ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTAB DIREKTORI O‘RINBOSARLARIDA LIDERLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya

Maktab direktori o‘rinbosarlarida liderlik qobiliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini mazmun-mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy dalillarni keltirish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalarining faoliyatiga mos keladigan zamonaviy vositalar yordamida ta’lim tizimi rahbarlariga xos bo‘lgan madaniyat, ilmiy salohiyat, zamonaviy qiyofa, tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik hissini hamda ongli faoliyat yuritishga qaratilgan boshqaruv qobiliyatlarini sohaga tatbiq etishda ilmiy, nazariy va amaliy tomondan dalillar keltirishdan iborat. 


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Akilov Faridun Firdavsovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Amaliy psixologiya

kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya. Maktab direktori o‘rinbosarlarida liderlik qobiliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini mazmun-mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy dalillarni keltirish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalarining faoliyatiga mos keladigan zamonaviy vositalar yordamida ta’lim tizimi rahbarlariga xos bo‘lgan madaniyat, ilmiy salohiyat, zamonaviy qiyofa, tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik hissini hamda ongli faoliyat yuritishga qaratilgan boshqaruv qobiliyatlarini sohaga tatbiq etishda ilmiy, nazariy va amaliy tomondan dalillar keltirishdan iborat.

Kalit so‘zlar: maktab direktori o‘rinbosarlari, rahbarlik, boshqaruv, mas’uliyat, tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ongli faoliyat yuritish, zamonaviylik, aqliy qobiliyat, vatanga sadoqat, sifat va samaradorlik.

Аннотация. Привлечение научных доказательств, направленных на раскрытие содержания и сущности социально-психологических особенностей формирования лидерских обязанностей у заместителей директоров школ, культуры, свойственной руководителям образовательной системы, с помощью современных инструментов, совместимых с деятельность общеобразовательных учреждений, действующих в нашей стране, научный потенциал, современный имидж, критический анализ, строгая дисциплина и чувство личной ответственности, а также научные, теоретические и практические аспекты в области применения управленческих навыков, направленных на сознательную деятельность. заключается в предоставлении доказательств.

Ключевые слова: заместители директора, лидерство, управление, ответственность, критический анализ, строгая дисциплина, личная ответственность, организованность, инициатива, сознательная деятельность, современность, умственные способности, лояльность к стране, качество и эффективность.

Abstract. Bringing scientific evidence aimed at revealing the content and essence of the socio-psychological features of the formation of leadership responsibilities in the deputy directors of schools, the culture typical of the leaders of the educational system with the help of modern tools that are compatible with the activities of general education institutions operating in our country, scientific potential, modern image, critical analysis, strict discipline and a sense of personal responsibility, as well as scientific, theoretical and practical aspects in the field of application of management skills aimed at conscious activity is to provide evidence.

Key words: vice-principals, leadership, management, responsibility, critical analysis, strict discipline, personal responsibility, organization, initiative, conscious activity, modernity, mental ability, loyalty to the country, quality and efficiency.

Millatning taraqqiyoti bu albatta ta’lim tizimini rivojlanishiga bog‘liq hisoblanadi. Chunki barcha davrlarda ham insoniyatni, davlat va jamiyatni taraqqiy etishi, bu albatta ta’lim tizimini isloh qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib kelingan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot jarayonlarini ongli munosabatlarga aylanib ijtimoiy-psixologik g‘oyalar va tushunchalarning paydo bo‘lishi muntazam ravishda takomillashib kelingan. Bugungi kunga kelib insoniyatning rivojlanishi, ixtirolarning paydo bo‘lishi, kashfiyotlarning yaratilishi, olimlarning ilmi va mashaqqatli mehnatlarini yuzaga chiqishi bu umumta’lim tizimini jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati tufayli amalga oshirilmoqda. Insoniyatning onglifaoliyat yuritishini asl mohiyatini ham ta’lim tizimini tashkil etadi.

