ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

SANOAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHINI MAHALLIYLASHTIRISHNING JAHON TAJRIBASI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Annotatsiya

Mazkur maqolada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning   Lotin Amerikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyo, AQSh va Yaponiya kabi mamlaktlardagi tajribalari va mamlakatimiz iqtisodiyotida undan samarali foydalanish imkoniyatlari statistik ma’lumotlar asosida iqtisodiy tahlil qilinib, fikr-mulahazalar bildirilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Sobitova Ra’no Solidjonovna

TerDU, iffd (PhD)

Xodjamuradova Sevinch Nuriddinovna

TerDU O‘zbekiston -Belorussiya

qo‘shma dastur 1-kurs talabasi

Annotatsiya

Mazkur maqolada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning Lotin Amerikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyo, AQSh va Yaponiya kabi mamlaktlardagi tajribalari va mamlakatimiz iqtisodiyotida undan samarali foydalanish imkoniyatlari statistik ma’lumotlar asosida iqtisodiy tahlil qilinib, fikr-mulahazalar bildirilgan.

Kalit so‘zlar: sanoat , mahalliylashtirish, global qo‘shilgan qiymat занжири, sanoat unumdorligi indeksi, CIP indeksi

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirishning jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ushbu siyosat eksportni kengaytirish, ichki bozorda import bilan raqobatlasha oladigan tovarlar ishlab chiqarishini kengaytirishga kuchli rag‘bat yaratadi. BMT ning sanoatni rivojlantirish tashkiloti YUNIDO tomonidan yuritilgan raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi bo‘yicha jami ishlab chiqarish qo‘shilgan qiymatida o‘rta-yuqori va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qo‘shilgan qiymatining ulushi 2023-yilda Koreya Respublikasida 63,8% (263 mlrd.doll.), Germaniyada 61,7% (469 mlrd.doll.), Yaponiyada 56,6% (1,6 trln.doll.) ni tashkil etdi1. Ushbu holat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirish orqali raqobatbardoshlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi.

Hozirgi vaqtda jahonning rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida import o‘rnini bosish siyosatini takomillashtirish, uni mahalliy vazifalarni hal qilishga, hududiy mehnat taqsimoti bilan uzviy bog‘liq ravishda yangi turdagi mahsulot yoki 1 https://stat.unido.org/content/learning-center/classification-of-manufacturing-sectors-by-technological-intensity xizmatlarni yaratish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ishchi kuchining bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi sanoat siyosati va bu boradagi strategik vazifalarni belgilashda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28 yanvardagi PF-60- sonli “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026- yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish”2 vazifasi belgilab qo‘yilganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida “Iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatbardosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishilishi” alohida ta’kidlanganligi sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish borasidagi muammoga mutlaqo yangicha yondashuv hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida import o‘rnini bosish siyosati mahalliy vazifalarni hal qilishga, birinchi navbatda, savdo balansi qoldig‘ini yaxshilash hamda milliy sanoat va qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligining pasayishi bilan bog‘liq importdan himoyalanishga qaratilgan. Katta resurs imkoniyatlari sanoatni o‘z xom ashyosi bilan ta’minlashnigina emas, balki ichki bozor katta hajmlari ichki iste’mol hisobiga iqtisodiyotni rivojlantirish uchun milliy tovarlarga bo‘lgan talabni yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash imkonini berdi.

Lotin Amerikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari industrlashtirish siyosati oldiga import o‘rnini bosish va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlardan qoloqlikni bartaraf qilish maqsadini qo‘ydi. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida import o‘rnini bosish siyosatini amalga oshirish uchun dastlabki shart-sharoitlar Lotin Amerikasi davlatlaridagiga nisbatan kam qulayliklarga ega. Eng avvalo, bu Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya kabi ko‘plab davlatlar ichki bozorining nisbatan kichik sig‘imkorligiga taalluqlidir. O‘z tabiiy resurslari bilan past ta’minlanganlik darajasi milliy ishlab chiqarishni tashkil qilishda raqobat ustunliklarini bermadi va dastlabki bosqichda xom ashyo eksporti hisobiga milliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash imkonini berdi. Shu 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni// www.lex.uz sababli import o‘rnini bosish strategiyasi boshidan faqat cheklangan miqdordagi tovarlarga, eng avvalo, ishlab chiqarilishi katta investitsion xarajatlar talab qilmaydigan, yuqori texnologiyali bo‘lmagan va barqaror talabga ega tovarlarga yo‘naltirilishi mumkin bo‘ldi.

