ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

BAXSHI EPIK REPERTUARIDA "GO`RO`G`LI" TURKUMI DOSTONLARINING O`RNI

Annotatsiya

mazkur maqolada Go`ro`g`li" - xalq og`zaki ijodining yirik janri bo`lgan dostonimiz haqida so`z boradi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

DOSTONLARINING O`RNI

Xushbaxtova Dilnoza Jaylov qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o`qtuvchisi

Annotatsiya: mazkur maqolada Go`ro`g`li" - xalq og`zaki ijodining yirik janri bo`lgan dostonimiz haqida so`z boradi.

Kalit so`zlar: doston, baxshixhilik, “Go`ro`g`li” dostoni, badihago`y.

Kirish. "Go`ro`g`li" - xalq og`zaki poetik ijodi yodgorligi. Yaqin va O`rta Sharq, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz xalqlari orasida keng tarqalgan qahramonlik eposi, dostonlar turkumi. Turkumga birlashgan dostonlar turli davrlarda yaratilgan. Ulardan ayrimlarining ildizlari bir yarim-ikki ming yil ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Bu dostonlar taxminan XVII asrdan boshlab bir turkumga birlasha boshlagan. "Go`ro`g`li" turkumiga kiruvchi barcha dostonlar muayyan mustaqillikka ega. Ular og`zaki epik anʼanada yakka-yakka ijro etiladi hamda eshituvchi va kitobxon ularning har birini alohida asar sifatida qabul qiladi. Ammo bu silsila dostonlar Go`ro`g`li obrazi, uning doimiy yo`ldoshi G`irot, epik ozodlik o`lkasi Chambil yurti, anʼanaviy obrazlar Soqibulbul, Hasan Ko`lbar, Ahmad Sardor kabilar orqali bir-birlari bilan o`zaro birlashadi. "Go`ro`g`li" dostonlarini shartli ravishda ikki katta guruhga bo`lish mumkin: Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq versiyalari (ozarbayjonlar "Ko`ro`g`li"si asosida yaratilgan arman, gruzin, turk, kurd va boshqalar) va Markaziy Osiyo versiyalari (o`zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tojik va boshqalar). Barcha versiyalar mavzui asosini ozodlik, adolat va xalq baxt-saodati yo`lida kurashuvchi bahodir Go`ro`g`li (Markaziy Osiyo versiyasida) yoki Ko`ro`g`li (g`arbiy versiyasida)ning jasoratlari tashkil etadi.Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq versiyalariga xos bo`lgan umumiy xususiyatlar "Go`ro`g`li"ning ozarbayjon variantlarida o`z ifodasini topgan.

Unda tasvirlanishicha, Ko`ro`g`li 40 yigitga bosh bo`lib, adolatsiz tuzumga qarshi chiqadi. Dushman savdogarlari karvoniga kutilmaganda hujum qiladi, nodo`st podsholiklar bilan bo`lgan janglarda ajoyib jasorat va qahramonliklar ko`rsatadi. Cho`pon, otboqar, darbadar baxshi, duoxon, folbin qiyofalarida dushman ichiga kirib, asir tushgan yigitlariga tadbirkorlik bilan yordam beradi, o`ziga va yigitlariga maʼqul bo`lgan go`zal parilarni olib qochadi. Ko`ro`g`lining jasorati va mardliklari haqidagi hikoyalar yarim tarixiy, yarim afsonaviy harakterga ega bo`lib, mustaqil podsholiklardagi turli nayrangbozliklar, hukmdorlar hayoti, katta karvon yo`llaridagi janglar ozarbayjon variantlarining tarixiy mavzusi hisoblanadi. Bu versiyaga ko`ra, Ko`ro`g`li, Eron shohi Abbos I ning (1585-1628) zamondoshi qilib ko`rsatiladi. Chindan ham, arman tarixchisi Arakel Tavriziy (1670-y. vafot etgan)ning ko`rsatishicha, Eron shohi Abbos I va Turkiya sultoniga qarshi qo`zg`olon ko`targanlarning boshliqlari orasida Ko`ro`g`li degan shaxs bo`lgan. Ozarbayjon variantida aniq shaxs va davr bilan bog`liq voqealar tengsiz kuch-qudrat va shijoat tasviri bilan uyg`un holda bayon etiladi. Ammo bunda umumlashtirish va ramziylashtirish muayyan davr va tarixiy voqealarni inkor etish darajasida emas.