Ilmiy tadqiqotning dolzarbligi. Yuqorida keltirib o‘tilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib ta’kidlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalar, g‘oyaviy va mafkuraviy kurashlar, axborotlar xuruji hamda globallashuv sharoitlarining dunyo hamjamiyatiga ta’siri kabi ko‘plab masalalarni insoniyat tomonidan boshqarilishi, ularning ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sirlari, millatlararo o‘zaro kelishmovchiliklar, yoshlarimizni turli salbiy ta’sirlar iskanjasiga tushub qolish kabilarning hammasi bu ilmsizlik va nazoratsizlik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Bularning barchasi davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Bu kabi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal qilish orqali, maktablardagi o‘qitish jarayonlarini yaxshilash maqsadida o‘tiladigan darslarni sifatini nazorat qilish, o‘quv jarayonlariga malakali mutaxassis kadrlarni jalb qilish, milliy qadriyatlarimizga mos keladigan zamonaviy ta’lim tizimi boshqaruvini tashkil etishimiz, yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi hamda yoshlarni sifatli ta’lim olishlariga salbiy ta’sir etuvchi har qanday tashqi va ichki vositalarni yo‘qotish, maktab direktori o‘rinbosarlarida rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari muntazam oshirib borishni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi.

Darhaqiqat biz buyuk va qudratli ajdodlarni vorislarimiz shunday ekan ta’lim tizimini yanada rivojlantirishimiz, Yangi O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan, yangicha dunyoqarashga ega bo‘lgan maktab direktori o‘rinbosarlarini faoliyatini tashkil etishimiz, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi andozalariga mos keladigan boshqaruv hamda o‘qitishni joriy etishimiz dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan yechim hisoblanadi.

Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktablarning o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga qaratilgan motivatsion tavsiyalarni ishlab chiqish, maktab direktori o‘rinbosarlarida rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini takomillashtirish orqali ularning faoliyatini samaradorligini oshirish, boshqaruv qobiliyatlari o‘z vaqtida va o‘z o‘rnida ishlata olishga o‘rgatish, yosh avlodni har tomonlama ruhiy shu bilan birga jismoniy barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishga, qaratilgan ijtimoiy-psixologik sog‘lom muhitni yaratish, mehnat jamoasini faoliyatini tizimli ravishda nazorat qilish va ularning mehnat unumdorligini oshirib borishni yo‘lga qo‘yish natijasida pedagogik jamoa o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Ilmiy tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalari. Olib borilgan ilmiy tadqiqotning dolzarbligi va maqsadidan kelib chiqib amalga oshirilishi zarur bo‘lgan quyidagi vazifalar belgilab olindi:

1. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish.

2. Maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini oshirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini zamonaviy usullar hamda vositalar yordamida tizimli tahlil qilish asosida nazariy va amaliy tomondan yoritib berish.

3. Maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini mazmun-mohiyatini ochib berishga mos keladigan takliflar, tavsiyalar va ilmiy xulosalar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish.

Ilmiy tadqiqotning obyekti. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan maktab direktori o‘rinbosarlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tarkib toptirish orqali ularda rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.

Ilmiy tadqiqotning predmeti. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiypsixologik xususiyatlarini keng qamrovli asoslarini yaratish natijasida boshqaruvning sifat va samaradorligini oshirish. Yuqorida keltirib o‘tilgan ilmiy tahlillar va ilmiy izlanishlardan kelib chiqib ta’kidlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning barchasi ongu tafakkurimizda kechayotgan o‘zgarishlar natijasida sodir bo‘lmoqda. Shu boisdan ham umumta’lim jarayonini barqaror ta’minlanishining natijasida zamonaviy bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotning asosini belgilab beradigan muhim sohalardan biri bo‘lgan umumta’lim sohasini rivojlantirmasdan turib boshqa tarmoq va yo‘nalishlarni rivojlantirib bo‘lmasligi hammaga ayon albatta. Chunki har qanday davrda ham ilm-ma’rifat, aql va donishmandlik, yuqori darajadagi bilimdonlik xalqni qiyin vaziyatlardan olib chiqib ketishga imkon bergan. Bu keltirib o‘tilganlarni barchasining mazmun-mohiyatini belgilab beruvchi muhim sohalardan biri bo‘lgan, umumta’lim tizimi sifatli boshqarilsagina uning samaradorligi oshiriladi, ta’lim tizimida yangidan-yangi taraqqiyot loyihalari ishlab chiqiladi, mamlakatimiz moddiy va ma’naviy yuksalishga erishadi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi xo‘sh XXI asrda umumta’lim tizimi rahbarlari qanday bo‘lishi kerak? Ular bugungi kun talablariga javob bera oladimi?

