OʻZBEK TILIDA SONLAR VA ULARNING TARIXIY-TADRIJIY
TARQQIYOTI
Baynazarov Z.
Samarqand davlat universiteti dotsenti, Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori
zmbaynazarov81@gmail.com https://orcid.org/0000-0001-5874-4246
ANNOTATSIYA
Son nomlari lisoniy manba sifatida tilshunoslikda oʻrganilib kelinayotgan sohalardan biridir. Boshqa tillar kabi oʻzbek tilida ham son soʻz turkumi bir sath hisoblanib, uning lingvistik xususiyatlar, turlari va ifodalanishi, nutq jarayonida bajaradigan vazifasi, pragmastilistik jihatlari tilshunoslik fanida oʻrganilib kelinadi. Biz fikr yuritmoqchi boʻlgan sonlar tarixi va etimologiyasi ham qisman tadqiq qilingan, qiziqarli lisoniy zahiraga ega boʻlgan soha sanaladi. Lingvistik va pragmastilistik xususiyatlari oʻrganilgan sonlarning lingvomadaniy jihatlari ham borki, ularni lisoniy material sifatida ijtimoiy-madaniy tomonlarini etimologik tahlil bilan birga oʻrganish koʻproq ilmiy natija beradi. Shuning uchun ham ushbu kichik tadqiqotimizda oʻzbek tili tarixida sonlar, ularning lingvomadaniy, lingvostatistik va etimologik xususiyatlari oʻrganish maqsad qilib belgiladik hamda lisoniy obyekt sifatida VII-IX asrlarda yaratilgan toshbitiglar matnlarini tanlab oldik. Tanlagan tadqiqot obyektimiz keng koʻlamli boʻlgani uchun toʻplamgan materiallar ichidan faqat tub sonlarning qoʻllanish statistikasi, ijtimoiy-madaniy xususiyatlari va ularning kelib chiqisg etimologiyasini tahlil qilishga harakat qildik.
Kalit soʻz: son, birlik, oʻnlik, yuzlik, statistika, etimologiya, qadimgi turkiy til, toshbitiglar, sonning vazifasi, sonning tuzilishi, raqamlar.
NUMBERS AND THEIR HISTORICAL-PROGRESSIVE DEVELOPMENT IN
THE UZBEKI LANGUAGE
АННОТАЦИЯ
Названия числительных как лингвистический ресурс являются одной из областей, изучаемых в лингвистике. В узбекском языке, как и в других языках, имя числительное рассматривается как один часть речи, а его языковые особенности, виды и выражения, его функция в речевом процессе, прагматические аспекты изучаются в науке языкознании. История и этимология чисел, о которых мы собираемся поговорить, также является частично исследованной областью с интересным языковым запасом. Лингвистические и прагматические особенности изучаемых числительных также имеют лингвокультурологический аспекты, и изучение их как лингвистического материала наряду с социокультурными аспектами наряду с этимологическим анализом дает больше научных результатов. Поэтому в этом небольшом исследовании мы поставили цель изучить числа в истории узбекского языка, их лингвокультурные, лингвостатистические и этимологические характеристики, а в качестве объекта исследования выбрали тексты каменных надписей, созданных в VII-IX веках. Поскольку выбранный нами объект исследования является масштабным, мы постарались из собранных материалов проанализировать только статистику использования простых чисел, социокультурные характеристики и этимологию их происхождения.
Ключевые слова: число, единица, десятичная, сотая, статистика, этимология, древнетюркский язык, надписи на камнях, функция числа, структура числа, числа.
ЧИСЛА И ИХ ИСТОРИКО-ПРОГРЕССИВНОЕ РАЗВИТИЕ В
УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
ANNOTATION
Numerals as a linguistic resource are one of the areas studied in linguistics. In the Uzbek language, as in other languages, the numeral is considered as one part of speech, and its linguistic features, types and expressions, its function in the speech process, pragmatic aspects are studied in the science of linguistics. The history and etymology of numbers, which we are about to talk about, is also a partially explored area with an interesting linguistic reserve. The linguistic and pragmatic features of the studied numerals also have linguocultural aspects, and studying them as linguistic material along with sociocultural aspects along with etymological analysis provides more scientific results. Therefore, in this small study, we set a goal to study numbers in the history of the Uzbek language, their linguocultural, linguostatistical and etymological characteristics, and as the object of study we chose the texts of stone inscriptions created in the 7th-9th centuries. Since the research object we have chosen is large-scale, we tried to analyze only the statistics of the use of prime numbers, sociocultural characteristics and the etymology of their origin from the collected materials.
Key words: number, unit, decimal, hundredth, statistics, etymology, ancient Turkic language, inscriptions on stones, number function, number structure, numbers.
