ZARARLANISHNING RETROSPEKTIV TAHLILI.
Utambetova Gulnaz Mirbekovna
Amonov Sobirjon Baxtiyorovich Mazkur tadqiqot 2020–2024 yillar davomida Surxondaryo viloyati aholisi orasida OIV infeksiyasi tarqalish dinamikasini o‘rganish, xavf omillarini aniqlash hamda ularning tahliliga asoslangan holda samarali profilaktika va davolash choralarini taklif etishga qaratilgan. Shu orqali milliy sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri – aholini OIV infeksiyasi xavfidan himoya qilishga hissa qo‘shilishi mumkin. Maqsad: Surxondaryo viloyati misolida 2020-2024 yillarda OIV infeksiyasining tarqalish tendensiyalarini aniqlash va asosiy xavf omillarini o‘rganish. Metodlar: Surxondaryo viloyati OITS markasiz statistika bo’limi ma’lumotlari asosida statistik tahlil o‘tkazildi. Dinamik qatorlar, trend tahlili va korrelyatsion usullar qo‘llandi. Natijalar: Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2020–2024 yillar oralig‘ida OIV infeksiyasi tarqalishining statistik ma’lumotlari tahlil qilindi. Yildan-yilga ma’lum darajada o‘zgarib borayotganini ko‘rsatadi. 2020 yilda jami 179 nafar OIV bilan yangi kasallanish xolati aniqlangan, ularning 96 nafari erkaklar va 83 nafari ayollardir. Ushbu ko‘rsatkich keyingi 2021 yilda biroz kamayib, jami 175 nafarni tashkil etgan. 2022 yilda esa vaziyat keskin o‘zgarib, jami bemorlar soni 226 nafarga oshgan. Erkaklar orasidagi yuqori ko‘rsatkich ushbu guruhning xavf omillariga ko‘proq duch kelishini anglatadi. 2023 yilda viloyatda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan – jami 267 nafar. Demak, infeksiya tarqalishida gender bo‘yicha nomutanosiblik sezilarli darajada kuchaygan. 2024 yil ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy son 229 nafarni tashkil etgan. Ushbu raqamlar 2023 yilga nisbatan ma’lum darajada pasayishni ko‘rsatsada, 2020-yilga qaraganda ancha yuqori, u esa epidemiologik xavf darajasi hali ham yuqoriligini bildiradi. Umuman olganda, 2020–2024 yillar mobaynida Surxondaryo viloyatida OIV infeksiyasi bilan kasallanganlar soni barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lganini ko‘rish mumkin. Eng yuqori ko‘rsatkich 2023 yilda qayd etilgan bo‘lsa, 2024 yilda nisbatan kamayish kuzatilgan. Erkaklar guruhida kasallanish darajasi doimiy ravishda yuqori bo‘lib, bu ularda xavfli xatti-harakatlar (migratsiya, narkotik vositalardan foydalanish, xavfsiz bo‘lmagan jinsiy aloqalar va boshqalar) bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayollar guruhida esa ko‘rsatkichlar nisbatan past bo‘lsa-da, 2022 yilga kelib sezilarli o‘sish qayd etilgan. Shu asosda aytish mumkinki, OIV infeksiyasining tarqalish dinamikasi viloyatda barqaror epidemiologik muammo bo‘lib qolmoqda. Infeksiya tarqalishini oldini olish uchun profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, aholining xabardorlik darajasini oshirish va xavf guruhlariga qaratilgan quydagi bir nechta chora tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Erta tashxis va muntazam skrining: xavf guruhlariga mansub shaxslarni
(migratsiya bilan shug‘ullanuvchilar, jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqishi
mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardagi shaxslar, tibbiyot xodimlari va
boshqalar) muntazam tekshirish.
Anonim va bepul test tizimini kengaytirish: odamlar qo‘rqmasdan test
topshirishlari uchun qulay sharoit yaratish.
Antiretrovirus terapiyani (ART) keng joriy etish: davolashni erta
boshlash orqali virus yuklamasini kamaytirish va infeksiyaning boshqalarga
yuqish ehtimolini kamaytirish.
