ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MILLIY IRQIY ETNIK YOKI DINIY ADOVAT ZAMIRIDA SODIR ETILGAN JINOYATLARNING XUSUSIYATLARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada jinoyat subyektiv tomoning fakultativ belgisi bo‘lgan motiv va uning tahlili, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat motivi bilan sodir etilgan jinoyatlarning tavsifi va jinoyat huquqiy tahlili bayon etilgan. Shu bilan birgalikda milliy qonunchiligimizda ushbu turdagi motivlarning jinoyatlarning kvalifikatsiyasidagi ahamiyati borasida ma’lumotlar keltirilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

MAMURJONOV SHAHBOZ MANSUR O‘G‘LI

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi

va amaliyoti” soha mutaxassisligi magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada jinoyat subyektiv tomoning fakultativ belgisi bo‘lgan motiv va uning tahlili, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat motivi bilan sodir etilgan jinoyatlarning tavsifi va jinoyat huquqiy tahlili bayon etilgan.

Shu bilan birgalikda milliy qonunchiligimizda ushbu turdagi motivlarning jinoyatlarning kvalifikatsiyasidagi ahamiyati borasida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar: jnoyat motivi, millat, irq, din, adovat, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat zamirida jinoyatlarni sodir etilishi.

Kirish: Mаmаlаkаtimiz jinoyаt qonunchiligi siyosаtidа tizimli tаhlillаrni аmаlgа oshirish, shuningdek, undа bir qаtor xorijiy mаmlаkаtlаr tаjribаlаridаn foydаlаnish, rivojlаngаn mаmlаkаtlаrning ushbu sohаdаgi qonunlаridаn foydаlаnish milliy qonunchiligimizni yаnаdа tаkomillаshtirishgа imkon berаdi. Shu аsnodа xorijiy dаvlаtlаr qonunchiligidаn normаlаrni tаhlil qilishdа Yevropа mаmlаkаtkаtlаri qonunchiligini tаhlil qilishimiz mаqsаdgа muvofiq bo‘lаdi. Negаki ushbu mаmlаkаtlаr qonunchiligi yetаrli dаrаjаdа demokrаtik vа liberаllаshgаn tusgа egа hisoblаnаdi.

Bundаn tаshqаri xorijiy dаvlаtlаr qonunchiligidа, olib borаyotgаn ilmiy tаdqiqotimizgа аloqаdor jinoyаtning subyektiv tomoni bo‘yichа milliy qonunchiligimiz vа xorijiy jinoyаt qonunchiligini qiyosiy huquqiy tаhlil qilish, birinchi nаvbаtdа, qonunchilikdagi muammolarning аsl yechimlаrini izlаshdа qiziqаrli. Bundаn tаshqаri, bundаy ishlаr yuqoridа keltirilgаnidek, Jinoyаt kodeksimizni tаkomillаshtirishgа o‘zining ijobiy tа’sirini ko‘rsаtаdi, shuningdek, globаl miqyosdа jinoyаtchilikkа qаrshi kurаshdа birgаlikdаgi sа’y-hаrаkаtlаrni birlаshtirishgа yordаm berаdi. Ushbu mаsаlаni ko‘rib chiqishdа biz yаqin xorij deb аtаlаdigаn mаmlаkаtlаrgа to‘xtаlib o‘tmаymiz, chunki MDH vа bizgа qo‘shni bo‘lgаn chegаrаdosh dаvlаtlаrining jinoyаt qonunchigi mаmlаkаtimiz jinoyаt qonunchiligi bilаn judа ko‘p umumiyliklаrgа egа. Ushbu holаtni tаsodifiy toifаgа kiritib bo‘lmаydi, chunki ushbu dаvlаtlаdlаr bir nechа yillаr dаvomidа bir tаrkibdа bo‘lgаn. G‘аrbiy Evropа vа bа’zi Osiyo mаmlаkаtlаri jinoyаt qonunchiligidа ko‘plаb biz uchun yаngi holаtlаr keltirilgаn.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tutilgan turli xil jinoyatlar sodir etilishi mumkin. Ushbu ishda yagona motivning mavjudligi turli yo‘llar bilan sodir etilgan, ammo motivi o‘xshash bo‘lgan turli xil obyektlarga tajovuz qiluvchi sud-tibbiy ahamiyatga ega jinoyatlar gurhini aniqlash uchun asos bo‘ldi. Demak, aynan motiv ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar guruhi uchun tizimni tashkil etuvchi element bo‘lib, batafsil va har tomonlama tahlil qilishni talab qiladi.

