DISTROFIYASI MUAMMOSI
TTA Termiz filiali Tibbiy biologiya va gistologiya fakulteti kafedrasi o‘qituvchisi
Xolbekov Baxtiyor Baymanovich
TTA Termiz filiali Mikrobiologiya jamoat salomatligi gigiyena va menejment
kafedrasi o‘qituvchisi
Axmedova Saodat Tashboltayevna
TTA Termiz filiali o‘quvchilari
Qo’ldoshova Shoxsanam Jamol qizi
Xolmirzayeva Asalbonu Olimjon qizi Kalit so’zlar: Ko‘zning gistologik tuzilishi, to‘r parda qavatlari, retina distrofiyasi, stam hujayralar terapiyasi Anatatsiya: Mazkur tezisda ko‘ruv organlarining gistologik tuzilishi, ya’ni to‘qimalar darajasidagi morfologik xususiyatlari yoritilgan. Asosan, ko‘zning asosiy qismlari va asosan to‘r parda ning (retina)va boshqa tuzilmalarning mikroskopik tuzilishi hamda ularning funksional ahamiyati tahlil qilingan. Retina qatlamlari va hujayraviy tarkibi, fotoretseptorlar, nerv tolalari va yordamchi hujayralarning o‘zaro aloqasi batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ko‘ruv organlarining murakkab tuzilmasini tushunish va u bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash asosan ko‘ruv qobiliyatini pasayishi sabablari va davolash usullari ko’rib chiqilgan. Kirish Inson organizmida analizatorlar orasida ko‘ruv tizimi muhim o‘rin egallaydi. Ko‘zning tuzilishi nafaqat murakkab 177ermenta, balki chuqur gistologik darajada ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, to‘r parda (retina)ning mikroskopik tuzilmasi uning funksional ahamiyatini belgilab beradi. Ushbu tezisda aynan shu murakkab tuzilish, u orqali ko‘rish jarayonining mexanizmi va ko‘ruv buzilishlaridan biri — retina distrofiyasi keng yoritiladi. Ko‘zning gistologik tuzilishi Ko‘z soqqasi uchta asosiy pardadan tashkil topgan: tashqi (fibroz), o‘rta (tomirli) va ichki (to‘r parda). Tashqi parda — sklera va shaffof korneani o‘z ichiga oladi. O‘rta parda — iris, kiprik tana va tomirli qavatlardan iborat. Ichki qatlam esa retina bo‘lib, u yorug‘likni sezuvchi va signalga aylantiruvchi hujayralardan tuzilgan.Retina mikroskopik jihatdan 10 ta qatlamdan iborat. 1. Pigment epiteliysi qatlami– Yorug‘likni yutadi, fotoreseptorlarni oziqlantiradi va fotopigmentlarni yangilaydi .2. Fotoreseptorlar qatlami (tayoqchalar va konuslar segmentlari)– Yorug‘likni sezadi. Tashqi segmentlar pigment epiteliysi bilan aloqada. 3. Tashqi chegaraviy plastinka (membrana)– Fotoreseptorlarning ichki va tashqi segmentlarini ajratadi. 4. Ichki yadroviy qatlam– Bu qatlamda fotoreseptorlarning yadrolari joylashgan. 5. Tashqi pleksiform qatlam– Fotoreseptorlar, bipolyar va gorizontal hujayralar o‘zaro tutashadigan sinapslar joylashgan qatlam. 6. Ichki yadroviy qatlam– Bipolyar, gorizontal va amakrin hujayralar yadrolarini o‘z ichiga oladi. 7. Ichki pleksiform qatlam– Bipolyar hujayralar amakrin va ganglion hujayralari bilan sinapslashadigan qatlam. 8. Ganglion hujayralar qatlami– Bu qatlamda ganglion hujayralarning tanalari joylashgan. 9. Nerv tolalari qatlami– Ganglion hujayralarning aksonlari 178erme nervni tashkil qilib, ko‘rish impulslarini miyada joylashgan ko‘rish markaziga olib boradi. 10. Ichki chegaraviy membrana– Retina va shisha tana (vitreus) orasidagi chegaraviy qatlam bo‘lib, Müller hujayralari tomonidan hosil qilingan. To‘r parda hujayralari va ular haqida ma’lumotlar:Fotoreseptorlar (tayoqchalar va konuslar) – yorug‘likni qabul qiladi; Bipolyar hujayralar – signallarni ganglion hujayralarga uzatadi; Ganglion hujayralar – aksonlari orqali miyaning ko‘rish markaziga impuls yuboradi; Müller hujayralari – glial yordamchi hujayralar. Fototoksiklik va retinal shikastlanish Kuchli yorug‘lik fotopigmentlarning parchalanishiga, fotoretseptorlar va pigment epiteliy hujayralarining apoptoziga olib keladi. Natijada ko‘rish vaqtincha yoki hisoblanadi. Retina distrofiyasi: sabablari va klinik turlari Retina distrofiyasi irsiy yoki 178ermentative tusdagi retina hujayralarining buzilishi bilan 178erment. Sabablari quyidagilardan iborat: Genetik mutatsiyalar (retinitis pigmentosa, Stargardt kasalligi); Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar (178ermen distrofiyasi); Metabolik kasalliklar (178ermenta retinopatiya); A vitaminining yetishmovchiligi; Toksik yoki yorug‘likning ortiqcha ta’siri. Zamonaviy davolash yo‘nalishlari So‘nggi yillarda retinal kasalliklarni davolashda quyidagi yondashuvlar dolzarb bo‘lmoqda: Gen terapiyasi – zararli genlarni sog‘lom gen bilan almashtirish. Stam hujayra terapiyasi – fotoreseptor va pigment epiteliy hujayralarini qayta tiklash. Retinal implantlar (bionik ko‘zlar) – ko‘rishni qisman tiklash uchun 179ermenta tizimlar. Vizual reabilitatsiya texnologiyalari – sun’iy intellektli ko‘zoynaklar, mobil ilovalar. Xulosa Ko‘z to‘r pardasining gistologik tuzilishini chuqur o‘rganish ko‘ruv tizimining ishlash mexanizmini anglash va kasalliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Retina distrofiyasi — zamonaviy oftalmologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, gen terapiyasi 179erment hujayralar asosida davolash imkoniyatlari istiqbolli yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Junqueira, L.C., & Carneiro, J. (2021). Junqueira’s Basic Histology: Text and Atlas. 16-nashr. McGraw-Hill Education. 2.Khurana, A.K. (2022). Comprehensive Ophthalmology. 7-nashr. Elsevier India. 3. Guyton and Hall – Textbook of Medical Physiology – Ko‘z fiziologiyasi, nur o’tkazish yo‘li va fotoretseptorlar faoliyati. 4.*Yanvar 2024 – Investigative Ophthalmology & Visual Science (IOVS) – Retinitis pigmentosa va irsiy retinal kasalliklar bo‘yicha global 179ermentat tahlil. iovs.arvojournals.org 5. Review of Ophthalmology (2024) – Stargardt kasalligi va gen terapiyasi yangiliklari. reviewofophthalmology.com
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.