ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

EKOLOGIYA IFLOSLANISHINI INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI

Annotatsiya

Hozirda, ekologiyaning oʻzgarishi, radiatsiya taʼsirida yuzasidan aholi qatlamida juda ham koʻplab hayotida va irsiy kasalliklarni keng  avj olishiga sabab boʻlmoqda . Bularni birinchi navbatda, profilaktika qilgan har taraflama afzal hisoblanadi. Radiatsiya toʻlqinlarini zararsiz miqdorda qoʻllanilishini nazorat olish ham aholini kasallikdan saqlaydi. Ekologiyani buzilishining inson salomatligiga koʻrsatadigan tasiri, bugungi kundagi olib borilayotgan ishlar, rejalar xususida soʻz boradi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

EKOLOGIYA IFLOSLANISHINI INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI

Axunjonova Hakima Abdumannabovna, Azimova Mavluda Umidjon qizi

“CAMU” Xalqaro Tibbiyot Universiteti

“Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi assistenti,

Stomatologiya yoʻnalishi 1023- guruh talabasi

Annotasiya: Hozirda, ekologiyaning oʻzgarishi, radiatsiya taʼsirida yuzasidan aholi qatlamida juda ham koʻplab hayotida va irsiy kasalliklarni keng avj olishiga sabab boʻlmoqda . Bularni birinchi navbatda, profilaktika qilgan har taraflama afzal hisoblanadi. Radiatsiya toʻlqinlarini zararsiz miqdorda qoʻllanilishini nazorat olish ham aholini kasallikdan saqlaydi. Ekologiyani buzilishining inson salomatligiga koʻrsatadigan tasiri, bugungi kundagi olib borilayotgan ishlar, rejalar xususida soʻz boradi.

Kalit soʻzlar: Irsiy, profilaktika, radiatsiya, patalogiya, antropogen, ekotizim, ekologik.

Inson tabiat bilan chambarchas bogʻliqdir, shuning uchun hech qachon tabiatsiz yashay olmaydi. Quyoshning har zarrasida, tuproqning har jismida tabiatninng bizga boʻlgan taftini his qilamiz. Oʻzining har bir jabhasida inson uchun zarur boʻlgan minglab unsurlarni mujassam etgan. Ana shunday goʻzal tabiatimiz bugungi kunga kelib qay ahvolga tushmoqda? Bunga kimlar sababchi? Tabiatning ifloslanishini oldini olish bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Ming afsuski inson tabiatga misli koʻrilmagan miqdorda ta’sir koʻrsatadi. Insoniyat uni oʻrab turgan barcha shartsharoitlarga moslasha oladi yoki aksi boʻladi, uni oʻzi istaklariga moslashtiradi, natijada tabiat muvozanati buziladi, buzilgan muvozanat esa katta ta'lofatlarga olib keladi.

Atrof muhitga antropogen taʼsir natijasida hosil boʻlgan ta'sirlar yana qayta oʻziga patalogiya boʻlib qaytmoqda. Hozirgi zamon bilamizki, texnologiyalar rivojlanib, insonlar kosmoslarga oʻz izlanishlarini yoʻlga qoʻymoqda, zavod fabrikalar oʻz ish faoliyati davomida hosil boʻlgan chiqindi mahsulotlari yerning ozon qatlamini yemirmoqda. Buning natijasida, parnik muhit rivojlanmoqda, ularning oqibatida yer sayyorasi kundan kunga isiy bormoqda, eng ayanchlisi ultrabinafsha nurlar yerning yuzasida haddan tashqari ushlanib qolayotgani demakdir. Tabiiy omillardan tashqari, texnik radiatsiya avariyalar oqibatida atrof muhit va insonlarda irsiy kasalliklar va erta oʻlim holatlarini keltirib chiqarmoqda. Radiatsiyaviy avariya, uskuna nosozligi, xodimlarning xattiharakatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan koʻproq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi. Radioaktivlik miqdori chegaralangan me’yordan oshmasligi va inson hayoti uchun xavfli vaziyatni vujudga keltirmasligi lozim. Radiatsiya holati, belgilangan xavfsizlik me’yorlaridan yuqori boʻlgan hamda radioaktiv mahsulotlar va ionlashtiruvchi nurlarning paydo boʻlish(chiqishi)i favqulodda vaziyatga olib keladi.