Subyektiv tomoni institutini tаrtibgа solish, xorijiy dаvlаtlаr qonunchiligidа jinoyаt subyektlаrining jinoyаtni bаjаrishgа imkoniyаtlаrini cheklаsh vа ulаrning huquqlаrini himoyа qilish mаqsаdidа аmаlgа oshirilаdi. Jinoyаt subyektiv tomoni instituti dаvlаtning huquqiy tizimini mustаhkаmlаshdа muhim аhаmiyаtgа egа bo‘lib, fuqаrolаrning huquqlаrini himoyа qilish vа аdolаtni tаminlаshdа muhim ro‘l o‘ynаydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi” deb belgilangan. Ushbu normani amalga oshirish mexanizmi 2021- yil 5-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida keng yoritib berilgan. Mazkur qonunning 4-moddasiga koʻra vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik boʻyicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qilish, fuqarolarning sogʻligʻi va axloqiga tajovuz qilish, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish, aholi oʻrtasida sarosima uygʻotish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish maqsadida dindan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bugungi globallashgan zamonda tinchlik va insonlarning hayoti birinchi o‘rinda tursada ko‘plab davlatlar hamda fuqarolar o‘rtasida diniy yoki irqiy adovat zamirida urushlar yuzaga kelmoqda.

Insonga umr Yaratgan haq tomonidan ne’mat sifatida berilgan, uni avaylash, mazmunli hamda savobli ishlarga bag‘ishlab o‘tkazish barcha musulmonlar uchun xos bo‘lgan qarashdir.

Hozirgi davrda ko‘payib borayotgan irqiy yoki diniy adovatlar zamiridagi urushlarning oldini va ularga barham berish uchun dunyoning gigant davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1995-yil 16-noyabrda BMTning fan, taʼlim va madaniyat boʻyicha ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKO tomonidan Bagʻrikenglik prinsiplari deklaratsiyasining qabul qilinishi dunyodagi barcha millat va elatlarning bir-birlariga nisbatan do‘stona hamda insonga xos bo‘lgan fazilatlar bilan muomalada bo‘lishlaridagi dasturil amal deyish mumin. Mazkur deklaratsiyada eʼtiqod va vijdon erkinligiga ham eʼtibor qaratilgan. Uning 1-moddasida, bagʻrikenglik oʻzimiz yashab turgan dunyo madaniyatining boy va xilma-xilligi, inson individualligining namoyon boʻlish shakllari va usullarini hurmat qilish, uni qabul qilish va toʻgʻri tushunish hamda vijdon va eʼtiqod erkinligi sifatida keltirilgan.

Mamlakatimizning bosh qomusi to‘laligicha o‘z fuqarolari bilan birgalikda barcha xalqlar va ularning diniy e’tiqotlariga hurmat ruhida qarashni o‘zida namoyon qiladi. O‘z fuqarolari uchun tenglikni ilgari suradi, Konstitutsiyamizning

18-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shartligi belgilangan.

Ko‘rib turibmizki dunyoda bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga yoki xalqqa urush qilib, uning tinchligiga rahna solib, o‘zga davlatning huquqlarini poymol qilish holatlari uchramoqda. Bu holat albatta barcha davlatlarda og‘ir jinoyat sifatida qaraladi.