Ushbu asvollarga javob beradigan bo‘lsak millat taraqqiyotini belgilab beradigan va jamiyatni rivojlanishini fundamental asosi bo‘lgan umumta’lim tizimini har tomonlama rivojlanishi bu albatta ularni boshqarayotgan direktorlar va ularning o‘rinbosarlariga bog‘liq. Maktabni boshqarish bu murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, bunda rahbar asosiy mas’uliyat egasi hisoblanadi. Chunki sifatli ta’lim berish va ta’lim olish, pedagogik mahoratni amaliyotda qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan talabga va kasbiy shakllanganlikka bog‘liq bo‘ladi. Bunday rasmiy jarayonni amalga oshirilishini nazorat qilish va tartibga solish asosan maktab direktori o‘rinbosarlarini zimmasida bo‘ladi.

Darhaqiqat mamlakatimizda maktablar faoliyatini tubdan isloh qilish, o‘quvchiyoshlarga sifatli ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha tegishli davlat dasturlarini ishlab chiqish, pedagoglarni bilimi, layoqati hamda kasbiy saviyasini muntazam oshirib borish, maktablarni boshqaruv jarayonlariga zamonaviy fikrlashga, ongli munosabat bildirishga qodir bo‘lgan dunyoqarashi keng rahbar kadrlarni zamon talablari darajasiga moslashtirish orqali ularni sohani rivojlantirishga safarbar qilish zarur. Shu orqali maktablarni boshqarishda direktor o‘rinbosarlarining mas’uliyatini muntazam oshirib borish, boshqaruvda kreativlik va aqliy qobiliyatlarni ahamiyatini barqarorlashtirish “rahbar-jamoa”, “munosabat va mas’uliyat” tushunchalarini mazmun-mohiyatini anglab yetish ko‘nikmalarini singdirish natijasida ta’lim sifatini oshirish kelgusida maktab jamoasi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Masʼuliyat – biz qilishimiz yoki qilmasligimiz shart boʻlgan ish, harakatlar. Rahbar mas’uliyati – zimmasiga yuklatiladigan vakolatlarning amalda bajarilishi oqibatlari, bajarilgan ishlarning pirovard natijasini baholashning mezoni va shakliy ifodasi. Shuningdek, mas’uliyat biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun boʻlgan shaxsiy javobgarlikdir. Shu vazifalarni qilishi yoki qilmasligiga qarab, inson masʼuliyatli yoki masʼuliyatsizligi belgilab olinadi. Odamlarning irqi, millati, dini, ijyimoiy kelib chiqishiga hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga qarab mas’uliyat hamma uchun har xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruvga mos keladigan ijtimoiy-psixologik sifatlarini shakllantirish orqali ularda jiddiy mas’uliyatni, aqliy salohiyatini, ma’naviy qiyofasini, zaruriy metin irodasi, qatʼiy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik kabilar rivojlantirilsagina o‘quv faoliyatining sifati ortadi, davlat va jamiyat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi. Shu boisdan ham jamiyatda ilm-fanni rivojlantirishi, maktablarni yangicha zamonaviy qiyofasini kashf etishda quydagilarga e’tibor qaratish zarur:

Birinchidan, qatʼiy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik, ijro intizomi va nazorat qila bilish;

Ikkinchidan, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishni to‘liq yo‘lga qo‘yishga erishish;

Uchunchidan, maktablarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan normalarga amal qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik;

To‘rtinchidan, har bir vazifani bajarishda jamoa oldida shaxsiy namuna ko‘rsata bilish;

Beshinchidan, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglay oloshlilik, zamonaviylik, tashqi va ichki uyg‘unlik, bilimdonlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, tejamkorlik, kreativlilik, ma’naviy barkamollik kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Ilmiy tahlillar asosida masalani mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, har qanday rivojlanishning asosini tarixiy taraqqiyot davomida sodir bo‘lgan barcha darajalardagi hokimiyat barqaror va mas’uliyatli bo‘lmasa, jamiyat normal faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas.

