HUDUDLARNI INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIGINI OSHIRISH
Turdialiyeva Masuda Rahimjon qizi – magistr*
*Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Annotatsiya. Maqolada hududlarda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati, hududlar miqyosidagi bu boradagi ko’rsatkichlar tahlili haqidagi izlanishlar natijalari bayon qilingan,
Kalit so’zlar. investitsiya, hududlar, jozibadorlik, muhit, oshirish, xorijiy investitsiya, iqtisodiyot, rivojlanish, bozor, barqarorlik, valyuta.
INCREASING THE INVESTMENT ATTRACTIVENESS OF AREAS
Abstract. The article describes the reforms implemented in our country to increase the investment attractiveness of the regions and their importance today, the results of the research on the analysis of indicators in this regard at the regional scale,
Key words. investment, regions, attractiveness, environment, increase, foreign investment, economy, development, market, stability, currency.
ПОВЫШЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ
РАЙОНОВ
Абстрактный. В статье описаны реформы, реализуемые в нашей стране с целью повышения инвестиционной привлекательности регионов и их значение сегодня, результаты исследования по анализу показателей в этой связи в региональном масштабе,
Ключевые слова. инвестиции, регионы, привлекательность, окружающая среда, прирост, иностранные инвестиции, экономика, развитие, рынок, стабильность, валюта.
So’nggi yillarda jahonda ro’y berayotgan geosiyosiy vaziyatlar, iqlim o’zgarishlari, ekologik muammolar jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda, iqtisodiy o‘sish sur’atlarida notekislik holatlari kuzatilmoqda, dunyo bozorida xomashyo tovarlari narxlari ko‘tarilmoqda, moliya tizimida nomutonosiblik sezilmoqda, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar zanjirlari zaiflashuvi yuz bermoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda jahonning yaxlit iqtisodiy tizimida va har bir mamlakat iqtisodiy chora-tadbirlar ko’rilishi taqoza etiladi. Shu sababli bizning mamlakatimizda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ko‘rish eng muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Аynan shu maqsad yo‘lida mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha qator strategik kontseptsiyalar ishlab chiqilmoqda va ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda [1]. Milliy iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirilishi, zamonaviy sohalar va tarmoqlarning vujudga kelishi, ishlab chiqarishning diversifikatsiya qilinishi, munosib investitsiya muhitining shakllanishi va iqtisodiy hayotga innovatsion texnologiyalarning samarali joriy etilishi natijasida sezilarli iqtisodiy yutuqlarga erishildi, jumladan iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi [2]. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bir davrni boshlab berdi, ijtimoiyiqtisodiy sohalarda ko‘plab yutuqlarning qo‘lga kiritilishiga va yillar davomida to‘planib qolgan bir qator muammolarni hal etilishiga erishildi. Jumladan, investorlarning O’zbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga to’sqinlik qilgan barcha omillar bartaraf etilib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratildi, 2017- yilda milliy valyuta-so‘mning erkin konvertatsiyasi joriy qilinib, xorijiy investorlarning faoliyat ko’rsatishi bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi. Shuningdek, soliqlarning umumiy soni 13 tadan 9 tagacha kamaytirildi, mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobarga pasaytirildi, 6 mingga yaqin import boj stavkalarini pasaytirish choralari ko‘rildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi [3]. Ushbu hujjatda asosiy yo’nalishlardan biri sifatida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta‘minlash vazifasi qo‘yilgan. Taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra, keyingi besh yilda YaIM hajmini 100 milliard AQSh dollariga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 2500 AQSh dollariga va 2030-yilgacha bo’lgan muddat ichida 4200 AQSh dollariga yetkazishni hamda xususiy sektorning YaIMdagi ulushini 80 foizga yetkazish mo‘ljallangan. Mazkur strategiya bilan hamohang ravishda mamlakatimizda uzoq muddatli barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida “O’zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi” ishlab chiqilgan. Kontseptsiyaga asosan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlar raqobatbardoshligini, investitsion va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shartsharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlarini o’stirish va kam ta’minlanganlikni qisqartirish kabi ustuvor vazifalarni hal etish belgilangan. Iqtisodiy o‘sish, umuman olganda biror-bir ijtimoiy-iqtisodiy tizimning yoki mamlakatning rivojlanish darajasini ifoda etuvchi iqtisodiy mezon hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish jamiyatning rivojlanish istiqbollarini belgilash imkonini beradi, resurslarning cheklanganligi muammosini hal etish uchun sharoit yaratadi. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish masalalarini tadqiq qilishda u bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish hajmining qisqa muddatda ko‘payib ketishi va mamlakatning ravnaqi emas, balki uzoq muddatli vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish real hajmi tabiiy darajasining uzoq muddatli o‘sishi ahamiyatga egadir [4]. O‘z navbatida, har qanday mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o’rganish va tahlil qilish dolzarb ahamiyatga ega masaladir. O‘zbekistonning o‘ziga xos shart-sharoitlari va bozor tamoyillari asosida rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida ekanligi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, milliy iqtisodiyotning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan biri sifatida iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda, mamlakatning iqtisodiy hayotida investitsiya faoliyatini yuritish, investitsiya muhitini yaratish va investitsion jozibadorlikni oshirish masalalari davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan bo‘lib, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, “Investitsiya siyosati - O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini ta’minlashga, investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo‘naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o‘zaro bog’liq tadbirlar majmui” sifatida e’tirof etiladi [5]. Investitsiya bilan birga turli sohalarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi, bu esa milliy iqtisodiyotimizning faol o‘sishini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Xususan, 2022-2026-yillar davomida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish orqali, 120 milliard АQSh dollari, jumladan 70 milliard AQSh dollari xorijiy investitsiyalarni jalb etish mo‘ljallangan [6]. Dunyo miqiyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozning ta’siriga qaramasdan investitsiyalarni jalb etishni samarali amalga oshirish uchun mamlakatimizda yetarli imkoniyat mavjud. Respublikamizda bevosita yuz berayotgan muhim tarkibiy o‘zgarishlar, uning tabiiy resurslarga boyligi, ishchi kuchining yetarliligi va tadbirkorlik faoliyatining keng-ko’lamli rivojlanib borayotganligi investitsiya muhitini yanada jozibador qilishni ta’minlay oladi. Shu boisdan ham investitsiyalarni jalb etish milliy iqtisodiyotimiz rivojlanishi uchun ob’ektiv zaruratga aylangan [7].
O‘zbekistonning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish iqtisodiy barqarorlikning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlar tadbirkor va investorlarning mamlakat iqtisodyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Bu esa investitsiyalar hajmining ortishiga ham sabab bo‘lmoqda. Shunga qaramasdan, hududlar miqyosidagi investitsiyaviy faollik darajasida o‘zaro nomutanosibliklar mavjud.
Bunday holat hududlarning iqtisodiy salohiyati va resurslar taqsimotidagi o‘ziga xos jihatlar bilan bir qatorda, ichki va tashqi omillarning ta’siri natijasi hamdir. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va belgilangan strategik maqsadlarga erishish hududlarning investitsion faolligini uzluksiz va davriy ravishda tahilil qilib borishni taqazo etadi.
O‘zbekistonda 2023-yilning dastlabki 9 oyi davomida hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish samaradorligini tahlillari shuni ko’rsatadiki 2023-yilning dastlabki 9 oyi mobaynida aksariyat hududlarda investitsiyaviy faollik o‘sish dinamikasini qayd etilgan va asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi ortgan. Asosiy kapitalga investitsiyalarning respublika bo‘yicha o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 11,8 foizga teng bo‘lgan. Hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent (25,9 foiz), Samarqand (21,2 foiz), Jizzax (20,8 foiz) viloyatlarida qayd etilgan. Jami investitsiyalarning ortishi asosan xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish hisobiga ta’minlangan. Ma’lumot uchun: birgina Samarqand viloyatida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida korxona mablag‘lari hisobidan investitsiyalar 1,6 marotaba, tijorat banki kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 2,4 marotaba ortgan [8]. Sirdaryo (10,0 foiz), Xorazm (5,4 foiz) va Qashqadaryo (0,4 foiz) viloyatlarida asosiy kapitalga investitsiyalarning pasayish dinamikasi qayd etildi.
