ASR MUDOFAA INSHOOTLARI TOʻG’RISIDA
Tarix fanlari bo‘yicha
Usmanova Inobat Ibragimovna Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va Tarix fakul’teti “Milliy g‘oya va
falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi,
inobatusmanova540@gmail.com tel:+998904328775
“Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi
Djumaniyova Maryamjon Maxmudovna
Annotatsiya: Sho‘ro xokimiyati yillarida Xorazm vohasi va unga qoʻshni Sariqamishboʻyi havzasi sarhadlaridagi qishloq va shaharlarda turli arxeologik ekspeditsiya va arxeologik guruhlar hodimlari tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlar.
Kalit so‘zlar: Sariqamishboʻyi havzasi, A. Yu. Yakubovskiy, S. A. Yershov, Dargʻon qalʼasi, Ya. Gʻ. Gʻulomov, Teshikqalʼa, Burgutqalʼa, Norinjanbobo, Xazorasp, Xeykanik, Burgutqalʼa va Katqalʼa, Ye. Ye. Nerazik, Yu. A. Rapoport va A. N. Gertmanlar.
О ДРЕВНИХ И РАЗВИТЫХ СРЕДНЕВЕКОВЫХ ОБОРОНИТЕЛЬНЫХ
СООРУЖЕНИЯХ ХОРАЗМА В РАБОТАХ ИССЛЕДОВАТЕЛЕЙ
ПЕРИОДА СОВЕТСКОЙ ВЛАСТИ
Аннотация: В годы правления Шуры археологические исследования проводились сотрудниками различных археологических экспедиций и археологических групп в селах и городах на границах Хорезмского оазиса и прилегающей к нему Сарыкамышбойской котловины
Ключевые слова: Бассейн Сарыкамышбой, А.Ю. Якубовский, С.А. Ершов, Дарганский замок, Я. Г. Гуломов, Тешиккала, Бургуткала, Норинжанбобо, Хазорасп, Хейканик, Бургуткала и Каткала, Е. Есть. Неразик.
ON THE ANCIENT AND DEVELOPED MEDIEVAL DEFENSE
CONSTRUCTIONS OF KHORAZM IN THE WORKS OF RESEARCHERS
OF THE SOVIET AUTHORITY PERIOD
Abstract: During the years of Shura rule, archaeological research was carried out by employees of various archaeological expeditions and archaeological groups in the villages and towns on the borders of the Khorezm oasis and the adjacent Sarikamishboy basin
Key words: Sarikamishboyi basin, A. Yu. Yakubovsky, S. A. Yershov, Dargan Castle, Ya. G. Gulomov, Teshikkala, Burgutkala, Norinjanbobo, Khazorasp, Heikanik, Burgutkala and Katqala, Ye. Eat. Nerazik, Yu. A. Rapoport and A. N. Hertman.
Sho‘ro xokimiyati yillarida Xorazm vohasi va unga qoʻshni Sariqamishboʻyi havzasi sarhadlaridagi qishloq va shaharlarda turli arxeologik ekspeditsiya va arxeologik guruhlar hodimlari tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalarini aks ettirgan monografiya, risola, maqola va tezislardagi maʼlumotlar namoyon qiladi. XX asrning 20 - yillar oxiridan Xorazm vohasida oʻrta asrga mansub shahar tipidagi aholi punktlarini arxeologik jihatidan oʻrganish ishlari boshlanganini eslash lozim. A. Yu. Yakubovskiy Koʻhna Urganch, Mizdahqon yodgorliklarida arxeologik izlanishlarni olib borishi natijasida olingan ashyolar Buyuk Xorazmshohlar davrida kechgan tarixiy jarayonni yoritishda muhim oʻrin tutgan.1 Afsuski, yodgorlik qadimiy madaniy qatlamigacha arxeologik izlanishlar olib borilmaganligi sababli, uning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tarixi hanuzgacha ilmiy jihatidan oʻz isbotini topgan emas. S. A. Yershov esa, Dargʻon qalʼasi yuqori madaniy qatlamida arxeologik qazishmalarni olib borishi natijasida oʻrta asr jamiyatini yoritadigan materiallarni olishga muvaffaq boʻlgan.2 Xolbuki, Dargʻon mudofaa kompleksini oʻrganish masalasi eʼtibordan qolib ketgan.