Umuman olganda, ijtimoiy-psixologik jarayonlarni boshqarish tizimida mas’uliyat masalalari XVII-XIX asrlarda yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishi bilan muhim ahamiyat kasb eta boshladi va yangi davr ijtimoiy falsafasining bir qismiga aylandi. Ular bugungi demokratik o‘zgarishlar davrida yanada muhimroq ahamiyat kasb etdi, chunki boshqaruv jarayonidagi mas’uliyat ijtimoiy tabiatga ega bo‘lganligi tufayli ijtimoiy o‘zgarishlarga o‘ta ta’sirchandir.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, rahbar mas’uliyati muayyan ijtimoiy kategoriya sifatida, uni amalga oshirish shakllari jamiyatning amaldagi holati, unda hukm yurituvchi ijtimoiy munosabatlarning turlari, tarixiy an’analar, axloq qoidalari, ma’naviy va madaniyat qadriyatlar bilan bog‘liqdir. Bu davrimizning turli ijtimoiy tizimlarini taqqoslash darajasida ham, ayrim jamiyatlarning rivojlanishini sotsiologiktarixiy tahlil qilishda ham namoyon bo‘ladi.

Mas’uliyat, uning aynan ijtimoiy-psixologik ma’nosida, jamiyat va davlat munosabatlari amaliyotida falsafiy-axloqiy nuqtai nazardan antik davrdayoq Platon tomonidan tahlil qilingan va adolat tushunchasi bilan bog‘langan: “...adolatsizlik, agar u aniqlansa, jazolanadi va sharmandai sharmisorlik pardasi bilan qoplanadi”. Platonning: “qonunlarning buzilishi shunday bir zarar yetkazadiki, u asta-sekin odamlar fe’l-atvoridan o‘rin oladi va u yerdan yirikroq hajmlarda fuqarolarning ish yuzasidan o‘zaro munosabatlari orasida tarqalib, hatto qonunlarning o‘ziga va davlat tizimiga ham tajovuz qiladi, oxir-oqibatda shaxsiy hayotini ham, jamiyat hayotini ham ag‘dar-to‘ntar qilib tashlaydi”, degan so‘zlari hozir ham juda zamonaviy yangraydi. “Mas’uliyat” tushunchasi fan tarixida birinchi bo‘lib, XVII asrda Tomas Gobbs tomonidan qo‘llanilgan tushuncha hisoblanadi. Tomas Gobbs mazkur tushunchani ijtimoiy shartnomaga muvofiq birlashgan fuqarolarning davlat harakatlari uchun mavhum javobgarlik ma’nosida ishlatgan. I.Kant shaxs javobgarligini uning burchi bilan, Gegel esa – shaxsning muayyan xulq-atvor tarzining zarurligini oqilona anglashi bilan tenglashtirgan.

Bugungi kundagi mas’uliyat muammosini yurtimizda psixologiya, falsafa, politologiya va sotsiologiya fanlari doirasida tadqiq etishda uning ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga, ijtimoiypsixologik va individual ongning barcha shakllaridan o‘ziga xos “o‘rin olganligi”ga e’tibor qaratiladi.

Bugungi kunda boshqaruv jarayonlarida va ish yuzasidan zarurat tufayli mas’uliyat muammosini qayta anglash jarayoni yuz bermoqda. Hozirgi tadqiqotlarda asosiy e’tibor boshqaruvdagi mas’uliyatni oshirishning jamiyat hayotidagi tangliklar va boshqariluvchi muhitning ziddiyatliligi bilan belgilanuvchi subyektiv omiliga qaratilmoqda.