Dunyoning bir qator mamlakatlarida halokatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan radiatsiyaviy xavfli inshootlarning turlari koʻp. Ular atom elektr stansiyalari, yadro yoqilgʻisi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori mavjud boʻlgan ilmiy-tadqiqot institutlari. Insoniyat oʻz ehtiyojlarini qondirish maqsadida koʻplab miqdorda tabiiy resurslardan foydalanadi. Aksariyat hollarda ushbu tabiiy resurslarni saqlashga, atrof-muhit tozaligiga e’tibor beradi va shu bilan ekologik va iqtisodiy masalalarni hal qilishda optimal nisbatni topishga harakat qiladi. Jahon iqtisodiyoti tarmoqlarining zamonaviy rivojlanishini tahlil qilar ekanmiz, biz ekologik ustuvorliklarga nisbatan iqtisodiy ustuvorliklarning uzoq vaqt hukmronligini kuzatmoqdamiz, bu esa oʻz navbatida sayyoramiz florasi va faunasi holatiga salbiy ta’sir koʻrsatmasligi mumkin emas. Ushbu holatlar, tushinarsiz (ijobiy yoki salbiiy) boʻlganidek, atrof-muhitni muhofaza qilishning turli xil omillarini atrof-muhitga antropogen ta’sirini kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlarni yaratishni jadallashtirish uchun ijobiy shart-sharoitlarni yaratmoqda. Ushbu faoliyatning iqtisodiy samaradorligi atrof-muhit ifloslanishining oldini olish orqali ifoda etiladi. Shahar infratuzilmasi qurilishi va ishlatilishi davrida shahar aholisi va atrof muhit(oʻsimlik va hayvonot dunyosiga, tabiiy landshaftlar)ga, madaniy va tarixiy yodgorliklariga katta zarar yetkazilishi mumkin. Shuning uchun ham yetkazilgan zararlarning oʻrnini qanday qoplanishini hisoblash kerak. Olingan ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy natijalar, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari samaradorligining oʻlchovi boʻladi. Erishilgan ekologik natija, atrof-muhitni yaxshilashda, ya’ni, ifloslantiruvchi moddalar kontsentratsiyasi, radiatsiya, shovqin darajasi, shuningdek boshqa har qanday noxush hodisalarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish kabi koʻrsatkichlarning pasayishida namoyon boʻladi.

Ekotizimlar boshqaruvida moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda shaxsiy iste’mol sohasidagi yoʻqotishlarni kamaytirish yoki ularning toʻliq yoki qisman yoʻq qilish maqsadida tabiiy va mehnat resurslari hamda materiallardan oqilona foydalanish iqtisodiy natijalarning namoyon boʻlishi orqali amalga oshiriladi. Agar biz, jadallik bilan oʻsayotgan shahar aholisini mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, odamlarning umr koʻrish davomiyligini va mehnatga yaroqli aholining faol faoliyati davrini oshirish, kasalliklarni kamaytirish, tabiiy, tarixiy va madaniy yodgorliklarni bust-butunligicha saqlash kabi tadbirlarni toʻlaligicha amalga oshira olsak, ijtimoiy natijalarning ijobiy namoyon boʻlishini koʻrishimiz mumkin. Olib borilayotgan har qanday ekologik va iqtisodiy tadqiqotlar davomidagi asosiy vazifa, ekologik chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini hisobga olishdir, bu esa oʻz navbatida kamdan-kam hollarda ma’lum bir ketmaketlikda atrof-muhit natijalarini tez ijobiy boʻlishiga va shuningdek, kerakli darajada ekologik sifatga erishish imkonini beradi. Ekologik sifatga erishish uchun qoʻllaniladigan usullar va ushbu usullarni konkretlashtirish, ulardan foydalanish eng katta iqtisodiy foyda keltiradigan rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi. Avval ta’kidlab oʻtilganidek, butun iqtisodiy samaradorlikning ajralmas qismi bu jamiyatning ekologik faoliyati samaradorligidir. Jamiyat manfaatlari har doim ham ishlab chiqarish manfaatlari bilan iqtisodiy manfaatlarga toʻgʻri kelishi mumkin emas. Tabiiy boyliklardan nooqilona (isrofgarchilikka yoʻl qoʻib) foydalanish, turli tashkilotlar va korxonalarning atrof-muhit faoliyatini tahlil qilishda ularning ushbu faoliyat turiga boʻlgan qiziqishlarini juda past darajada ekanligi va ishlab chiqilgan qonunlarni koʻp hollarda chetlab oʻtilishi, umuman olganda boshqaruv mexanizmni toʻliq ishlab chiqmaganligini ta’kidlab oʻtmaslik mumkin emas. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlariga sarflangan sarmoyalar miqdori, atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan harajatlar miqdoridan sezilarli darajada kam. Koʻp hollarda ekotizimlar boshqaruvi mantiqsiz. Ba’zida bu boshqaruv natijasi ekotizimga tuzatib boʻlmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Afsuski, tabiatdan va uning boyliklaridan bunday “mohirona” foydalanish nafaqat mamlakatimiz uchun, bu butun taraqqiyparvar insoniyat uchun oʻta jiddiy muammo hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, avvalambor, kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalar yordamida resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash, yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun asos boʻlishi va shu bilan birga global ekologik falokatlarning oldini olishga umid uygʻotishi kerak. Ekotizimlarni boshqarish orqali, ekologik majburiyatlarni bajarish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun kuchli, shaffof ravishda tatbiq etiladigan va bajariladigan mukammal ishlab chiqilgan siyosat hamda qonunlar talab etiladi.

