazifani qiyinroq yoki oddiyroq qilishni xohlaysizmi?
4. Hayotda qayerda "qoʻgʻirchoq oʻynatuvchisi" bilan toʻqnashishimiz mumkin?
Barcha talabalarga qaratgan xolda quyidagi savollar berilishi nazarda tutiladi:
Biz "qoʻgʻirchoq" yoki "qoʻgʻirchoq oʻynatuvchisi" boʻlib qolganimizni sezamizmi? Qaysi paytda "qoʻgʻirchoq oʻynatuvchisi"ga aylanamiz? Nima uchun inson buni sezmaydi? Sezmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Mashqni yakuniy qismida majburiy ravishda, xoxlamay, anglamay "qoʻgʻirchoq" yoki "qoʻgʻirchoq oʻynatuvchisi" boʻli qolmaslik uchun nima qilish lozimligi boʻyicha “breyn-storming”, guruhiy rasm chizish, rolli oʻyin jarayonari tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, ushbu masalani muhokama qilishda suhbatni Internet va uning ijtimoiy tarmoqlarida mavjud trendlarga, oʻziga diqqatni tez jalb qiladigan bu boradagi modaga qaratish, ularga rioya qilish kerakmi yoki yoʻqmi muxokama qilishni vazifa sifatida belgiladik.
Dasturning ikkinchi komponenti - axborot-maʼrifiy faoliyati doirasida QHVda qolgan talabalar bilan quyidagi masalalar boʻyicha jarayonni olib borish maqsadga muvofiq, deb belgiladik:
• Internetdagi hulqning xavfsizligi (firibgarlarni qanday tanib olish, kiberbulling nima va unga qanday qarshilik koʻrsatish va/yoki unga qarshi kurashish, shaxsiy maʼlumotlarni qanday saqlash kerak, mualliflik huquqi nima, Internetda nima haqida yozish mumkin va nima haqida yozish mumkin emas va h.k.). );
• Internetda muloqot qilishda odob-axloq qoidalari (kiberetiket va tarmoq muloqotining etikasi nima, savodli boʻlish muhimmi, kimlar "trollar", oʻz nuqtayi nazaringiz bilan qanday bahslashish kerak, repostlar nima va hokazo);
• Internetning ijtimoiy tarmoqlari bizga qanday foyda berishi mumkin va u yerda nimalardan qochish kerak (shaxsiy profil nima va u qanday boʻlishi kerak, qiziqish guruhlari nima, chellendj va marafonlar nimani anglatadi, xavfli onlayn hamjamiyatlar va boshqalar);
• Internetdagi qiziqarli va oʻziga jalb qiladigan, foydali va rivojlantiradigan resurslar toʻplami.
Dasturning uchinchi komponenti boʻlgan profilaktik-sogʻlomlashtirish qismining maqsadi sogʻlom turmush tarzini tadbiq etish, psixologik farovonlikni rivojlantirish belgilangan boʻlib, QHVda qolgan talabalarga ular sogʻlom va samarali xayot kechirishlari uchun diqqatlarini oʻzlarini anglash va intizomli qilishga yoʻnaltirish lozimligi boʻyicha bilim va koʻnikma shakllantirish vazifasi qoʻyildi. Bunda xayoiy maqsad qoʻyish, masʼuliyat va refleksiyani rivojlantirishga eʼtibor qaratildi.
Dasturning profilaktik-sogʻlomlashtirish qismida maqsad qoʻyish koʻnikmasini SMART-texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq, deb xisoblaymiz. Ushbu texnologiya boʻyicha maqsad qoʻyish quyidagiga asoslanadi:
S (specific) — konkret boʻlish, aniqlik. Maqsad qoʻyganda, natija aniq va tushunarli tasvirlangan boʻlishi kerak (notoʻgʻri ifodalangan maqsad: matematikani kuchaytirish; toʻgʻri qoʻyilgan maqsad: bir haftada matematikadan 4 ta “besh” baho olish va “uch” bahoni toʻgʻrilash).