KIRISH. Kishilik jamiyati paydo boʻlibdiki, son va raqamlarning ahamiyati muhim rol oʻynaydi. Milliy-madaniy koʻrsatkich sifatida talqin etilayotgan raqamlar har bir xalqning ma‘naviy tafakkuri, dunyoqarashi, milliy mentalitetini ifodalovchi oʻziga xos lingvomadaniy belgidir. Vaqtlar oʻtgan sari raqamlar milliy-madaniy kod darajasiga koʻtarilib, muayyan xalqning marosimlari, urf-odatlari va hayot tarzini ifodalovchi koʻrsatkichlar qatoridan joy oldi-ki, hatto ularning xususiyatlari va inson hayotidagi oʻrni masalalarini oʻrganuvchi maxsus fan - numerologiya paydo boʻldi. Insonlar raqamlarga ilohiy libos kiydirdilar, natijada turli millatlarda raqamlar bilan bogʻliq oʻziga xos qarashlar maydonga keldi1. Dastlabki davrlarda raqamlar soʻz bilan ifodalangan. Inson ijtimoiy xoʻjalik faoliyatining rivojlanib borishi natijasida soʻzdan mukammal va sodda koʻrinishdagi belgilarga ehtiyoj paydo boʻlgan. Manbalarda keltirilishicha, ilk sonni ifodalovchi raqamlar Qadimiy Bobil va misrliklarga tegishlidir. Misr ieroglif raqamida sonlarni ifodalash uchun maxsus rasm-belgilar, keyinroq ieratik va demotik yozuvlari paydo boʻldi. Bobil raqamlari (miloddan avvalgi 2000-yil boshi), asosan, 1, 10, 60 va 100 ni bildiruvchi mixxat belgilari boʻlib, boshqa barcha raqamlar shular asosida ifodalangan. Misr iyeroglif yozuvidan Yaqin va Oʻrta Sharqdagi barcha yozuvlar hamda Yunon Ioniya yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan raqam kelib chiqqan2. Hozirgi koʻrinishdagi raqamlar va nol eramizning V asrida Hindistonda paydo boʻlgan va asta-sekin takomillashib, rivojlanib borgan. Hind raqamlari IX asrda Yevropaga arab raqamlari nomi bilan kirib borgan va tezda ommalashib ketgan. Bugungi kunda ham eng mukammal hisoblangan ushbu sonlar tizimining “arab raqamlari” deb nomlanishi va butun dunyoda, ayniqsa, Yevropada ommalashishida buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiyning xizmatlari beqiyos hisoblanadi. Sharq mamlakatlarida sonni raqam bilan ifodalash XIX asrda ommalashgan. Unchaga soʻz 1 Qayumova N.R. Sonlarning hayotda ahamiyati. https://cyberleninka.ru/article/n/sonlarning-hayotda-ahamiyati (2022, sentabr). 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamlar (sentabr 2022). bilan ifodalangan sonlar tilimizni eng qadimiy davrda qanday koʻrinish qoʻllanilgan haqida ushbu kichik tadqiqotga fikrlashamiz.
ADABIYOTLARDA... Son mavzusi qadimgi turkiy til haqida tadqiqot olib borilgan deyarli barcha manbalarda uchratish mumkin. Bundan tashqari, qadimiy sonlar boʻyicha alohida tadqiqotlar ham olib borilgan. Rus tadqiqotchisi G.D.Ibragimov oʻzining tadqiqotida A.N.Samaylovich, S.E.Malov, A.N.Kononov, F.G.Isxakov, E.R.Tenishev, X.M.Zarbaliyev, V.M.Nasilov, G.Aydarov, A.Amanjolov, K.A.Ashuraliyev, I.V.Kormushin kabi olimlar qadimgi turkiy manbalar borasida olib borgan ilmiy ishlarida sonlar haqida oʻz tahlillarini bayon etganligi qayd etilgan3. Turk tadqiqotchisi Selin Shenaysoy “Eski turk tilida sonlar” nomli dissertatsiyasida J.Klousson, J.Ehlars, M.Bashturk, Zeki Kaymaz, Sevim Yilmaz Oʻnder, G.GoʻjayevaMehmedova, E.Gemalmaz, E.Bajanli, A.Atiji, M.Dashdemir, A.B.Erjulasun, S.Kuchuk4 kabi olimlar bevosita turkiy sonlar, ularning etimologiyasi, tizimlashishi, turlari va ularning lingvokultrologik tahliliga bagʻishlangan ilmiy ishlar yaratgan. Bu mavzu borasida oʻzbek olimlarining ham xizmatlarini e’tirof etish lozim boʻladi. Jumladan, Gʻ.Abdurahmonov, S.Mutallibov, A.Rustamov, E.Umarov, Q.Sodiqov, N.Rahmonovlarning tadqiqotlarida bu haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
TAHLIL. Har qanday tilning boyligi uchun sonlarning nomlanishi, ya’ni nominatsiyasi lisoniy tahlil uchun katta ahamiyatga ega. Son nomlari barcha mustaqil tillarning asosiy lugʻat fondida oʻz oʻrnini topgan va tillararo genetik tahlillar uchun “qarindoshlik iz”ini koʻrsatadigan muhim omillardan biridir. Shuning uchun ham har bir lingvomadaniyat oʻzi uchun belgilaydigan sanoq tizimiga ega. Boy sanoq tizimiga ega boʻlgan turkiy xalqlar oʻtmishdan hozirgi kungacha turli sanoq sistemalaridan foydalangan.
Insoniyat tarixida sonlarning paydo boʻlishi ijtimoiy-iqtisodiy va ehtiyoj charbarchas bogʻliligi koʻplab manbalarda ta’kidlab oʻtilgan. Bu haqida tadqiqot olimlar juda qiziqarli fakt va ma’lumotlarni keltirib oʻtadilar. Turkolog olim Georges Ifrah oʻzining bir necha ilmiy tadqiqotlaridan bu haqida fikr yuritadi. Ma’lumki, dastlab son kishilar qoʻl barmoqlarini sanashdan boshlangan. Hisoblash dastlab barmoqlarni oʻz ichiga oladi, chunki bugungi kunda paydo boʻlayotgan sanoq sistemalarida 3 Г.Д.Ибрагимов. Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности. Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I), 989-991-бетлар 4 Şenaysoy S. Eski türkçede sayilar. Eskişehir, 2016. raqamlarni sanash keng tarqalgan boʻlib, besh va oʻn raqamlarini qoʻl bilan ifodalash keng tarqalgan. Bundan tashqari, jahon sanoq tizimlarining aksariyati oʻnlik, beshlik va yigirmalik raqamlar bilan tashkil etilgan boʻlib, ular sanashda qoʻl va oyoqlardan foydalanishni taklif qiladi va tillararo bu miqdorlar uchun atamalar etimologik jihatdan qoʻllar va raqamlarga asoslanadi5. Tarix davomida oʻnlik sistemasi hukmron boʻlgan turkiy sanoq sistemasiga diaxronik nazar tashlansa, baʼzi tub oʻzgarishlar sodir boʻlganligi koʻrinadi. Oʻzbek tilining eng qadimgi davri hisoblanadigan Turk va Uygʻur hoqonliklari davrlarida 10 dan 100 gacha boʻlgan sonlarda ikki xil sanoq tizimi qoʻllanilgan. Turli koʻrinishda bizgacha yetib kelgan bitigtoshlardagi run yozuvlarida son va uning turli shakllari uchraydi. Manbalarda e’tirof etilishicha, hozirgacha topilib, oʻqib-oʻrganilgan bitigtoshlar soni 490 dan ortiq boʻlib, jami 97 son 383marta takror ifodalangan6. Shu bitigtoshlarda son va uning turlarini aylatuvchi soʻzlar statistikasi quyidagicha:
Sonning turi Miqdori Takror qoʻllanishi 1 Sanoq son 73 317 2 Tartib son 16 57 3 Chama son 3 3 4 Jamlovchi son 2 2 5 boshqalar 5 6
Tarix davomida oʻnlik sistemasi hukmron boʻlgan turkiy sanoq sistemasiga diaxronik nazar tashlansa, baʼzi tub oʻzgarishlar sodir boʻlganligi koʻrinadi. Eski turkcha deb ham ataladigan Koʻkturk va Uygʻur davrlarida 10 dan 100 gacha boʻlgan sonlarda ikki xil sanoq tizimi qoʻllanilgan. Ulardan birinchisi bir xonali sondan boshlanib, keyingi 10 ning karrali bilan tugaydi. Ikkinchisida bitta raqamli kichik raqam 10 ga karrali katta raqamdan keyin “ortiqcha, koʻproq” soʻzini qoʻshish orqali ishlatiladi. Quyidagi tub sonlarni bitigtosh matnlarida koʻrishimiz mumkin:
Hozirgi shaklda yozilishi Bitigtosh matnlaridagi transkripsiyasi 5 https://en.wikipedia.org/wiki/Georges_Ifrah 6 H.Şirin. Eskı türk yazıtları söz varlığı incelemesiçTDK yayınları. Ankara. 2020, 494-497-betlar. 1 bir bir 2 ikki eki 3 uch üč 4 toʻrt tört 5 besh biş/beş 6 olti altı 7 yetti yeti/yiti 8 sakkiz säkiz 9 toʻqqiz tokuz 10 oʻn on 11 yigirma yegirmi/yigirmi 12 oʻttiz otuz 13 qirq kırk 14 ellik älig 15 olmish altmış 16 yetmish yetmiş 17 sakson säkiz on 18 toʻqson Ø 19 yuz yüz 20 ming bïꞑ 21 Oʻn ming tümän
Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, ayrim fonetik oʻzgarishlarni hisobga olmasa, bitigtosh matnidagi sonlar hozirgi oʻzbel tilidagi shaklidan deyarli farq qilmaydi. Faqatgina l,k,t kabi tovushlarning ikkilanishi, “sakson” sonida “sakkiz” va “oʻn” qismlarining birga tallaffuz etilishi jihatlaridan farqliliklarni koʻrishimiz mumkin. yuqorida ta’kidlab oʻtganimiz kabi sonlar tilning tabiiy-geniologik belgilarini oʻzida tanishdi hamda har qanday lisoniy oʻzgarish va evrilishlarga, boshqa leksik birliklarga nisbatan, bardoshli hisoblanadigan somatik birliklardir.
Bitigtoshlarda yuzliklar quyidagicha ifodalangan: eki yüz – ikki yüz; üč yüz -uch yuz; biš yüz – besh yuz; alti yüz – olti yuz; yeti yüz – yetti yuz; tokuz yüz – toʻqqiz yuz. Balki, toshlarga bitik bitadigan bitigchining ehtiyoj boʻlmagandir yoki haligacha oʻqilmagan toshlarda bordir, ammo ixtiyorimizdagi mangutosh obidalarida toʻrt yuz va sakkiz yuz sonlari ifodalanmagan. Mingliklardan ham bor-yoʻgʻi 5ta: bïꞑ - ming; eki bïꞑ - ikki ming; beš bïꞑ - besh ming; alti biꞑ (bu oʻrinda i tovushi qisqa) – olti ming; yeti bïꞑ - yetti ming. Qadimiy turkiy tilda mingdan koʻp sonni tuman atamasi bilan atagan. U, asosan, oʻn mingni ifodalab kelgan. Bitigtoshlar matnida 6ta oʻnminglik: bir tümän – bir tuman (oʻn ming); üç tümän – oʻttiz ming; tört tümän – qirq ming; biş tümän – ellik ming; säkiz tümän – sakson ming; on tümän – yuz ming kabi sonlar
Bir. Bitigtosh va boshqa tarixiy-madaniy obidalarimizda bir soni hozirgi zamon shaklida bir va bïr transkripsion koʻrinishda qoʻllanib kelinadi. Bu son dunyo anglash, tushunish, bilishning boshlanishi nuqtayi nazaridan ham eng muhim son sanaladi. Diniy madaniyatda birlik, yagonalikni anglatadigan muqaddas raqamdir. Birla, birik mazmuni bir soʻzidan kelib chiqqan. Turkiy tillardagi bir (koʻrsatkich barmogʻi) tartib raqami uchun bir xil natijaga ega boʻlgan ikkita tahlil qilish mumkin. Birinchidan, aytish mumkinki, agar barmoqlarni sanash usuli va morfologik maʻlumotlarga e’tibor qaratsak, “bir” sonining oʻziga xos ma’nosi borligi koʻrinadi. Chunki turkiy tilda aytuvchi subyekt barmogʻi bilan aytuvchi boʻshliqdagi biror narsaga ishora qilish uchun “bu” koʻrsatish olmoshidan foydalanadi. Bundan tashqari, “men” va “biz” olmoshlari mos ravishda birinchi shaxs birlik va birinchi shaxs koʻpligini ifodalash uchun ishlatiladi. Tartib sonda ham, bu olmoshlarda ham qoʻllaniladigan birinchi harf b sanaladi. Manbalarda bir sonining oʻz, oʻzim, men shakllaridan kelib chiqqan degan farazlar ham ilgari surilgan. “Bir” – bu soʻzlovchi demak, ya’ni “men”dir (mening oʻzim, men turgan yer yoki men tutgan narsa), I shaxs birlikdagi inson. “Men” (ben, bin) qadimgi turkiy tilda bi boʻladi. Bu soʻz birü-beri koʻmakchisining tarkibida ham saqlangan. -rü joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi, berü – “men tomon” degani. Hozirgi oʻzbekchada beri shaklida qoʻllaniladi. Masalan: beri kel, koʻpdan beri. Birning tarkibidagi bi – soʻzlovchi (“men”)dir. Demak, sanoq soʻzlovchining oʻzidan boshlanadi7.
