ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

TIL VA MADANIYAT: SEMASOLOGIYA VA KULTUROLOGIYA

Annotatsiya

Ushbu maqolada til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqalar semasologiya va kulturologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi, so`zlarni semantik ma`nolari va ularning madaniy hodisalar bilan bog`liqligi ko`rib chiqiladi. Frazeologizmlar, so`z ma`nolarining o`zgarishi va ularning milliy madaniyatga ta`siri xususida keng tahliliy mulohazalar keltirilgan. Maqola tilning madaniyatini yaratish va uni saqlashdagi muhim rolini ochib beradi, shuningdek, semasologiya va kulturologiyaning o`zaro bog`liqligini yoritib beradi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

TIL VA MADANIYAT: SEMASOLOGIYA VA KULTUROLOGIYA

Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti

Abdunazarova Nazira Dilshod qizi

Pedagogika va ijtimoiy –gumanitar fanlar fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish

(o`zbek tili) yo`nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqalar semasologiya va kulturologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi, so`zlarni semantik ma`nolari va ularning madaniy hodisalar bilan bog`liqligi ko`rib chiqiladi. Frazeologizmlar, so`z ma`nolarining o`zgarishi va ularning milliy madaniyatga ta`siri xususida keng tahliliy mulohazalar keltirilgan. Maqola tilning madaniyatini yaratish va uni saqlashdagi muhim rolini ochib beradi, shuningdek, semasologiya va kulturologiyaning o`zaro bog`liqligini yoritib beradi.

ANNOTATION

This article analyzes the interrelations between language and culture from the perspective of semasiology and culturology. It examines the semantic meanings of words and their connection to cultural phenomena. The article provides a detailed discussion on the changes in the meanings of phraseologisms and their impact on national culture. The article also highlights the significant role of language in creating and preserving culture. Additionally, it explains the interdependence between semasiology and culturology.

Keywords: Language, culture, semasiology, culturology, semantic analysis, phraseologism, national traditions, linguistics, Uzbek language.

Kalit so`zlar: Til, madaniyat, semasologiya, kulturologiya, semantic tahlil, frazeologizm, milliy qadriyatlar, tilshunoslik, o`zbek tili.

Til inson tafakkuri va madaniyatining muhim ko`zgusi hisoblanadi. Har bir millatning madaniyati, an`ana va qadriyatlari til orqali ifodalanadi va saqlanib keladi. Semasologiya- bu so`zlarning ma`nolarini, ularning tildagi o`zgarishlarini o`rganadigan ilmiy yo`nalish bo`lib, u madaniyat bilan uzviy bog`liqdir. Kulturologiya esa madaniyatni, uning shakllanishini va rivojlanishini o`rganadi. Ushbu maqolada semasologiya kulturologiya munosabatlari, til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqalar kengroq yoritib beriladi.

TIL VA MADANIYATNING O`ZARO ALOQALARI

Til va madaniyat o`rtasidagi bog`liqlik haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar V.Fon Humboldt, E.Sapir va B.L.Whorf kabi g`arbiy tilshunoslar tomonidan ilgari surilgan bo`lsa-da, o`zbek tilshunosligida ham bu masalaga kata e`tibor qaratilgan. O`zbek tilshunoslari tilning madaniyat bilan bog`liqligi, so`zlarning semantic ma`nolari va ularning madaniy komponentlarini chuqur tahlil qilib o`rganganlar.

O`zbek tilshunosi N.M.Madvaliyev til va madaniyatning bir-biri bialan uzviy bog`liqligni ta`kidlab, til orqali milliy madaniyat va qadriyatlar saqlanib qolishini qayd etadi. Uning fikricha, “ til millatning madaniy merosini saqlab turuvchi eng asosiy vositalardan biridir, chunki u orqali milliy qadriyatlar va urf-odatlar avloddan-avlodaga yetkaziladi” [1]. Til madaniyatni saqlash va yetkazishda vosita sifatida xizmat qiladi, bunda har bir so`z millatning madaniy hodisasi sifatida ko`riladi.

