TASVIRLANISHI VA XOTIN-QIZLAR OBRAZI
Shodiyeva Shaxro’za Jovli qizi
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universitetining
Filologiya va tillarni o’qitish o’zbek tili yo’nalishi
3- bosqich talabasi
Telefon nomer: +998940390616 Annotatsiya.Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning hikoyalarida hikoyalarida inson ruhiyatining tasvirlanishi hamda xotin-qizlarning ichki kechinmalari tahlil qilinadi.Yozuvchining "O'g'ri" va "Dahshat" hamda "Mayiz yemagan xotin" kabi asarlarida qahramonning ichki kechinmalari,atrof-muhit bilan munosabati va psixologik holati realistik tarzda yoritilgan.Hikoyalarda voqealar va personajlar murakkabligi va uning atrof muhitga ta'siri ko'rsatiladi. Аннотация.В этой статье анализируется описание человеческой психики, а также внутренних переживаний женщин в рассказах Абдуллы Каххара.В таких произведениях писателя,как "вор" и "ужас", а также "жена, не съевшая изюма" реалистично освещены внутренние переживания героя, его отношения с окружением и психологическое состояние.Истории показывают сложность событий и персонажей, а также их влияние на окружающую среду. Annotation.This article analyzes the depiction of the human psyche and the inner experiences of women in the stories of Abdullah Qahhar.The writer's works,such as "the thief" and "the Dachshat" and "the wife who did not eat raisins", realistically illuminate the inner experiences of the hero, his relationship with the environment and his psychological state.The stories show the complexity of events and characters and its impact on the environment. Kirish so'zlar. Abdulla Qahhor, hikoya,inson ruhiyati,psixologizm,"O'g'ri", "Dahshat", realistik tasvir, qahramon, ayollar roli, ichki kechinmalar, atrof-muhit, munosabat, psixologik holat. Введение слова. Абдулла каххар,история,психика человека, психологизм,"вор", "ужас", реалистический образ, герой, женская роль, внутренние переживания, окружение, отношение, психологическое состояние. Introductory words. Abdullah Qahhor,story,human psyche, psychologism,"thief", "Dahshat", realistic image, hero, role of women, internal experiences, environment, attitude, psychological state.
Kirish:
Barcha xalqlar adabiyotini kuzatadigan bo‘lsak, qadimdan ayol obrazi kulminatsion darajaga ko‘tarilganligining guvohi bo‘lamiz. Ertaklardan tortib to zamonaviy adabiyotimizdagi Kumushbibiyu Zaynab , Zebi-yu Zabarjadlar qaysidir jihatlari bilan adabiyotimizda milliy o‘zligimizni anglatadigan asosiy obrazlar sifatida yashab kelmoqda.“Insonshunoslik bo‘lmish adabiyot birinchi navbatda ayolshunoslik, ya’ni ayolni o‘rganish, uni kashf etish ilmidir. Kuzatsak eng qadimgi asarlar ham ayolga bag‘ishlangan, ular konfliktini ayol va unga aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol mavzusining badiiy tadqiqi, uning teranlasha borishi bilan chambarchas bog‘liq” ekanligi barcha davrlar adabiyoti uchun xosdir. Darhaqiqat, badiiy adabiyotda ayol obrazining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish adabiy jarayonning umumiy qonuniyatlarini, ayniqsa milliy adabiyotlarni o‘zaro qiyosiy-tipologik aspektda o‘rganishda yordam beradi. Ayol obrazi dunyo adabiyotida, aks etishi alohida mavqega egadir.XX asrning dastlabki yillarida ham o‘zbek adabiyotida ayollar obraziga murojaat qilish, ayol obrazlarining turfa qiyofalarini yaratish nasriy asarlarimizda ham ko‘rina boshladi. Masalan: “Kecha va kunduz” romanidagi Zebi obrazi, “Qutlug‘ qon “ romanidagi Gulnor va boshqa obrazlarini ham keltirishimiz mumkin.Yana bundan tashqari Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi Unsin. Ma’lumki, har qanday adabiyot o‘z g‘oya va personajlari bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, barcha zamonlarda ayol siymosiga, ayol xarakterini ochib berishga bag‘ishlangan asar yaratilgan. Bu esa ayolning jamiyat va insoniyat hayotidagi o‘rni, ayol timsolining dolzarbligidan dalolat beradi. Jamiyatda xotin-qizlarning tengligi, ozodligi uchun erlari bilan tengma –teng ishlashi mavzusi yorqin badiiy shaklda ochiladigan hikoyalardan biri bu Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin “ hikoyasidir. Shu g‘oyaga tish- tirnog‘i bilan qarshi turgan mulla Norqo‘zi paranjisini ochgan xotin-qizlar sha’niga kecha-yu kunduz bo‘hton to‘qiydi. Abdulla Qahhor o'zbek adabiyotining