Ikki. Tarixiy manbalarda eki va iki shakli hozirgi ikki sonini ifodalagan. Qadimgi diniy tushunchga koʻra Yaratgandan boshqa barchasi yolgʻiz boʻlmaydi, balki juft boʻladi. Shu tushuncha e’tiboridan mutaxassislar ikki sonini juftlik anglamida qabul qiladilar. Shuningdek, manbalarda ushbu soʻzdagi “k” (ba’zan gʻ, q, g boʻlishi mumkin) tovushi “quloq”, “kurak”, “barmoq”, “oyoq” kabi soʻzlarda qoʻllanganidek, juftlikni anglatishi ta’kidlaydilar8.
Uch. Bu sonning ham kelib chiqishiga oʻzgacha qarashlar mavjud. Bir – men (ben), birinchi shaxs, ikki – sen, ikkinchi shaxs, uch esa begona, uchinch shaxs, deb talqin qiluvchilar ham mavjud. Shuningdek, “uch”, “yetti” va “qirq” kabi sonlar bilan bogʻliq diniy udumlar ham mavjud boʻlib, ular milliy qadriyatlarimiz zamiriga singib ketgan. Ma’lumotlarga qaraganda “uch” soning ilk shakli “yuch” sanaladi. Qadimgi turkiylarda bu soʻzning boshqa mazmuni ham qoʻllanilgan. Urugʻ, qabila, davlatlarning chegaralarini belgilaydigan yerlar, shahar va istehkomlar uch qal’a, uch beklik deya nomlangan hamda chegara, oxiri va, eng muhimi, “uchi” mazmunini ifodalagan9.
Toʻrt. Tarixiy manbalardagi 4 unsur, jumladan, “Oʻgʻuzxoqon” dostoni hamda “Qutadgʻu bilig”dagi unsurlar, dunyoning toʻrt tomoni kabi lingvokulturemalar turkiylar, xususan, oʻzbek xalqining qadimiy konseptlari ekanligi haqida manbalarda koʻplab ma’lumotlar berilgan10. Ushbu son qadimdan toʻplam, jamoa, koʻplik mazmunini ifodalagan boʻlib, “doʻrmon”, “durben”, oltoy davrida “turi” shaklarida qoʻllanib kelingan11.
Besh. Bitigtoshlar matnida bu son beš/biš shakllarida uchraydi. Özüꞑ kolsa iki ajun begliki bu biš iške yakma bu ol yigliki. Eğer her iki dünyanın beyliğini de istiyorsan, sen šu beš işe yaklašma; en iyisi budur. Matnlarda besh soni uchta variantda 7 Rabmonov N., Sodiqov Q. Oʻzbek till tarixi. -Toshkent: Oʻzbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. 2009. - B.124-125 8 Baştürk, M. Parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu. Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi.1995, 3-sayi. Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi » Makale » parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu 9 Yuqoridagi manba: -B.17. 10 Qarang: Sodiqov Q. Turkiy til tarixi. -Toshkent: TDShI nashri, 2009. 11 Baştürk, M. Parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu. -B.17-18. uchraydi: bäsh, bis, bäs. Ulardan birinchisi – “Kultegin”, ikkinchisi –“Moyunsur”, uchinchisi – “Tonyuquq” bitigtoshlarida ifodalangan. Grafik dizayndagi bu farqlar Urxon-Yenisey davri turkiy tillarining dialekt boʻlinishini taklif qilishga asos beradi12. Shuningdek, turkiy xalqlar qoʻl barmoqlarining ketma-ketligiga asoslanadigan boʻlsak, bosh barmoq beshinchi navbatda sanaladi. Ya’ni, ularning ketma-ketligi quyidagicha: 1 – koʻrsatkich barmoq; 2 – oʻrta barmoq; 3 – uzuk barmoq; 4 – kichik barmoq va nihoyat 5 – bosh barmoq. Shunga asoslanib besh soʻzining etimologiyasini bosh soʻziga bogʻlashadi13. Bu gipotezaning ham ilmiy-lisoniy ham lingvomadaniy asosi bor deb hisoblashimiz mumkin.
Olti. Tonyuquq bitigida “süsi altı biŋ ermiş” degan jumla qayd etilgan. Bundan koʻrinadiki, bu son boshqa birliklar kabi qadimdan faol qoʻllanilib kelingan. Manbalarda soʻz tarkibidagi qoʻsh undosh -lt- fonetik oʻzgarishga uchragani haqida fikr yuritilib, aslida -rt- shaklida arti, ya’ni ortiqcha, ortmoq soʻzidan kelib chiqqani, arti soʻziga bogʻliq ekani haqida bahslar uchraydi. Arti keyinchalik olti, alti shakliga oʻzgargani qayd etib oʻtilgan. Bunga tilimizda fonetik va lingvomadaniy asos mavjud. Fonetik hodisalar sabab l tovishining r shakliga, yoki teskarisi, oʻzgarishi mumkin boʻlgan jarayon sanaladi. Bundan tashqari, bir qoʻldagi 5 barmoq sanalgandan soʻng ortib ikkinchi qoʻlga oʻtilganidan kelib chiqib shunday nomlangan. Qadimiy turkiylarning bu odati hozirgacha saqlanib qolgan. Shuningdek, qadimgi turkiy sanoq tizimida “arti” kalimasining alohida ahamiyatli oʻrni borki, bu haqida tadqiqotimizning keyin sahifalarida toʻxtalib oʻtamiz.