Garchi Lotin Amerikasining alohida davlatlarida import o‘rnini bosish siyosati turli resurs salohiyati bilan ham, foydalaniladigan iqtisodiy mexanizmlar bilan ham belgilangan o‘z farqlariga ega bo‘lsada, ularning tarkibida ikkita asosiy bosqichni ajratish mumkin:

- 1940-1950-yillarda vujudga kelgan va milliy oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan import o‘rnini bosishning birinchi fazasi;

- ikkinchi faza – o‘tgan asrning 60-yillarida boshlangan og‘ir sanoat mahsuloti importi o‘rnini bosish.

1980-yillarda Lotin Amerikasida ichki bozorlarning ochilishi, ijtimoiy xarajatlarning pasayishi, davlat tomonidan nazoratning kamayishi va “Breydi rejasi”ga muvofiq, qarzdorlikni restrukturizatsiyalashni ko‘zda tutadigan neoliberal iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi3.

Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun import o‘rnini bosuvchi industrlashtirishning natijaviy davri uning birinchi fazasi – o‘rta va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari yangi ishlab chiqarishlarini tashkil qilish bo‘ldi. Mahsulotning bu turi kapital sig‘imli hisoblanmaydi, bu esa Lotin Amerikasi mamlakatlarida mavjud mehnat resurslari yetarli hajmda mavjud bo‘lganda, uni qisqa muddatlarda ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.

XX asrning 40-60 yillarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida va keyinroq, 60-70 yillarda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilgan industrlashtirish milliy ishlab chiqarish tuzilmalarini transformatsiyalash uchun import o‘rnini bosish siyosatining ko‘lamli va majmuaviy tarzda o‘tkazilishi bilan birga bordi. Masalan, 1948- 1962 yillarda BMT qoshidagi Lotin Amerikasi uchun Iqtisodiy komissiya (Economic Commission for Latin America) ijrochi kotibi hisoblangan, Argentina iqtisodchisi R.Prebishning fikricha, jahon iqtisodiyotidagi notekis holat saqlanib qoladi, chunki “markaz” resurslarni kam taraqqiy etgan mamlakatlardan oladi. 3 Теперман, В. А. Мировые схемы урегулирования внешней задолженности / В. А. Теперман // Латин. Америка. – 1998. – № 8. – С. 67–70

Janubiy-Sharqiy Osiyoda import o‘rnini bosish siyosatini o‘tkazishning boshlanishi o‘tgan asrning 60-yillarida yuz berdi. Ya’ni uni amalga oshirish Lotin Amerikasidagidan ancha keyinroq boshlandi. Bu yerda dastlabki bosqichda oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari shakllandi, ammo ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga asosiy urg‘u berildi. Yangi tarmoqlar rivojlanishi, ichki bozor ularning mahsulotlari bilan to‘ldirilishi va valyuta mablag‘lariga ehtiyojning ortishi bilan ustuvor import o‘rnini bosuvchi siyosatdan ustuvor eksportga yo‘naltirilgan siyosatga o‘tish yuz berdi.

1970-yillarda industrlashtirishning navbatdagi bosqichi amalga oshirilib, bu jarayonda og‘ir sanoat korxonalari tashkil qilindi. Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatga o‘tish import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish va chet eldan tovarlar kiritilishiga katta cheklovlar bilan birga bordi, importga nisbatan qonunchilikni erkinlashtirish esa faqat eksportning ilgarilovchi barqaror o‘sishini ta’minlab, milliy mahsulotning jahon bozorlaridagi yuqori raqobatbardoshlilik darajasiga erishganidan keyin yuz berdi.

Lotin Amerikasida import o‘rnini bosuvchi industrlashtirish siyosatini o‘tkazish jarayonida yosh ishlab chiqarishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun amalda tarif va notarif cheklovlarining bir butun tarmog‘idan: yuqori, ba’zida esa to‘siq darajasi ham yuqori bo‘lgan bojlarni kiritishdan to importni qat’iy kvotalashga qadar foydalanildi4.

Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida dastlabki bosqichda import o‘rnini bosuvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun g‘arb davlatlarining moliyaviy yordami va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan faol foydalanildi. Masalan, Qo‘shma Shtatlar tomonidan Tayvanni qo‘llab-quvvatlash 1951 yildan – 1965 yilgacha 1444 mln.doll.ni tashkil etdi5. 1961 yilgacha Tayvan milliy jamg‘armalarida Amerika moliyalashining ulushi 40-48% ni tashkil etdi6. Biroq o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosat moliyalashtirish ichki manbalarini rivojlantirishni ta’minladi. Masalan, Janubiy Koreyada YaIM tarkibida ichki jamg‘armalar ulushi 1962 yildan 1976 yilgacha bo‘lgan davrda 3% dan 27% gacha o‘sdi7. 4 Модернизация: зарубежный опыт и Россия / В. А. Красилщиков [и др.]. –М. : Информарт, 1994. – С.60-62., C.63, C.661-662 5 Ширли, В. Ю. Го. Экономическая политика Тайваня / В. Ю. Го Ширли; пер. Л. Л. Тодорова ; под ред. Л. А. Фридмана. – М. : Муравей-Гайд, 1999. – C.31. 6 Ширли, В. Ю. Го. Экономическая политика Тайваня / В. Ю. Го Ширли; пер. Л. Л. Тодорова ; под ред. Л. А. Фридмана. – М. : Муравей-Гайд, 1999. – C.31. 7 Хруцкий, В. Е. Южнокорейский парадокс / В. Е. Хруцкий. – М. : Финансы и статистика, 1993. – C/37.

Janubiy-Sharqiy Osiyoda eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi strategiyani uyg‘unlashtirish boshidan ichki talabni qondirish uchun yaratilayotgan sanoat tarmoqlariga kelajakda eksport yetakchisi bo‘lish imkonini berdi. Chet el tovarlari tomonidan raqobatdan davlat himoyasi sharoitida mehnat-kapital – fan sig‘imli tarmoqlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, iqtisodiyotning shakllangan sohalari mahsulotiga nisbatan faol eksport strategiyasi bilan uyg‘unlashtirishda importga cheklovlarga tortilgan yondashuv muvaffaqiyatli va jadal industrlashtirish garovi hisoblandi va tashqi savdo ko‘rsatkichlarining muvozanatlashganligini ta’minlashga olib keldi. Mutanosib ravishda yangi ishlab chiqarishlarning shakllanishi bilan infratuzilma ham rivojlandi, moliyaviy institutlar va xizmat sohalari, transport tizimi yaratildi. Yaratilayotgan sanoat tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solish, markazlashgan moliyalashtirish, eksport-import operatsiyalarini tartiblash iqtisodiyotni modernizatsiyalash natijaviyligining asosiy omillaridan biri hisoblandi.

Pandemiya dunyo miqyosida iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus tufayli 2022-yilda dunyo iqtisodiyotining o‘sishi 4,5 foizdan 6 foizgacha pasaygan (1.4.1-, 1.4.2-ilovalar).

Dunyo bo‘yicha YaIM keskin pastladi, 2019-yilda 2,6% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 3,3% ni tashkil etdi. Ammo 2022-yilning birinchi yarmi va yilning uchinchi choragida global iqtisodiy inqirozdan so‘ng, dunyo iqtisodiyotida jonlanish kuzatildi. AQSh va Yevropa iqtisodiyotida 2022-yilning uchinchi choragida tiklanish alomati sezila boshladi. Xususan, AQSh iqtisodiyotida yillik hisobda 5,0, Yevropa hududida esa uchinchi chorakda 12,5% ga o‘sish kuzatildi. 2022-yilning 25 noyabrida Yaponiya hukumati mamlakat YaIM uchinchi chorakda 4,7% ga o‘sganligini ma’lum qildi (1-jadval).

Dunyo miqyosida xom ashyo tovarlari narxi keskin tushib ketgani, mamlakatlararo savdo-sotiq hajmining sezilarli darajada kamayishi, mahsulot yetkazib berish global va hududiy zanjirlaridagi uzilishlar, shuningdek, moliya bozorlarida kuzatilayotgan inqiroz tufayli COVID-19 pandemiyasi Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 1-jadval Mamlakatlarning yillik YaIM ning o‘sishi8 8 Jahon banki ma’lumotlari asosida tuzildi. Yillar 201

0 y.

1 y.

2 y.

3 y.

4 y.

5 y.

6 y.

7 y.

8 y.

9 y.