mohir hikoyanavislaridan bo'lib asarlarida inson ruhiyatining murakkabligi chuqur tasvirlab ko'rsatgan.Uning "O'g'ri" hamda "Daxshat" kabi hikoyalari qahramonning ichki kechinmalarini, ularning atrof-muhit bilan munosabatini realistik tarzda yoritadi.Bu maqolada ,ushbu asarlarida inson ruhiyatining qanday tasvirlanganligi o'rganiladi. Abdulla Qahhor o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschilaridan biri bo‘lib, adabiyotimizda bu janrning shakllanishi va o‘sishi uning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir. Abdulla Qahhor G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Oybek kabi yozuvchilar bilan hamkorlikda ijod etib, hikoya janrining ko‘pgina namunalarini yaratdi. Uning “Bemor”, “Anor”, “Dahshat”, “O‘g‘ri” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida hikoya janrining sezilarli darajada taraqqiy etishiga ta’sir ko‘rsatgan asarlar sirasiga kiradi. Abdulla Qahhor hikoyalarini mazmuni va janr xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga ajratib tahlil etish mumkin. Bularning bir guruhini o‘tmish haqidagi hikoyalar tashkil qilsa, ikkinchi guruh hikoyalarning bosh qahramonlari zamondoshlarimizdir. Keyinchalik esa, adib o‘tmish mavzusida yana “Dahshat” hikoyasini yaratdi. Asosiy qism:
"O‘g‘ri" hikoyasida inson ruhiyatining tasviri:“O‘g‘ri” hikoyasini tekstual tahlil qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman mo‘jaz bu hikoyada badiiy maqsadga xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini ochishga qaratilmagan bironta so‘z ham uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim, ikkinchi darajali badiiy unsurning o‘zi yo‘q. Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil qilgandek, mazkur hikoyani ham tekstual usulda o‘rganish samarali bo‘ladi. “O‘g‘ri” hikoyasi matni ustida ishlashni quyidagicha tashkil qilish mumkin. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi asosida kitobxonga o‘zgalar baxtsizligi evaziga kun ko‘ruvchi manfaatparast kimsalarga nafrat, zulmga isyon hissini shakllantirish, asardagi obrazlarni tahlil qilish, yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati va istiqlol mohiyatini anglatishdan iborat. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasining tahlili. “O‘g‘ri” da ham oddiy xalq hayotidan biri Qobil bobo. U asarda jabrdiyda chol bo‘lib tasvirlanadi. “Dahshat” hikoyasidagi dodho bilan bir zamonda yashasada, biroq undan farqi katta. Dodho boy-badavlat, sakkizta xotini bo‘lishi bilan birga, aql-farosati ham joyida zulmkor shaxs bo‘lib tasvirlanadi. “O‘g‘ri” qahramoni haddan tashqari go‘l, nodon odam, uning faolligi ham aslida nodonlik, go‘llik oqibati; u o‘z raqiblariga qarshi turish, ularni dushman deb bilish o‘rniga, ularga o‘zini yaqin oladi, dushman bilan do‘st tutinadi, ulardan yaxshilik kutadi, ularning ketidan tinmay yuguradi. Qobil boboning eng qaltis, ayanchli vaziyatdagi holati ham, najot yo‘lidagi faol xatti- harakatlari ham kitobxonga kulgili bo‘lib tuyulaveradi. Ammo shu o‘rinda bu kulgu fosh etuvchi tahqirlovchi kulgi emas, bu kulgi zamirida oddiy odamga nisbatan zo‘r hurmat, oddiy odamni shu kuylarga solib qo‘ygan muhitga nisbatan kuchli nafrat bor. Qobil bobo kulgili bo‘lib ko‘ringan xatti-harakatlari bilan ham kitobxon simpatiyasini o‘z tomoniga tortadi. Kitobxon uning nodonlarcha qilgan xatti-harakatlarini ko‘rib kuladi, ayni vaqtda uning nochor ahvoliga achinadi, qayg‘uradi. Ma’lumki, asarda Qobil bobodan tashqari yana bir necha salbiy personajlar –ellikboshi, amin, pristav obrazlari bor. Asarda bu obrazlarning yoshi ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ular ham oddiy xalq hayotidan deb hisoblaymiz. Chunki ellikboshi ham ko‘rdi, amin deganda yoshi ellik besh-oltmish besh yoshlardagi, qorin solgan keksa avlodni tushunamiz. Hikoya voqeasi davomida Qobil bobo ular bilan bir necha bor to‘qnashadi. Yozuvchi mahorati shundaki, salbiy personajlar tasvirida ham asarning umumiy ruhiga mos ritmika to‘la saqlanadi, salbiy personajlar bilan bog‘liq hodisalar ham kulgili tarzda davom etaveradi. Ammo gap salbiy personajlar ustiga ko‘chganda kulgining xarakteri o‘zgaradi, u qahrli, kinoyali – kesatiq tusini olgan. “Qobil boboning qo‘shnisi – burunsiz ellikboshi kiradi. O'g‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va pang tovush bilan dedi: - Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi! A.Qahhor “O‘g‘ri” hikoyasida takabbur amaldorlar qiyofasini cheksiz istehzo bilan ko‘rsatadi. Hikoyada ho‘kizini o‘g‘ri urganidan nima qilishini bilmay “dag‘-dag‘ titrab, tizzalari bukilib-bukilib ketayotgan, ko‘zlari jovdirab hammaga qarasada hech kimni ko‘rmayotgan Qobil bobo” huzuriga iltijo bilan kelganida amin uni “og‘zini ochmasdan qattiq kekirib, baqbaqasini osiltirgancha kulib” bepisandlik bilan qarshi oladi. Adib uzundan-uzun tafsilotlarsiz bu amaldorning bo‘kkanicha miriqib ovqatlangani, kunlari yeb-ichish, maishat bilan o‘tganidan semirib, boqilgan ho‘kizday baqbaqasi osilib ketganiga e’tibor qaratadi. Qobil bobo iltijo qilib, qo‘l qovushtirib ro‘parasida turgan paytda uyat, andishani, kambag‘al bechoralarni hurmat qilishni unutgan amin “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi” degan. Kambag‘al-bechora chol bilan takabbur amaldorning muloqotmunosabati, harakat-holatlari romanlardagidek keng batafsil tasvirlanmasa-da, “O‘g‘ri”da bechora bir insonning tahqirlanishi manzarasi aniq namoyon qilingan. Ko‘rinib turibdiki, mohiyat e’tibori bilan amin ellikboshining o‘zginasi, u ham kambag‘alga aslo qayishmaydi, cholni laqillatadi, paytdan foydalanib bir narsali bo‘lib qolishini o‘ylaydi. Lekin u ellikboshidan farqli o‘laroq, asl qiyofasiniyashirib o‘tirmaydi, cholni bemalol masxaralaydi, odob-axloq qoidalarini bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘yib, beibo xatti-harakatlar qiladi. Keksa kambag‘al choldan uyalmasdan pora so‘raydi. Qobil bobo keksa avlod vakili. U dodhodan farqli o‘laroq, azob, qayg‘u-sitam, xo‘rlanishlar qurboniga aylanadi. “O‘g‘ri” hikoyasidagi хаlq hayotining ifodalanishini ko‘rib chiqdik. Bu hikoyalarning yozilish davri bir bo‘lib, bitta zamon va makon yoritiladi. Bu davrdan chiqib, keyingi o‘n yigirma yillik davr ichida yozilgan asarlaridagi хаlqhаyotidagi ma’naviy qashshoqlik oldingi asarlaridan ancha farq qiladi "O‘g‘ri" hikoyasida, yozuvchi qahramonning ichki kechinmalarini chuqur yoritadi. Hikoyadagi voqealar va personajlar orqali, insonning ichki dunyosi va uning atrof-muhitga ta'siri ko'rsatiladi. Bu asarda, qahramonning ruhiy holati va uning atrof-muhit bilan munosabati realistik tarzda tasvirlangan.
"Dahshat" hikoyasida psixologik tasvir:Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, u betakror tarzda yozilgan hikoyalaridan biridir. Adib koʻplab hikoyalari bilan mashhur, ammo uning hikoyalari ichida muhim ahamiyatga ega va taʼsirchan yoritib berilgan asar bu “Dahshat” hikoyasidir. Bu hikoyada Dodhoning bemehrligi, beparvoligi yaqqol aks etib turadi, shuningdek, Dodhoning bunday qiliqlariga ortiq dosh berishni xohlamagan Unsin hattoki, izgʻirin shamol uvillab turgan paytda, goʻristonga borib qumgʻonda suv qaynatib kelishga ham rozi boladi. Aslini olganda bunday havoda oddiy odam goʻristonga borish tugul kochada yurishga qo‘rqadigan bir payt Unsinni bemehr dodho goʻristonga yuboradi, chunki Unsinni o‘zi bunga rozi bolgan edi. Buning sababi shundaki, Unsin goʻristonga borib suv qaynatib kelish sharti bilan boradi va u bu shartni bajarolsa, oʻz yurti Shohimardonga ota- onasining oldida umrbod ular bilan birga boladi, ya’ni shartni uddasidan chiqsa, Dodho uning javobini berishi kerek edi .Unsin goʻristonga bordi ham, u suvni qaynatib boʻlgach, ichidagi ulkan qoʻrquv bilan ketayotganda, paranjisi qolib ketgani yodiga tushadi va ortga qaytib uni olib kelayotgan paytda oyogʻi behosdan yerga kirib ketadi. Unsin bundan qoʻrqib, oyogʻi oʻlikning qorniga kirib ketganday boʻladi va arang katta koʻchaga chiqib oladi soʻng uyiga qaytayotganda birdan hushidan ketadi, chunki razil Dodho Unsinni tekshirib kelish uchun oʻz maymunini jonatgandi. Maymun Unsinning yelkasiga bir sakragandi Unsin qoʻrqib yiqildi, chunki Unsin uni arvoh deb oʻylagandi-da va keyin Unsin ancha vaqtdan soʻng oʻziga keladi va arang uyiga yetib keladi va peshinga bormay joni uziladi. "Daxshat" hikoyasida yozuvchi qahramonning ruhiy holatini va uning atrof-muhit bilan munosabatini chuqur tahlil qiladi. Hikoyadagi voqealar va personajlar orqali, inson ruhiyatining murakkabligi va uning atrof-muhitga ta'siri ko'rsatiladi. Bu asarda, qahramonning ichki kechinmalari va uning atrof-muhit bilan munosabati realistik tarzda tasvirlangan.