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat motivlarini mamlakatimiz JKning quyidagi moddalarida uchratish mumkin. Jumladan,

− irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida (JKning

56-moddasi 1-qismi “l” bandi);

− milliy yoki irqiy adovat zamirida (JKning 97-moddasi 2-qismi

“k“ bandi);

− diniy taassublar zamirida (JKning 97-moddasi 2-qismi “m” bandi; JKning 104-moddasi 2-qismi “z” bandi; JKning 105-moddasi 2-qismi “z” bandi);

− millatlararo yoki irqiy adovat zamirida (JKning 104-moddasi 2-qismi “j” bandi va JKning 105-moddasi 2-qismi “j” bandi);

− milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga qarab (JKning 153-moddasi dispozitsiyasi);

− milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish (JKning 156-moddasi);

− millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida (JKning 173-moddasi 2-qismi “a” bandi);

− milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab boʻyicha (JKning 235-moddasi 2-qismi “b” bandi). tutilgan turli xil jinoyatlar sodir etilishi mumkin. Ushbu jinoyatda yagona motivning mavjudligi turli yoʻllar bilan sodir etilgan, ammo motivi oʻxshash boʻlgan turli xil obyektlarga tajovuz qiluvchi sud-tibbiy ahamiyatga ega jinoyatlar guruhini aniqlash uchun asos boʻladi.

Milliy, irqiy yoki diniy adovat zamirida sodir etiladan jinoyatlarning motivi o‘xshash bo‘lishi bilan jinoyatdagi obyekt turlicha bo‘ladi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatiga koʻra adovat – oʻzaro nizolar, dushmanlik munosabatlari, kek, xusumat1, dushmanlik, nafrat, dushmanlik munosabati, shunday munosabatga xos his-tuygʻu2 degan maʼnolarni anglatadi. Ilmiy adabiyotlarda adovat tushunchasi ksenofobiya tushunchasi bilan ham qoʻllaniladi3. Jabrlanuvchining aynan shu, yaʼni aybdor yoqtirmaydigan millatga mansubligining oʻzi jinoyat sodir etishiga asosdir. Milliy adovat va nafratni – millatchilik yoki shovinistlarning ekstremistik guruhlari bir

1 Oʻzbek tilining izohli lugʻati. S.F.Akobirov va b. Z.M.Maʼrufov tahriri ostida. − Moskva. Rus tili nashriyoti, 1981. 1 tom. – B.27.

2 Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A.Madvaliyev tahriri ostida. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2006−2008. – B.41.

3 senof biya (grekcha ξένος “begona” + φόβος “qoʻrquv”) − kimgadir yoki begona, notanish, gʻayrioddiy narsaga nisbatan murosasizlik; boshqa birovni yoqimsiz va xavfli deb bilish. xalqning boshqasidan ustunligi gʻoyalarini eʼtirof etadi4. Millatchilik – millat ayirish, bir millatni har tomonlama ulugʻlab, boshqalarining huquq, ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik, ularni yerga urishdan iborat boʻlgan nodemokratik mafkura 5.

JKda jinoyat motivi sifatida irqiy, milliy adovat va diniy taassub jinoyat tarkibi subyektiv tomonining zaruriy yoki fakultativ belgisi sifatida kelib, mazkur motivlarning ahamiyati quyidagilarda namoyon boʻladi:

birinchidan, jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida;

ikkinchidan, aybni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida;

uchinchidan, sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida.

Millat (lotincha natio — xalq) umumiy til, hudud, iqtisodiy hayot va ruhiy tarkib asosida vujudga kelgan, umumiy madaniyatda namoyon boʻlgan tarixan shakllangan barqaror odamlar jamoasidir. Milliy adovat yoki adovatning motivi boshqa millatga, shuningdek, uning vakillariga nisbatan adovat, jirkanishlikdan kelib chiqadi. Jinoyat ishi materiallarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, milliy adovat yoki adovat asosidagi jinoyatlarni sodir etishda radikal fikrdagi shaxslar uchun jabrlanuvchilarning jinsi, yoshi, shaxsiy yoki kasbiy fazilatlari mutlaqo ahamiyatsiz. Misol uchun, 2010-yil 16-iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida viloyat bolalar shifoxonasi xodimi tibbiyot muassasasi darvozasidan tashqariga chiqib, ushbu ko‘chada yashovchi o‘zbek millatiga mansub odamlarni tartibsizliklarni to‘xtatishga chaqirgan. Ertasi kuni shifokorning jasadi o‘q jarohati va jasadida kuyish jarohatlari bilan Qirg‘iziston hududidan oqib o‘tuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi daryodan topilgan6.