M (measurable) - oʻlchanadigan. Natija aniq va sezilarli boʻlishi kerak (notoʻgʻri ifodalangan maqsad: yaxshiroq boʻlish; toʻgʻri maqsad:: bir hafta davomida ota-onaga qoʻpollik qilmaslik).
A (achievable) - erishish mumkinligi. Maqsadga erishish uchun oʻz resurslaringizni xolisona baholash kerak (notoʻgʻri ifodalangan maqsad: yugurushdan chempioni boʻlish; toʻgʻri: har kuni 2 kilometr yugurish, 500-marta sakrash).
R (relevant) - muvofiqlik. Maqsad oʻz xohish-istaklari bilan taqqoslanadigan boʻlishi va tashqaridan yuklanmasligi kerak (notoʻgʻri ifodalangan maqsad: ota-ona topgan ingliz tili oʻqituvchisiga borishni boshlash; toʻgʻri: yangi yil bayramida sevimli filmni originalda koʻrish uchun ingliz tilini yaxshilash) .
T (time-bound) - vaqt chegarasi. Natijaga erishish muddatlari va bosqichlari aniq sanalarga ega boʻlishi kerak (yuqorida koʻrsatilgan printsipga koʻra, har kuni, hafta davomida, yangi yilga qadar va hokazo).
Shunday qilib, taʼlimni raqamlashtirish sharoitida o QHVda qolgan talabalarni psixologik salomatligini saqlash, ularni samarali xayot kechirishga undash, sogʻlom turmush tarziga rioya etish motivatsiyasini oshirish uchun bir nechta oʻzaro bogʻliq komponentlarni, yaʼni: guruhiy psixologik trening, axborot-maʼrifiy faoliyat, profilaktik-sogʻlomlashtiruvchi faoliyatni oʻz ichiga olgan kompleks psixologik rivojlantirish dasturdan foydalanish va ushbu dasturni OTM psixologlari tomonidan qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlib, OTMa tahsil olayotgan QHVda qolgan talabalarning akademik natijalari, shuningdek, yetuk mutaxassis boʻlib shakllanishlariga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati:
1. Леванова Е.А. Подросток: родителям о психопластике личности: учеб. пособие для вузов / Е.А. Леванова. – М.: МПСИ: Флинта, 2003. – 96 с.
2. Мамина Р.И., Толстикова И.И. Поколенческая проблематика в цифровую эпоху: философская проекция / Р.И. Мамина, И.И. Толстикова // Дискурс. – 2019. – № 6. – Т. 5. – С. 29-41.
3. World Health Organization. The determinants of health. Архивная копия от 14 декабря 2019 на Wayback Machine Geneva. Accessed 12 May 2011.
4. Плешаков В.А., Склярова Т.В. «Форс-мажорная киберпедагогика», или Чрезвычайные условия образования эпохи COVID-19 / В.А. Плешаков, Т.В. Склярова // Электронный научно-публицистический журнал «Homo Cyberus». – 2020. – № 1 (8). – [Электронный ресурс]–
URL
http://journal.homocyberus.ru/Pleshakov_VA_Sklyarova_TV_ 1_ 2020
5. Laura, A. (2019). The main approaches to the study of the difficult life situation in socio-psychological research. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 2019.
6. Акрамова, Ф. А. "ПРЕДНАЗНАЧЕНИЕ И СОЦИАЛЬНО-
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ СЕМЬИ В УЗБЕКИСТАНЕ." Научные
исследования XXI века 3 (2020): 319-322.
7. Акрамова, Ф. А. (2020). ПРЕДНАЗНАЧЕНИЕ И СОЦИАЛЬНО-
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ СЕМЬИ В УЗБЕКИСТАНЕ. Научные
исследования XXI века, (3), 319-322.
8. Мирзабдуллаева, Дилхумор Эркиновна. "ПОВЫШЕНИЕ
КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ КАК ФАКТОР
КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В ВУЗАХ УЗБЕКИСТАНА." NovaInfo. Ru 2.63
(2017): 319-322.
9. Мўминов, Даврон, and Иқболжон Давлатов. "ШАХСЛАРАРО
МУНОСАБАТЛАРДА ИЖТИМОИЙ СТЕРЕОТИПЛАРНИНГ РОЛИНИ
ЎРГАНИШ." Conference Zone. 2023.