Sirdaryo viloyatida barcha markazlashgan investitsiyalar, shuningdek, Xorazm viloyatida byudjet mablagʻlari va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan investitsiyalarning qisqarishini jami investitsiyalarning kamayishiga asosiy sabab sifatida keltirish mumkin.
Qashqadaryo viloyatida esa investitsiyalarning qisqarishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hamda aholi investitsiyalari hisobiga yuz bergan. Ma’lumot uchun: Sirdaryo viloyatida jami markazlashgan investitsiyalar hajmi 51,2 foizga kamaygan bo‘lsa, Xorazm viloyatida byudjet mablagʻlari hamda byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan investitsiyalar mos ravishda 8,9 va 6,6 foizga pasaygan [9]. Joriy yilning 9 oyi davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdorining o‘sish dinamikasi o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan hududlar miqyosida turli xil tendensiyalarga ega bo‘ldi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, mamlakatning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi bilan asosiy kapitalga investitsiyalar omili o‘rtasida to‘g‘ri bog’liqlik mavjud bo’lib, iqtisodiyotda investitsiyalar hajmining ortishi yalpi ichki mahsulot hajmining oshishiga bevosita sabab bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan milliy iqtisodiyotga jalb etilgan investitsiyalar xajmini ko‘paytirish, ularning jozibadorligi oshirish, ayniqsa xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari ko’rilishi lozimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. A.Abdulloev,S.Amonov.Mintaqa innovatsion jozibadorligini
baholash usullar. Agroiqtisodiyot jurnali,7-10 betlar 2/2022
2. Ashurova N. B, Boborajabova S. F. Investitsion jozibadorlikni
oshirish va xalqaro reyting, indekslar tahlili.International scientific and practical
conference. “Improving Uzbekistan’s position in international ratings and
indexs:theory, practice and strategy”. 450-452 pp., November 17/2023 .
3. Azimovna, R. F. (2024). Youth Entrepreneurship and its
Development Measures. Best Journal of Innovation in Science, Research and
Development, 3(1), 340-343.
4. Sh.M. Mirziyoev. “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot
strategiyasi sari” tamoyiliga asosan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022–
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida” 2022-yil 28- yanvardagi PF-60-son Farmoni.
5. Raxmatov.Sh.D. Hudud investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning
ilgʻor xorij tajribalari. 18-23 b., Scientific Journal of “International Finance &
Accounting” Issue 6, December 2023. ISSN: 2181-1016
6. Mirzaev I.Q. Investitsion jozibаdorlikni oshirish milliy iqtisodiyot
bаrqаror o’sishining gаrovidir: nаzаriya, tаhlil vа nаtijаlаr. “O‘zbekiston
statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.1-10 b., 4-son 2022-yil
7. F.O. Otaboev. Iqtisodiy o‘sish va unga ta‘sir etuvchi omillar.
8. R.X. Zayniddinov. O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini
oshirish borasida ilg‘or horijiy tajribalardan foydalanish yo‘llari// “Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar” ilmiy electron jurnali, 2020-yil, 5-son, 90-101
betlar.
9. Рахматуллаева, Ф., & Шаробиддинов, А. (2023). YALPI
HUDUDIY MAHSULOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO ‘LLARI.
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные
проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and
Social Sciences., 3(S/4), 140-146.
10. I.Xudoyberdiyev., M.Karimov. 2023-yilning yanvar-sentyabr
oylari yakuniga ko‘ra, hududlar miqyosida investitsiyalarni jalb qilish
samaradorligi indeksi. 2023 y. MHTI instituti.
11. stat.uz
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.