ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

BO‘LAJAK KADRLARLARNI IJODIY VA MUSTAQIL FIKR YURITISHGA HAMDA NUTQIY FAOLLIKKA UNDOVCHI METODLAR

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘qituvchi pedagogik faoliyatining muhim jihatlari va dars jarayonini samarali tashkil etishning ahamiyati muhokama qilingan. O‘qituvchi faqat bilim berish bilan cheklanmasdan, bo‘lajak kadrlarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatish zarurligi ta’kidlangan. Shu maqsadda, turli metodlar va usullarni qo‘llash orqali talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Shuningdek, o‘qituvchining metod tanlashda sinfning ilmiy darajasiga, qiziqishlariga va emotsional holatiga e’tibor qaratishi kerakligi ko‘rsatilgan.  


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

HAMDA NUTQIY FAOLLIKKA UNDOVCHI METODLAR

Isroilov Qobuljon Toshtemirovich

Samarqand Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi (PhD)

Sayfullayeva Habiba Abdikadirovna, Kodirov Ramiz Tulqinovich

Samarqand Zarmed universiteti talabalari

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘qituvchi pedagogik faoliyatining muhim jihatlari va dars jarayonini samarali tashkil etishning ahamiyati muhokama qilingan. O‘qituvchi faqat bilim berish bilan cheklanmasdan, bo‘lajak kadrlarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatish zarurligi ta’kidlangan. Shu maqsadda, turli metodlar va usullarni qo‘llash orqali talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Shuningdek, o‘qituvchining metod tanlashda sinfning ilmiy darajasiga, qiziqishlariga va emotsional holatiga e’tibor qaratishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar: komil inson, aqlan yetuk inson, akmeshaxs, interfaol metodlar, axborotli metod, ma’ruza, reproduktiv metod, suhbat, savol-javob, topshiriq “Tez yurar” metodi, “Fikrni davom ettiring” usuli, “Xotira mashqi”.

Аннотация. В статье рассматриваются важные аспекты педагогической деятельности учителя и важность эффективной организации процесса урока. Подчеркивается, что педагоги должны не только давать знания, но и учить будущих специалистов самостоятельному мышлению, творчеству и самооценке. С этой целью можно развивать навыки логического мышления учащихся, используя различные методы и приемы. Также указывается, что при выборе метода учителю следует обращать внимание на уровень успеваемости, интересы и эмоциональное состояние класса.

Ключевые слова: совершенный человек, психически зрелый человек, человек-акмеша, интерактивные методы, информационный метод, лекция, репродуктивный метод, беседа, вопрос-ответ, задание «Метод быстрой ходьбы», метод «Продолжи думать», «Упражнение на память».

Abstract. The article examines important aspects of the teacher's pedagogical activity and the importance of effectively organizing the lesson process. It is emphasized that teachers should not only impart knowledge, but also teach future specialists independent thinking, creativity and self-assessment. For this purpose, students' logical thinking skills can be developed using various methods and techniques. It is also indicated that when choosing a method, the teacher should pay attention to the level of academic performance, interests and emotional state of the class.

Key words: Perfect man, mentally mature man, akmesha man, interactive methods, information method, lecture, reproductive method, conversation, question and answer, task "Fast walking method", method "Continue thinking", "Memory exercise".

Hozirgi zamonning eng dolzarb masalalaridan biri har tomonlama kamolga yetgan, aqlan yetuk, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat bo‘lib, bu vazifa, asosan, o‘qituvchilarning zimmasiga yuklatilgan. Boshqa fanlardan farqli o‘laroq, pedagogika va psixologiya darslarida bunga ko‘prok e’tibor beriladi. Chunki ushbu fanlar yoshlarni komillikka chorlaydi. Inson komil bo‘lishi uchun mustaqil fikr yurita olishi shart. Mustaqil fikr yurita olgan insonlar esa ijodkor bo‘ladi. Demak, o‘qituvchining bosh vazifasi - bo‘lajak kadrlarlarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

O‘qituvchi har bir darsni o‘tish jarayonida qaysi metoddan foydalanishi, bu metodni amalga oshirishda qanday amallar, metodlar yordamga kelishi, shu bilan birga, dars jarayonining vositalari va shakllari xususida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Mana shu o‘rinda o‘qituvchi uchun muallimlik faoliyatida zaruriy bo‘lgan suhbatni qiziqarli va ilmiy o‘tkazish, talabalarga axborotni ta’sirli va ishonuvchan yetkazish, ko‘rgazmali quroldan yoki texnika vositalaridan samarali foydalanish, o‘zining va boshqalarning tajribalaridan ongli, zaruriy holda mantiqiy va estetik prinsiplarga amal qilgan holda foydalanish kabi elementlarni aytib o‘tish joizdir.