Yetti. Hozirgi turkiy tillarda turli fonetik koʻrinishlarda ifodalangan yetti soni toshbitiglarda yeti/yiti shaklida qoʻllangan boʻlib, buni ayrim tadqiqotchilar tasdiqlab oʻtadi14. Bitigtoshlarda asl son sifatida 13 marta qoʻllanilgan ushbu soʻzning oʻzagida - id/-ad shakllari mavjud. Turli shaxslarda idodalanganda shunday shaklda qoʻllaniladi. Bizning lingvomadaniyatimizda “uch”, “qirq” kabi “yetti” sonini ham oʻziga xos milliy kulturema sanaladi. Haftaning yetti kuni, kamalakning yetti rangi, musiqaning yetti notasi, dunyoning yetti moʻjisasi, yetti iqlim, yetti dengiz, “yettisi” kabu konseptlar milliy madaniyatimizning ajralmas qismi sanaladi. 12 Ибрагимов Г. Д. Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности. Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I). -C.990. 13 Yuqoridagi manba: -B.19. 14 Ибрагимов Г. Д. Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности. Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I). -C.990.
Sakkiz. Kangïm kagan učdukda özüm säkiz yašda katlïm. Sakkiz soni “Bilga Xoqon” bitigida qoʻllanilgani kabi bitigtoshlar matnida tub son sifatida 8 oʻrinda ifodalangan. Shuningdek, säkiz on, säkiz tüman, säkiz kïrk, säkiz yegirmi koʻrinishlarida ham faol qoʻllanilgan. Manbalarda keltirilgan sakkiz soʻzining etimologiyasida koʻplik ma’nosini ifodalaydigan qadimgi turkiy tildagi -z qoʻshimchasi borligi qayd qilinadi. I va II shaxs koʻzlikni ifodalaydigan biz, siz kabi olmoshlarda, shuningdek, koʻz, oʻmuz, tiz(z)a, egiz kabi soʻzlarda qoʻllanilgan -z, aslida, ikkilik va koʻplikni koʻrsatadigan qoʻshimcha hisoblanadi.
Toʻqqiz. Bitigtosh matnlarida tokuz ärsin, tokuz oγuz, tokuz tatar kabi miqdor mazmunidagi oʻrinlar bilan birga 12 joyda toʻqqiz sini qoʻllanilgan. Sakkiz sonini tahlil qilganimiz kabi bu soʻzda ham -z undoshi koʻplik ma’nosini ifodalab kelgan. Yetti qatori qoʻshimchasidagi olti qatoriga moslashgani kabi, toʻqqiz ham -z undoshini qabul qilib, sakkiz qatoriga moslashgan boʻlsa kerak.
Shu oʻrinda dunyo tillaridagi sanoq sistemalariga e’tibor qaratsak, turli sanoq tizimlari borligini qayd etib oʻtishimiz lozim. 11 dan 99 gacha boʻlgan raqamlarning turli tillarda ifodalanishi, 10 ga koʻpaytmalarning hosil boʻlishi, tilda maxsus va istisno son nomlarining mavjudligi, hisob-kitoblarda 10, 20, 50 yoki 100 tizimlaridan foydalanish turlicha turlicha ekanligiga amin boʻlamiz. Jahon tillarida, jumladan, Yevropa tillarida 11-19 va 21-99 raqamlarining formati va ketma-ketlik xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. 21 dan 99 gacha boʻlgan raqamlarda birinchi navbatda 10 ning koʻpaytmasidan hosil boʻladi. Keyin esa kichikroq sonlar qoʻllaniladi, 11 dan 19 gacha boʻlgan sonlarda avval kichikroq raqamdan keyin 10 raqami yoki uning toraytirilgan shakllari ishlatiladi. Ingliz tilidagi qoidadan tashqari oʻn bir (11) va oʻn ikki (12) raqamlarini chetga surib qoʻysak, biz oʻn uch(13), oʻn toʻrt (14), oʻn besh (15) va hokazolarni shakllarini koʻrishimiz mumkin. koʻpchilikka tanish boʻlgan rus tilida odinnadtsat, dvenadtsat, trinadtsat va boshqalar sonlarda ham bunday holarni uchratamiz. Ularning etimologik ma’nosi “10 dan 1,2,3,4,5,6,7,8,9 (10+1, 10+2, 10+3 va hakozo) ortiq mazmunini ifodalaydi. 10 dan 70 gacha boʻlgan koʻpaytmalar fransuz tilida oddiy tarzda olingan boʻlsa-da, biz 70, 80 va 90 raqamlari uchun qiziqarli hosila usullarini koʻramiz. 70 raqami soixante dix boʻlib, “oltmish+oʻn” ma’nosini bildiradi, 80 soni esa “toʻrt yigirma” ma’nosini bildiruvchi quatre-vingts, 90 raqami “sakson+oʻn” (80+10) yoki “toʻrt yigirma+oʻn” (4*20+10) quatre-vingt-dix koʻrinishidagi birikmalardan olingan. 10 soniga koʻpaytirish orqa oʻnlik sonlarni shakllantirishning eng qiziqarli misollari gruzin tilida koʻrishimiz mumkin. 30 dan 99 gacha boʻlgan sanoq tizimi oʻnlikka asoslangan va frantsuz tilidagi 70 dan 99 gacha boʻlgan tizimga oʻxshab shakllanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, 20, 50 va hatto 100 lik sanoq tizimlari hozirgi ayrim turkiy tillarda keng qoʻllaniladi: qorachay-balkar tilida: oʻttiz soni jiyirma//yigirma+oʻn (20+10) bilan: turkman tilida: bir yuz ellik soni uch ellik (3*50) bilan; solar tilida: etmish soni ellik+ yigirma (50+20) bilan; qirgʻiz tilida: bir ming bir yuz soni oʻn bir yuz ming yuz (11+1000), ikki ming soni esa yigirma yuz (20+100) bilan ifodalanadi. Bundan koʻrinadiki, 4, 10, 20 sonlari 10dan 99 gacha boʻlgan sonlarni shakllantirishda muhim rol oʻynab kelgan15.
