BOG‘LIQ MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Iqtisodiyot va servis instituti
i.f.d. Otajanov U
Iqtisodiyot va servis institute magistranti
Abduraxmonov X
Annotatsiya:Мақолада tijorat banklari depozit siyosatini amalga oshirish bilan bog’liq muammolar va ularning yechimlari таҳлил қилинган. Banklararo raqobat sharoitida tijorat banklarining kredit operatsiyalari samaradorligini oshirish ularning jalb qilingan mablag‘larining barqarorligini ta’minlash бўйича хулоса, тавсия ва таклифлар берилган.
ПРОБЛЕМЫ, СВЯЗАННЫЕ С РЕАЛИЗОВАНИЕМ ДЕПОЗИТНОЙ
ПОЛИТИКИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ И ИХ РЕШЕНИЯ
Аннотация (рус) В статье анализируются проблемы, связанные с реализацией депозитной политики коммерческих банков и пути их решения. В условиях межбанковской конкуренции даются выводы, рекомендации и предложения по повышению эффективности кредитных операций коммерческих банков и обеспечению устойчивости их заемных средств.
PROBLEMS RELATED TO THE IMPLEMENTATION OF THE DEPOSIT
POLICY OF COMMERCIAL BANKS AND THEIR SOLUTIONS
Abstrakt The article analyzes the problems related to the implementation of the deposit policy of commercial banks and their solutions. In the conditions of interbank competition, conclusions, recommendations and suggestions are given to improve the efficiency of credit operations of commercial banks and ensure the stability of their borrowed funds.
Key words: Deposits, mandatory reserves, amount of liquidity in banks, reserve rates, risk taking of bank assets.
Ключевы слова: Депозиты, обязательные резервы, объем ликвидности в банках, резервные ставки, принятие риска банковскими активами.
Kalit so‘zlar: depozitlar, majburiy zaxira, banklarda likvidlik miqdori, zaxira stavkalari, banklari aktivlarini riskka tortish.
KIRISH
Banklararo raqobat sharoitida tijorat banklarining kredit operatsiyalari samaradorligini oshirish ularning jalb qilingan mablag‘larining barqarorligini ta’minlash orqali yuzaga keladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlash jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish ularning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni taqozo etadi. O‘z navbatida, banklar resurs bazasining mustahkamligi yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari miqdorining o‘sib borishiga, ularning miqdor va muddat jihatdan barqarorligini ta’minlashga bog‘liq.
Tijorat banklari tomonidan aholi va xo‘jalik sub’ektlari talablarini hisobga olgan holda depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, shu jumladan, uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarni chiqarish, subordinar qarzlarni faol jalb qilish bankning depozit siyosatini boshqarish amaliyotga bevosita bog‘liqdir.
Tijorat banklari depozit strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo‘llashda tijorat banklari depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning sababi shundaki, tijorat banklarining depozit siyosatida qo‘llanilayotgan taktik vositalarning qay darajada depozit strategiyasiga mos kelayotganligini aniqlash imkoniyati tijorat banki depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida yuzaga keladi.
Respublikamiz banklararo raqobat sharoitida tijorat banklari depozit siyosatini takomillashtirish borasida qator muammolar majud bo‘lib, ulardan quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
1.Tijorat banklarining depozit bazasining zaifligi muammosi. Respublikamizning bir qator yirik tijorat banklarining depozit bazasining umumiy hajmida talab qilib olinguncha depozitlarning salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda.
Bu holat tijorat banklarining depozit bazasining zaif ekanligidan dalolat beradi o‘z navbatida, tijorat banklarining depozit bazasining zaif ekanligi ularga aktiv operatsiyalar hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini bermaydi. Bundan tashqari, transaksion depozitlarning yirik salmoqqa ega ekanligi tijorat banklarining likvidliligiga salbiy ta’sir qiladi.
2. Respublikamiz banklarida mijozlarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini muddatli va jamg‘arma depozit hisobraqamlariga jalb etish borasidagi tadbirlarning samaradorlik darajasining pastligi. Ushbu muammo banklarning foydasini taqsimlash jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Buning boisi shundaki, mijozlarni o‘z pul mablag‘larini banklarning muddatli va jamg‘arma depozit hisobraqamlariga qo‘yishga undaydigan, rag‘batlantiradigan asosiy omil bu depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkasi hisoblanadi. Shuning uchun ham rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida depozitlarga to‘lanadigan foizlar jami foizli xarajatlarning mutlaq asosiy qismini tashkil etadi.
Respublikamizning bir qator yirik tijorat banklarida, xususan, “Asaka” AJ bankda foizli xarajatlarining asosiy qismi banklararo kreditlar uchun to‘langan foizlarga to‘g‘ri keladi. Banklararo kreditlar esa, moliyalashtirishning nisbatan qimmat bo‘lgan shakli hisoblanadi. Demak, bu holat bankning xarajatlarini o‘sishiga olib keladi.