SEMASOLOGIYANING KULTUROLOGIYA BILAN BOG`LIQLIGI

Semasologiya so`z ma`nolarining o`zgarishini o`rganar ekan, ularning madaniy komponentlari ham tahlil qilinadi. Masalan, so`larning ma`nolari milliy madaniyat va ijtimoiy hayotning turli jihatlariga bog`liq ravishda o`zgarib boradi. O`zbek tilida madaniy hayot bilan bog`liq ko`plab so`z va iboralar mavjud bo`lib, ular orqali millatning turmush tarsi, qadriyatlari va an`anviy urf-odatlari aks etadi.

A.Nurmonov o`zining “Tilshunoslik nazariyasi va amaliyoti” asarida so`zlarning semantic tahlilida ularning madaniy komponentlarini hisobga olish zarurligini ta`kidlaydi. U o`zbek tilidagi ba`zi so`zlarning faqatgina madaniy kontekstda to`g`ri tushunilishini aytadi va buni “milliy ma`no’ tushunchasi bilan izohlaydi. Nurmonovning fikriga ko`ra, “madaniy asosga ega so`zlar o`z semantic jihatlarini jamiyatdagi an`analar va urf-odatlar bilan bog`liq holda shakllantiradi” [2]. Bunday ma`nolar madaniy hodisalar, ijtimoiy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga bevosita bog`liq bo`ladi.

MADANIY FRAZEOLOGIZMLAR VA SEMASOLOGIK TAHLIL

Frazeologizmlar tild madaniyatni ifodalashning eng yorqin shakllaridan biridir. Ular milliy madaniyatni aks ettiruvchi muhim til birliklari hisoblanadi. B.Teshaboyev o`zining “O`zbek tilining frazeologizmlaridagi milliy ma`daniy qadriyatlar” asarida o`zbek tilidagi frazeologizmlarni tahlil qilib, ularning madaniyat bilan bog`liqligini ko`rsatadi. Teshaboyevning ta`kidlashicha “frazeologizmlar milliy qadriyatlar turmush tarsi haqidagi tushunchalarni avloddan avlodga yetkazuvchi vositalardan biridir” [3]. Frazeologik birliklar ma`nosi ko`pincha milliy qadriyatlar, dinniy tushunchalar yoki urf-odatlarga asoslanadi. Masalan, “etti uyiga kirib, bitta uyidan chiqmagan” iborasi o`zbek xalqining mehmondo`stligini ifodalaydi, bu frazeologizm milliy madaniyat bilan bog`liq bo``lgan semantic ma`no yuklaydi.

Bundan tashqari, “sho`r bosmoq” frazeologizmi oladigan bo`lsak, biron-bir ishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashni anglatib keladi. Bu kabi iboralar o`zida xalqning ma`naviy madaniyatini, urf-odatlari va qadriyatlarini aks ettiradi. Sh.Sodiqov o`z asarlarida frazeologik birliklarning milliy madaniyat uzviy bog`liqligini ko`rsatadi: “Frazeologizmlar milliy madaniyatning boyligini va tilde ifodalanishini aniq aks ettiradi” [4].

KULTUROLOGIYA VA SEMASOLOGIYA: SO`ZLAR ORQALI

MADANIYATNI ANGLASH

Kulturologiya madaniyatning turli jihatlarini tahlil qiladi va uning til orqali ifodalaninshini o`rganadi. T.Qodirov til va madaniyatning uzviy bog`liqligini chuqur tahlil qilgan hoda shunday yozadi: “Madaniyat tilda namoyon bo`ladi va tilda saqlovchi asosiy vosita sifatida qaraladi. Bu jarayonda so`zlar nafaqat muloqot vositasi, balki madaniy bilimlarni ifodalovchi omillar sifatida faoliyat ko`rsatadi” [5].

Til tarmoq sifatida madaniy bilmlar, urf-odatlar, qadriyatlar an`analarni avloddan avlodga yetkazib beradi. Masalan, o`zbek tilida “ota-onangga hurmat” singari qadriyatlar ko`plab iboralar, maqollar va hikmatli so`zlar orqali ifodalanadi. Bu iboralarning semantic tahlili madaniyatning qanday aks ettirilganligini anglashga yordam beradi.