Oʻn. Insoniyat dastlab bir qoʻlning besh barmogʻini, keyin esa ikki qoʻlning oʻn barmogʻini sanashni boshladilar. Oʻn raqam etarli boʻlmaganda, bu hisoblash jarayoniga oyoq barmoqlari ham qoʻshilgan va shunday holatda davom etishgan. Son va sanash qoʻl barmoqlaridan boshlangani ishonarli faktdir. Turkiy tillardagi birinchi oʻnlik sanoq sistemasining raqami boʻlgan oʻn oʻz ildiziga “s-” tovushi qoʻshilishi bilan “tugash, bitish” maʼnosini oʻz ichiga oladi, ya’ni, soʻng - soꞑ. Bu shuni koʻrsatadiki, barmoqlarni hisoblash usuliga koʻra, endi hisoblash uchun barmoqlar qolmaydi. Oʻn soʻzining etimoliyasi ham shunga bogʻliq, bizningcha. Dastlabki davrlarda bu son eng yirik hisoblangan. Undan keyin davrlar oʻtishi bilan boshqa yirik sonlar kishilik jamiyati ehtiyojlari tufayli yuzaga kelgan va taraqqiy etib borgan hamda sonlar sistemalashgan.
Yigirma. Gʻarbiy Afrikaning ba’zi qismlarida choʻponlar suruvni hisoblashning juda amaliy odati bor edi. Ular barcha hayvonlarni birin-ketin oʻtkazib yuborishdi. Birinchi oʻtishda ular bitta qobiqni oq kamarga, ikkinchi oʻtishda esa yana bir qobiq qoʻyishadi. Oʻninchi hayvon oʻtib ketayotib, marjonni sindirib tashladi va uning qadamiga bogʻlangan koʻk kamarga qobiq qoʻyishdi. Keyin yigirmanchi hayvon oʻtib ketguncha, ular yana oq kamarga qobiqlarni qoʻyishni boshladilar. Yigirmanchi hayvonda ular ikkinchi qobiqni koʻk kamarga bogʻlashadi. Markaziy Amerika xalqlaridan biri boʻlgan mayyaliklar yigirmaga yigirma va yigirma kuchini hisoblash uchun yigirmalik bazadan foydalanganlar. Chunki ularning ota-bobolarida nafaqat qoʻlning oʻn barmogʻi bilan, balki oyoqning ham oʻn barmogʻi bilan sanash odati 15 Bacanlı E. Geçmişten Günümüze Türkçenin Sayıları ve Sayı Sistemi. (99+) "Geçmişten Günümüze Türkçenin Sayıları ve Sayı Sistemleri", Bilim ve Teknik (Kasım-2012), 56-58. | Eyüp Bacanlı - Academia.edu boʻlgan. Bu ma’lumotlarni tahlil qilgan Selim Shenaysoy oʻnlik sanoq tizimidan soʻng ham yirik sanoq tizimlari dunyoning ilk sivilitsiyalarida ham mavjud ekanligini qayd etib oʻtadi16. Turkiy xalqlarning ilk manbasi sanaladigan bitigtoshlarda yegirmi/yigirmi fonetik shaklida tub son sifatida 7 marta qoʻllanilgan. Tabiiyki, boshqa sonlar tarkibida ham faol qoʻllanilgan.
Oʻttiz. [Kül] Tigin ol süngüşde otuz yaşayur erti – Kultegin bu jangda oʻttiz yoshida edi. “Kultegin” bitigtoshi mantnida keltirilgan ushbu jumladan qadimgi turkiy tildagi 30 soni qoʻllanilgan. Umuman, bitigtosh matnlarida faol qoʻllanilgan oʻttiz soni otuz shaklida, tub sifatida 6 marta ifodalangan. Bundan tashqari, boshqa sonlar tartibida han faol ishlatilgan. Bu soʻzning etimologiyasida, yuqorida qayd qilib oʻtilganidek, koʻplik mazmunini ifodalaydigan -z qoʻshimchasi borligi manbalarda keltirilib oʻtilgan17. Sakkiz va toʻqqiz soʻzlarida ham ushbu qoʻshimcha koʻplim ma’nosini ifodalab kelgan.
Qirq. Qïrq yïlqa tegin bay čïğay tüzlänür – Qirq yilgacha boy bilan kambagʻal tenglashadi. Kül Tigin bir kırk yaşayur erti – Kultegin bir qirq, ya’ni oʻttiz bir yoshida edi. Barcha bitigtosh matnlarida tub son sifatida kirq soʻzi 4 marta ishlatilgan. Taniqli turkolog olim A.B.Erjilasun sonlarning etimologiyasini qadimgi turkiy harbiy qoʻshinlarda askarlarning tartib bilan joylashuviga bogʻlaydi. Qirq soʻzi ham xuddi shunday izohlangan. “Devonu lugʻati-t-turk”da barmogʻi yoʻq odamga “kirik odam”, ya’ni nogiron, choʻloq kishi deyiladi. Natijada, singan, qiyshiq qoʻlga oʻxshash toʻrtta otryad (oʻn askardan iborat toʻrt qator) qirq kishilik harbiy qismning nomini, keyin esa qirq soni kelib chiqqan18. Bu kirik soʻzining qirilgan, singan ma’nolari hozirgi turkiy tillarda faol ishlatilib kelinadi.
