ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

EXINOKOKKOZ VA ALVEOKOKKOZ KASALLIKLARI USTIDAN EPIDEMIOLOGIK NAZORAT

Annotatsiya

Insoniyat XXI asrga qadam qoʻygan bir davrda, fan va texnikadagi erishilgan yutuqlarga qaramasdan, aholi orasida baʼzi bir yuqumli kasalliklar koʻplab qayd qilinmoqda, baʼzilari esa batamom tugatilgan emas. Yuqumli kasalliklarni, jumladan exinokokkozni aholi orasida batamom tugatish yoki yanada kamaytirish sanitariya-epidemiologiya va veterinariya sohasida xizmat qilayotgan mutaxassislarning bilim saviyasiga va ularning ish faoliyatiga bevosita bogʻliq. Bu esa oʻz navbatida tibbiyot mutaxassislari exinokokkoz kasalligining tarqalganlik darajasi, epizootologiyasi, epidemiologiyasi, epidemiologik nazorati va uning oldini olish chora-tadbirlarini chuqur bilishlarini taqozo qiladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

EPIDEMIOLOGIK NAZORAT

Rasulov Sh.M.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat

salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi Insoniyat XXI asrga qadam qoʻygan bir davrda, fan va texnikadagi erishilgan yutuqlarga qaramasdan, aholi orasida baʼzi bir yuqumli kasalliklar koʻplab qayd qilinmoqda, baʼzilari esa batamom tugatilgan emas. Yuqumli kasalliklarni, jumladan exinokokkozni aholi orasida batamom tugatish yoki yanada kamaytirish sanitariya-epidemiologiya va veterinariya sohasida xizmat qilayotgan mutaxassislarning bilim saviyasiga va ularning ish faoliyatiga bevosita bogʻliq. Bu esa oʻz navbatida tibbiyot mutaxassislari exinokokkoz kasalligining tarqalganlik darajasi, epizootologiyasi, epidemiologiyasi, epidemiologik nazorati va uning oldini olish chora-tadbirlarini chuqur bilishlarini taqozo qiladi. JSST maʼlumotlariga koʻra butun dunyoda vafot etayotgan 50 million kishining 16 millionidan koʻprogʻi oʻlimining sababi yuqumli va parazitar kasalliklar Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda exinokokkoz bilan yer yuzida 1 milliondan ortiq kishi kasallangan, bunda baʼzi endemik va noendemik mintaqalarda ushbu xastalik bilan kasallanish koʻrsatkichi 200-martadan koʻproq farq qiladi. Soʻnggi oʻn yilliklarda exinokokkoz bilan kasallanish koʻrsatkichlarining oʻsishi va kasallikning geografik chegarasining kengayishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda dunyoda ekologik va antropogen omillar taʼsirida hayvonlarning asosiy sestodozlaridan biri hisoblangan exinokokkoz kasalligi dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida tarqalgan boʻlib, epizootologik va epidemiologik ahamiyat kasb etuvchi xavfli kasallik hisoblanadi. Exinokokkoz ayniqsa qoʻychilik bilan shugʻullanuvchi qishloq mintaqalarida koʻp uchraydi, u hududlarda itlar soʻyilgan qoʻylarning ichki organlarini isteʼmol qilishi bunga asosiy sabab hisoblanadi. It goʻshti odam ovqat ratsionining bir qismini tashkil etuvchi yer sharidagi mintaqalarda ushbu kasallik juda keng tarqalgan. Oʻzbekiston Respublikasi exinokokkoz boʻyicha endemik hududga kiradi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kasallanish koʻrsatkichi har 100 000 aholiga 6-9 kishini tashkil etadi. Oʻzbekistonda har yili exinokokkoz bilan bogʻliq 4000 ga yaqin jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi, konservativ davolanuvchi bemorlarning soni esa maʼlum emas. Kasallik respublikaning barcha hududlarida roʻyxatga olingan. Exinokokkoz koʻproq, uy hayvonlari bilan muloqotda boʻluvchilarga, shu jumladan choʻponlarga, sut sogʻuvchilarga, mol boquvchilarga, fermerlarga, it boquvchilarga koʻproq yuqqanligi aniqlandi. Maktab yoshidagi oʻgʻil bolalar orasida kasallik qoʻproq qayd qilingan. Buning sababi ular koʻpincha kattalar bilan mol, qoʻy boqishda va ularni parvarish qilishda, itlar bilan muloqotda boʻlishi bilan bogʻliq. 