Bunda o‘qituvchi imkoniyatlari bo‘lajak kadrlarlarning saviyasiga, bilim va malaka darajasiga, sinfning qiziqishi, emotsional darajasiga va boshqa jihatlarga ham bog‘lik bo‘lishi kerak. Aks holda yaxshi metod, qo’llanilgan metod natija bermasligi mumkin. Masalan, o‘qituvchi muammoli dars metodidan foydalanmoqchi bo‘lsa-yu, bo‘lajak kadrlarlarning ilmiy bilim darajalari, qabul qilish, fikrlash, xulosalash qobiliyatlari bunga javob bermasa, o‘qituvchi o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Shuning uchun, har bir dars bo‘yicha metod va metodlar tanlashi shakl va vositalardan foydalanishi, qisqasi, darsning tematik-sxemasi o‘qituvchi tomonidan yaxshi o‘ylab rejalashtirilgan bo‘lishi shart.

Har qanday usul turli shakllar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, axborot metod ma’ruza, o‘quv filmini ko‘rsatish kabi shakllardan tashkil topadi. Reproduktiv metodning shakllanishida esa suhbat, savol-javob, topshiriq kabilardan foydalaniladi. O‘tilgan mashg‘ulotlardagi nazariy va amaliy yangiliklar doimo takrorlanib turgandagina bo‘lajak kadrlarlarning xotirasiga muhrlanib qoladi. “Tez yurar” metodida o‘tilgan va avval o‘tilgan mavzular doimo takrorlanadi. Bu takror faqat qoida aytish, yod olish asosda ko‘rilmasdan, mantiqiy fikrlash, idrok etish, mulohaza qilish, xulosa chiqarish, fikrni jamlash asosidagi javoblar asosda ko‘riladi. Biz tavsiya etayotgan mazkur metodda asosiy e’tibor bo‘lajak kadrlar tomonidan qoidani aytishdan chekingan holdagina nazariy ma’lumotlarning amaliy tomonini aks ettiruvchi mantiqiy savollar tuzish yoki unga javob berishdan iboratdir. Bo‘lajak kadrlarlarni ijodiy va mustaqil fikr yuritishga hamda nutqiy faollikka undovchi metodlardan biri bu “Fikrni davom ettiring” usuli hisoblanadi.

Mavzu doirasida qandaydir fikr bildirish talab etiladi. Bu usul ularni mustaqil fikrlashga, tezkor mushohadaga va ifoda imkoniyatining kengayishiga ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, “Xotira mashqi” usuli bo‘lajak kadrlarlarning xotirasini mustahkamlashga, teran fikrlashga, aniq va ravon so‘zlashga o‘rgatadi. Bu usulni qo‘llashdan avval bo‘lajak kadrlar kichik guruhlarga ajratiladi va bellashuv o‘tkazilishi aytiladi, unda tezkorlik, xotira va bilimdonlik talab etilishi ta’kidlanadi. Talabalar belgilangan vaqt oraligida yodida qolgan so‘zlarni yozuv taxtasida yozadilar, unutib qoldirilgan so‘zlarni guruh a’zolari to‘ldiradilar va ularga izoh berib, misollar keltiradilar. Qaysi guruh a’zolarining xotirasi va javoblari yaxshi bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.

Bu metodlarda bo‘lajak kadrlar o‘z bilimini o‘zi aniqlaydi, o‘zini o‘zi baholaydi. Ya’ni bilimi qay darajada ekanligiga tashhis qo‘yiladi va keyingi yangi mavzu bahsida shu tashhis asosida ularga bilim beriladi. Bu metodni o‘tkazish uchun bo‘lajak kadrlarlarga beriladigan savollar tushunarli, qisqa va aniq javob talab qiluvchi bo‘lishi; javobi “ha” va “yo‘q” so‘zlar bilan kelmasligi; savollar kitobiy bo‘lmasdan amaliyotdan olingan bo‘lishi; yangi va eski o‘tilgan mavzular bo‘yicha tayyorlanishi, hamda bo‘lajak kadrlarlarni mushohada asosida javob berishlarini nazarda tutishlari lozim bo’ladi

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o‘qituvchi o‘z darslarini rejalashtirishda metodlarni to‘g‘ri tanlashi, ularni o‘zaro muvofiqlashtirib, darsning shakllari va vositalarini to‘g‘ri ishlatishi zarur. Shuningdek, metodlarning samaradorligini nazorat qilish va talabalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish orqali ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullayev A. Pedagogika asoslari. T., O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti. - 2012. 2. Ahmedov M. O‘quv jarayonida mustaqil fikrni rivojlantirish metodlari. T., “Yoshlar” - 2016. 3. Davronov Sh. Pedagogik psixologiya va uning ta’lim jarayonidagi o‘rni. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. -2018. 4. Karimov I. Ta’limni rivojlantirishda innovatsion usullar. Toshkent: O‘zbekiston xalq ta’limi nashriyoti. -2011.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.