ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

O’zbekiston eksporti diversifikatsiyasining yo’nalishlari

Annotatsiya

Maqolada mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida xalqaro savdo, tashqi savdo aylanmasi, eksportning o‘sishi va diversifikatsiyasining hozirgi holati, uning tarkibiy o‘zgarishlari tahlil qilingan. Shuningdek, eksportining tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar va yangi tovarlarni ko‘paytirish hamda mamlakatda eksport diversifikatsiyasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

O’zbekiston eksporti diversifikatsiyasining yo’nalishlari

Eshqulova Nasiba Normoʼminovna,

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida xalqaro savdo, tashqi savdo aylanmasi, eksportning o‘sishi va diversifikatsiyasining hozirgi holati, uning tarkibiy o‘zgarishlari tahlil qilingan. Shuningdek, eksportining tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar va yangi tovarlarni ko‘paytirish hamda mamlakatda eksport diversifikatsiyasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: Xalqaro savdo, tashqi savdo aylanmasi eksport, diversifikatsiya, iqtisodiy barqarorlik, eksportni qo‘llab-quvvatlash

Аннотация: В статье анализируется современное состояние внешнеторгового оборота и диверсификации экспорта, его структурные изменения и её роль в экономическом развитии Узбекистана. На осонве исследования обоснованные практические предложения и рекомендации по увеличению экспорта новой продукции с высокой добавленной стоимостью.

Ключевые слова: Международная торговля, внешнеторговый оборот, экспорт, диверсификация, экономическая стабильность, поддержка экспорта.

Abstract: The article analyzes the current state of foreign trade turnover and export diversification, its structural changes and its role in the economic development of Uzbekistan. Based on the study, substantiated practical proposals and recommendations for increasing the export of new products with high added value.Key words: International trade, foreign trade turnover, export, diversification, economic stability, export support

KIRISH

Har bir mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish ko‘p jihatdan tashqi iqtisodiy faoliyatga bog‘liq. Jahon savdosi va uning kengayishi, mamlakatlar ixtisoslashuvi hamda kooperatsiyasi rivojlanishi natijasida tashqi savdo tez rivojlandi.

Tashqi savdo aylanmasi eksport va import hajmi hamda uning tarkibiga ta‘sir ko‘rsatish orqali ifodalanadi. Bizga ma‘lumki, yer yuzida tabiiy xom ashyo va resurslar davlatlar o‘rtasida notekis taqsimlangan bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari ham birdek rivojlanmagan. Rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdoning rivojlanishidan yetarlicha manfaatdor bo‘lishadi. Barcha davlatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni tashqi savdo aylanmasi va uning o‘sish sur‘atlariga bevosita bog‘liq. Eksport salohiyatining oshib borishi, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot, shuningdek, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil etish orqali tez sur‘atlarda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, cheklangan resurslar sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish hamda aholi farovonligiga erishish mumkin. Xalqaro savdo va tashqi integratsiya mamlakatlar uchun katta ahamiyatga ega. Bu savdo integratsiyasi rivojlanishning muhim ko‘rinishi, chunki bu jarayon mamlakatlarga katta foyda olib keladi. Jahon bankining ma‘lumotlariga ko‘ra, eksportning jahon ayrim miqdordagi savdo tizimida o‘rin olganligi, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun katta imkoniyatlar ochadi. Ammo, bu tashqi savdo rivojlanishi va eksportni rag‘batlantirishga muhim qarorlar qabul qilishga yordam bera olmaydi.

Eksportni rag‘batlantirish va bu sohada diversifikatsiya muammosini hal qilish, boshqa qarorlar bilan birgalikda ilmiy va nazariy tadqiqotlar orqali aniqlanishi lozim. Bunday ko‘rsatkichlar rivojlanayotgan mamlakatlarni xalqaro bozorga kirishga, eksportni oshirishga va uni turli sohalarda diversifikatsiya qilishga yo‘l ochishida muhim rol o‘ynaydi.

Xalqaro tajribadan ma‘lumki, savdo integratsiyasi eksport narxlarini boshqarishda va ularning o‘zgarishiga qarshi chiqishda afzal ko‘rinadi. Bu esa mamlakatlar uchun intensiv va ekstensiv rivojlanish yo‘lida muhim o‘rin egallaydi.

