ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

BADIIY MATNDA MULOQOT MADANIYATINING FILOLOGOK EKSPERTIZASI

Annotatsiya

Maqolada muloqot madaniyatining filologik ekpertizasining vujudga kelishi va fanlar bilan aloqasi va uning badiiy matnda xususiyatlari haqifa fikrlar keltiriladi. 


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

EKSPERTIZASI

Qorjovov Elmurod Abdumo‘min o‘g‘li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi

2-kurs magistranti

qorjovovelmurod492@gmail.com

+99895 757 05 08

ANNONTATSIYA

Maqolada muloqot madaniyatining filologik ekpertizasining vujudga kelishi va fanlar bilan aloqasi va uning badiiy matnda xususiyatlari haqifa fikrlar keltiriladi. Kalit so‘zlar: muloqot, zamonaviy jamiyat, ekspertiza, badiiy matn, usullar, muloqot

madaniyati, ekspertizaning usullari, muloqotning dialogik xususiyati.

PHILOGICAL EXPERTISE OF COMMUNICATION CULTURE IN A

LITERARY TEXT

The article presents thoughts on the emergence of philological expertise in the culture of communication, its relationship with the sciences, and its features in literary texts. Key words: communication, modern society, expertise, literary text, methods, communication culture, methods of expertise, dialogic nature of communication.

KIRISH

Hozirgi kunda jamiyatning asosini tashkil qilgan va o‘tmishdan ma’lum bo‘lgan muloqot madaniyati rivojlanib kelgan. Badiiy matnda bu muloqotning ahamiyati esa insonlarning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurganlgi hech kimga sir emas. Shunga ko‘ra, bu madaniyat badiiy asarlarda esa kishilarning hamkorlikdagi faoliyati va ehtiyojlari asosida tug‘iladigan va ular o‘rtasidagi aloqa rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o‘rtasida axborot almashinishni o‘z ichiga oladi va bu muloqotning kommunikativ ko‘rinishida ifodalanadi. Hozirda badiiy matnlarni tahlil qilishining yangidan yangi yuzaga kelishi badiiy matnning barcha xususiyat-mohiyatini kengroq tahlil qilish imkoniyatini yuzaga chiqarmoqda.

ASOSIY QISM

Hozirgi davrda muloqot madaniyati muhim imkoniyatlarni vujudga keltirdi, ya’ni insonlarning o‘ziga xos bo‘lgan munosabatlari, xatti-harakatlarini namoyon qiladigan bir muhitni shakllantirdi, chunki bunda har bir kishi bu borada bir qadar ijtimoiy aloqaga kirishadi. Shunday qilib, muloqot madaniyati – bu o‘ziga xos aloqa standartlari sifatida odamlar o‘rtasidagi munosabatlar normalari, usullari, shakllari to‘plamidir. Bundan tashqari, muloqot madaniyatini shakllantirish axloqiy tarbiyaning bo‘limlaridan biri bo‘lganligi sababli shakllangan axloqiy madaniyat ko‘p jihatdan aynan muloqot madaniyatida va shu bilan birga o‘zini namoyon qiladi.

Har bir normal kishi o‘zini o‘zgalarni tinglashga, o‘z flkrini birovlarga yetkazishga, ya’ni gapirishga, fikrlarini ba’zan yozma tarzda bayon etishga tug‘m a qobiliyatliday tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va o‘z fikrlarimiz, o‘ylarimizni birovlarga yetkaza olish qobiliyati bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o‘zimizga o‘xshash inson jamiyatisiz mavjud bo‘la olmasligimizni bildiradi. Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita yuzma-yuz bo‘lishi, u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan, biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo‘lishi mumkinligini professor V. Karimova ta’kidlaydi.1

Insoniy m unosabatlar o‘zaro shunday ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo m unosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab kishilar o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, hiskechinmalar, tashvish-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Kishilar muloqotda bo‘lgani sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadi yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo‘ladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari 1 M. Maxsudov (Muloqot psixologiyasi) B-97 TOSHKENT «TURON-IQBOL» 2006 reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolm asligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. M asalan, oila m uhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha a’zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin.