Markaziy Osiyo versiyalari, xususan, o`zbek versiyalarida umumlashtirish va ramziylashtirish yuqori darajaga ko`tarilgan. Bunda qahramonona o`tmish aniq tarixiy voqealar ko`lamida emas, balki orzu darajasida, xalqning yuksak maqsadi ko`lamida tasvirlangan. O`zbek dostonlarida Go`ro`g`li turkman va o`zbeklarning begi, qonuniy hukmdor, o`z xalqi, vatani uchun qayg`uruvchi va uni dushmanlardan qimoya qiluvchi yengilmas bahodir, ko`plab xalq botirlarini tarbiyalab yetishtirgan murabbiy sifatida tasvirlangan. O`zbek xalqi Go`ro`g`li haqida "Kunlarim", "Go`ro`g`li", "Go`ro`g`libek - zo`r botir", "Armonim qolmadi", "Bormi jahonda" kabi uning qahramonona kurashini madh etadigan qator termalar, 80 ga yaqin dostonlar yaratgan. Xususiyati, mavzui, ijodiy uslubi va kuylanish tarzi jihatidan ajralib turadigan 20 dan ortiq dostondan iborat Xorazm turkumi bu siraga kirmaydi. Bu hol "Go`ro`g`li" turkumi o`zbeklar orasida 2 versiyada tarqalganini ko`rsatadi.

Ergash Jumanbulbul o`g`li, Fozil Yo`ldosh o`g`li, Po`lkan shoir, Islom shoir, Rahmatulla Yusuf o`g`li kabi xalq shoirlaridan 200 dan ortiq doston (variantlari b-n) yozib olingan. Turkumni to`laligicha biladigan biror baxshi bo`lgan emas. XIXasrning 2-yarmi va XX-asrning boshlarida So`ltonmurod shoir (Samarqand viloyati), Nishon ota (Toshkent viloyati) kabi baxshilar "Go`ro`g`li" turkum dostonlarini kuylashda dong taratgan. Biroq ulardan bironta ham doston yozib olinmagan.

Yozib olingan "Go`ro`g`li" dostonlariga quyidagicha tartib berish mumkin:

1. Go`ro`g`lining tug`ilishi.

2. Go`ro`g`lining bolaligi.

3. Chortoqli Chambil.

4. Zaydinoy.

5. Yunus pari.

6. Misqol pari.

7. Gulnor pari.

8. Qirq yigit bilan qirq qiz.

9. Hasan Ko`lbar.

10. Soqibulbul.

11. Rayhon arab.

12. Shoqdorxon.

13. Zamonbek.

14. Xidirali Elbegi.

15. Berdiyor otaliq.

16. Elomon.

17. Xoldorxon.

18. Go`ro`g`lining Qrimga borishi.

19. Govdaroz dev.

20. Besh podshoning Chambilga yov bo`lib kelishi.

21. Shoqalandar.

22. Ro`zaxon.

23. Yosqila.

24. Hasanxon.

25. Chambil qamali.

26. Dalli.

27. Avazxon.

28. Gulqizoy.

29. Gulqizoyning vafoti.

30. Intizor.

31. Malika ayyor.

32. Mashriqo.

33. Zulfizar.

34. Bo`tako`z.

35. Qunduz bilan Yulduz.

36. Sarvinoz.

37. Balogardon.

38. Avazning arazi.

39. Ahmad Sardorning o`limga buyurilishi.

40. Avaz o`g`lonning Rumga qochishi.

41. Avazxonning o`limga xukm etilishi.

42. Girdob.

43. Xonimoy.

44. Xushkeldi.

45. Oltin qovoq.

46. Zayidqul.

47. Gulixiromon.

48. Zarnigor.

49. Og`a Yunusning olib qochilishi.

50. Ravshan.

51. Nurali.

52. Nuraliningyoshligi.

53. Balxivon.

54. Jorxon maston.

55. Sumbulsoch beka.

56. Nurali va Qari Ahmad.

57. Nuralining yutilishi.

58. Malla savdogar.

59. Jahongir.

60. Ero`g`li (Shahidnoma, Go`ro`g`lining o`limi, Go`ro`g`lining g`oyib bo`lishi)

Bu dostonlar variantlari bilan birgalikda O`zbekiston Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida saqlanadi. Po`lkan shoirdan yozib olingan "Go`ro`g`lining tug`ilishi", "Go`ro`g`lining bolaligi" dostonlarida tasvirlanishicha, Go`ro`g`lining bobosi To`liboy sinchi Mari yurtining begi Kovishtixonning o`g`li bo`lib, yoshligida Yovmit podshosi Odilxonga asir tushadi.

To`liboy sinchining xizmatlaridan ko`ngli to`lgan Odilxon qizi Oyshani unga nikohlab beradi. Bulardan Go`ro`g`lining otasi Ravshan tug`iladi. Taka-Yovmit yurtining doimiy dushmani Shoxdorxonning navbatdagi bosqinlaridan birida Ravshan, shuningdek, Taka-turkman begi Jag`alixonning farzandlari Gajdumbek va Bibi Hilollar Zangar yurtiga asir tushib ketadi. Zangarda Ravshan bilan Bibi Hilol tasodifan uchrashib qolib, bir birlarini sevadilar va turmush quradilar.

Bu orada Ravshanning sinchiligidan Shohdorxon xabar topadi, uni saroyga chaqirtirib, otlarini ko`rsatadi va fikrini so`raydi. Ravshan bu otlar orasida tulpor yo`qligini aytib, bir holvachining otini maqtaydi. Bundan achchiklangan xon Ravshanning ko`zlarini o`ydiradi. Ravshan esa ko`r ko`zining xuniga holvachining otini tilab oladi, shu ot yordamida qaynag`asi Gajdumbek bilan Yovmitga qochadi. Ravshanning Zangarda qolgan xotini Bibi Hilol olti oylik homilasi bilan vafot etadi. Go`rda o`lik onadan bo`lajak qahramon Go`ro`g`li tug`iladi. Cho`pon Rustamning uyuridagi bir baytal uni emizadi va keyinchalik Go`ro`g`li Rustam yordamida shu baytalda Yovmitga qochib keladi.

Turkumning ilk dostonlarida yosh qahramonning chiltonlar bilan uchrashuvi, istiqbolining oldindan belgilanishi, epik Chambil yurtining bunyod etilishi, Yovmit eliga xon qilib ko`tarilishi kabi voqealar tasvirlangan. Turkumdagi "Yunus pari", "Misqol pari", "Gulnor pari" dostonlari Go`ro`g`lining uylanishi va shu bilan bog`liq qahramonliklariga bag`ishlangan. Epik anʼanaga ko`ra, Go`ro`g`lining ikki xotini - Yunus va Misqol (Po`lkan shoir varianti bo`yicha uchinchisi - Gulnor) parilar Ko`hiqofda Eram bog`ida yashaganlar, ularni g`ayritabiiy kuchlar - devlar qo`riqlagan.