Ellik. Bitigtosh matnlarida älig shaklida 5 marta tub son sifatida qoʻllanilgan boʻlib, faol ishlatilganini koʻrishimiz mumkin. bu soʻzning etimologiyasi boʻyish manbalarda qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Jumladan, turkolog Qosimjon Sodiqov qayd etgan mulohazalar soʻzning asosi fe’lga borib taqaladi. Ayrim olimlar elig soʻzini ellig [ya’ni “eli bor”] soʻzidan dan kelib chiqqan deb tushuntiradilar. Bu fikrga 16 Şenaysoy S. Eski türkçede sayilar. Eskişehir, 2016. -B.21. 17 Baştürk, M. Parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu. Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi.1995, 3-sayi. Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi » Makale » parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu 18 Ercilasun A.B.Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, Akçağ Yayınları, Ankara.2009. qoʻshilmayman. Chunki -g, -ğ qoʻshimchasi fe’ldan ot yasaydi. Masalan, “kuzatuvchi, 140 aygʻoqchi” anglamidagi körüg soʻzi kör- fe’lidan yasalgan. Shunday ekan, elig soʻzining negizi “el, yurt” anglamidagi el emas. Endi uning magʻzini chaqib koʻraylik. Tilimizda elit fe’li bor, “yetakla-, olib bor-” ma’nosida. Ushbu soʻzdagi -t koʻrsatkichi orttirma nisbat qoʻshimchasidir. Demak, fe’l eli- boʻlib chiqadi, u “qoʻl, barmoq” ma’nosidagi el otidan, soʻng unga -g qoʻshimchasini qoʻshib, elig soʻzi yasalgan: el+i+g>elig. Elig soʻzining ma’nosi “yetaklovchi, boshlovchi” degani19. Turk olimi A.B.Erjilasun ellik soʻzini harbiy tuzum bilan izohlaydi, ya’ni 10 nafar askar bir qatorda otryad tuzadi. Yonma-yon turgan beshta otryad (oʻn askardan iborat besh qator) old tomondan qaralganda (qoʻmondon nuqtayi nazaridan) besh barmoqli qoʻllarga oʻxshaydi. Natijada, 5 ta otryad askarlari dastlab elig (qoʻl) deb nomlangan, keyin bu soʻz ellik sonining nomiga aylangan20.
Oltmish, yetmish. Bu ikki son ham bitigtosh matnlarida faol qoʻllanilgan soʻzlardan hisoblanadi: oltmish – 4, yetmish – 6 marta. Deyarli barcha manbalarda oltmish va yetmish soʻzlarining etimologiyasi haqida bir xil ma’lumot berilgan. Ya’ni, olti va yetti sonlariga -mish qoʻshimchasi qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan: olt(i)+mish, yet(ti)+mish.
Sakson, toʻqson. Keltirilgan sonlardan biri bitigtosh matnlarida ifodalangan boʻlib, sakson säkiz on shaklida tub son sifatida 2 marta qoʻllanilgan boʻlsa, toʻqson tub son sifatida ishlatilmagan. Negadir toʻqson soʻzi bitigtoshlarda qoʻllanilmagan. Yodnomalar bitilgan davrda bu son ishlatilgan. Bunday fikrga kelishimiz sababi, toʻqsondan yuqori sonlar, jumladan, yuz, toʻqqiz yuz, ming, tuman kabilar faol qoʻllanilgan. Oraliqda bitta son ifodalanmay qolishi mumkin emas. Balki bitigchilarning ehtiyoji boʻlmagandir, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Bu sonlarning etimologiyasi ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek, barcha manbalarda bir xil keltirilgan. Sakkiz va toʻqqiz sonlariga oʻn soʻzining qoʻshilishidan tashkil topgan: sek(kiz)s+on; tok(kiz)s+on.
Yuz. Qadimgi turkiy sonlarni harbiy qoʻshinda askarlarning joylashuvi qarab tahlil qilgan turk olimi A.B.Erjilasun yuz soʻzi haqida quyidagicha fikr bildiradi. “Yuz” soʻzini askarlarning harbiy joylashuvi bilan izohlash mumkin, son ma’nosidagi “yuz” 19 Sodiqov Q. Oʻzbek tili tarixi. -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti nashri, 2009 yil. -B. 139-140. 20 Ercilasun A.B.Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, Akçağ Yayınları, Ankara.2009. soʻzi bilan “yuz”, “yuza” soʻzlari bir xil ma’noni ifodalaydi. Oʻrtada turgan oʻn otryad (yuz askar) oʻrta yuzni (oʻrta front), oʻng tomonda turgan oʻnta otryad oʻng yuzni (oʻng old tomon), chap tomonda turgan oʻnta otryad chap yuzni tashkil qiladi. Harbiy atama sifatida “yuz” – arabchada “old, jabha”, inglizchada “front”, “harbiy front” ma’nosini bildiradi21. Toshbitig matnlarida yuz soni tub son sifatida 9, jami esa 22 marta
Ming. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda biꞑ/bïꞑ, miꞑ/mïꞑ fonetik shaklida ifodalangan boʻlib, bitigtosh matnlarida tub son sifatida 7, umuman 9 marta qoʻllanilgan. Soʻzning etimologiyasida bir va men shakllari borligi koʻpgina manbalarda qayd etiladi. Qadimgi va hozirgi ayrim turkiy tillarda men birinchi shaxs olmoshi ben, yoki eskidan bin shakllarda qoʻllangani uchun tadqiqotchilar ming/bin sonining etimologiyasini olmoshga bogʻlashadi. Chunki bu soʻzlarga asos boʻlgan bishakli qadimiy turk tilida “yakka shaxs”ni anglatgan22. Bizningcha, men/ben/bin va ming/biꞑ soʻzlarining kelib chiqishi bir soʻzi bilan bogʻliq. Bu soʻz turkiy tildan moʻgʻulchaga oʻtgan. Ayrim turkiy dialeklarda ming soʻzi oʻn yuz shaklida ifoda etilgan23. Shuningdek, biz kuzatgan boshqa manbalarda ham shu kabi fikrlar bayon etilgan.