Ilmiy tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatamoqdaki, ko‘pgina olimlar mas’uliyatga o‘zaro aloqador taraflarning manfaatlari va erkinligini ta’minlovchi, davlat va jamiyat tomonidan kafolatlangan munosabat sifatida yondashmoqdalar. Ularning fikricha, davlat boshqaruvida mas’uliyatni oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va axloqiy xususiyatga ega chora-tadbirlar majmui zarur. Ayrim mualliflar rahbarlarning mas’uliyati deganda so‘zning keng ma’nosida shaxsning jamiyatga (umuman insoniyatga) nisbatan xizmatga doir va axloqiy joizlikni amalga oshirish darajasi bilan tavsiflanuvchi alohida ijtimoiy-psixologik va ma’naviy-axloqiy munosabati in’ikosini tushunadilar.

Ba’zan mas’uliyatga axloq va huquq kategoriyasi sifatida ta’rif beriladi. Bu holda u shaxsning jamiyatga nisbatan o‘z ma’naviy burchi va huquqiy me’yorlarini bajarishi bilan tavsiflanuvchi, alohida ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy-huquqiy munosabatini aks ettiradi. Bu ma’noda mas’uliyat boshqaruv jarayonida rahbarlar tomonidan qarorlarini qabul qilishda davlat va jamiyat mahalliy manfaatlarining anglanish darajasidir.

Ba’zi adabiyotlarda mas’uliyat “shaxs xulq-atvori ustidan ijtimoiy nazoratni amalga oshirish shakli sifatida, pirovard natijaning ko‘zlangan maqsadga, boshqaruv subyektining siyosiy, yuridik, ijtimoiy va boshqa munosabatlarining obyekt bilan muvofiqligi mezonlari sifatida, bajarilgan ish uchun tashkilot, davlat va jamiyat oldida javob berish qobiliyati sifatida, rahbarning kasbiy, shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlari omili sifatida, uning faoliyat uslubi xususiyati sifatida, boshqaruvni rag‘batlantirish va uning samaradorligi omili sifatida” ta’riflanadi.

Ko‘rsatilgan qarashlar va yondashuvlardan kelib chiqib, ushbu tadqiqotda ijtimoiy-psixologik mas’uliyat deganda biz ijtimoiy manfaatlarni va ta’lim sohasini ro‘yobga chiqarishda maktab direktori o‘rinbosarlarini boshqaruv subyektlari o‘rtasidagi obyektiv bog‘liqlik shaklini, shuningdek subyektning o‘z faoliyati natijalari uchun ijtimoiy birlik oldida javob berish qobiliyatini tushunamiz. Texnologik tusga ega talqinda maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv jabhasidagi mas’uliyati – bu pedagogik jamoan, uning rahbari va xodimlari qonuniy qabul qilingan xizmat faoliyati va xulqatvor me’yorlari, qoidalari va tartib-taomillarini tan olishi va ularga rioya qilishini, maktab direktori o‘rinbosarlarinining o‘z harakatlari yoki harakatsizligi natijasi uchun javob berish qobiliyatini ifodalovchi ijtimoiy-psixologik aloqalarni anglatishini aytib o‘tamiz.

Maktab direktori o‘rinbosarlarinining ijtimoiy-psixologik mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan asosiy funksiyalarini yoritishga kirishishdan oldin maktab direktori o‘rinbosarlarinida mas’uliyat hissini rivojlanish jarayoni boshqaruvda maktab direktori o‘rinbosarlarini ichki dunyosi bilan ham, tashqi ijtimoiy-psixologik muhit bilan ham bog‘liq ekanligiga e’tibor qaratish zarur. Maktab direktori o‘rinbosarlarinining boshqaruvdagi mas’uliyatini shakillanishi ichki tomondan keng qamrovli bo‘lib, jamiyatga, pedagogik jamoani faoliyatiga, ularning ijtimoiypsixologik tomondan takomillashtirishga mo‘ljallangan munosabatini o‘z ichiga qamrab oladi.