10. Мўминов, Д., & Давлатов, И. (2023, February). ШАХСЛАРАРО
МУНОСАБАТЛАРДА ИЖТИМОИЙ СТЕРЕОТИПЛАРНИНГ РОЛИНИ
ЎРГАНИШ. In Conference Zone (pp. 360-368).
11. Атаджанов, Мамиржон Юсупович. "МИЛЛИЙ ПСИХОЛОГИК ҚИЁФА ҚУРИЛМАСИДА МАДАНИЯТ." Новости образования: исследование в XXI веке 1.9 (2023): 1366-1377.
12. Абдуллаева, А. "ЁШЛАРНИ ОИЛАВИЙ ҲАЁТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ
ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК ОМИЛЛАРИ." IJODKOR O'QITUVCHI 3.30
(2023): 467-473.
13. Абдуллаева, А. (2023). ЁШЛАРНИ ОИЛАВИЙ ҲАЁТГА
ТАЙЁРЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК ОМИЛЛАРИ. IJODKOR
O'QITUVCHI, 3(30), 467-473.
14. Nuriddinov, R., D. Mo‘minov, and A. Ostanaqulov. "BO ‘LAJAK
PEDAGOGLAR RUHIY SALOMATLIGINI TAMINLASHNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK OMILLARI." Scientific Impulse 1.10 (2023): 612-617.
15. Nuriddinov, R., Mo‘minov, D., & Ostanaqulov, A. (2023). BO ‘LAJAK
PEDAGOGLAR RUHIY SALOMATLIGINI TAMINLASHNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK OMILLARI. Scientific Impulse, 1(10), 612-617.
16. Sultonovna, Yunusova Go‘zal, and Isroilov Abrorjon Axatjon o‘g‘li. "O
‘ZBEK OILALARIDANIZO VA AJRRIMLARNINGYUZAGA KELISHINING
PSIXOLOGIK OMILLARI." Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities 11.5 (2023): 1348-1356.
17. Sultonovna, Y. G. Z., & Axatjon o‘g‘li, I. A. (2023). O ‘ZBEK
OILALARIDANIZO VA AJRRIMLARNINGYUZAGA KELISHINING
PSIXOLOGIK OMILLARI. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1348-1356.
18. Alijon, Ostanakulov. "SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF
SUICIDAL BEHAVIOR IN ADOLESCENCE." INNOVATIVE ACHIEVEMENTS
IN SCIENCE 2022 2.19 (2023): 109-115.
19. Alijon, O. (2023). SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF SUICIDAL
BEHAVIOR IN ADOLESCENCE. INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE
2022, 2(19), 109-115.
20. Зайнобиддинов, Ж. "ИНКЛЮЗИВ ТАЪЛИМ ОЛАЁТГАН
БОЛАЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИНИ ПСИХОЛОГИК
ЎРГАНИШ." INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2022 2.20 (2023)
62-69.
21. Зайнобиддинов, Ж. (2023). ИНКЛЮЗИВ ТАЪЛИМ ОЛАЁТГАН
БОЛАЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИНИ ПСИХОЛОГИК
ЎРГАНИШ. INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2022, 2(20), 62-69.
22. Farhodjon, Soliyev, and Turdimatov Jahongir. "KASBIY PSIXOLOGIK
TANLOVNI AMALGA OSHIRISHDA SHAXSNING IJTIMOIY
USTANOVKALARINI O’RGANISH." Scientific Impulse 1.11 (2023): 550-554.
23. Farhodjon, S., & Jahongir, T. (2023). KASBIY PSIXOLOGIK
TANLOVNI AMALGA OSHIRISHDA SHAXSNING IJTIMOIY
USTANOVKALARINI O’RGANISH. Scientific Impulse, 1(11), 550-554.
24. Mirzajonova, Eleonora Topvoldievna. "Gender equality as a condition and result of increasing the social activity of women." Zien Journal of Social Sciences and Humanities 13 (2022): 1-4.
25. Mirzajonova, E. T. (2022). Gender equality as a condition and result of increasing the social activity of women. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 13, 1-4.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.