HIKOYASI TARJIMASINING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Aripova Saodat Taxirovna
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti,
Filologiya kafedrsi o‘qituvchisi
aripova_saodat8822@mail.ru
+998977281111
Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy tarjima jarayonida lingvistik xususiyatlarning ahamiyati, tarjimada milliy rang, madaniy tafovutlar va ularning tarjima sifati va tushunilishiga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif J. Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi asosida lingvistik va madaniy o‘ziga xosliklarning tarjimada qanday aks etishi va tarjimon tomonidan qanday yondashuvlar qo‘llanilishi lozimligi haqida misollar keltiradi. Tarjimonning kommunikativ ta’sirni saqlab qolishdagi roli, madaniy neytrallikni saqlashi va lingvomadaniy farqlarga asoslangan yondashuvlarning zarurligi asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar: tarjima, lingvistik xususiyatlar, madaniyatlararo tafovut, kommunikativ ta’sir, umumlashtirish, leksik birliklar.
Аннотация. В данной статье рассматривается значение лингвистических особенностей в процессе художественного перевода, а также влияние национального колорита и культурных различий на качество и понимание перевода. На основе рассказа Джека Лондона «Любовь к жизни» анализируются подходы к передаче культурных и языковых элементов в переводе. Особое внимание уделяется роли переводчика в сохранении коммуникативного эффекта, необходимости культурной нейтральности и использования стратегий адаптации.
Ключевые слова: перевод, лингвистические особенности, межкультурные различия, коммуникативный эффект, генерализация, лексические единицы.
Abstract. This article explores the role of linguistic features in literary translation, focusing on the influence of national color and cultural differences on translation quality and comprehension. Using Jack London’s short story “Love of Life” as a case study, the paper illustrates how linguistic and cultural elements are handled in translation. It emphasizes the importance of the translator's role in preserving communicative effect, maintaining cultural neutrality, and applying strategies such as generalization and contextual adaptation.
Keywords: translation, linguistic features, cross-cultural differences, communicative effect, generalization, lexical units.
Tarjimaning lingvistik xususiyatlarini aniqlashda tarjimada inson hayotining turli jihatlari, shu jumladan milliy rang masalasi kuzatiladi, bu odatda odamlarning kiyimi, xulq-atvori va tilida uchraydigan ba’zi iboralar bilan xususiyatlanadi.
J. Lakoff til va madaniyat oʻrtasidagi munosabatni ochish uchun metaforalarni tahlil qilish vositasini taklif qiladi [1]. Chunonchi, nima uchun tarjimaning lingvistik xususiyatlari nazariyasi chet tilidagi ba’zi iboralarni oʻzlashtirganda tushunishni osonlashtirsa, boshqalarini tushunish qiyinligini tushuntiradi. Ushbu usul taqqoslangan tillar orasidagi kognitiv farqlarni aniqlashga yordam beradi. Bunday farqlar tasodifiy emas va dunyodagi hodisani u yoki bu shaxs ma’lum bir tarzda tushunishini koʻrsatadi.
Badiiy adabiyotni matn shaklida tarjima qilishda gap nafaqat tilni toʻgʻridan-toʻgʻri hisoblangan tizimlar shaklida oʻrganish, balki matnning tabiati, uning tuzilishi, mazmuni va fikrni ochishdagi oʻrni kabi umumiy tilshunoslikdagi nazariy baholar asosida bir qator masalalarni hal qilish dolzarb muammolardan biridir.
Hikoya tarjimasida leksik-grammatik va leksik-uslubiy vositalarni tahlil qilish ularni lingvistik nuqtai nazardan oʻrganishda qoʻl keladi. Matnlar bir tilning sintaktik, leksik-grammatik va leksik-usubiy vositalarini boshqa tilga tarjima qiladigan turli yoʻllar bilan yaratilishi mumkin. Buning qanday shakllantirllishi, albatta, tarjimonning mahoratiga bogʻliq.
Hikoya tarjimasida lingvistik xususiyatlarning leksik birliklarini qayta taqdim etish turli shakllarda boʻlishi mumkin. Ushbu shakllarni uchta munosabatlar orqali koʻrish mumkin:
1) muqobil (butunlay tenglik);
2) qisman tenglik;
3) tengsizlik (istisnolar).
Insonlar hayotidagi zarur narsalar va hodisalarni madaniyat vositasi sifatida baholash mumkin. Masalan, bir tomondan quyosh yoki oyni madaniyatga kiritish imkonsiz koʻrinadi. Biroq, bu tushunchalar barcha xalqlarning madaniyatlarida mavjudligi ma’lum. Biroq, ba’zi sovuq ob-havo hukm suradigan joyda yashovchi yevropaliklari (slavyanlar va nemislar) quyoshni iliqlik, gʻayrat va xayrixohlik belgisi sifatida ijobiy baholaydilar. Boshqa tomondan, arab madaniyatida salbiy qiymat quyoshga tegishli boʻlib, u yozda hayotni qiyinlashtiradigan jazirama haroratga tenglashtiriladi. Shuning uchun quyoshni nafaqat tabiiy hodisa, balki madaniy mahsulot sifatida ham tushunish mumkin.