0 y. Qo‘shni mamlakatl ar

Afg‘onis

ton

14,

4 0,4 12,

8 5,6 2,7 1,5 2,3 2,7 1,2 3,9 -

2,4

Qirg‘izis

ton

-

0,5 6,0 -

0,1

10,

9 4,0 3,9 4,3 4,7 3,8 4,6 -

8,6

Qozog‘is

ton 7,3 7,4 4,8 6,0 4,2 1,2 1,1 4,1 4,1 4,5 -

2,5

Tojikisto

n 6,5 7,4 7,5 7,4 6,7 6,0 6,9 7,1 7,6 7,4 4,5 Rivojlanga n mamlakatl ar

BAA 1,6 6,9 4,5 5,1 4,4 5,1 3,0 2,4 1,2 3,4 -

6,1

Birlashg

an

qirollik

2,1 1,5 1,5 1,9 3,0 2,6 2,3 2,1 1,7 1,7 -

9,4

Qo‘shim

a shtatlar 2,6 1,6 2,3 1,8 2,5 3,1 1,7 2,3 3,0 2,2 -

3,4

Xitoy 10,

6 9,6 7,9 7,8 7,4 7,0 6,9 7,0 6,8 6,0 2,4

Italiya 1,7 0,7 -

3,0

-

1,8 0,0 0,8 1,3 1,7 0,9 0,4 -

8,9

Jahonda pandemiya sharoitida global qo‘shilgan qiymatlar zanjirining (GQQZ) o‘zgarishiga tashqi savdodagi proteksionistik chora-tadbirlarning o‘sishi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Proteksionistik chora-tadbirlar xorijga olib chiqib ketilgan ishlab chiqarishni mamlakatga qaytarish yoki yangi hududlarga ko‘chirishga ta’sir ko‘rsatmoqda. COVID-19 pandemiyasi tufayli turli global xatarlarning vujudga kelishi, rivojlanishi kompaniyalarga GQQZ da noaniqliklar va tahdidlar yo‘qolgunga qadar investitsiya muhitining yaxshilanishiga qadar investitsion loyihalarni amalga oshirishni kechiktiradi.

Ayrim mamlakatlarni GQQZ da ishtirok etish darajasini aniqlash muhim ilmiyamaliy ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotda ushbu darajani aniqlash uchun vertikal ixtisoslashuv – import qilingan tovarlarning mamlakat yalpi eksportidagi ulushi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. GQQZ rivojlanib borgan sari boshqa mamlakatlarda eksport tovarlarini ishlab chiqarishda oraliq import sifatida foydalaniladigan, mamlakat eksport qiladigan tovar va xizmatlarning ulushi – qo‘shimcha vertikal ixtisoslashuv ko‘rsatkichi ham qo‘llaniladi.

Tahlillar ko‘rsatishicha, kichik ochiq iqtisodiyot mamlakatlari (Koreya Respublikasi, Finlandiya, Shveysariya) xorijiy manbalardan oraliq mahsulotlar va qo‘shilgan qiymatlar zanjirini katta mamlakatlarga nisbatan ko‘proq oladi. Qo‘shilgan qiymat zanjiri iqtisodiyot hajmiga qaraganda, eksportning qanchalik katta qismi import bilan bog‘liqligiga moyil bo‘ladi. Jumladan, AQSh eksportida xorijiy “kontent” ulushi 15% ni tashkil etgani holda, mamlakatning GQQZ da qatnashuvi indeksi 40% ga teng (1- rasm). 1-rasm. Rivojlangan mamlakatlarning GQQZ dagi qatnashish indeksi (yalpi eksport hajmidagi ulushi, foiz hisobida)9

Iqtisodiy adabiyotda GQQZ uzunligi tarmoqlararo balans asosida hisoblanadi. GQQZ tarmoq tarkibi tahlili ko‘rsatishicha, telekommunikatsiya uskunalari, avtomobil sanoati, metallurgiya, yengil va elektrotexnika sanoatlari ishlab chiqarishi uzunligi jihatidan boshqa tarmoqlarga nisbatan katta hisoblanadi. Eng qisqa GQQZ uzunligi qazib chiqarish sanoatida kuzatiladi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, giperixtisoslashuv kompaniyalar samaradorligini oshiradi va ular o‘rtasida ilg‘or texnologiyalarning 9 https://www.wto.org