Ikkinchi tarixiy davrda XX asrning 30 yillari oʻrtalaridan Xorazm vohasida kadimgi va rivojlangan urta asr davrlarda kechgan tarixiy dialektika taraqqiyotini oʻrganishda yangi davr boshlangan.Yangi davrning boshlanishi birinchi oʻzbek arxeologi, akademik Ya. Gʻ. Gʻulomov faoliyati bilan bogʻliq. 1936-yilda olim tomonidan Hazorasp, Xiva shaharlari tarixiga oid dastlabki fikr-mulohazalari diqqatga 1 Якубовский. А. Ю. Развалины Ургенча. Л, 1930. 2 Ершов. С. А. Археологические памятники левого берега Амударьи//ВДИ. № 1//. М, “Наука”, 1941 sazovar. A. I. Terenojkin 1937-yildan Burgutqalʼa, Katqalʼa madaniy-xoʻjalik markazlarida arxeologik qidiruv ishlari jarayonida 22 ta qadimgi va ilk oʻrta asrlarga mansub yodgorliklarni roʻyhatga olish bilan bir vaqtda, Teshikqalʼa, Burgutqalʼa, Norinjanbobo yodgorliklarida qisman qazish ishlarini olib borishga muyassar boʻlgan 3. Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalariga koʻra, qadimgi va ilk oʻrta asrlarga oid tarixiy obidalar Xorazm arxeologik xaritasiga qayd qilingan, Xazorasp, Xeykanik, Burgutqalʼa va Katqalʼa markaziy-xoʻjalik markazlari tarixiga doir dastlabk ilmiy asosga ega boʻlgan tarixiy maʼlumotlar ilmiy jamoatchilik eʼtiboriga havola qilingan.
1930-yillar oʻrtalaridan eʼtiboran S. P. Tolstov rahbarligida Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan Xorazm vohasi, Sariqamishboʻyi sarhadlarida turli tarixiy sanalarda aholi tomonidan barpo qilingan qishloq va shaharlarni qidirib topish, ularni roʻyhatga olish, ularda asrlar davomida saqlanib kelgan sir-sinoatlarni maqsadli ravishda ilmiy jihatidan oʻrganish ishlarini boshlab yubordilar. 1937-1940-yillar mobaynida ekspeditsiya xodimlari jasorati tufayli vohaning arxaika, antik va ilk oʻrta asr jamiyatlarida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlarni yoritadigan noyob ashyolarni olishga muyassar boʻldilar.Sobiq sovet davrida Xorazm vohasi va uning tabiiy davomi boʻlgan Sariqamishboʻyi sarhadlarida yostanib saqlanib qolgan qadimgi va ilk oʻrta asrlar qishloq va shaharlar tarixiga oid arxeologik materiallar serob boʻlib, ularning nazariy– qiyosiy tahlili eski jamiyat mafkurasi asosida olib borilganligi kuzatiladi. Xorazm vohasi qadimgi va ilk oʻrta asrlar davri yodgorliklaridan olingan arxeologik ashyolar oʻzbek davlatchiligi ilk bosqichi, uning shakllanish jarayoni va rivojlanish tarixini oʻrganishda muhim nazariy manba boʻlib hisoblanadi. Oʻlkamiz sarhadida ilk davlatchilikning vujudga kelishi va uning mahalliy ildizi, oʻziga xos xususiyatlari, ahamoniylar zulmidan ozod boʻlgan Xorazm davlatining turli tarixiy davr jarayonida rivojlanish bosqichlari, davlat boshqaruv tizimi, shaharsozlik madaniyati, uning rivojlanishiga imkon bergan mudofaa inshootlari kabi masalalari yaxlit tarzda obyektivlik, xolislik va mantiqiy tamoyillar asosida maxsus obyekt sifatida oʻrganilmaganligi kuzatiladi. Xorazm ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan yarim asrdan koʻproq maboynida Xorazmning qishloq va shaharlari tarixiga oid 3 Тереножкин. А. И. Археологические разведки в Хорезме.//СА. №V1//. 1940, с. 176-177. toʻplangan ashyolar tahliliga bogʻishlangan tarixiy asarlardagi maʼlumotlar inkor qilinmaydi, ammo olingan arxeologik ashyolar qaysi tarixiy davr, qaysi mafkura metodologik uslubida ilmiy tahlil qilinganini nazarga olish joiz. Akademik Ya. Gʻ. Gʻulomov yozma manbalardagi maʼlumotlarni arxeologik ashyolar va etnografik materiallar asosida Xorazmning arxaik davrida vujudga kelgan shaharsozlik madaniyati va uning keyingi tarixiy davrlarda rivojlanishiga manba boʻlgan sugʻorish inshootlari faoliyatining tarixiy axamiyatini aks ettirgan tarixiy maʼlumotlari tadqiqotchilar uchun ilmiy ahamiyati saqlanib kelmoqda.4