Parilar Go`ro`g`liga ilgaridan "belgilangan", "atalgan" bo`lsalarda, Go`ro`g`li ularni mashaqqatlar bilan, kuch, aql, farosat, tadbirkorlik bilan qo`lga kiritadi. Turkumdagi "Zaydinoy", "Rayhon arab", "Chambil qamali", "Bektosh arab" va boshqa dostonlarda Go`ro`g`lining Chambil yurtining tashqi dushmanlariga qarshi kurashlari, bosqinchi va talonchilar sifatida Rayhon arab, Bektosh arab, Xunxorshoh l tasvirlanadi.Turkumda Go`ro`g`lining bahodir 40 yigiti (Zamonbek, Shodmonbek, Xidirali, To`lak botir, Xoldorxon va b.) faoliyatiga alohida-alohida dostonlar ("Xoldorxon", "Zamonbek", "Xidirali elbegi", "Berdiyor otaliq", "Qirq yigit bilan qirq qiz", "Doniyorxo`ja" va b.) bag`ishlangan. Ular epik o`lka - Chambilning ozodligi, xalqining farovonligi uchun Go`ro`g`li bilan bir safda turib kurash olib boradilar .

Turkumdagi anchagina dostonlarda Go`ro`g`lining asrandi o`g`illari (Hasan, Avaz), nevaralari (Nurali, Ravshan), va evarasi (Jahongir)ning qahramonona sarguzashtlari hikoya qilinadi. Bu dostonlar o`zaro muayyan turkumchalarni tashkil etadi. Bu ichki turkumlar asrandi farzandlarning olib kelinishini tasvirlovchi dostonlar ("Hasanxon", "Avazxon") bilan boshlanadi. Hasan va Avazning mustaqil epik tarjimai holi har bir turkumda muayyan o`rin tutadi.

Hasanxon turkumda faqat bir doston ("Dalli")da, Avazxon esa ko`p dostonlar ("Balogardon", "Intizor", "Bo`tako`z", "Qunduz bilan Yulduz", "Zulfizar bilan Avaz", "Gulixiromon", "Malika ayyor", "Mashriqo" va b.)da bosh qahramon sifatida ishtirok etadi. Turkumning so`nggi dostoni "Ero`g`li"da Go`ro`g`lining keksaygan davri va Sulduzi tog`ida g`oyib bo`lishi tasvirlanadi."Go`ro`g`li." turkumi dostonlari xalq hayoti va turmushini, uning orzu-umidlari va yuksak maqsadlarini, maʼnaviy-estetik olamini keng miqyosda badiiy aks ettiruvchi asar sifatida bebaho meros sanaladi.

"Mutaxassislarning fikriga qaraganda, Go`ro`g`lining qahramonona sarguzashtlari va ko`rsatgan jasoratlari to`g`risidagi ilk epik rivoyatlar XVI asrda yuzaga kelib, xalq dostonchiligining badiiy an`analri doirasida "Go`ro`g`li" dastlabki na`munalari yaratilgan. XVI-XVIIasrda Xorazim vohasi va Amudaryoning o`rta hamda quyi oqimi bo`yida ro`y bergan tarixiy-folkloriy jarayonlar, xususan, baxshilar epik ijodiyotida romantik dostonlarning intensiv yaratilishi natijasida Go`ro`g`li haqidagi dostonlarning ko`plab syujetlari shakllangan. Keyinchalik bu turkumga mansub dostonlar Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent va Farg`ona vodiysida isteqomat qiluvchi xalq baxshilari epik repertuarida muhtasham epos sifatida kuylana boshlagan. Shunday bo`lsa-da, bu turkumga mansub ko`pgina epik syujetlarining tarixiy ildizlari xalqimizning g`oyat qadimiy mifologik tasavurlariga borib taqalishi ham qiziqarlidir.

Xususan atoqli olim H. Zarifov folklor va arxeologiya materiallarini qiyosiy o`rganish natijasida, milodning V-VI asrda yasalgan bir oltin to`qada bulung`urlik zukko xalq baxshisi Fozil Yo`ldosh o`g`li kuylagan "Malika ayyor" dostoni qahramonlari Avazxon, Shoqalandar va Shozargarning sahrodagi ulkan chinor daraxti tagida uchrashib, yarog`- aslahalarini daraxt shoxiga ilib qo`yib dam olishi lavhasi aks ettirilganligini aniqlagan ediki, ana shu ma`lumotning o`ziyoq "Go`ro`g`li" turkumi dostonlarining tarixiy asoslari olis moziyga dahldorligidan dalolat beradi"1. 1 Go'ro'g‘li: o'zbek xalq dostonlari-Toshkent. Cho'lpon nomidagi NMIU, 2017. 4-5-betlar.