Homilador ayollarni majburiy skriningdan o‘tkazish: bu orqali “ona-
bola” yo‘li bilan yuqishining oldi olinadi.
Qon va uning preparatlarini qat’iy tekshirish: faqat sinovdan o‘tgan va
xavfsiz qon donorligi tizimidan foydalanish.
Tibbiyot muassasalarida sterilizatsiya qoidalariga rioya qilish: jarrohlik
asboblari, stomatologik jihozlar, in’eksiya vositalarini to‘liq sterilizatsiya
qilish.
Bir martalik shprits va ignalardan foydalanishni majburiy qilish.
Aholi o‘rtasida keng ko‘lamli ma’rifiy ishlar: OIV yuqish yo‘llari, oldini
olish usullari haqida ommaviy axborot vositalari, maktablar, oliy o‘quv
yurtlarida targ‘ibot.
Xavf guruhlari uchun maxsus dasturlar: narkotik moddalarni inyeksiya
yo‘li bilan iste’mol qiluvchilar, jinsiy xizmat ko‘rsatuvchilar, migratsiya
ishchilari orasida maxsus o‘quv va tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish: yoshlar o‘rtasida sport, san’at va
ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish orqali xavfli xatti-harakatlarning oldini
olish.
UNAIDS “90-90-90” strategiyasini qo‘llash: OIV bilan yashovchilarning
90%ini aniqlash, ulardan 90%ini antiretrovirus davolashga jalb qilish,
davolash olganlarning 90%ida virus yuklamasini nazorat qilish.
PEG-INF ALFA-2B (ALGERON) VA TENOFOVIR ALAFENAMID (TAF)
KOMBINATSIYASINING SURUNKALI DELTA GEPATITNI
DAVOLASHDAGI SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Raimov Kamol Eshmo’minovich
Dolzarbligi:Surunkali delta gepatit (SDG) – gepatit B virusi (HBV) bilan birgalikda yuquvchi kasallik bo‘lib, jigar to‘qimasida og‘ir yallig‘lanish va fibroz jarayonlarini keltirib chiqaradigan kasallikdir. SDG dunyo bo‘yicha gepatitlar orasida eng xavfli va davolashda murakkab bo‘lgan turlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi:Ushbu ishda PEG-INF alfa-2b va Tenofovir alafenamid kombinatsiyasining surunkali delta gepatitni davolashdagi samaradorligi va xavfsizligi tahlil qilindi.Tenofovir alafenamid (TAF) – HBVga qarshi samarali antivirus dori bo‘lib, u yangi avlod sifatida kamroq nojo‘ya ta’sirga ega. PEG-INF alfa-2b (Algeron) bilan kombinatsiyada qo‘llanganda bu ikki dori virus yuklamasini va klinik labarotor ko’rsatkichlarni dinamikada kuzatish. Materiallar va usullar:Tadqiqotda jami 80 nafar bemor ishtirok etdi, ular ikkita guruhga bo‘lingan:Asosiy guruh (n=50): PEG-INF alfa-2b (Algeron) haftada 1 marta 1,5 mkg/kg dozada va Tenofovir alafenamid kunlik 25 mg doza bilan 6 oy davomida davolandi.Nazorat guruhi (n=30): faqat Tenofovir alafenamide kunlik 25 mg doza bilan 2 yil davomida monoterapiya qilindi.Bemorlarning barchasida HBsAg, HBV-DNA, anti-delta IgG, HDV-RNA ko‘rsatkichlari aniqlangan. Diagnostika immunoferment usuli (ELISA) va polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) yordamida o‘tkazildi.Davolash davomida bemorlar 1, 3 va 6 oylarda tekshirildi. Barcha bemorlarga shuningdek gepatoprotektorlar va antifibrotik vositalar ham berildi. Natijalar:Asosiy guruhda davolash boshlangandan keyin 1 oy ichida HDV-RNA miqdori o‘rtacha 8,7×10^6 nusxadan 2,6×10^5 nusxagacha kamaydi, 3 oyda esa bu ko‘rsatkich 3,1×10^4 nusxagacha pasaydi.Nazorat guruhda esa virus yuklamasida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi; ba’zi hollarda esa virus yuklamasi oshishi qayd
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.