A. S. Kes, S.P.Tolstov, B. A. Andrianov asarlarida qadimgi Xorazm vohasida tabiiy-gegrafik sharoit va antropogen landshaftning shakllanishi, Amudaryo, Sirdaryo irmoqlari faoliyati, magistral kanallar qurilishi tarixiga oid maʼlumotlarni qayd qilganlar. A. S. Kes tadqiqotlarida Quyi Amudaryo, Sariqamishboʻyi havzalari pasttekisliklari geologik va paleogeografik tuzilishi maʼlum maʼnoda oʻz mazmunini topgan.5 B. A. Andrianov asarlarida esa, yuqorida qayd qilingan sarhadlarda magistral inshootlar qurilishi, shu asosda dehqonchilik dala tizimi vujudga kelishi va rivojlanish tarixi keng tarzda yoritilgan.6 Xorazm vohasida qadimgi tosh davriga oid manzilgohlar Ye. B. Bijanov,7 A. V. Vinogradov tadqiqotlarida neolit, eneolit davri urugʻ jamoalari tabiiy ravishda vujudga kelgan koʻl, buloq atroflari va suv havzalari sohili yoqalarida yarim yertoʻla tipidagi chaylalarda olib borgan turmush tarzi tarixiga oid maʼlumotlar oʻrin olgan.8 Tadqiqotchi M. A. Itina Oqchadaryo havzasida eneolit va bronza davriga mansub obidalarda keng miqyosda olib borgan arxeologik izlanishlar natijasida qadimgi Xorazmda ilk urbanistik jarayon arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlarni yoritadigan ashyolarni olishga miyassar boʻlgan.9
S. P. Tolstov ilk maqolasida Koʻzaliqir qalʼasi joylashishi, topografik tuzilishi va 4Ғуломов. Я. Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Т, «Фан», 1959. 5Кесь. А.С. Причины изменения уровнья Арала в голоцене. //Известия Ан СССР, серия географических наук//. М. 1978 №1, с. 8-16. Он. же. Аральское море в голоцене//Этнография и археология Средней Азии//. М. «Наука»., 1979, с. 19-23. Он. же. Анропогенное воздействие на формирование релъфа аллювиально-дельтовых равнин Амударьи//Культура и искусство древнего Хорезма//. М., «Наука», 1981, с. 72-80. 6Андрианов. Б. В. Древние оросительные системы Приаралья. М., «Наука», 1969. 7Бижанов. Е .Б. Археологические памятники юго-восточного Устюрта. Нукус 1967; Его. же мезолитические и неолитечиские памятники северо-западного Устюрта//Археология Приаралья//. Вып-1, Ташкент. 1982. 8Винаградов. А.В. Древние охотники и рыбаловы Среднеазиатского междуречьия. М, “Наука”, 1981. Винаградов. А.В., Мамедов. Э. Д. Первобытный Лавлякан. М, “Наука”, 1975. 9Итина М.А. История степных племен южного Приаралья. М. 1977. mudofaa tizimi tarixini tahlil qilib,uni arxaika davriga mansubligi toʻgʻrisida xulosasi qayd qilingan.10 Ekspeditsiya xodimi O.A.Vishnevskaya Koʻzaliqirda arxeologik qazish ishlarini olib borishi natijasida, uning tarhi tuzilishi, mudofaa tizimi tarixiga oid yangi maʼlumotlar tahlili asosida, uni Xorazmning dastlabki siyosiy markazi degan xulosaga kelgan.11 Qoʻyqirilganqalʼada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan arxeologik ashyolar Xorazm vohasini ilk va soʻnggi antik dunyosi jamiyatida kechgan tarixiy jarayonni oʻrganishda muhim manba boʻlib hizmat qiladi.12 Tadqiqotchilar