Tuman. Qadimgi turk tilidan bizgacha yetib kelgan manbalarda aks etgan eng katta son tuman sanaladi. Bundan yirik tub son ifodalanmagan. Bitigtosh matnlarida qoʻshma son sifatida 9 marta tuman soʻzi qoʻllanilgan. Yodgorliklarda tümän soʻzi 10 000 ni bildirgan. Bundan yirik sonlarga uning koʻpaytmasi qoʻshib aytilgan: beš; tümän - 50 000, säkiz tümän - 80 000, on tümän - 100 000 va b. Tabğac nꞑ tutuq beš tümän su kelti – Tabgʻach oʻng tutuqning besh tuman qoʻshini keldi24. Tümän soʻzi haqida ham maʼlumot bergan Klausson bu soʻzning ilk bor Koʻkturk va Uygʻur xoqonligi davrida qoʻllanilganini aytadi. Tümän soʻzi aniq sonni bildirsa-da, noma’lum katta sonlar uchun ham ishlatiladi. Shu sababli turkiy tilga koʻp sonni ifodalash maʼnosida kirgan birinchi soʻz – tümän soʻzi hisoblanadi. Ibtidoiy odamlarning kattaroq son qiymatlari uchun soʻzlarni boshqa tillardan olishlari tabiiydir. Bu borada Klausson toxarlar bilan muloqotda boʻlgan turklar tümän soʻzini oʻzlashtirganligini aytadi25. 21 Ercilasun A.B.Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, Akçağ Yayınları, Ankara.2009. 22 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. -Тошкент: Университет, 2000, -Б.240. (600). 23 Turk dilinin etimologik sözlüğü.Ankara.1999. -B.54. 24 Sodiqov Q. Oʻzbek tili tarixi. -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti nashri, 2009 yil. -B. 125. 25 Şenaysoy S. Eski türkçede sayilar. Eskişehir, 2016. -B.2. Xuddi shu kabi fikrlar boshqa manbada ham keltirilgan. Yuzlik va minglikni bildiruvchi sonlar ham grafik va fonetik koʻrinishi bilan farq qiladi, lekin morfemik tarkibiga koʻra barcha turkiy tillar uchun bir xil. Oʻn ming va millionni bildiruvchi soʻzlarga kelsak, garchi turkiy tillarda bu soʻzlar (tümän. tübän) boʻlsa-da, ular turkiy tillar sonlarining asosiy tarkibiga kirmaydi va ularning aksariyati boshqa tillardan oʻzlashtirilgan boʻladi26. “Turk tilining etimologik lugʻati”da tuman soʻzining forschadagi shakli tub(b)an boʻlib, arabchadan oʻtgan boʻlishi mumkinligini, kurd tilida tuman shaklida ishlatilganini ta’kidlaydi. Hozirgi oʻzbek tilida tuman – ma’muriy birlikni ifodalaydi. Shuningdek, toponimik obyektlar nomi (masalan: Tumanovul) sifatida ham faol qoʻllaniladi. Fanda bu soʻzning qaysi tildan, qaysi davrda oʻzlashgani bahsli boʻlsa-da, qadimdan turkiy tillarda faol qoʻllanilib kelingan soʻz sanaladi.
XULOSA. Qadimgi turkiy xalq Yevroosiyoning markaziy qismida saltanat qurib, doimiy xayoti jangu jadallar ichida oʻtgan boʻlsa-da, yuksak madaniy rivojlanishda boʻlgan va doimo shunga intilgan xalq sanaladi. Milodiy VII asrdan avvalgi ijtimoy-madaniy yashash tarzi haqida ma’lumot beruvchi manbalar turkiy tilda bizgacha yetib kelmagan boʻlsa-da, Turk Xoqonligi davridan madaniy obida sifatida qolgan toshbitig va boshqa tarjima asarlar ularning faoliyati haqida yetarlicha ma’lumot bera oladi. Biz ilk yozma manba sifatida koʻriladigan Choyr/Choyren bitigtoshi toʻgʻrisida yozgan tadqiqotimizda27 toʻxtalib oʻtganimiz kabi ushbu maqolamizda ham mangu bitigtoshlarga murojaat qildik. Ularning matnlarida ifoda etilgan sonlar, ularning lingvistik va ijtimoiy xususiyatlariga, ifodalanish turlari va etimologiyasida toʻxtalib oʻtishga harakat qildik. Bitigtosh matnlariga e’tibor qaratadigan boʻlsak, son va uning turlari oʻz oʻrni va pragmatik vazifasiga ega. Boshqa holatlar kabi ushbu matnlarda sonlarning sanoq va tub son, tartib va jamlovchi son, chama son kabi turlari qoʻllanilgan boʻlib, ularning boshqa turklari haqida keying ilmiy ishlarimizda batafsil bayon qilamiz.
Umuman, qadimgi bitigtosh matnlaridagi sonlar, oʻsha davrning ijtimoiy madaniy, siyosiy-harbiy va iqtisodiy hayotini ma’lum darajada aks ettira oladi. Biz mangutosh yodnomalarida ifodalangan sonlarning qoʻllanilishi va statistikasiga qarab, 26 Ибрагимов Г. Д. Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности. Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I). -C.989. 27 https://www.researchgate.net/publication/373165939_Til_Ta'lim_Tarjima_-_10-2022/stats ma’lum ma’noda, Turk xoqonli davrining lisoniy qiyofasini tassavvur qila olamiz. Chunki, lingvostatistika davr manzarasini aks ettira oladi.
IQTIBOSLAR/СНОСКИ/REFERENCES
1. Bacanlı E. Geçmişten Günümüze Türkçenin Sayıları ve Sayı Sistemi. (99+) "Geçmişten Günümüze Türkçenin Sayıları ve Sayı Sistemleri", Bilim ve Teknik (Kasım-2012), 56-58. | Eyüp Bacanlı - Academia.edu
2. Baştürk, M. Parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu. Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi.1995, 3-sayi. Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi » Makale » parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu (dergipark.org.tr)
3. Ercilasun A.B.Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, Akçağ Yayınları, Ankara.2009.
4. https://en.wikipedia.org/wiki/Georges_Ifrah
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamlar (sentabr 2022).
6. https://www.researchgate.net/publication/373165939_Til_Ta'lim_Tarjim a_-_10-2022/stats
7. Qayumova N.R. Sonlarning hayotda ahamiyati. https://cyberleninka.ru/ article/n/sonlarning-hayotda-ahamiyati (2022, sentabr).
8. Rabmonov N., Sodiqov Q. Oʻzbek till tarixi. -Toshkent: Oʻzbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. 2009. -B.124-125
9. Şenaysoy S. Eski türkçede sayilar. Eskişehir, 2016.
10. Sodiqov Q. Oʻzbek tili tarixi. -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti nashri, 2009 yil.
11. Turk dilinin etimologik sözlüğü.Ankara.1999. -B.54.
12. Г.Д.Ибрагимов. Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности. Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I).
13. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. -Тошкент: Университет, 2000, 600 б.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.