Xo`shboq baxshi 1998-yilda "Jayhun" nashriyotidan "Go`ro`g`li" turkumiga kiruvchi "Balogardon" dostonini nashr etiradi. Bu ham baxshi repertuarida Go`ro`g`li turkum dostonlarning o`rni va qadri balandligidan dalolatdir. Baxshining sa`yharakati bilan xalqimizning yana bir noyob durdonasi umirboqiy bo`ladigan bo`ldi.

"Go`ro`g`li" turkumiga kiruvchi "Go`ro`g`lining tug`ilishi", "Zarkokil va Nurali" kabi dostonlarni nashr ettirgan. Baxshi ijodining sermaxsulligi, ko`lami kengligi va xalq orasida qadri balandligi bilan ajralib turadi.

"Go`ro`g`li" turkumiga kiruvchi "Soqibulbul" dostoni asirlar davomida ko`plab baxshilar tomonidan ijro etilib kelingan bo`lsa-da folklorshunoslar tomonidan yozib olinmagan, ilk bor ushbu dostonning Sherobod dostonchilik maktabining namoyondasi Sherna baxshi Beknazar o`g`li nabirasi Xo`shboq baxshi Mardonaqulov talqinidagi namunasi Sherna baxshining chevarasi Nargiza Rahmatullayeva tomonidan yozib olindi. Doston 2020-yil "Surxon-Nashr" nashriyotida nashr qilindi.

Dostonda Go`ro`g`li ilk bor Soqibulbulni tushida ko`rganligini va uning nazarkarda ekanligini bilib, izlab topgani tilga olindi. Soqibulbul Chambilga kelgac, Go`ro`g`liga uchta xislati borligini aytadi. "Birinchi xislating, do`stim senga tig` o`tmaydi. Ikkinchi xislating, sen kimga bir so`z aytsang, so`zing yerda qolmaydi, uchunchisi, sening o`lganingni hech kim ko`rmaydi", -deydi.

"Go`ro`g`li" turkumiga kiruvchi dostonlarning 46 variantini aytib, Go`ro`g`lining nomini olamga doston qilgan, qadim-qadimlardan beri aytilib kelinayotgan noyob durdona dostonlarni xalqqa yetkazgan Xo`shboq baxshi Soqibulbulni ham yuksak mehr bilan xalqqa taqdim etdi. Bu doston ham xalq og`zaki ijodining o`lmas xazinasi bo`lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Akromov, A. A., & Mehridinovna, A. G. (2022). TECHNOLOGIES FOR

IMPROVING THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF

STUDENTS ON THE BASIS OF A CREATIVE APPROACH. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 639-642.

Mexridinovna, A. G. (2021). INTEGRATIVE APPROACH TO INCREASING

THE EFFECTIVENESS OF FINE ARTS CLASSES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 351-354.

Mirzayeva, F. O., & Abulova, M. K. (2023). PREPARING FUTURE

TEACHERS FOR EDUCATIONAL ACTIVITY BASED ON INNOVATIVE

TECHNOLOGIES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(12), 548-552.

Abulova, M. K. (2023). The Concept of the Family in Modern Society and its Main Tasks in the Republic of Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 20, 47-51.

Abulova, M. K. (2023). THE ROLE OF LEGAL EDUCATION IN

REFORMING THE EDUCATION SYSTEM. World Bulletin of Social Sciences, 22, 39-40.

Тилеумуратова, Б. А. (2015). Ресурсоведческая характеристика некоторых видов лекарственных растений в Каракалпакстане. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences, (5-6), 21-23.

Халмуратов, П., Кутлымуратова, Г. А., & Романова, Л. К. (2017). Биоэкологические особенности atropabelladonnal. При интродукции в условиях Каракалпакстана. Вестник науки и образования, 1(3 (27)), 30-32.