Hukumatlar eksportning raqobatbardoshligini taʼminlash uchun ilmiy-nazariy tadqiqotlar bilan birgalikda intensiv va sifatli savdo integratsiyasiga alohida e‘tibor qaratadi. Bu yondashuvlar esa tashqi savdo sohasidagi raqobat ustunligini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqotlar bilan qo‘llanib kelinishi lozimligini ko‘rsatadi.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda tashqi savdo diversifikatsiyasini rivojlantirish, eksport hajmini oshirish, uning geografiyasini va tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ulushini kengaytirish hamda uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga doimiy e‘tibor qaratilib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mamlakatning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 mlrd. AQSh dollariga yetkazish, mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish, xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish, avtotransport vositalari eksportini 3 barobarga oshirib, 1 mlrd. AQSh dollariga yetkazish, turizm, transport, axborot-kommunikatsiya, jumladan dasturiy ta‘minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 barobarga oshirish yoki 4,3 mlrd. AQSh dollariga yetkazish, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar ko‘paytirish, MDH mamlakatlarining istiqbolli bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini oshirish kabi bir qator vazifalar ilgari surilgan [1].

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorida mahsulotlarni eksport qilishda, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini «reeksport» bojxona rejimida olib chiqishda moliyaviy ko‘mak berish maqsadida tashish xarajatlarini (avtomobil va havo transportida eksportga tashish) 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish ta‘kidlab o‘tilgan. [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mamlakat tashqi savdo aylanmasi, eksport diversifikatsiyasi va uning iqtisodiy o‘sishga ta‘siri masalalari ko‘plab xorijiy hamda mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan tatqiq etigan. Ilk marotaba xalqaro savdo to‘g‘risida A.Smit, D.Rikardo, E.Xekshir, B.Olinlarning nazariyalari orqali tashqi savdoda ustunlikka erishish to‘g‘risida ta‘kidlangan [3].

A.A. Gnidchenko tadqiqotlarida eksport diversifikatsiyasi va ekstensiv marjaning (yangi tovarlarlaning) uning o‘sishiga qo‘shgan hissasini baholab, yangi mamlakatlar bozorlari faqat eksport tarkibida yangi tovarlarining paydo bo‘lishi hisobga amalga oshishi mumkinligini ta‘kidlagan [4].

E.Yu. Mixaylova o‘z tadqiqotlarida eksportni diversifikatsiyasini chuqurlashtirish (Rossiya eksporti misolida) strategiyasi xomashyo (tog‘-kon sanoati) sotishdan olingan daromadlarni ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qayta yo‘naltirish, bu orqali mamlakatning G‘arb davlatlariga qaramligini kamaytirish bo‘yicha bir qator amaliy taklif va tavsiyalar bergan. Uning fikricha, sof eksportning ko‘payishi va importning qisqarishi yalpi talabni ham ko‘paytiribgina qolmay, milliy tovarlarga bo‘lgan ichki talabni ham oshiradi [5].

Shuningdek, ko‘plab iqtisodchi olimlar Heiko Hesse o’z tadqiqotida eksportni diversifikatsiya qilish iqtisodiy o‘sishga ta‘siri mavjudligini aniqlagan bo‘lsa [6], Sh. Otamurodov, Sh. Zhu, Ihtisham ul Haq va Tenglong Zhonglar esa eksport marjasi, uning iqtisodiy o’sishiga ta’sirini [7],. Haini, P. W. Loon, va P. L . Li [8] , Z. H. Zarach va A. Parteka eksport diversifikatsiyasi va uning tabiiy resurslarga qaramligi [9] to’g’risida o’z tadqiqotlarini olib borgan.