Hozirgi vaqtda turli zavod va fabrikalarda 45 ming turga yaqin kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va aholiga sotilmoqda, jahonboʻyicha 300 mln. tonnaga yaqin organik moddalar ishlabchiqarilib, ular yordamida milliondan ortiq buyumlartayyorlanmoqda. Lekin ishlab chiqarishda foydalanilayotgan ushbu kimyoviy moddalar ma'lum miqdorda havo,suv va oziq-ovqatlar orqali inson tanasiga ham kelib tushmoqdaki, buning natijasida turli xil yuqumli kasalliklar yuzaga kelmoqda. Chunki ayrim kimyoviy moddalar zaharlilik xususiyatiga ega boʻlsa, ayrimlari allergenlik,konserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati),mutagenlik (naslga ta'sir etish xususiyati) va teratogenlik(chala yoki mayib-majruh tugʻilishni yuzaga keltirishxususiyati), fibrogenlik (tanadagi toʻqimalar birikmasining ajralishi) xususiyatlariga egadir. Bunday kimyoviymoddalarga, ayniqsa, ogʻir metallar (qoʻrgʻoshin, kadmiy,simob), noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi,azot oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil vaboshqalar) misol boʻlishi mumkin. Ushbu kimyoviymoddalar alohida holda ham, aralashma holda ham insonsogʻligʻi uchun juda xavfli hisoblanadi. Keyingi yillarda saraton kasalligining koʻpayishi, turli xil kasalliklarning yangi turlarini vujudga kelishi, asosan, kimyoning ta'siridandir. Xavfsiz va sogʻlom jamiyat faqat atrof-muhitni mas’uliyat bilan boshqarganimizda boʻladi.

Xulosa qilib aytganda, sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish uchun avvalambor hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilgʻor texnologiyalardan foydalanilgan holda chiqindisiz texnologiyadan foydalanishni keng yoʻlga qoʻyilishi kerak. Zero, chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri boʻlib, ularni qayta ishlash yoki gigiyenik talablar boʻyicha ishlov berilsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda koʻramiz, balki yerni, havoni, suvni, oziq - ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinadi, kishilar sogʻligʻini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega boʻladi va kelajak avlod uchun ham tabiatimizni oz musaffoligini saqlagan holda yetkazib bergan bolamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Prezident Sh.Mirziyoyev: “Toshkent-Siti” markazi yurtimizda qurilish va arxitektura sohasida taraqqiyotning yangi davri boshlanganini koʻrsatadi. qurilish-va-arxitektura-sohasida-taraq

2. “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston respublikasining Qonuni 41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3- dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda.

3. Oʻzbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi. 1-bob. Umumiy qoidalar. 8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari. https://lex.uz/docs/-5307951.

4. Oʻzbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi. 1-bob. Umumiy qoidalar. 9-modda. Fuqarolarining qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi.

5. Ra'no Parpiyevna Rustamova//EKOLOGIYA BUZILISHINING INSON

SALOMATLIGIGA TA'SIRI// Academic Research in Educational Sciences

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.