ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MARKAZIY OSIYODA EKOLOGIK XAVFSIZLIK BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINING USTUVORLIGI

Annotatsiya

 Maqolada ekologik munosabatlarda bag‘rikenglik tamoyillarining namoyon bo‘lish xususiyatlari haqida ilmiy fikrlar bildirilgan. Ilmiy tahlillar asosida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlatlarning ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati va uning ahamiyati haqida fikrlar izohlangan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

TA’MINLASHDA BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINING USTUVORLIGI

Quldoshev Asliddin Tursunovich

Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti dotsenti

Annotatsiya. Maqolada ekologik munosabatlarda bag‘rikenglik tamoyillarining namoyon bo‘lish xususiyatlari haqida ilmiy fikrlar bildirilgan. Ilmiy tahlillar asosida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlatlarning ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati va uning ahamiyati haqida fikrlar izohlangan.

Kalit so‘zlar: globallashuv, gumanistik tamoyillar, ekologik siyosat, ekologik xavfsizlik, global bag‘rikenglik, ekologik munosabatlar.

ПРИОРИТЕТ ПРИНЦИПОВ ТОЛЕРАНТНОСТИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ

УСТОЙЧИВОСТИ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В

ЦЕНРАЛЬНОЙ АЗИИ

Аннотация. В стате представлены научные мнения об особенностях проявления принсипов толерантности в экологических отношениях. На основе научного анализа разъяснены мнения о необходимости и важности осуществления действий, которые нелзя откладыват на основе экологической толерантности, взаимопомощи и сотсиалного сотрудничества государств в сфере охраны окружающей среды.

Ключевые слова: Глобализатсия, гуманистические принсипы, экологическая политика,экологическое безопасност, глобалная толерантност, экологические отношения.

PRIORITY OF THE PRINCIPLES OF TOLERANCE IN ENSURING THE

SUSTAINABILITY OF ENVIRONTAL SAFETY IN CENTRAL ASIA

Annotation. The article presents scientific opinions on the features of the manifestation of the principles of tolerance in environmental relations. On the basis of scientific analysis, opinions on the need and importance of taking actions that cannot be postponed on the basis of environmental tolerance, mutual assistance and social cooperation of states in the field of environmental protection are clarified.

Key words: globalization, humanistic principles, environmental policy, environmental safety, global tolerance, environmental relations.

Kirish. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida turli davlatlar, jamiyatlar, harakatlar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalar global ekologik siyosatida bag‘rikenglik (tolerantlik) va o‘zaro hamkorlik (ijtimoiy sherikchilik) hodisalarini falsafa fani kategoriyalari tizimi, xususan alohidalik, maxsuslik va umumiylik kategoriyasi kontekstida tahlil qilish, ularning tarixini ham, mazmunini ham, namoyon bo‘lish shaklini ham, istiqboli haqidagi tasavvurlarni ham milliy va mintaqaviy darajalarda konkretlashtiradi.

Eng muhimi, bir tomondan, “Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon mintaqada qanday hamjihat bo‘lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo‘lsa, bugun ham, ta’bir joiz bo‘lsa, tarix va hayot gardishi, tabiatning o‘zi bizni - butun O‘rta Osiyo xalqlarini aynan ana shunday do‘stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga da’vat etmoqda” [1].

Ikkinchi tomondan esa, bu hodisalarning asosiy motivlari, harakatlantiruvchi mexanizmlari, tamoyillarini kompleks-sistemali ilmiy tahlil etish, uning nazariymetodologik asoslarini ishlab chiqish, global ekologik siyosatni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish samaradorligi sharti hisoblanadi. Zero, bunday yondashish tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash va ekologik barqaror xavfsizlikni ta’minlash faoliyati ilmiyligini ta’minlaydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Xususan, O‘zbekistonda ijtimoiy ekologiya muammolari bo‘yicha mutaxassis, falsafa fanlari doktori, professor S.Mamashokirov, Qozog‘istonlik yirik olima – falsafa fanlari doktori, professor R.S.Sartaevalarning fikricha, ekologik faoliyatda bir-biridan nisbatan mustaqil davriy “kaskad”larni tashkil qiladigan masalalar nazariy asoslanishi kerak [2].

Tadqiqot metodologiyasi. Ilmiy abstraksiya, kuzatish, qiyoslash, korrelyasionregression, gipoteza tahlil usuliga asoslangan.