Ye. Ye. Nerazik, Yu. A. Rapoport va A. N. Gertmanlar tomonidan Tuproqqalʼada (Ellikqalʼa tumani) olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida olingan ashyolar (150ga yaqin devoriy tasvirlar va alebastrli haykallar bilan bezatilgan “taxt zali”, “shohlar zali”, “Gʻalaba zali”, “harbiylar zali”, “raqqosalar zali” va 120ga yaqin arxiv xujjatlari) Xorazmning soʻnggi antik davri jamiyatini qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy, etnomadaniy va diniy-mafkuraviy munosabatlarni oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.13
Tadqiqotchi M. G. Vorobyeva Burgutqalʼa vohasida qishloq tipidagi Dingʻiljida arxeologik izlanishlarni olib borishi jarayonida miloddan avvalgi V asrga oid noyob ashyolarni olishga muyassar boʻlgan.14 Yodgorlik uy-xonalaridan olingan ashyolar arxaika davri oxiridan qishloqlarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jarayoni jadal surʼatda kechishi boshlanganligini izohlaydi. Lekin, jamiyatda kechgan ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar ravnoqi maskan mukammal mudofaa tizimida oʻz aksini topmaydi. Ye. Ye. Nerazik Oqchadaryo havzasi sarhadida motiga-dehqonchilik xoʻjaligi bilan shugʻullangan qabilalar madaniyatini Yakkaparsan-2 maskani misolida oʻrgandi. Tadqiqotchi Oqchadaryo havzasida Afrigʻiylar davriga mansub boʻlgan qishloq jamoalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini 10Толстов С.П. «Городище с жилыми стенами»//КСИИМК, Вып XVII//. М 1947 с 3-8. 11Вишневская О.А. Раскопки на городище Кюзелигыр//АО 1971//. М, “Наука”, 1972. Её же. Раскопки на городище Кюзелигыр//АО 1977//. М, “Наука”, 1978; Её же. Раскопки на городище Кюзели-Гыр//АО 1982//. М, “Наука”, 1983.Ёе. Же. Вишневская. О. А. Рапопорт. Ю. А. Городище Кюзелигыр. К вопросу о ранным эпохе истории Хорезма//ВДИ, №2//. М, “Наука”, 1997, с. 150-173. 12Кой-крылган-кала- Памятник культуры в IV в. до н. э. IV в.н.э в древнем Хорезме. М., «Наука», 1967. 13 Неразик. Е. Е. Раскопки городища Топракалъа//КСИА, 132,//. М, “Наука”, 1972, с. 23-30, Ёё. же. Раскопки городище Топракалъа//АО-1974//. М, «Наука», 1975, с. 508-509. Рапопорт. Ю. А., Гертман. А. Н. Работы на Топраккалъе.//АО-1976//. М, «Наука», 1977, с. 539-540. Городище Топраккалъа. М, Наука», 1981. Топраккалъа. Даорец. М, «Наука», 1984. 14Воробъва. М. Г. Дингильже. Усадьба I тыс. до. н. э. в древнем Хорезме//МХЭ, Вып 9//. М, “Наука”,1973. oʻrganishni asosiy obyekt qilib olganligi diqqatga sazovar.15
M. G. Vorobyeva, M. S. Lapirov-Skoblo, Ye. Ye. Neraziklar Hazorasp shahar ichki qismi va mudofaa devoridaolib borilgan arxeologik izlanishlar natijalariga koʻra, shaharning vujudga kelish tarixiy sanasini mil. avv. IV asrga oidligi toʻgʻrisida xulosaga kelganlar. B. I. Vaynberg Sariqamishboʻyi havzasida joylashgan Quyisoy manzilida keng qamrovli arxeologik izlanishlarni olib borishi natijasida olingan temirdan qilingan xilma-xil mehnat qurollari, kulolchilik ashyolari, bronza va temirdan qilingan qurol-aslahalar, ikki va uch qirrali kamon oʻqlari, loy va toshdan yasalgan shar yadrolar va olamdan oʻtgan safdoshlar suyaklari qoʻyilgan loydan ishlangan silindr shakldagi ossuariy qoldiqlarini oʻrganish asosida maskanni Yakkaparsonliklar bilan tengdosh degan xulosaga kelgan.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Якубовский. А. Ю. Развалины Ургенча. Л, 1930.