Mayiz yemagan xotin hikoyasida ayol obrazining tasviri."Mayiz yemagan xotin" hikoyasida, yozuvchi ayollarning jamiyatdagi o'rni, ularning ichki dunyosi va ijtimoiy roli haqida chuqur fikr yuritadi. Hikoyadagi ayol obrazlari, ularning jamiyatdagi o'rni va roli haqida muhim ma'lumotlar beradi. Bu asar, ayollarning jamiyatdagi o'rnini yoritishda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa: Abdulla Qahhorning "O'g'ri" hamda "Daxshat" kabi hikoyalari, inson ruhiyatining murakkabligini chuqur tasvirlaydi.Yozuvchi, qahramonlarning ichki kechinmalarini, ularning, atrof- muhit bilan munosabatini realistik tarzda yoritadi.Bu asarlar ,inson ruhiyatining murakkabligini va uning atrof-muhitga ta'sirini chuqur tushunishga yordam beradi. Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, adibning “Dahshat”, “O‘g‘ri”, hikoyalarida insonga achinish, mehr-shavqat tuyg‘usidan mahrum kimsalarning bechora kishilarni xo‘rlashdan cheksiz lazzatlanishi, betakror manzaralarda, ta’sirchan detallarida ko‘rsatiladi. Ayniqsa, “Dahshat” hikoyasida Unsinning qabriston oldiga borgan tasviri, uning ruhiyatini, qabristondan qaytganda undagi bo‘lgan ruhiy kechinmalarni kitobxon hikoyani o‘qiganda his eta oladi va go‘yoki, o‘sha muhitga o‘zini tushib qolgandek o‘ylaydi. Abdulla Qahhor hikoylarida har bir obrazlarning detallari, uning ruhiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Yuqoridagi hikoyalarni mutolaa qilish jarayoni hamisha o‘quvchini mahzun qilib qo‘yadi. Chunki ularda insoniy munosabatlarning murakkabligi gavdalantiriladi. Ammo yozuvchi manman kimsalarga qahr-g‘azabini ham, kambag‘al bechoralarga achinish tuyg‘usini ham oshkora izhor qilmaydi. Insondagi kechayotgan ruhiy kechinmalarini go‘yoki, mavhum, goho oshkora tasvirlaydi. U voqelikni odamlar munosabatidagi ziddiyatni xolis turib gavdalantiradi. Bechora odamlarga achinish, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish, qo‘lidan kelgancha ko‘maklashish har bir inson uchun sharaf sanaladi. Abdulla Qahhor ulug‘ ijodkorlar ilgari surgan insonparvarlik g‘oylariga mos betakror asarlar yaratdi va o‘zbek adabiyotida o‘zining mohir hikoyanavisligi to‘laligicha namoyon eta bildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. E.Xudoyberdiyev “ Adabiyotshunoslikka kirish’’Toshkent “Sharq” 2008 2. H. Umurov “Adabiyor nazariyasi’’ Toshkent, “Merius’’ 2004 3. Abdulla Qahhor. Anor: [Hikoya] // “Sharq yulduzi”. 1982 4. Abdulla Qahhor. Dahshat:[hikoya]// “Sharq yulduzi”.1907 5. Abdulla Qahhor. O‘g‘ri:[Hikoya]// “Sharq yulduzi”.1936 6. Dehqonova, M., & Mirzagaliyeva, U. B. qizi. (2023). Oriens. 7. Jabaraliyeva, S. N., & Usmonova, S. S. (2023). Tadqiqotlar. 8. Mo‘minova, C. A. (2022). Educational Research in Universal Sciences. 9. Abdullayev, A., & Mirzayeva, D. I. (2022). Oriens. 10. Elektron manba: www.ziyonet.uz
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.