Bu metodologik-ilmiy xulosaga bizning maqolamiz mavzusi kontekstida qaraydigan bo‘lsak:

1) xalqaro ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi (muayyan milliy, hududiy chegaralardan tashqaridagi turli sohalarning ekologik siyosiy munosabatlarga ta’siri) – umumiylik;

2) xalqaro ekologik siyosiy munosabat yo‘nalishlari va sohalari (barcha sohalardagi xalqaro munosabatlarning ekologik siyosiy jihatlari) – maxsuslik;

3) jahon suveren davlatlarining milliy ekologik siyosati (lokal va transchegaraviy ekologik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan milliy siyosiy faoliyati) – alohidalik;

4) ekologik siyosiy munosabat yo‘nalishlari, ko‘lami va darajalarining tashkiliy asoslari (muayyan tarixiy zamon va ijtimoiy makondagi individual xususiyatlariga ko‘ra) – konkretligi dialektikasi ko‘zga tashlanadi.

Shuning uchun ham, xalqaro ekologik siyosiy munosbatlarni bag‘rikenglik va o‘zaro yordam tamoyillari asosida tashkillashtirish va boshqarishda bu xususiyatlarni o‘zaro dialektik aloqadorliklarda olib qarash kerak.

Vaholanki, hozirgi globallashuv sharoitdagi dunyoning barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda: insonparvarlik, o‘zaro yordam va tolerantlik tamoyillariga amal qilish asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Zero, ekologik barqarorlik – jahon hamjamiyatining ham, uning alohida subyektlari rivojlanishi uchun ham shart-sharoit, asos hisoblanadi. Beg‘araz o‘zaro yordam va oqilona tolerantlikka, yuksak ma’naviy-axloqiy normalarga va siyosiy demokratiyaga, gumanistik tamoyillarga asoslangan ijtimoiy-ekologik munosabatlar – umuminsoniyatni umumiy maqsad asosida hamkorlikka olib keluvchi idealga aylanmoqda.

Xalqaro ekologik bag‘rikenglik va o‘zaro yordamning ma’naviy–axloqiy normalari, gumanistik-demokratik tamoyillari, eng avvalo, kundalik ijtimoiy ong shakllari, ma’naviy madaniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Xususan, hozirgi davrda xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarning asosiy tamoyili – o‘z hududingda amalga oshirgan xatti-harakatlpri tufayli boshqa davlatlarning tabiatiga zarar yetkazmaslik shartligi tamoyili qaror topdi va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan. Shu bilan birgalikda, boshqa davlat tabiatiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik mas’uliyati tamoyili ham qaror topa boshladi.

1972 yilda BMTning atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiya deklaratsiyasida bu tamoyillar umumlashtirilib va konkretlashtirilib “Inson erkinlik, tenglik va yetarli hayot sharoitlariga ega bo‘lish, munosib va yaxshi yashashga imkon beruvchi atrof-muhitga haqli asosiy huquqlarga ega”[3], deb ko‘rsatilgan. Atrofmuhitni muhofaza qilish va rivojlantirish bo‘yicha Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi (Riode-Janeyro, 1992 yil), BMTning Ming yillik deklaratsiyasi (Nyu-York, 2000 yil), Barqaror rivojlanish bo‘yicha Yoxannesburg deklaratsiyasi (Yoxannesburg, 2002 yil), shuningdek BMT barqaror rivojlanish bo‘yicha konferensiyasining Rio-20 «Biz istagan kelajak» yakuniy hujjati prinsiplari va tavsiyalariga amal qilgan holda, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlatlarning ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyatini va uning ahamiyati haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Hozirgi vaqtda butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lmoqda. Aksariyat hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani, cho‘llanish, suv yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash shular jumlasidandir.

Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak. Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarimizni kuchaytiramiz”[4]. Bu esa, o‘z navbatida, har qanday davlatning global ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish sohasidagi siyosatini xalqaro standartlarga moslashtirish va integratsiyalashtirish – umuminsoniyat manfaatlariga mos keladi.

Shuni ta’kidlash joizki, hozircha hayot talablaridan orqada qolayotgan xalqaro ekologik munosabatlarda ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligini global ekologik siyosat darajasiga ko‘tarishning dastlabki ratsional-madaniy bosqichi hisoblanadi.

Bu haqda Yu.M.Lotman “Madaniyat va portlash” nomli asarida munosabat sub’ektlarining o‘zaro ta’sir variantlarini uchta ehtimoliy yo‘nalishga ajratadi: birinchisi – o‘zaro ta’sir ishtirokchilari fikrlari mutlaqo turlicha bo‘lib, “umuman murosaga kelmaydigan” variant; ikkinchisi – o‘zaro munosabat sub’ektlari bir xil imkoniyatga, axborot bazasiga egaligidan, ularning imkoniyatlari mutlaq aynanligi varianti; uchinchisi – munosabat ishtirokchilarining manfaatlari turlicha bo‘lsa ham, ularning fikrlarida “konsensus maydoni” mavjud variantlardir [5].