Milliy adovat yoki adovat asosida sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, ularning qurbonlari hatto yuzaga kelgan milliy nizoga hech qanday

4 Гοлубοвский В.Ю., Кунц Е.В. Межнациοнальные, религиοзные οтнοшения и будущее Рοссии: кοнфликты и пοтенциал гражданскοгο οбщества / мοнοграфия: − Прοспект, 2017. – С. 64.

5 Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A.Madvaliyev tahriri ostida. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2006−2008. – B.593.

6 В июне 2010 года на территории г. Ош и в некоторых районах Ошской области Кыргызской Республики были массовые беспорядки, возникшие на почве межнациональной вражды между лицами кыргызской и узбекской национальностей. Уголовное дело № 41-10-224 от 17.06.2010 г. Архив Кара-Сууйского районного суда Кыргызской Республики. Назаркулова Ч. Н. Использование специальных знаний при расследовании преступлений, совершенных по мотиву национальной, расовой, религиозной ненависти или вражды. Ч. Н. Назаркулова − «Юстицинформ», 2019 − (Наука (Юстицинформ)). aloqasi bo‘lmagan va jinoyat sodir etilgan joyda bo‘lgan tinch aholi ham bo‘lishi mumkin.

Katta shaharlardagi tashqi belgilarga ko‘ra, odamning ma'lum bir millatga tegishli ekanligini aniqlash qiyin. Biroq, kichik joylarda milliy xilma-xillik kam va uning aholisi uchun ma’lum bir shaxsning millatini aniqlash qiyin emas. Buni Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi hududida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tahlili tasdiqlaydi. Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Vladimir, Krasnodar shaharlarida ko‘p marotaba qozg‘atilgan jinoiy ishlar bo‘yicha, so‘roq paytida tahlil qilingan sabablarga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxslar ko‘pincha ma’lum bir millat va uning vakillariga emas, balki «xalqlarga» nafrat haqida guvohlik berishgan. Bunday hollarda Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘zlarining ayblov xulosalarida va sud hukmlarida bir vaqtning o'‘zida jinoyatning ikkita sababini ko‘rsatishgan: irqiy va milliy adovat zamirida jinoyat sodir etilganligi. Ushbu amaliyot ba’zi tadqiqotchilarning tanqidiga sabab bo‘lgan.

M.H.Rustambayev, maʼlum bir millat, irq vakillariga boshqa motiv sababli (shaxsiy munosabatdan kelib chiqqan qasos, rashk, tamagirlik v. b.) tajovuz qilinsa, JKning 97-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak7 deb taʼkidlaydi. Fikrimizcha, millatlar oʻrtasida boʻladigan urish-janjal va boshqa jinoiy harakatlarda turli motivlar aralashib ketgan boʻlishi mumkin. Shu sababli huquqni qoʻllovchi, avvalo, qilmishdagi ustuvor (dominant) motivni aniqlashi lozim hisoblanadi.

Masalan, A.A. Mozhegovaning taʼkidlashicha, “huquq-tartibot idoralari xodimlari ekstremistik ishlarni saralashda irqiy va milliy adovat va adovat motivlari ikki mustaqil motiv ekanligini unutmasliklari kerak, ular yakuniy sud qarorida isbot va asoslashni talab qiladi. Hukmda bir vaqtning oʻzida ikkita koʻrib chiqilgan sababning mavjudligini koʻrsatish, mohiyatan sud jinoyat sodir etishning oʻziga xos motivi mavjudligini isbotlashga yetarlicha e’tibor bermaganligini anglatadi.

Irq (arabcha – qon tomirlari; ildiz; zot) – kishilarning koʻz, soch va teri rangi, yuz-bosh tuzilishi va nasliy belgilari bir xil boʻlgan, tarixan shakllangan har bir guruhi. Irqchilik – irqlar teng emas, shuning uchun goʻyo “oliy”, “sara” irqlarning “past” irqlar ustidan hukmron boʻlishi tarixiy zaruratidir deb daʼvo qiluvchi nazariya

7 Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism / − Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. – B.696. va siyosatdir8. Irq – bu umumiy kelib chiqishi va umumiy irsiy jismoniy xususiyatlari (teri va soch rangi, bosh shakli va boshqalar) bilan birlashtirilgan insoniyatning tarixan shakllangan guruhidir. 9

Irqiy nafrat yoki adovat motivi boshqa irqga, shuningdek uning tashqi antropologik xususiyatlari bilan ajralib turadigan vakillariga nisbatan adovat, jirkanchlikka asoslangan. Shu bilan birga, ma’lum bir irqga nisbatan nafrat hissi ko‘pincha bir irqning ustunligiga – “yuqori” va boshqasining - “pastki”ligiga chuqur ishonchdan kelib chiqadi. Bunday noto‘g‘ri qarash irqchilik deb ataladi.