Hikoya tarjimonlari duch keladigan eng dolzarb muammo bu asl matnning ohangdorligi va musiqiyligini takrorlash va asl matnning ta’sirini tarjimaga oʻtkazishdir. Buni uddalash uchun tarjimonlar grammatik va leksik birliklarni, tilning stilistik xususiyatlarini va lingvistik xususiyatlarini toʻliq oʻrganishlari kerak.
Q. Musaev lingvomadaniy xususiyatlar toʻgʻrisida shunday deydi: “Tarjimonni xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan xos soʻzlar ma’no va shakllaridan koʻra koʻproq ularning muayyan kontekslarda oʻtab keladigan vazifalarini qayta yaratish masalasi mashgʻul qilmogʻi darkor. Bu tarjimonni asl nusxadagi xos soʻzlarni beasos tarjima matniga koʻchirish yoki, mumkin boʻlmagan taqdirda ham, ularni tarjima tilidagi xos soʻzlar bilan almashtirib qoʻyish xavfidan saqlab qoladi. Tarjima amaliyotiga vazifaviy uygʻunlik nuqtaiy nazaridan yondashish asliyatdagi bunday ifoda vositalarining hajm, vazn, miqdor, hislat, xususiyat va vazifa aniqligini qayta yaratadi, shu bilan birga tarjimaning keng kitobxon ommasiga yaxshi tushunarli boʻlishiga erishish imkoniyatini beradi.” [2]
Hikoya mazmuni muallif tomonidan maxsus tanlangan tilning lingvistik xususiyatlarini, ya’ni leksik va sintaktik, shuningdek stilistik birliklarni shakllantiradi. Asl matn ma’lumotni kommunikativ maqsadiga muvofiq yanada ta’sirchan va samarali qiladigan lingvistik vositalardan tanlanadi. Natijada, bunday maqsadlar uchun yaratilgan matnlar ma’lum bir lingvistik potensialga ega va axborot qabul qiluvchiga (retseptoriga) kommunikativ ta’sir koʻrsatadi.
Musiqa turli odamlarga turlicha ta’sir qilgani kabi, qabul qiluvchilarning olgan bir xil ma’lumotlariga munosabati ham har xil boʻlishi mumkin. Axborot oluvchining axborotga nisbatan yuzaga keladigan lingvistik munosabati nafaqat hikoya matniga, balki qabul qiluvchining shaxsiyati, ma’lumoti, hayotiy tajribasi, ruhiy holati va boshqa shunga oʻxshash xususiyatlariga ham bogʻliq. Matnlarning lingvistik va kommunikativ ta’sirini ularning turli darajadagi odamlarga turli xil ta’siri bilan ham aniqlash mumkin.
Tarjima jarayonining birinchi bosqichida hikoya tarjimonining oʻzi ma’lumotni oluvchi sifatida matnda iloji boricha koʻproq ma’lumotni tushunishga harakat qiladi. Buning uchun u asl tilda mavjud boʻlgan barcha ma’lumotlardan xabardor boʻlishi kerak. Shuning uchun muvaffaqiyatli tarjima asl matn tegishli boʻlgan odamlarning tarixi, madaniyati, adabiyoti, urf-odatlari, madaniy me’rosi va turmush tarzi bilan bogʻliq ba’zi soʻzlarni bilishni va ularni chuqur oʻrganishni talab qiladi.
Tarjimon, tillararo aloqada vositachi sifatida, turli hodisalarga boʻlgan munosabatida betaraf qolishi va bu munosabatlar voqea yoki hodisalarning birinchi marta asliyatda ifodalanganidek aniqligiga zarar yetkazmasligini ta’minlashi kerak. Shu nuqtai nazardan, tarjimon lingvomadaniy neytral pozitsiyani egallashi kerak.
Hikoya tarjimasi jarayonining ikkinchi bosqichida tarjimon asl matnda ifodalangan voqealarni oʻquvchi tushuna oladigan lingvistik vositalar yordamida takrorlashga harakat qiladi. Madaniyatlararo farqlar tarjima tili aniq va tushunarli boʻlishiga kafolat bera olmaydigan hollarda, tarjimon bunday toʻsiqlardan qochish choralarini izlaydi va matnga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi kerak boʻladi.
Tarjimani oʻqiyotgan odamning bilim va tajribasining yetishmasligi tarjimonni ma’lum ma’lumotlarni aniq ifoda etishga, ya’ni matn mazmunini qoʻshish yoki izohlashga majbur qiladi. Bu holat, ayniqsa, hikoyada ismlar, geografik atamalarning tarjimalarida va turli mintaqalardagi madaniy va milliy belgilarga ega soʻzlarning tarjimalarida keng tarqalgan.