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlganlar orasida serologik va immunologik tekshiruv natijalari ham ularning qonida exinokokka qarshi antitelolar titri birmuncha yuqoriligi aniqlandi. JSST mutaxassislarining taʼkidlashicha, har bir yuqumli kasallikning oldini olish va davolash boʻyicha tuzilgan dasturlarni tadbiq etishda, epidemiologik nazoratni samarali amalga oshirmasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. V.I.Pokrovskiyning (2008) fikricha, epidemiologik nazoratning mohiyati, yuqumli kasalliklarning profilaktikasi va unga qarshi kurash tizimini maʼlumotlar boʻyicha almashinuvidir. B.L. Cherkasskiyning (2001) fikricha, zoonozlarning epidemiologik nazorati, koʻp qirrali boʻlib, kasallikni dinamik oʻrganish, kasallikni faqatgina operativ nazorat qilibgina qolmasdan, qoʻzgʻatuvchining ekologiyasi, biologiyasi va arealini chuqur tekshirishdir. Epidyemiologik nazoratning nazariy va uslubiy negizi boʻlib, hamma tizimning koʻp omilli xarakteri va epidemik jarayonning funksional elementi Exinokokkoz va alveokokkoz holatlari aniqlanganda ularni roʻyxatga olish va statistik hisobot talablariga koʻra qayd etiladi. Tibbiyot xodimlari, birinchi navbatda jarrohlar, terapevtlar, rentgenolog va nevropatologlar tomonidan exinokokkoz kasalligini aniqlansa shoshilinch xabarnoma (058/h.sh.) toʻldiriladi va hududiy Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari (boʻlimlari)ga yuboriladi. Har bir aniqlangan exinokokkoz bemorlari DPMda 060/h.sh. jurnaliga qayd etiladi. Aniqlangan bemorlarning hammasi “D” hisobga olinadi, 030/h.sh. toʻldiriladi va jarrohlar tomonidan keyingi holati kuzatuvga olinadi. Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari tomonidan aniqlangan holat 2-shakl “Yuqumli va parazitar kasalliklar hisoboti”ga kiritiladi. Exinokokkoz va alveokokkoz kasalliklari ustidan epidemiologik nazorat maqsadida parazitologlar DPMdagi tibbiy hujjatlarni tahlil qiladi: “Ambulator tibbiy karta” (025/h.sh.), “Shifoxonadagi bemorning tibbiy kartasi” (003/h.sh.), “Yakuniy (aniq) tashxislarni qayd etish uchun statistik talon” (025-2/h.sh.), operatsiyalarni qayd qilish, operatsiya jarayonida olingan biopsiya va autopsiya namunalarini tekshiruv natijalari, organik operatsiya chiqindilarini yoʻqotish jurnallari. Operatsiyadan soʻng qolgan exinokokk kistalari qoldiqlari 2015-yil 2-fevraldagi «Respublika DPMlarida chiqindilarni yigʻish, saqlash va yoʻqotish» toʻgʻrisidagi 0317-15-sonli SanMvaQ ning 4.25.punkti asosida yoʻqotiladi. Aniqlangan exinokokkoz va alveokokkoz holatlari oʻtkazilgan operatsiyalar soniga, klinik tekshirilgan tashxislar autopsiyalarini foiz hisobi, birlamchi tashxis qoʻyilgan sana va ogʻir klinik koʻrinishlarning boshlanish sanasiga nisbatan olinadi. Kasalliklarga qarshi oʻtkazilgan chora-tadbirlarni samarasini baholashda exinokokkoz oʻchogʻida tashqi muhit obyektlarini turli yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan sanitariya gelmintologik nazorati oʻtkaziladi.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.