15,6 19 20,5 21,9 24,1 24,7 24,9 32,8

32,1 23,4

41,6

25,1 25,5 22,9 15

14,6

паст даражада

қатнашаётган

мамлакатлар

жадал

ривожланаётган

мамлакатлар tarqalishiga yordam beradi, zanjir doirasida kapital va resurslarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Bozor munosabatlari rivojlanayotgan mamlakatlar kompaniyalarini GQQZ da qatnashuvchi a’zo-mamlakatlar kompaniyalarida mehnat unumdorligini ikki baravar oshirish imkonini beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, GQQZ da qatnashish darajasining 1% ga ortishi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarni odatdagi xalqaro savdoda (0,2%) qatnashishga nisbatan 1% ko‘paytirish imkonini beradi10.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi proteksionizm va siyosiy noaniqlikning kuchayishiga, pirovard natijada GQQZ uzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu savdo urushining keskinlashuvi investorlar tomonidan investitsion muhitga bildirilgan ishonchning keskin susayishiga olib keladi, jahon iqtisodiyoti o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kambag‘allik darajasining ortishiga olib keladi. Natijada 30 mln.kishi kuniga 5,5 AQSh dollari miqdorida hisoblangan kambag‘allik chegarasidan pastga tushib qolishi va jahon bo‘yicha daromadlar kamida 1,4 trln. dollarga qisqarishi mumkin11.

Jahon iqtisodiyotida raqobatbardoshlilik hamda barqaror sanoat o‘sishini innovatsion omillar va ilg‘or sanoat siyosati orqali ta’minlashda Germaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, AQSh va Yaponiya (raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksidagi yuqori beshtalikka kiruvchi mamlakatlar) kabi mamlakatlarda boy tajriba to‘plangan. Hozirgi kunda xalqaro amaliyotda davlatlararo sanoat raqobatbardoshligini baholashda foydalanilayotgan asosiy ko‘rsatkichlardan biri BMT ning sanoatni rivojlantirish tashkiloti YuNIDO tomonidan yuritilgan raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi (Competitive industrial performance index –CIP indeksi) hisoblanadi.

Ushbu indeks sanoat raqobatbardoshligini o‘zaro taqqoslash, sanoatning sust ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat va kapital omillarini taqsimlashdagi kamchiliklarga e’tibor qaratish, sanoatdagi samarasizlikni baholash, batafsil tahlil qilish va bartaraf etish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, CIP indeksi mamlakat sanoatining mavjud salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan 10 “Доклад о мировом развитии 2020. Торговля как инструмент развития в эпоху глобалных производственносбытовых целей”. Группа всемирного банка 2020. С.7. https://openknowledge worldbank.org/bitstream/hande/10986/32437/211457ovRU.pdf 11 Доклад о мировом развитии 2020. Торговля как инструмент развития в эпоху глобалнqх производственноg‘сбqтовqх цепей. Обзор 2020. Международнqй банк реконструкции и развития. Вашингтон, 2020. С.12 va tajribadan o‘tgan (xorij tajribasida qo‘llanilgan) modellardan foydalangan holda ishlab chiqarishni kengaytirish va tarkibiy o‘zgartirishga yetaklovchi vosita hisoblanadi.

Ushbu indeksni tashkil qiluvchi subindekslar 6 ta bo‘lib, shulardan 2 tasi, ya’ni sanoatlashtirish intensivligi va sanoat eksporti sifati subindekslari qolgan subindekslarning natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksida yuqori beshtalikka kiruvchi davlatlarning sanoatlashtirish intensivligi va sanoat eksporti sifati subindekslarining tarkibiy indikatorlari bo‘yicha natijalari tahlil qilindi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, sanoatlashtirish intensivligi subindeksining YaIM tarkibida ishlab chiqarishdagi qo‘shilgan qiymat ulushi indikatorida yuqoridagi 5 ta davlat o‘rtasida 2022-yilda Xitoy 28,9% (3,9 trln.doll.) li ulush bilan yetakchilik qilgan bo‘lsa, Koreya Respublikasi 27,5% (413,6 mlrd doll.), Germaniya 21,2% (760 mlrd.doll), Yaponiya 21,1% (961,1 mlrd.doll.) va AQSh 11,4% li (2,2 trln. doll.) natijalarni qayd etdi.

Shu bilan birga, jami ishlab chiqarish qo‘shilgan qiymatida o‘rta-yuqori va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish qo‘shilgan qiymatining ulushi indikatorida 2022-yilda Koreya Respublikasi 63,8% (263 mlrd.doll.) ulush bilan yuqoridagi davlatlar o‘rtasida eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan bo‘lsa, Germaniya 61,7% (469 mlrd.doll.), Yaponiya 56,6% (1,6 trln.doll.) li natijalarni qayd etdi (1.4.2-rasm).