Mamlakatimiz iqtisodchilari I.R. Mavlanova [10], L.O‘.Mingishev [11], Sh.N.Otamurodov [12], B.O.Tursunov [13], L.F. Pardayev [14], B.B.Toshboyev [15], A.S. Yusupovlar [16] tomonidan tashqi savdo aylanmasi, shuningdek eksport diversifikatsiya va uning iqtisodiy o‘sishga ta'siri to‘g‘risida bir qator tadqiqotlar olib borilgan

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada xalqaro savdo, tashqi savdo aylanmasi va eksport diversikatsiyasi bo‘yicha yetakchi mahalliy va horijiy iqtisodchi olimlarning tadqiqot natijalari, xalqaro va milliy statistika ma‘lumotlarini taqqoslash, guruhlash, tahlil va sintez, iqtisodiy tahlil, abstpakt mantiqiy tahlil hamda analitik tahlil kabi usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari asosida sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR.

Jahon iqtisodiy integratsiyalashuvi jarayonlarida xalqaro iqtisodiy munosabatlar va tashqi savdoni rivojlantirish bilan birga, eksport mahsulotlari diversifikatsiyasi, eksport qilinadigan tovarlar miqdori, unung turlari va geografiyasini ko‘paytirish orqali belgilanadi. Eksportni diversifikatsiya qilish uchun eksport muvozanatli tarkibini vujudga keltirish lozim.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy o‘sishga erishish, tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro savdo va eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha bir qator ijobiy natijalarga erishdi.

2022 yilda mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 50 008,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021-yilga nisbatan solishtirganda, 7 837,9 mln. AQSH dollariga oshib, 18,6 % ga koʻpaydi. Bunda eksport hajmi 19 293,7 mln. AQSH dollariga yetib, 15,9 % ga, import hajmi esa, 30 767,8 mln. AQSH dollariga yetib, 20,4 % ga koʻpaydi. Yillar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, 2002 yil bilan solishtirganda eksport hajmi 28 055,8 mln AQSH dollariga, import esa, 16305,3 mln. AQSH dollariga oshgan. (1-rasm)

2023 yilning oktyabr oyi ma‘lumotlariga ko‘ra esa, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 20 470,2 mln. AQSH dollariga (29.1%), import hajmi esa, 30 503,6 mln. AQSH dollariga (22,7 %) ga yetdi. Eksportdan olinadigan daromad importga qilinadigan sarflardan ortiq bo‘lsa joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishi bizga ma‘lum. Afsuski, tashqi savdo aylanmasida hanuzgacha import hajmi yuqori ko‘rsatkichlarda turibdi.

1-rasm. Tashqi savdo aylanmasi. (mln AQSH doll.) [17]

Oʻzbekiston Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar Rossiya Federatsiyasi (18.6%), XXR (17.8%), Qozog‘iston (9.2%), Turkiya (6.4%), Koreya (4.7%) davlatlarini ko‘rishimiz mumkin. Ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Rossiya Federatsiya va Xitoy Xalq Respublikasi bilan mamlakatimiz mustahkam tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatgan. 2022 yilda Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi savdo aylanmasi 9279,7 mln. AQSH dollarni, Xitoy Xalq Respublikasi bilan esa 8923,8 mln AQSH dollarni tashkil qilgan. (2-rasm)

Rossiya Federatsiyaga 2022 yilda jami 3 066,9 mln AQSH dollar, Xitoy Xalq Respublikasiga 2 519,0 mln AQSH dollar, Qozog‘istonga 1 379,7 mln AQSH dollar, Turkiyaga esa 1 507,4 mln AQSH dollar qiymatdagi tovarlar eksport qilingan.

2-rasm Tashqi savdoda eng yirik ulushga ega hamkor davlatlar (mln AQSH doll.) [17]

Mamlakat iqtisodiyotining jadal sur‘atlarda o‘sishida eksport salohiyatini yuksaltirish muhim o‘rin tutadi.

Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, tovarlar eksportida asosan oltin (4110,3 mln. AQSH doll), rangli metallar (1442,5 mln. AQSH doll.), kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar (1426,2 mln. AQSH doll.) va oziq-ovqat mahsulotlari (1823,4 mln. AQSH doll.) asosiy ulushni tashkil etadi. Bu davrlar oralig‘ida sanoat mahsulotlari indeksi 4,82 dan 5,76 gacha koʼtarilgan bo‘lib, aynan mashinasozlik mahsulotlari eksportida diversifikatsiya indeksi 2,04 dan 2,59 gacha oshganligini ko‘rishimiz mumkin. (3-rasm)

3-rasm Tashqi savdoda tovarlar eksporti tarkibi (mln. AQSH doll.) [17]

2022 yilga kelib 2010 yil bilan taqqoslaganda, mamlakatimiz eksporti hajmi 1,51 barobar oshgan (1-jadval). Mamlakatimiz eksporti nafaqat miqdoran, balki tarkiban ham sezilarli o’sgan. 2010 yilda eksportda eng katta ulishni mineral yoqilg'ilar (2973,8 mln. AQSH doll.) eksporti tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda oltin hamda nodir metall va qimmatbaho toshlarga to’gri kelgan (4312,4 mln doll.).

Jadvalda keltirilgan 20 guruhga mansub mahsulot mamlakat exportining 92,5 foizini tashkil etgan. Mahsulotlar guruhlari kesimida ekport dinamikasining tahlil ko‘rsatishicha, un va un-yormalarni 61,92 barobarga (327.3 mln AQSH doll.), noorganik kimyo mahsulotlari 14,38 barobarga (371.2 mln AQSH doll.), trikotaj matolari 9,87 barobarga (276.5 mln AQSH doll.), qozonlar, uskunalar va mexanik qurilmalar 6,93 barobarga (345.4 mln AQSH doll.), plastmassalar va ulardan tayyorlangan buyumlar 4,88 barobarga (326.2 mln AQSH doll.), mis va undan tayyorlangan buyumlar 2,07 barobarga (571.5 mln AQSH doll.) va oltin hamda nodir metallar 1,51 barobarga (1539.8 mln AQSH doll.) oshib, eksport hajmi sezilarli darajada o‘sgan.

1-jadval

Asosiy mahsulotlar eksporti dinamikasi

(2010- 2022) (mln. AQSh dollarida)

Mahsulot turlari 2010 2015 2020 2021 2022 O‘sish

2020/20

(baroba

r)

Jami

12698,

12201,

15089,

16635,

19228,

3 1,51 1 Oltin, nodir metallar 2772,6 1943,4 5950,2 4526,7 4312,4 1,56 2 Paxta 2019,4 1324,4 1200,1 1926,3 1606,6 0,80 3 Mineral yoqilg'i 2973,8 2685,2 659,0 914,8 1215,2 0,41

Mis va undan

tayyorlangan buyumlar 536,3 542,5 729,1 1170,9 1107,8 2,07

Kiyim-kechak

predmetlari 112,5 175,3 459,2 577,8 838,5 7,46

Istemol qilinadigan

mevalar va yong'oqlar 779,1 676,2 577,8 511,8 619,1 0,79 7 Sabzavotlar 313,0 479,4 400,4 404,1 478,3 1,53 8 O'g'itlar 203,3 188,2 152,4 347,1 410,9 2,02

Plastmassalar va

ulardan tayyorlangan

buyumlar 84,2 61,6 325,0 406,6 410,4 4,88

Qozonlar, uskunalar va

mexanik qurilmalar 58,2 31,2 60,9 129,0 403,6 6,93

Noorganik kimyo

mahsulotlari 27,7 32,0 295,1 336,2 398,9 14,38

Yer usti transport

vositalari 487,2 48,6 208,1 383,6 360,1 0,74 3 Un va un-yormalarni 5,4 1,1 219,5 283,2 332,7 61,92 1 Trikotaj matolar 31,2 46,1 144,5 242,8 307,7 9,87

Rux va undan

tayyorlangan buyumlar 102,5 96,5 149,1 198,6 239,7 2,34

Elektr mashinalar va

uskunalar, ularning

qismlari 92,1 43,5 157,2 160,0 200,0 2,17 7 Qora metallar 210,6 157,8 243,5 131,6 165,2 0,78

Boshqa tayyor

to'qimachilik

buyumlari; to'plamlar 12,9 15,4 88,8 118,1 161,7 12,53 9 Keramika buyumlari 3,0 6,1 32,8 76,2 100,7 33,13 0 Ipak 20,4 20,2 74,9 78,1 92,5 4,54 1 Boshqa 518,0 566,0 957,1 1130,2 1448,5 2,80 Izoh: 2022 yilda eksportida eng yuqori hajmga ega bo’lgan 20 turdagi mahsulot tanlab olindi