A.A. Mojegova taʼkidlaganidek, “huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekstremistik ishlar yoʻnalishi irqiy va milliy adovat va nafrat motivlari ikki mustaqil motiv ekanligini unutmasligi kerak, ular yakuniy sud qarorida isbot va asoslashni talab qiladi. Hukmda bir vaqtning oʻzida ikkita koʻrib chiqilgan motivning mavjudligini koʻrsatish, mohiyatan, sud tomonidan jinoyat sodir etishning oʻziga xos motivi mavjudligini isbotlashga yetarlicha eʼtibor berilmaganligini anglatadi10.

Din, asosan, xudo yoki xudolar, g‘ayritabiiy narsalarning mavjudligiga ishonishga asoslangan dunyoqarash va munosabat, shuningdek, unga mos keladigan xulq-atvor va o‘ziga xos harakatlar sifatida belgilanadi11. Jahon dinlari an’anaviy ravishda buddizm, nasroniylik va islomni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, dunyoda ushbu e’tiqodga asoslangan ko‘plab oqimlar, tarmoqlar va sektalar mavjud. L.G‘Shnayderning ta’kidlashicha, “diniy nafrat yoki adovat motivi - bu ma’lum ehtiyojlar bilan belgilanadigan ichki motivlar bo‘lib, jinoyatchining ma’lum bir dinga e’tiqod qilganligi sababli o‘zining ustunligini va jabrlanuvchining pastligini ko‘rsatish istagini bildiradi. Shu bilan birga unga nisbatan nafrat bilan munosabatda bo‘lish, qadr-qimmatini kamsitish holatlari orqali namoyon bo‘ladi”12. Xuddi shunday nuqtai

8 Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A.Madvaliyev tahriri ostida. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat илмий нашриёти. 2006−2008. –Б.226-227.

9 Ожегов С.И. Толковый словарь русского языка: около 100 000 слов, терминов и фразеологических выражений; под ред. Л.И. Скворцова. М.: Издательство АСТ: Мир и Образование, 2017. С. 164, 614.; Ефремова Т.Ф. Толковый словарь омонимов русского языка: 20 000 рядов омографов: 80 000 словарных статей: 100 000 семантических единиц. − М.: Мир энциклопедий Аванта+, 2007. − С. 125, 619.

10 Можегова А.А Экстремистские преступления и преступления экстремистской направленности по уголовному праву Российской Федерации: дис. канд. юрид. наук. − М., 2015. − С. 44.

11 Большой энциклопедический словарь / гл. ред. А.М. Прохоров. 2-е изд., перераб. и доп. − М.: Большая Российская энциклопедия; − СПб.: Норинт, 2001. − С. 1009.

12 Шнайдер Л.Г. Преступления по мотиву национальной, расовой, религиозной ненависти или вражды либо кровной мести в уголовном праве Российской Федерации: дис. … канд. юрид. наук. − М., 2006. − С. 9. nazarni N.G. Raxmatullina diniy adovat yoki adovat motivini “muayyan ehtiyojlar bilan belgilanadigan ichki motivlar, jinoyatchining ma’lum bir dinga e’tiqod qilganligi s sababli jabrlanuvchining pastligini ko‘rsatish istagini ifodalashi va buning natijasida o‘zining nafrat bilan bog‘liq munosabati” deb tushunadi. Bu holatda quyidagi fikrlarni ilgari suramiz, yuqoridagi ta’riflarga quyidagi qo‘shimchalarni keltiramiz, chunki ular faqat dindorga nisbatan nafrat haqida gapiradi, diniy nafrat yoki adovat sabab bo‘lgan jinoyat qurboni dindor, ateist yoki shunday bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin: jinoyatchining fikriga ko‘ra, “diniy aqidalardan og'ishgan”. Aytish joizki, so‘nggi yillardagi voqealar bir din vakillari, ammo turli konfessiyalar vakillari o‘rtasida nizolar kuchayganini ko‘rsatmoqda. Diniy tafovutlar asosidagi dinlararo adovat ilgari ham mavjud bo'lgan, ammo radikal oqimlar paydo bo‘lishi bilan ularning oqibati butun jamiyat uchun katta xavf tug‘dirmoqda.