Tahlillarga ko‘ra, sanoat eksporti sifati subindeksining jami eksportda ishlab chiqarishning ulushi indikatorida yuqoridagi davlatlar o‘rtasida Koreya Respublikasi 97,3% (588,7 mlrd.doll.) li ulush bilan yetakchilik qilgan bo‘lsa, Xitoy 96,4% (2,4 trln.doll.), Yaponiya 90,4% (667,8 mlrd.doll.), Germaniya 89,9% (1,4 trln.doll.) hamda AQSh 72,1% li (1 trln.doll.) ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

63,8 61,7 56,6

47,4

41,5

Жанубий Корея Германия Япония АҚШ Хитой 2- rasm. 2022-yil jami ishlab chiqarish qo‘shilgan qiymatida o‘rta va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish qo‘shilgan qiymatining ulushi indikatori12

Shu bilan bir qatorda, jami ishlab chiqarish eksportida o‘rta-yuqori va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish eksportining ulushi indikatorida Yaponiya 80,7% li (538,9 mlrd.doll.) ulush bilan mazkur davlatlar o‘rtasida eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan bo‘lsa, Koreya Respublikasi 74,2% li (436,8 mlrd.doll.), Germaniya 73,9% (1 trln.doll.), AQSh 62,3% (646,9 mlrd.doll.) va Xitoy 60,5% li (1,5 trln.doll.) natijalarni qayd etdi.

Germaniya Federativ Respublikasining eng yirik texnologik sanoat tarmoqlari hisoblangan elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik va avtomobilsozlik sohalari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllandi.

Ilmiy yondashuvni Xermann von Xelmxolz (milliy tadqiqot markazlari asotsiatsiyasi) ga a’zo institutlar amalga oshiradi. Ularning faoliyati atrof-muhit, energetika, sog‘liqni saqlash, materialshunoslik, axborot- kommunikatsiya va aviatsiya, kosmik va boshqa muhim texnologiyalarga bag‘ishlangan bo‘lib, tadqiqotlarning 90% i davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Amaliy yo‘nalishda Fraunxofer (institutlar tarmog‘i) institutlari (katta hajmdagi uskuna va laboratoriya jihozlari bilan) mavjud. Fraunxofer jamiyatida hozirgi kunda 5000 ga yaqin olim va muhandislari bo‘lgan 50 taga yaqin institut faoliyat yuritadi.

Bir yarim asrga yaqin vaqt ichida Germaniya iqtisodiyoti sezilarli darajada o‘zgardi. YaIM ga nisbatan innovatsion xarajatlar 1850 yildagi 1% dan 1970 yilda maksimal 6,5% gacha o‘sgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib, 3,1% ni tashkil qilmoqda. Sanoatga innovatsion rivojlanish vositalarini jalb qilish natijasida ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyali mahsulotlar ulushi ortib bordi. Xususan, ishlab chiqarishdagi qo‘shilgan qiymatda o‘rta-yuqori va yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi 1990-yilda 52%, 2000- yilda 55% va 2018 yilda 62%ni tashkil qildi13.

Xitoyning uzoq muddatli barqaror iqtisodiy, eksportga yo‘naltirilgan va investitsion siyosati zamonaviy sanoat infratuzilmasini sezilarli darajada kengaytirdi va yangi sanoat tarmoqlarini yaratdi. Buning natijasida sanoat ishlab chiqarishi yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, YaIM tarkibida sanoat ishlab chiqarishining ulushi 1990-yilda 21%, 2000-yilda 12 https://stat.unido.org/content/learning-center/classification-of-manufacturing-sectors-by-technological-intensity 13 https://www.econstor.eu/bitstream 26% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2010 va 2018 yillarda bu ko‘rsatkich mos ravishda, 29,3% hamda 29% ni tashkil qilgan14.

Koreya Respublikasida 1960- yilda ilm-fan, texnika sohasi ancha og‘ir ahvolda edi. Ilmiy – tadqiqot faoliyati bilan 5000 ta tadqiqotchi va 2 ta ilmiy – tadqiqot instituti shug‘ullangan. Hukumat tomonidan 1962-yilda qabul qilingan birinchi besh yillik iqtisodiy rejalar dasturi sanoat strategiyasining asosiy siyosiy vositasi bo‘ldi hamda 1963- yilda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun 9,5 mln. doll. mablag‘ sarflandi. Mamlakat texnologiyalarni sotib olishda uzoq muddatli xalqaro kreditlardan foydalandi va ichki imkoniyatlarni rivojlantirish uchun yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va takomillashtirish siyosati olib borildi.