Tarjima qilingan matnni ma’lumot oluvchi tushunishi mumkin boʻlgan tilda qayta tiklash zarurati tarjimondan asl nusxada tushunish qiyin boʻlgan elementlarni asl nusxada taqdim etilgan ma’noda yetkazish uchun qoʻshimcha talqinlarni yaratishni talab qiladi. Bunday elementlarni asl tilni oʻquvchi osongina tushunishi mumkin, ammo tarjima qilingan til oʻquvchiga hech qanday ma’no bermasligi mumkin. Masalan, mashhur amerikalik yozuvchi Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasidan olingan quyidagi misolda Angliyada Bosh Vazir qarorgohi manzilini ifodalagan (No. 10) faqat tarjimonning aralashuuvi bilangina oʻquvchilarga aniq boʻlishi mumkinligi bor gap. Oʻquvchi tarjimonning salohiyati evaziga bu yerda bu raqam nimani anglatishini bilish uchun ortiqcha bosh qotirib oʻtirmaydi. Vaholanki, bu manzil ingliz oʻquvchilarining barchasi uchun birdek tushunarli.
“The Prime-Minister spoke a few
words from a window in No. 10.” (J.
London “Love of life”)
Bosh vazir oʻz qarorgohi
balkonidan qisqa nutq soʻzladi. (F.
Abdullaev “Hikoyalar” T.: 1955. –B. 57)
Tarjimashunoslikda “generalizatsiya” (umumiylashtirish) deb nomlangan yana bir strategiya borki, hikoyalar tarjimasida juda qoʻl keladi. Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi asliyati va tarjimasidan olingan ushbu oʻrinlar fikrimizga yaqqol misol boʻla oladi:
“Also, he would find flour, – not
much, – a piece of bacon, and some beans” (J. London “Love of life” 1905. r.
63)
Bundan tashqari oʻsha yerda oz
boʻlsa ham un, bir parcha goʻsht, loviya
ham bor. (F. Abdullaev “Hikoyalar” T.:
1955. –B. 59)
“a «swept» yard that was never
swept where Johnson grass and rabbittobacco grew in abundance.” (J. London
“Love of life” 1905. r. 65)
“top-toza” hovli hech qachon
supirilmas va butunlay oʻt-oʻlanlar bilan
qoplanib yotardi”. (F. Abdullaev
“Hikoyalar” T.: 1955. –B. 60)
Yuqoridagi misollardagi choʻchqa goʻshtidan qilingan taom va Amerikaning jazirama hududlarida oʻsuvchi oʻt nomlari ifodalaydigan “bacon” hamda “Johnson grass” va “rabbit tobacco” oʻzbek kitobxonlariga umuman tanish boʻlmaganligi sababli tarjimon F.Abdullayev bu yerda ularni umumiylashtirib shunchaki goʻsht yoki oʻt-oʻlanlar tarzida tushuntirgan. Ikkinchi misoldagi “Johnson grass” va “rabbit tobacco” lar oʻzbek tiliga soʻzma-soʻz tarjima qilinganda qanchalik gʻalati va kulguli chiqishiga ham e’tibor berish oʻrinli: “Jonson oʻti”, “quyon tamaki”.
Tarjima orqali oʻzbek oʻquvchilariga ma’lumot yetkazishga harakat qilayotgan tarjimon oʻz matnini bilim jihatdan ma’lum yuqori yoki past saviyadagi oʻquvchiga yoʻnaltiradi. Bu esa asliyatni qisqartirish va moslashtirishga olib kelishi bor gap. Buni, ayniqsa, yosh kitobxonlar uchun kitoblarni chet tiliga tarjima qilishda koʻrish mumkin.
Tarjimada lingvistik imkoniyatlarning qay darajada aniq aks ettirilganligini badiiy asarning oʻquvchiga ta’sirida koʻrinadi. Shekspir, J. London va Ch. Dikkens kabi yzouvchilar asarlarini ona tilida oʻqiganlar asl mualliflarning badiiy iste’dodlarini his qilishlari va nima uchun ular oʻz vatanlarida buyuk yozuvchi sifatida tan olinishini tushunishlari mumkin. Agar tarjimonlar ham oʻz vazifalarini toʻla-toʻkis uddalay olsalar, ingliz tilidan tarjimaning kommunikativ ta’siri toʻliq mavjud deb hisoblanadi. Albatta, asliyatdagi kitoblarni oʻqishdagi kommunikativ ta’sirni ushbu asar tarjimasining oʻzbek kitobxonlariga ta’siri bilan taqqoslash mezoni yoʻq. Vaholanki, tarjimani oʻqigan oʻquvchilarning reaksiyasi asl nusxani oʻqigan oʻquvchilarga qaraganda kamroq yoki aksincha boʻlishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. G. Lakoff, M. Johnson. Metaphors We Live By. 1980.
2. Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari: darslik. – Т.: Fan, 2005. – .352 b.
3. J. London “Love of life”
4. F. Abdullaev “Hikoyalar” T.: 1955.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.