2. Ершов. С. А. Археологические памятники левого берега Амударьи//ВДИ. № 1//. М, “Наука”, 1941
3.Тереножкин. А. И. Археологические разведки в Хорезме.//СА. №V1//. 1940, с. 176-177.
4. Ғуломов. Я. Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Т, «Фан», 1959.
5. Кесь. А.С. Причины изменения уровнья Арала в голоцене. //Известия Ан СССР, серия географических наук//. М. 1978 №1, с. 8-16. Он. же. Аральское море в голоцене//Этнография и археология Средней Азии//. М. «Наука»., 1979, с. 19- 23. Он. же. Анропогенное воздействие на формирование релъфа аллювиальнодельтовых равнин Амударьи//Культура и искусство древнего Хорезма//. М., «Наука», 1981, с. 72-80.
6. Андрианов. Б. В. Древние оросительные системы Приаралья. М., «Наука», 1969.
7. Бижанов. Е .Б. Археологические памятники юго-восточного Устюрта. Нукус 1967; Его. же мезолитические и неолитечиские памятники северозападного Устюрта//Археология Приаралья//. Вып-1, Ташкент. 1982. 15Неразик. Е. Е. Раскопки Якка-Парсан-2 в 1958-1961гг//МХЭ. Вып. 2//. М, “Наука”, 1963. Её. же. Усадьба в ЯккаПарсонском оазисе//Приаралье в древности и средневековья//. М, “Наука”, 1998, с. 172-186. Ёё. же. Сельские поселения афригидского Хорезма. М.”Наука”, 1966. Ёё. же. Селъское селище Хорезма. М, «Наука», 1967.
8.Винаградов. А.В. Древние охотники и рыбаловы Среднеазиатского междуречьия. М, “Наука”, 1981. Винаградов. А.В., Мамедов. Э. Д. Первобытный Лавлякан. М, “Наука”, 1975.
9.Итина М.А. История степных племен южного Приаралья. М. 1977.
10.Толстов С.П. «Городище с жилыми стенами»//КСИИМК, Вып XVII//. М 1947 с 3-8.
11.Вишневская О.А. Раскопки на городище Кюзелигыр//АО 1971//. М, “Наука”, 1972. Её же. Раскопки на городище Кюзелигыр//АО 1977//. М, “Наука”, 1978; Её же. Раскопки на городище Кюзели-Гыр//АО 1982//. М, “Наука”, 1983.Ёе. Же. Вишневская. О. А. Рапопорт. Ю. А. Городище Кюзелигыр. К вопросу о ранным эпохе истории Хорезма//ВДИ, №2//. М, “Наука”, 1997, с. 150-173.
12. Кой-крылган-кала- Памятник культуры в IV в. до н. э. IV в.н.э в древнем Хорезме. М., «Наука», 1967.
13. Неразик. Е. Е. Раскопки городища Топракалъа//КСИА, 132,//. М, “Наука”, 1972, с. 23-30, Ёё. же. Раскопки городище Топракалъа//АО-1974//. М, «Наука», 1975, с. 508-509. Рапопорт. Ю. А., Гертман. А. Н. Работы на Топраккалъе.//АО-1976//. М, «Наука», 1977, с. 539-540. Городище Топраккалъа. М, Наука», 1981. Топраккалъа. Даорец. М, «Наука», 1984.
14. Воробъва. М. Г. Дингильже. Усадьба I тыс. до. н. э. в древнем Хорезме//МХЭ, Вып 9//. М, “Наука”,1973.
15. Неразик. Е. Е. Раскопки Якка-Парсан-2 в 1958-1961гг//МХЭ. Вып. 2//. М, “Наука”, 1963. Её. же. Усадьба в Якка-Парсонском оазисе//Приаралье в древности и средневековья//. М, “Наука”, 1998, с. 172-186. Ёё. же. Сельские поселения афригидского Хорезма. М.”Наука”, 1966. Ёё. же. Селъское селище Хорезма. М, «Наука», 1967.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.