Sanoat korxonalariga yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishda yordam berish uchun hukumat mashinasozlik, kimyo va og‘ir sanoatda Korea Institute of Machinery and Metals (Koreya mashinasozlik va metallurgiya instituti), Electronics and Telecommunications Research Institute (Elektronika va telekommunikatsiya ilmiy tadqiqot instituti), Korea Research Institute of Chemical Technology (Koreya kimyo texnologiyalari tadqiqot instituti), Korea Research Institute of Standards and Science (Koreya standartlar va ilmfan tadqiqotlari instituti), Korea Institute for Energy Research (Koreya energetika tadqiqotlari instituti), Korea Ocean R&D Institute (Koreya okean ilmiy-tadqiqot instituti), davlat ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil etdi.

Koreyaga 1962-yildan 1971-yilgacha xorijiy investitsiyalar oqimi 264 mln.doll.ni, asosiy vositalar importi esa 2,9 mln. doll.ni tashkil etdi. Hukumat tomonidan “Fan va texnologiyalarni rivojlantirish to‘g‘risida”gi va “Ta’lim va ilm-fan to‘g‘risida”gi qonunlar ishlab chiqilishi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning huquqiy asosi sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.

Koreya Respublikasida 2005-yilda barcha qo‘llab-quvvatlash dasturlarining 30% i ilmiy – tadqiqot subsidiyalari, 13% i texnologiyalar transferi va 11% i inson resurslarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan. Hukumat kredit dasturlari uchun 3,4 mlrd.doll., ilmiy-tadqiqot ishlarini subsidiyalash dasturlari uchun 3,3 mlrd.doll. mablag‘ sarfladi. Soliqlarni rag‘batlantirish dasturlari tufayli voz kechilgan soliq tushumlari 2005 yilda 1,5 mlrd.doll.ni tashkil etdi15. 14 https://unido.org 15 https://www.rrojasdatabank.info

Amerika sanoati dunyoda eng ilg‘or texnologik taraqqiy etgan davlat sifatida tavsiflanadi. Yer va sarmoyaning mavjudligi, erkin suv yo‘llarining rivojlanishi, tabiiy boyliklarning ko‘pligi, iqlimning xilma-xilligi va savdo bitimlarining oson kelishilishi Amerika sanoatining jadal rivojlanishiga yordam berdi. Mustaqil davlat sifatida paydo bo‘lganidan beri Qo‘shma shtatlar ilm-fan va innovatsiyalarni rag‘batlantirishga e’tibor qaratdi. Kimyo va elektrotexnika sanoatidagi yutuqlar ko‘plab yangi sohalarda inqilobni amalga oshirdi.

AQSh kompyuter ishlab chiqarish bo‘yicha 1980-1990-yillarda dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi. Biroq XXI asrning boshlarida yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sanoatida pasayish qayd etildi. Mamlakatda 2001-yil yanvaridan 2002 yil dekabriga qadar yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda bandlik 20% ga (415 ming ish joyiga) kamaydi. Bunga sabab sifatida yirik korporatsiyalarning foydali mehnat resurslari va yangi bozorlarga ega bo‘lish maqsadida Qo‘shma Shtatlardan chiqib, Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, xususan, Xitoy, Tayvan va Singapurga ko‘chib kelganligini va 1999- 2003-yillarda tadqiqotlar rivojlanishi pasayganligi hisoblanadi16.

Mamlakat Yevropadan import qilinayotgan mahsulotlar yetishmovchiligini mahalliylashtirishni rivojlantirish orqali qopladi17.

Yaponiya sanoati 1980-yilga kelib, muvaffaqiyatning tabiiy omili sifatida bir qator ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologik darajaga chiqib, chet eldan past foizli qarz olish imkoniyatlarini pasaytirdi. Yaponiyaning ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi asosiy hamkori AQSh bo‘lib qoldi. Hukumat tomonidan 1980 yillarning o‘rtalaridan boshlab, bir qator ilmiy-tadqiqot dasturlari amalga oshirila boshlandi hamda bu dasturlarda chet elliklarning ishtiroki ta’minlandi. Masalan, asosiy texnologiyalar markazining bir nechta loyihalari xorijiy transmilliy kompaniyalar tomonidan amalga oshirildi. Yangi innovatsion ishlanmalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha xalqaro ilmiy-tadqiqot muassasalari va laboratoriyalar bilan hamkorlik o‘rnatildi18.