Yana bir tomondan olib qaraydigan bo‘lsak, maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyati tashqi ijtimoiy-psixologik muhit jihatidan mavjud odatlar, an’analar, axloq qoidalar va davlat majburlovi yordamida uning xulqatvorini tartibga soladi. Bunday talqinda maktab direktori o‘rinbosarlarining ijtimoiy psixologik mas’uliyati o‘z xulq-atvorini mavjud ijtimoiy me’yorlar, turli ijtimoiy ta’sirlar va qonunlarga muvofiqlashtirish zarurligini ixtiyoriy (ba’zan majburiy) qabul qilish tarzida amalga oshiriladi. Bu, avvalo, inson jamiyat va uning qonunlaridan tashqarida mavjud bo‘la olmasligi bilan belgilanadi. Shaxs umum e’tirof etilgan normalarni qabul qilmagan yoki buzgan taqdirda mas’uliyat mazkur jamiyatning yaxlitligini saqlash maqsadini ko‘zlovchi tartibga solish omili sifatida kelib chiqadi.

Mas’uliyatning mazkur tartibga solish funksiyasi nafaqat ayrim shaxsga nisbatan, balki har qanday – rasmiy va norasmiy ijtimoiy tuzilmalar, shu jumladan mahalliy xizmatga nisbatan ham amal qiladi. Bunday tashkilotlarga nisbatan mas’uliyat darajasi davlat va mahalliy boshqaruvning amaldagi normalari, qonunlari va qoidalariga rioya etilishi bilan belgilanadi. Zotan, jamoatchilik maktab direktori o‘rinbosarlaridan hozirgi ta’lim muassasalaridan nafaqat yuksak ilmiy natijalarni namoyish etishni, balki jamiyatning ijtimoiy-psixologik maqsadlarini hal etilishi nuqtai nazaridan ham kata yutuqlarga erishishi kerakligi haqida dalolat beradi.

Maktab direktori o‘rinbosarlarining ijtimoiy-psixologik mas’uliyatining yana bir muhim funksiyasi – gnoseologik yoki bilishni-tadqiq etish funksiyasidan iborat. U ishonchli bilimni hamda yangi texnologiyalar, fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning jamiyat uchun ijtimoiy-psixologik tomondan muhim bo‘lgan natijalarini ta’minlaydi. Bizningcha, maktab direktori o‘rinbosarlarining ijtimoiy-psixologik mas’uliyatni shakillantirish funksiyasini roli kelgusida ayniqsa dunyo miqyosida davom etayotgan jamiyatning ijtimoiylashuv jarayonlari munosabati bilan izchil ortib borishini belgilab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. V.M.Karimova, O.E.Hayitov, S.M.Djalalova. Boshqaruv psixologiyasi. “O‘quv qo‘llanma”. –T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008. – 208-210 b. 2. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. O‘quv-metodik qo‘llanma A-1-141 “Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli Web texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi grant loyihasi asosida yaratilgan. “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari”. – Toshkent, 2015 yil. 95-96 b. 3. A.M.Shonazarov. Taʼlim tizimi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllanishiga oid nazariy-metodologik yondashuvlar. Zamonaviy ta’lim ilmiy-amaliy jurnal. №9 (130) 2023. ISSN 2181-6514.www.itm.uz. DOI: 10.34920/SO/VOL. 2023.

ISSUE. 9.5

4. A.M.Shonazarov. Zamonaviy rahbar kadrlarini tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. ISSN 2181-6883 “PEDAGOGIK MAHORAT” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal № 10, SON (2023-yil, noyabr). 97-102 betlar. 5. A.M.Shonazarov. Development of socio-psychological competence of school principals of the general secondary education syste. science and innovation international scientific journal volume 1 issue 8 uif-2022: 8.2| ISSN: 2181-3337 “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali. Volume 1 Issue 8https://doi.org/10.5281/zenodo.7424124. 6. A.M.Shonazarov. Socio-psychological characteristics of competent general education system leaders. cience and innovation international scientific journal volume 2 issue 12 december 2023 uif-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337 7. O.E. Hayitov. – Boshqaruv psixologiyasi: Darslik. – T.: «Istiqlol» nashriyoti, 2021. - 234 b. 8. K.B.Axmedjanov. A.X.Xolov. Yosh rahbar kadrlarda samarali qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish.O‘quv qo‘llanma // Toshkent. - “Tafakkur qanoti”, 2020. 96 bet 9. To‘ychiyeva S. Boshqaruv texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma // Toshkent. -“Navro‘z” nashriyoti, 2020. 148 bet 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. https://stat.edu.uz/., lex.uz

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.