Malakatimizda olib borilgan islohotlar natijasida paxta tolasi eksporti hajmining sezilarli darajada kamayishi va uning eksportdagi ulushining qisqarishiga erishildi. Eksport tarkibida tayyor toʼqimachilik va trikotaj matolari eksporti oshishganligini koʼrishimiz mumkin.Trikotaj matolari ekportining hajmi 2010-2022 yillar davomida 12.9 mln. AQSH dollardan 161,7 mln AQSH dollargacha, ya’ni 9.87 barobarga, kiyim-kechak predmetlari hajmi esa 726 mln. АQSh dollarga yaʼni 7.46 barobarga oshgan.

Tadqiqot davrida mineral yoqilg‘i eksporti deyarli 2,5 barobar qisqargan. Bu bir tomondan mineral yoqilg‘iga (asosan tabiiy gaz) ichki bozorda talab oshishi bilan, ikkinchi tomondan mamlakatimizda bu turdagi xom ashyoni qazib olish hajmlari qisqarishi bilan izohlash mumkin. Ushbu turdagi xom ashyoni qayta ishlash korxonalari ko‘payishi, ularning ishlab chiqarish hajmining kengayishi ichki talab oshishiga olib keldi. Shu bilan birga mineral yoqilg‘ini qayta ishlash quvvatlarining oshishi, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar eksportini oshirish uchun sharoit yaratdi. Xususan ushbu davrda noorganik kimyo mahsulotlari eksporti 14,4 barobar, plastmassalar va ulardan tayyorlangan buyumlar eksportining hajmi 4,88 barobar o‘sdi. Ushbu ko‘rsatkichlar mamlakatimiz eksportida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar hajmi oshayotganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz eksportini kengaytirishda elektron tijoratning ahamiyati ortib bormoqda [18]. Shu sababli raqamli (IT) xizmatlarni rivojlantirish, axborot texnologiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston eksportining raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy muammo sifatida transport xarajatlarining yuqoriligidir. O’z navbatida elektron tijorat o’z xizmatlarini global darajada amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, Amazon.com, Inc kompaniyasining 2022 yilda umumiy tushumi (pul aylanmasi) 513,98 mlrd. AQSH dollarini, sof foydasi 2,72 mlrd AQSH dollarni tashkil etgan [19]. Shu sababli mamlakatimizda eksport diversifikatsiyasini chuqurlashtirish va kengaytirishda elektron tijorat, shu jumladan elektron to’lov tizimlarining rivojlanishi muhim.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, tashqi savdo iqtisodiyotning o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Tashqi savdo mamlakatlar o‘rtasida tovarlar va xizmatlar almashish orqali mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar paydo qiladi hamda mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy aloqa va hamkorlikni rivojlantirish, yangi bozorlar ochish va yangi investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini yaratadi. Bu esa mamlakatlar o'rtasida o'zaro foyda va samarali hamkorlikni hamda iqtisodiy islohotlarni kuchaytiradi, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'l ochadi. Shuningdek, ta'lim, sog’liqni saqlash, iqtisodiyot va boshqa sohalarda bilimlar va texnologiyalar almashishi orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradi.

Tovarlar va xizmatlarning keng tarqalishi orqali tashqi savdo mamlakatlarning o‘z ichki bozorlari uchun kuchli raqobat muhitini yaratibgina qolmasdan, yirik miqdordagi tovarlarni sotib olish va xizmatlarni almashish imkoniyatini yaratadi. Bu esa mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini kuchaytiradi va yangi sohalarda boy potentsial yaratadi. Bu natijalarga erishish uchun eksportni diversifikatsiya qilish, uning turlari va geografiyasini kengaytirish hamda import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish hamda xomashyo yetishtirishga qartilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etish lozim.