Yaponiya uchun 1960-1980-yillar “iqtisodiy mo‘jiza” sifatida ta’riflanadi. 1949- yilda tashkil etilgan Ministry of International Trade and Industry (Xalqaro savdo va sanoat vazirligi) Yaponiya og‘ir sanoatining o‘sishiga olib kelgan ko‘plab siyosatlarni amalga 16 https://www.nationsencyclopedia.com/Americas/United-States 17 https://en.wikipedia.org/wiki/Technological_and_industrial_history_of_the_United_States 18 https://www.nap.edu/read oshirdi. Tashkilot faoliyati Yaponiyaning asosiy ilmiy va muhandislik tadqiqotlari darajasini yaxshilashga qaratilgan sa’yi-harakatlarni o‘z ichiga olgan.

Japanese National Diet (Yaponiya qonun chiqaruvchi palatasi) tomonidan 1995 yilda “Fan va texnologiya to‘g‘risida”gi asosiy qonun qabul qilinishi ilm-fan va texnologiya siyosatini rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qildi. Keyingi amalga oshirilgan tartibotlardan biri 1996 yilda bosh vazirning Fan va texnologiyalar bo‘yicha hukumat kengashi bilan ishlab chiqilgan ilm-fan va texnologiyalarning asosiy rejasi e’lon qilinganligi bo‘ldi. Asosiy rejaning eng muhim maqsadi 1996-2000-moliya yillarida davlatning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish xarajatlarini oldingi besh yilga nisbatan 50% ga (17 trln. ienaga, taxminan 156,4 tmlrd.doll.ga) oshirishdan iborat edi19.

CIP indeksida yuqori beshtalikka kiruvchi davlatlarda 2018-yilda ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalari) ajratmalari bo‘yicha tahlillarga ko‘ra, YaIM ga nisbatan ilmiy-tadqiqot xarajatlari Koreya Respublikasida 4,8% (82,8 mlrd.doll.), Yaponiyada 3,3% (163,5 mlrd.doll.), Germaniyada 3,1% ni (122,9 mlrd.doll.), AQSh da 2,8% (576,2 mlrd.doll.) va Xitoyda 2,2% ni (305,7 mlrd.doll.) tashkil etdi. Shu jumladan, 2000-yilga nisbatan ilmiy-tadqiqot xarajatlarining o‘sish sur’atlari Xitoyda 244%, Janubiy Koreyada 218%, Yaponiyada 114% va AQSh da 108% ni tashkil qilgan. Yuqoridagi beshta davlat o‘rtasida 2019-yilda patentlangan ixtirolar soni bo‘yicha Xitoy 1400,7 mingta natija bilan 1-o‘rinni, AQSh 621,5 mingta bilan 2-o‘rinni, Yaponiya 308 mingta bilan 3-o‘rinni, Janubiy Koreya 219 mingta bilan 4-o‘rinni va Germaniya 67,4 mingta bilan 5-o‘rinni egallab kelmoqda. Shu o‘rinda Xitoy 2001-yildan beri patentlangan ixtirolar soni bo‘yicha 1-o‘rinni egallayotganligini ko‘rish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar

1.Оболенский В.П. Возможности и ограничения политики импортозамещения в промышленности //Российский внешнеэкономический вестник. 2015. № 2. С. 66−3

2.Sobitova R.S. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosida import tarkibini kamaytirish imkoniyatlari // O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar mavzusidagi respublika konferensiya materiallari to‘plami-Toshkent. 2020. №18. conferences.uz.B.67-70. 19 https://www.economywatch.com

3.Sobitova R.S. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning nazariy asoslarini takomillashtirish. Iffd ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi:08.00.01.Toshkent.2024-yil

4.Sobitova R.S. Import tovarlar o‘rnini bosishga yo‘naltirilgan iqtisodiy munosabatlar tizimini innovatsion takomillashtirish yo‘nalishlari // Mintaqani innovatsion va investitsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish mavzusidagi Respublika ilmiyamaliy anjuman materiallari to‘plami.-Urgench. 2022. B. 166-169.

5.Сучкова Н. А. Импортозамещение в продовольственном секторе России: автореф. дис. … канд. экон. наук : 08.00.14 / Н. А. Сучкова; ГНУ ВНИИЭСХ. –М., 2009. – С.8

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.