SO`Z MA`NOLARI VA MADANIYATDAGI O`ZGARISHLAR

Sozlarning ma`nolari vaqt o`tishi bilan o`zgaradi va buni madaniy o`zgarishlar bilan bog`lash mumkin. SH.Rahmatullayev o`zining lug`atlarida so`zlarning ko`p ma`noliligini tahlil qilgan va ular orqali o`zbek jamiyatidagi madaniy o`zgarishlarni kuzatish mumkinligini ta`kidlagan. Rahmatullayevning izohlashicha, “so`zlarning ko`p ma`nolilikka ega bo`lishi ularning jamiyatdagi turli madaniy o`zgarishlar va taraqqiyotlar bilan uyg`un holda rivojlanishini ko`rsatadi” [6]. Misol uchun, “oyna” so`zi bir paytlar oddiy oynani ifodalagan bo`lsa, hozirda bu so`z telefon ekranlarini ham anglatadi. Bu o`zgarish texnalogiyaning rivojlanishi va madaniy o`zgarishlar bilan bog`liq. “Ko`ngil” so`ziga ham e`tibor qaratadigan bo`lsak, bu so`z O`zbek madaniyatida faqat ruhiy holatni emas, balki insoniy munosabatlar va madaniy qadriyatlarni ham ifodalaydi. Bu tildagi so`zlar ma`nosining ko`p qatlamli ekanligini va madaniy jihatlardan boy ekanligini ko`rsatib o`tadi.

SEMANTIK MAYDONLAR VA ULARNING MADANIYAT BILAN

BOG`LIQLIGI

So`zlarning semantic maydoni- bu ularning bir-biriga yaqin ma`nolar tizimi bo`lib, u orqali madaniy qadriyatlar ham o`z aksini topad. M.Tursunov o`z tadqiqotlarida so`zlarning semantic maydonlarini tahlil qilib, ularning madaniyat bilan bog`liqligini o`rganadi. Uning fikriga ko`ra, “tilning semantic maydonlari madaniyatning o`zaro bog`liq hodisalari bilan to`ldirilgan bo`lib, bu o`zaro aloqalar til orqali aniqlanadi” [7].

Misol uchun, “mehnat” tushunchasi o`zbek madaniyatida nafaqat mehnat qilish, balki g`ayrat, sabr-toqat va halollik kabi qadriyatlarni ifodalaydi. Bu tushuncha bilan bog`li bo`lgan ko`plab semantic maydonlar tilda o`z ifodasini topadi va madaniyatni saqlab qolish vositasi sifatida namoyon bo`ladi.

TILNING MADANIYATNI YARATISHDAGI ROLI

Til nafaqat madaniyatni aks ettiradi, balki uni yaratadi va rivojlantiradi. O.Qosimovning “Til va jamiyat” asarida til jamiyat va madaniyatni shakllantiruvchi asosiy vosita sifatida talqin qilinadi. U tilning ijtimoiy va madaniy funktsiyalarini o`rganib, til orqali milliy ong va madaniy ongni rivojlantirish mumkinligini aytadi. Qosimovning fikricha, “til milliy madaniyatni shakllantiruvchi vosita bo`lib, u jamiyatning ma`naviy jihatlariga ta`sir ko`rsatadi” [8]. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tilning semantic jihatlari ham jamiyat va madaniyatni shakllantirishda kata ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, til va madaniyat o`zaro bir-biriga chambarchas bog`liq bo`lib, til xalqning madaniy boyliklarini ifodalash va avlodlarga yetkazish vositasi sifatida xizmat qiladi. Semasologiya va kulturologiya bu o`zaro munosabatni chuqur tahlil qilib, tilning semantic jihatlari va uning madaniyati aks ettirishdagi rolini o`rganadi. Tilshunoslarimiz tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bu borada boy ilmiy materiallarni taqdim etib, milliy madaniyat va tilning o`zaro ta`sirini yoritib beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Madaliyev N.M. Til va madaniyat. Toshkent, 2010.

2. Nurmonov A. Tilshunoslik nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: O`zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2001.

3. Teshaboyev B. O`zbek tilining frazeologizmlaridagi milliy madaniy qadriyatlar. Toshkent: Fan, 2008.

4. Sodiqov Sh. O`zbek tilida frazeologizmlar va ularning madaniy xususiyatlari. Toshkent: Sharq, 2011.

5. Qodirov T. Kulturologiya va til o`rganish. Toshkent: Fan, 2010.

6. Rahmatullayev Sh. O`zbek tilining izohli lug`ati. Toshkent: O`zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2006.

7. Tursunov M. Semantik maydonlar va madaniyat. Toshkent: O`zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2008

8. Qosimov O. Til va jamiyat. Toshkent: O`qituvchi, 2004.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.