Badiiy matnda muloqot madaniyatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Birinchidan, tilning estetik funksiyasi, obrazlilik, ramziylik, muloqotning dialogik xususiyati, nutqning individual xususiyatlari va shu kabilar. Ikkinchidan, filologik ekspertizada esa badiiy matnni tahlil qilish usullari, tilning grammatik va leksik xususiyatlarini o‘rganish, obrazlarni tahlil qilish, matnning ma'naviy-axloqiy yukini aniqlash. Uchinchidan, muloqot madaniyatining buzilishiga doir fikrlar ilgari suriladi va badiiy matnda qo‘llaniladigan muloqotning buzilishi, tilning qo‘polligi, haddan tashqari obrazlilik, muloqotning g‘ayrioddiy shakllari va ularning badiiy ma'nosi putur yetishi natijasi. Shu bilan birga, muloqot madaniyatining muhimligi ham ahamiyat kasb etadi va bu borada esa badiiy matnni tahlil qilish orqali muloqot madaniyatini o‘rganishning ahamiyati, muloqot madaniyatining insoniyat hayotining barcha jabhalarida muhimligini o‘z ichiga oladi.

A.N.Vasileva informatsion tarzdagi ifodadorlik bilan hissiy va ta’sir etuvchi ifodalilikni ajratib, ularning har birini ikki kichik guruhga ifodaning ochiq (eksplisit) va yopiq (implisit) shaklda namoyon bo‘lishi kabi turlarga bo‘ladi. Badiiy nasrning muhim belgilaridan biri nasriy matnlarda obrazli ifodalarning keng ko‘lamda qo‘llanilishidir. Badiiy ifodalar kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir qilmay qolmaydi. Natijada undan zavq olinadi. Badiiy nasrda nutq madaniyati naqadar muhim ekanligini yozuvchilarimizning asarlari orqali tahlil qilamiz. 2

Demak, muloqot madaniyati badiiy matnda uning ko‘p qirrali va murakkab jarayon bo‘lib, unda ta’sirchanlikni, obrazlilikni va bo‘yoqdorlikni ta'minlovchi keng imkoniyatlar mavjud. Shu bilan birga, turli toifa vakillari bu jarayonni o‘rganganlar va ularning badiiy jihati bilan birga uni filologik tomondan tahlil jarayonlarida ularning leksik, semantik va orfografik xususiyatlari ham uning muhim qirralaridan biri hisoblanadi. Chunki bu kabi jihatlarlari badiiy asardagi obrazlarning so‘zlashuv 2 Григорьев В.П. Кўрсатилган асар. – Б. 108 x jarayonida kerakli omillardir. Shu sababli muloqot madaniyatining filologik tahlili jarayonida ularning ham til va adabiy jarayonda, ya’ni nutq jarayonida muhimdir. Shuning uchun badiiy matndagi filologik ekspertizaga jiddiy muammo sifatida qarash va undagi nutq jarayonida muhim bo‘lgan tomonlarini filologik tahlil qilish va ularni nayomon qilishdan iborat.

XULOSA

Badiiy asarlarda muloqotning turli xil ko‘rinishlari mavjud va ularni tahlil qilish va o‘rganish borasida, avvalo, ularning matnda qo‘llangan jihatlarini hisobga olgan holda o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki filologik ekspertiza turli sohalarda qo‘llaniladi. Masalan, adabiyotshunoslik, tarixshunnoslik huquqshunoslik va lingvistikada muloqot funksiyalarini o‘rganish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. M. Maxsudov (Muloqot psixologiyasi) B-97 TOSHKENT «TURON-IQBOL»

2. Григорьев В.П. Кўрсатилган асар. – Б. 108

3. Boltaboyev A.A. Muloqot olami: sub'ektlararo munosabatlar muammosi. –

T.: O‘zMU axborotnomasi, 2019. №2.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.