Yuqorida keltirilgan tahlillarga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston eksportni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishda yuqori natijalarga erishmoqda. Mamlakatimizda eksportni kengaytirish bo’yicha keng imkoniyat va katta zaxiralar mavjud. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz, eksportning raqobatbardoshligini taʼminlash uchun jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, intensiv, sifatli va qo‘shilga qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar yaratishimiz lozim. Shu bilan birga eksportga yo‘naltirilgan korxonalar sonini ko‘paytirish va ularning faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish ham muhim.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.05.2020 yildagi eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-4707-sonli qarori.

3. Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов / А. Смит.- М.: Эксмо, 2007. - 960 с, Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Избранное / Д. Рикардо. - М.: Эксмо, 2007. 960 с. Хекшер Э. Влияние внешней торговли на распределение дохода / Э. Хекшер. - Режим доступа: http:/www.seinstitute.re/Files/Veh6-09_Heckscher.pdf

4. Гнидченко, А. А. "Декомпозиция роста экспорта на экстенсивную и интенсивную составляющие с учетом сравнительных преимуществ." Журнал Новой экономической ассоциации 4 (2014): 24.

5. Михайлова, Эллина Юрьевна. "Опыт диверсификации экспорта и преодоление его сырьевой направленности." Торговая политика 3 (11) (2017): 97-110.

6. Hesse, Heiko. "Export diversification and economic growth." Breaking into new markets: emerging lessons for export diversification 2009 (2009): 55-80.

7. Otamurodov, S., Zhu, S., ul Haq, I., & Zhong, T. (2017). Export Margins, Price and Quantity of Belarus’s Export Growth. Review of Economic Perspectives, 17(1), 81-99.

8. Haini, H., Loon, P. W., & Li, P. L. (2023). Can export diversification promote export upgrading? Evidence from an oil-dependent economy. Resources Policy, 80, 103292.

9. Zarach, Z. H., & Parteka, A. (2023). Export diversification and dependence on natural resources. Economic Modelling, 126, 106436.

10. Мавланов И.Р. Экономическая дипломатия Республики Узбекистан // Внешняя политика стран СНГ / Ред.— сост. Д.А. Дегтерев, К.П. Курылев. – М.: Издательство «Аспект Пресс», 2017. –С.445-453.

11. Л.Ў.Мингишов “Ўзбекистоннинг экспорт рақобатбардошлигини оширишнинг асосий йўналишлари” афтореферат Т.2018

12. Отамуродов Шавкат. “Ўзбекистон экспорти диверсификациясининг замонавий муаммолари” Economics and Innovative Technologies 10.4 (2022):355364.//https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/83

13. Турсунов Б.О. Экспорт рақобатбардошлиги: назария ва амалиѐт ―Халқаро молия ва ҳисоб‖ илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил

14. L.F.Pardayev. THE CURRENT STATE OF TRADE RELATIONS

BETWEEN UZBEKISTAN AND THE CIS COUNTRIES //Thematics Journal of Social Sciences. – 2021. – Т. 10. – №. 7.

15. Тошбоев Б.Б. Импорт ўрнини босувчи ишлаб чиқаришга асосланган саноат сиёсатини амалга оширишнинг низарий жиҳатлари // Иқтисодиётда инновациялар журнали, 12-сон 2020 йил.

16. Юсупов А.С. Халқаро иқтисодий ҳамкорлик самарадорлигининг иқтисодий кўрсаткичлари. //“Халқаро ҳуқуқнинг долзарб муаммолари: назария ва амалиёт” мавзуидаги IX анъанавий илмий-амалий конференция, ЖИДУ, 2018 йил 27 апрель. ˗ 132-138 б. (08.00.00; (6))

17. Oʼzbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi ochiq maʼlumotlari //(www.stat.uz)

18. Otamurodov, Shavkat, and Nasiba Eshqulova. "O ‘ZBEKISTONDA

RAQAMLI SAVDO TIZIMING RIVOJLANISHING TAHLILI." TISU ilmiy

tadqiqotlari xabarnomasi 1.2 (2023): 57-63.

19. Nusratillayevich, Otamurodov Shavkat, and Eshqulova Nasiba

Normoʼminovna. "O ‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TO ‘LOVLAR TIZIMINING

RIVOJLANISH YO ‘NALISHLARI." BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI

ONLAYN ILMIY JURNALI 3.4 (2023): 1-10.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.