Shuningdek, diniy adovat motivi boshqa dinga, konfessiyaga va ularning tarafdorlariga, ateistlarga yoki biron bir dinga eʼtiqod qilmaydigan yoki “yetarlicha” eʼtiqod qilmaydigan shaxslarga nisbatan dushmanlik bilan asoslanadi. Qolaversa, jinoyat sodir etgan shaxs oʻzi eʼtiqod qilayotgan dinning haqiqatiga chuqur ishonch hosil qiladi.

F.Z.Feliyev irqiy, milliy, diniy adovat yoki nafrat yoxud diniy taassub motivi deganda shaxsga uning haqiqiy yoki taxmin qilinayotgan irqiy, milliy yoki diniy (konfessiyaviy) mansubligi munosabati bilan yoki uning din (eʼtiqod)ni qabul qilishni istamasligi munosabati bilan unga nisbatan adovatni ifodalovchi motivlar tushuniladi deb taʼkidlaydi13. Ushbu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, muallif diniy aqidaparastlik motivini ham aniqlaydi. Milliy qonunchiligimizga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qancha moddalarda diniy adovat atamasi alohida bandlarda, diniy taassublar zamirida jinoyat sodir etish atamasi boshqa alohida bandlarda koʻrsatilgan. Agar bularning barchasining oʻzagini jabrlanuvchining muayyan bir belgiga egaligi yoki muayyan guruhga mansubligi sababli aybdorni jinoyat sodir etishga undagan nafrat yoki adovat tashkil etadi.

XULOSA;

13 Велиев Ф.З. Мотив ненависти или вражды и его уголовно-правовое значение: дис. … канд. юрид. наук. − М., 2015. − С. 85.

Milliy, irqiy etnik, yoki diniy adovat zamirida jinoyatlarniing sodir etilishi turli millat hamda din vakillari o‘tasida turli kelishmovchilik va nizoli holatlarni keltirib chiqaradi. Buning oqibatida davlat ichida fuqarolar o‘rtasida urush kelib chiqadi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tahlil qilingan sabablarga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxslar nafaqat jabrlanuvchining qadr-qimmatini kamsitish, balki boshqa maqsadlarni ham ko‘zlaydilar: qo‘rqitish, turli millatlar, irqlar, dinlar yoki mintaqalar vakillari o‘rtasida nizolarni qo‘zg‘atish, ba’zan esa nafratlangan guruhni yo‘q qilish kabi.

Tahlil qilinadigan barcha motivlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, aybdor shaxs jabrlanuvchi orqali uning millatiga, irqiga, diniga nisbatan o‘ziga xos yoki boshqalarga nisbatan dushmanlik munosabatini namoyishkorona ifodalaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // 01.05.2023 –

2. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // https://lex.uz/docs/-111453;

3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A.Madvaliyev tahriri ostida. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2006−2008. – B.593;

4. Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism / − Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. – B.696;

5. Велиев Ф.З. Мотив ненависти или вражды и его уголовно-правовое значение: дис. … канд. юрид. наук. − М., 2015.;

6. Шнайдер Л.Г. Преступления по мотиву национальной, расовой, религиозной ненависти или вражды либо кровной мести в уголовном праве Российской Федерации: дис. … канд. юрид. наук. − М., 2006;

7. Большой энциклопедический словарь / гл. ред. А.М. Прохоров. 2-е изд., перераб. идоп. − М.: Большая Российская энциклопедия; − СПб.: Норинт, 2001. − С. 1009;

8. Можегова А.А Экстремистские преступления и преступления экстремистской направленности по уголовному праву Российской Федерации: дис. канд. юрид. наук. − М., 2015.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.