Кутлымуратова, Г. А. (2013). К вопросу интродукции лекарственных растений в условиях Республики Каракалпакстан. Аспирант и соискатель, (4), 88-90.

Косназаров, К. А., Кутлымуратова, Г. А., & Романова, Л. К. (2013).

АНТРОПОГЕННОЕ ВЛИЯНИЕ НА ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ

РАСТЕНИЙ MATRICARIA L. И ИХ ФИТОЦЕНОЗОВ В УСЛОВИЯХ

РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. SCIENCE AND WORLD, 59.

Ochildiyevna, Y. M., & Bozorovna, C. S. (2023). TABIAT BILAN

TANISHTIRISH ORQALI BOLALAR NUTQINI O’STIRISH. Journal of Universal

Science Research, 1(12), 621-624.

Ochildiyevna, Y. M. (2023). Pedagogical skill of the educator. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 20, 5-7.

Ochildiyevna, Y. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI

BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 17(1), 160-164.

Ochildiyevna, Y. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA

SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINING AHAMIYATI. JOURNAL OF

INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 6(2), 295-298.

Ochildiyevna, Y. M., & Achildiyevna, S. F. (2023). MODERN

TECHNOLOGIES FOR INTRODUCING SCHOOL-AGE CHILDREN TO

NATURE.

Mehriniso, Y. (2022). MAKTABGACHA TALIM YOSHIDAGI

BOLALARDA MADANIY XULQ ATVORNI SHAKLLANTIRISH. Евразийский

журнал права, финансов и прикладных наук, 2(2), 255-259.

Sarvinoz, E. (2022). THE ESSENCE OF THE DEGREEONYY OF

SYNONYMS FROM THE STANDPOINT OF THE FUNCTIONAL-SEMANTIC

APPROACH. Conferencea, 186-188.

Nazarovna, X. D., & Uktamovna, E. S. (2023). THE PECULIARITY OF

GAMES IN EXPANDING CHILDREN'S THINKING RELAY. Galaxy International

Interdisciplinary Research Journal, 11(5), 620-621.

Uktamovna, E. S., Nasiba, X., Dilafruz, I., & Saodat, S. (2023). MTT VA OILA BILAN HAMKORLIK. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 400-407.

Sarvinoz Uʻktamovna , E. ., & Nozimaxon Shavkat qizi, M. (2022).

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY-HISSIY

KOMPETENTSIYANI RIVOJLANTIRISH. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(5), 1111–1113. извлечено от

Intizor , X., Gulhayo, X., & Nafisa, N. . (2022). MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARIDA XALQ OG’ZAKI IJODINING O’RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 623–625. извлечено от ноябрь 2022 г.)

Sarvinoz, E., Intizor, X., & Gulhayo, X. (2022). MAKTABGACHA

TA'LIMNING USTUVOR VAZIFALARI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(13), 556-561.

Sarvinoz, E. (2022). SYNONIMICAL DEGREENYMY AS A STYLISTIC

PHENOMENON IN ENGLISH AND UZBEK LITERATURE

DISCOURSE. Conferencea, 189-191.

Kurbonalieva, M. S. (2020). THE STRUCTURE AND THE FEATURES OF

“TAZKIRAT-USH-SHUARA” MUTRIBI SAMARKANDI. Theoretical & Applied Science, (6), 581-585.

Ermatova Mehriniso Bekmurodovna (2022) STEAM TA’LIM

TEXNOLOGIYASINING MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALAR

TA’LIMIDAGI AHAMIYATI IJODKOR O'QITUVCHI 2(24) 201-203

Bekmurodovna, E. M. (2023). MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI

BOLALARNI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHINING ROLI.

BOLALARNI XUSHMUOMALALIKKA O'RGATISH. Scientific Impulse, 1(7), 521-523.

Ermatova Mehriniso Bekmurodovna (2023). STEAM TA’LIM ORQALI BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH. Новости образования: исследование в XXI веке 1(5) 1219-1221

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.