Bugungi kunda xalqaro ekologik siyosiy munosabatlardagi birinchi yo‘nalishda sub’ektlari passivligi, avvalo ularni ongli, erkin faoliyat imkoniyatidan mahrum qilib, barqaror taraqqiyotning yangi sifat bosqichiga ko‘tarish strategiyasini shakllantirishga negativ ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, hozirgi davrda insoniyat barqaror taraqqiyoti sur’atlarini ta’minlashda, uning ikkinchi va uchinchi variant yo‘nalishlarini rivojlantirish xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. Chunki xalqaro ekologik siyosat sub’ektlarining axborot ayriboshlash va “konsensus makonini” yaratishi, ikki va ko‘ptomonlama shartnomalarda o‘zaro yordam va tolerantlikni namoyon qiladi.

Ikki va ko‘ptomonlama qabul qilingan xalqaro shartnomalar ekologik bag‘rikenglik va o‘zaro yordam tamoyillarining rasmiylashtirilgan shakli bo‘lib, xalqaro ekologik huquqning manbasi hisoblanadi. Uning e’tirof etilgan legitimligi va imkoniyati realligi, xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarni: oqilona tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish samaradorligini belgilaydi. SHuning uchun ham transchegaraviy tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish haqidagi xalqaro qonunchilikni tubdan takomillashtirish, global strategik maqsadlarni amalga oshirilishining muhim vositasi sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Bunga faqat milliy ekologik huquqni global bag‘rikenglik, global o‘zaro yordam tamoyillariga asoslangan xalqaro siyosatni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning global madaniyatini shakllantirish orqali erishish mumkin.

Shu o‘rinda 2018 yilda Respublikamizning Toshkent shahrida 5 iyun kuni «Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish borasida hamkorlikni mustahkamlash» mavzusida Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi bo‘lib o‘tdi. Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologiya va atrof-muhit masalalariga mas’ul vazirlik va idoralari, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda Markaziy Osiyo mintaqasida atrofmuhitni muhofaza qilish, tabiiy hududlarning bioxilma-xilligini saqlashda hududiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish ekologik muammolarni birgalikda hal etishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

Xulosa va takliflar. Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi har bir mamlakat uchun muhim strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki inson hayoti yer, suv, havo, o‘simlik va hayvonot olami bilan chambarchas bog‘liq. Ulardan noto‘g‘ri foydalanish salbiy oqibatlarni olib kelishi muqarrar. SHu ma’noda, mintaqa tabiati, hayvonot va o‘simlik olami bioxilma-xilligini asrab-avaylashga har bir davlat mas’uldir.

Hozirgi davrda inson hayoti uchun optimal tabiiy asoslarini ta’minlashda, dunyo global sotsiomadaniy o‘zgarishlar dinamikasining istiqbol mo‘ljallarini belgilashda ekologik ilmiy dunyoqarash, ma’naviy-madaniy kapital, intellektual salohiyat potensiali faollashuvi, bevosita xalqaro ekologik siyosiy munosabatlardagi bag‘rikenglik va o‘zaro yordam tamoyillariga amal qilishga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham “Tinchlik madaniyati” Rezolyusiyasida: “muayyan sotsial munosabatlarni aks ettiradigan qadriyatlar, qarashlar va xulq-atvor turlarini o‘z ichiga olgan erkinlik, adolat va demokratiya, insonning barcha huquqlari, sabr-toqat va birdamlik, zo‘rlik ishlatishdan voz kechish kabi tamoyillar asosiga kurilgan munosabatlar rivojlanishiga yordam beradigan va tub sabablarini bartaraf etish orqali konfliktlarning oldini olishga yo‘naltirilgan, muammolarni dialog va muzakoralar yo‘li bilan hal etadigan, o‘z jamiyati rivojlanish jarayonlarida ishtirok etishi uchun barcha huquqlardan to‘liq darajada foydalana olish imkoniyatlarini kafolatlaydigan” [6] konsepsiya taqdim etilgan.

Aytilganlarning barchasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlatlarning ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyatini va uning ahamiyati haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, hozircha hayot talablaridan orqada qolayotgan xalqaro ekologik munosabatlarda ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligini global ekologik siyosat darajasiga ko‘tarishning dastlabki ratsional-madaniy bosqichi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”.T.: “O‘zbekiston”, 2008.10 b. 2. Mamashokirov S. “Vahimami yoki haqiqat”. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2012.- 65 b. Манба: БМТнинг расмий сайти http://www.un.org/ru/. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022 yil, 20-dekabr. 4. Балакина Е. И. “Диалог как средство сохранения разнообразия культур в условиях глобализации”. // “Идентичность и диалог культур в эпоху глобализации”. Бишкек, 2007. - с. 19. 5. Kuznetsov V. “Geokultura. Osnovы geokulturnoy dinamiki bezopasnosti v mire

XXI

Kultura-set”. - M.: “Kniga i Biznes”, 2003. – s. 16.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.