3. O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining faoliyatiga nisbatan qo‘llanilayotgan joriy likvidlilik koeffitsienti tijorat banklarining likvidli aktivlarini transaksion depozitlar va bank to‘lovlarining umumiy summasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bankda transaksion depozitning summasi qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik katta miqdorda likvidli aktivlarni saqlab turishga majbur bo‘ladi.
4.Respublikamiz bank amaliyotida tijorat banklarining resurs bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan majburiy zahira talabnomalarining yuqoriligi.
Respublikamizda tijorat banklarining depozit sertifikatlarini chiqarish yo‘li bilan jalb qilingan mablag‘lariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan majburiy zaxira talabnomasi qo‘llanilmaydi. Bu esa, tijorat banklarining likvidliligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida tijorat banklarining depozit bazasini shakllantirishda jamg‘arma sertifikatlaridan keng foydalaniladi. Jamg‘arma sertifikatlari depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkalarining darajasi va muddatiga ko‘ra depozit sertifikatlariga nisbatan o‘ziga xos qulayliklarni yuzaga keltiradigan instrument hisoblanadi. Lekin jamg‘arma sertifikatlarining ham, depozit sertifikatlarining ham mijozlar uchun iqtisodiy va investitsion jozibadorligi tijorat bankining moliyaviy holatiga, bozordagi reputatsiyasiga, xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan beriladigan reyting darajasiga bog‘liq. Tijorat banklarining depozit bazasini shakllantirish insturmentlaridan foydalanishda inflyatsiya darajasi va uni tartibga solinganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mijozlarni depozitlarga belgilangan nominal foiz stavkalariga ko‘ra, real foiz stavkalari ko‘proq qiziqtiradi. O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyani yuqori ekanligi va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarining nobarqarorligi depozit instrumentlaridan foydalanish amaliyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari tarkibida talab qilib olinguncha depozitlar, Markaziy bankdan olingan kreditlar va bankka jalb qilinadigan mablag‘lar qiymati jihatidan arzon, lekin muddati jihatidan nobarqaror moliyaviy resurslar hisoblanadi.
Qimmat mablag‘lar guruhiga tijorat banklarining regulyativ kapitali tarkibidagi ustav kapitali, muddatli depozitlar, jamg‘arma va deposit sertifikatlar, banklararo kreditlar va boshqa mablag‘larni kiritish mumkin. Ushbu mablag‘lar tijorat banklari uchun qiymati jihatidan qimmat mablag‘lar bo‘lsa-da, ular muddati jihatidan nisbatan moliyaviy barqaror hisoblanadi. Xalaro bank tajribalari va amaliyotdagi mavjud holatlarning natijasi shuni ko‘rsatmodaki, tijorat banklari deposit siyosati mahsuloti bo‘lmish depozit portfeli likvidligini ta’minlashda moliyaviy barqaror mablag‘larning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularda moliyaviy iniroz davrida likvidlilikni ta’minlash yuzasidan muammolar shunchalik kam bo‘ladi.
Respublikamiz tijorat banklarida depozitlar bararorligini
taʼminlashga qaratilgan strategiyani ishlab chiqish zarur. Buning uchun esa:
•birinchidan, mijozlarga depozit hisobraqamlarining
jozibadorligini oshirish imkoniyatini beradigan marketingni
rivojlantirish lozim;
•ikkinchidan, depozitlarning bararorlik darajasini tavsiflovchi
koʼrsatkichlar tizimi ishlab chiilishi lozim;
•uchinchidan, bank uchun depozit bazasining asosini tashkil qiluvchi
mijozlar guruhini aniqlab olish va ularga kompleks depozit-kredit
xizmatini taklif qilish lozim.
Oʼzbekiston Respublikasi tijorat banklarining jamgʼarma depozitlari miqdorini oshirish yoʼli bilan ularning resurs bazasini mustahkamlash masadida:
- birinchidan, yuridik shaxslarning jamgʼarma depozitlariga
toʼlanadigan foiz stavkalarining ijobiy darajasini taʼminlash lozim;
- ikkinchidan, aholining jamgʼarma depozitlarini tijorat banklari
tomonidan naqd pulda toʼlashi va oʼz vaqtida berilishini taʼminlash lozim. Banklararo raqobat sharoitida tijorat banklari depozit siyosatini amalga oshirishning bosh maqsadi birinchi navbatda foyda olish maqsadida aktiv operatsiyalarni amalga oshirish uchun barqaror resurs bilan taʼminlashdan iboratdir.
Har bir tijorat banki oʼzining depozit siyosatiga asoslangan holda yuridik va jismoniy shaxslarning boʼsh pul mablagʼlarini jalb etishda depozit bozorini oʼrganib borishi va mijozlarni koʼproq jalb qiladigan jozibador depozit turlarini joriy qilib borishlari maqsadga muvofiqdir.
REFERENCES
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.
2. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonun, T.: “O‘zbekiston”, 2019.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun, T.: “O‘zbekiston”, 2019.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4720-raqamli Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022- 2026 Yillarda mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi taraqqiyot” gi 60 PF-sonli Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// Xalq so‘zi. 25 yanvar 2020 yil.
7. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi / Sh.M.Mirziyoyev.-Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.
8. Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom. 2015 yil 29 sentyabr. № 2716
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.